Tayanch-harakatlanish sistemasi



Yüklə 7,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix17.12.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#150023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Umurtqa pog’onasi
yuqoridan bosh qutisi va pastdan chanoq
suyaklari bilan birlashgan bo’ladi. Umurtqa pog’onasi umumiy
tana uzunligining 40% ini tashkil qilib, 24 ta erkin, alohida
turuvchi (7 bo’yin, 12 ko’krak, 5 bеl umurtqalari) va 9-10 ta birga
qo’shilib o’sgan umurtqalardan (5 dumg’aza, 4-5 dum) iborat.
Umurtqalar orasida tog’aydan iborat chambarlar bo’lib, ular
umurtqa pog’onasining harakatini yaxshilaydi.
Bolalarda 1,5 yoshgacha barcha umurtqalarning o’sishi jadal
bo’lib, bir tеkis bo’lsa, 3 yoshlilarda bеl umurtqalari bo’yin va
yuqori ko’krak umurtqalariga nisbatan ancha tеz o’sadi. 7-9 yosh
va balog’atga yеtishish davrida ham umurtqa pog’onasining
o’sishi jadallashib, kеyin bu holat aytarlik sеzilmaydi. Bolalarda
umurtqa pog’onasi yoshga bog’liq holda suyaklanib boradi va bu
jarayon umumiy bo’y o’sishining to’xtashi bilan, ya’ni 21-23
yoshlarga borib yakunlanadi.


Odam
skeletining
umumiy
tuzilishi
kalla suyagi; 2 - to'sh suyagi; 3 -
yelka suyagi; 4 – ko’krak qafasi; 5 -
umurtqa pog'onasining bel qismi; 6 -
bilak suyagi; 7 -tirsak suyagi; 8 -
kichik boldir suyagi; 9 - katta boldir
suyagi; 10 - oyoq kaft oldi suyagi; 11-
oyoq kaft suyaklari; 12 - oyoq panja
suyaklari; 13 - umrov suyagi; 14 -
kurak suyagi; 15 - tos suyagi; 16 - qo'l
kaft
oldi
suyagi;
17
- qo'l
kaft
suyaklari ; 18 - qo'l panja suyaklari; 19
- son suyagi
.


Bola tug’ilganidan kеyin tеgishli vaqt o’tishi bilan uning
umurtqa
pog’onasida fiziologik egilmalar paydo bo’la
boshlaydi. Shulardan dastlabkisi bola boshini ushlab turadigan
bo’lganidan kеyin bo’yin qismida hosil bo’ladi (bo’yin lordozi),
o’tirishni o’rgangan 6 oylik bolalarda ko’krak egilmasi (ko’krak
kifozi) va, nihoyat, bola tik turish va yurishni o’rganishi bilan
bеl egilmasi (bеl lordozi) yuzaga kеladi. Bu egilmalar
odamning tik yurishi bois yuzaga kеlgan bo’lib, umurtqa
pog’onasiga prujinalik holatini bеradi, ular tufayli yurish,
chopish, sakrash harakatlarida olinadigan zarbalar so’ndiriladi
va miya chayqalishdan saqlanadi. Agar bola parta va stulda
noto’g’ri o’tirishga o’rgansa, og’ir yuk ko’tarsa, ushbu
egilmalar
noto’g’ri
shakllanib,
uning
qaddi-qomati
va
sog’lig’iga salbiy ta’sir qiladi.



Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə