Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari



Yüklə 47,93 Kb.
tarix26.10.2018
ölçüsü47,93 Kb.
#75630

Tarix fani

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari




Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta ta’lim

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1

Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1+

Tarix fanini

o‘rganishning kuchaytirilgan

umumiy darajasi.



Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:

O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.




Tarix fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari


1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

B1

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;

o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;

davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;

tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;

B1+

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;

voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi.

davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;

tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.

2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;

tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.

B1+

tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;

mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;

o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.

O‘RTA TA’LIMNING

TARIX FANIDAN

O‘QUV DASTURI

(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo‘yadi:

o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani uch yo‘nalishni tashkil etadi. Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dunyo dinlari tarixi.

5-sinfda (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.

6-sinf tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi.

7-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi.

7-sinf Jahon tarixi (51 soat) – dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat)da – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf Jahon tarixi (34 soat)da esa, XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi.

8-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) da eng qadimgi davrdan XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

9-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davri bilan tanishtiradi.

9-sinf Jahon tarixi (34 soat) XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarini o‘z ichiga oladi.

9-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) jahon dinlari, globallashuv sharoitida inson ongi va tafakkuri uchun kurash, din niqobidagi terrorchilik harakatlari, ularning maqsad-vazifalarini yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.

10-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimizning 1918-yildan 1991-yilgacha bolgan davri voqelikliklari bilan tanishish va o’rganishga bag’ishlanadi.

10-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1918-yildan 1991-yilgacha bo’lgan davrdagi dunyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini o’rganadi.

10-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – fan va din munosabatlari, jahon dinlari, tasavvuf va uning tariqatlari, din va “ommaviy madaniyat”, ksenofobiya va din kabi masalalarini o’rganadi.

11-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotni o’z ichiga qamrab oladi.

11-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1991-yildan bugungi kungacha dunyo mamlakatlari tarixiy taraqqiyoti va global voqeliklarni o’rganadi.

11-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendentsiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Dastur – mavzularini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra, maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular kengaytirib o‘qitiladi.

Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (V-IX sinflar) vazifasiga kirmaydi. Uni izchillikda o‘rganish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida davom ettiriladi.

Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o‘rganishning asosiy maqsadi:

tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;

Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish;

mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarix fanini o‘rganishning asosiy vazifalari:

Tarixiy voqea va hodisalar asosida “Tarix – xalq ma’naviyatining asosi” ekanligini singdirish;

har bir xalq o‘z tarixini turli ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib borish;

tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligini tushuntirish;

ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetensiyalar – kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘z o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi va tarix fani mazmuniga oid tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

I. TK-tayanch kompetensiya


  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

  6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK-fanga oid kompetensiyalar

1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.


9-SINF. DUNYO DINLARI TARIXI

(A2 34 soat, haftasiga 1 soatdan)
Kirish. (A2 1 soat)

Dinlar tarixining o‘rganishning maqsadi. Sog‘lom e’tiqod tushunchasi. G‘oyaviy tahdidlar.


I BOB. DIN VA JAMIYAT

(A2 7 soat)
1-mavzu. Din ijtimoiy hodisa sifatida. (A2 1 soat)

Dinning e’tiqodning shakllanishida shaxs va jamiyatning o‘zaro munosabatlari. Dinning jamiyat rivojiga ta’siri. Bugungi kunda dinning ijtimoiy ahamiyati.



2-mavzu. Dunyo dinlarining tarqalish geografiyasi. (A2 1 soat)

Dunyodagi diniy xilma-xillik va uning sabablari. Jahon dinlari doirasida turli sektalarning paydo bo‘lishi va ularning oqibatlari.



3- mavzu. Markaziy Osiyo turli xil dinlar va madaniyatlar tutashgan markaz. (A2 1 soat)

Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar tutashgan markaz. Mamlakatimiz hududida buddaviylik, zardushtiylik, xristianlik va boshqa milliy dinlarning tarqalishi.



4-mavzu. Dinlardagi an’ana va marosimlar. (A2 1 soat)

Diniy bayramlar ularning ezulik mohiyati. Inson hayoti bilan bog‘liq marosimlar va ularning tarixiy manbalarda aks etishi.



5-mavzu. Din va axloq. (A2 1 soat)

Axloq tushunchasi. Turli dinlardagi axloqiy normalarning mushtarak jihatlari.



6-mavzu. Dinning atrof-muhitga munosabati. (A2 1 soat)

Dinlarda poklik tushunchasi. Dinlarda tirik mavjudotga munosabat. Tejamkorlik, tartiblilik tushunchalarining berilishi. Tabiiy ne’matlarga oqilona munosabatda bo‘lish g‘oyalari.



7-mavzu. Diniy ramzlar. (A2 1 soat)

Diniy ramzlar va ularning mohiyati. Jahon dinlari ramzlari. Ramzlarning milliy va mintaqaviy xususiyatlari. Dinlardagi mushtarak ramzlar. Ramzlarning bugungi kundagi o‘rni.


II BOB. ISLOM VA MA’RIFAT

(A2 7 soat)
8-mavzu. Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi. (A2 1 soat)

Qutayba ibn Muslimning Movarounnahrga yurishi. Movarounnahrda Umaviylar va Abbosiylar davrida islom jamoasining shakllanishi.



9-mavzu. Islom dini madaniyati. (A2 1 soat)

Islom manbalarida odob-axloq masalalari yoritilishi. Markaziy Osiyoda tarqalgan asosiy oqim va mazhablar.



10-mavzu. Markaziy Osiyoda islom dinining jamiyat ma’naviy rivojiga ta’siri. (A2 1 soat)

Astronomiya, matematika, fizika, geografiya, tibbiyot, adabiyot, arxitektura, sohalarining dunyo ilm-fanining rivojiga ta’siri. Kitobat, xattotlik, miniatyura, san’atining rivoji.



11-mavzu. Movarounnahr muhaddislar yurti. (A2 1 soat)

Imom Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” kitobining jamlanishi. Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning “Sunani Termiziy” kitobi. Imom Motrudiy – musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi.



12- mavzu. Movarounnahr allomalar yurti. (A2 1 soat)

Burxoniddin Marg‘inoniyning Hidoya asari. Bahouddin Naqshbandning “Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” hikmatining mohiyati. Najimiddin Kuboro va Alisher Navoiy talqinida “Komil inson” g‘oyasining yoritilishi.



13-mavzu. Rossiya imperiyasining din va dindorlarga nisbatan mustamlakachilik siyosati. (A2 1 soat)

Rossiya o‘lkalarida dinga munosabat. Turkiston o‘lkasining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va uning mahalliy diniy-ma’rifiy muhitga ta’siri. Mustamlakachilarning din va dindorlarga munosabati.



14-mavzu. Sovet davrida dinga munosabat. (A2 1 soat)

Sovet hukumatining dinga munosabati. Qatag‘on-yillaridagi diniy muassasalarning ta’qib etilishi. Ikkinchi jahon urushi-yillarida dinga munosabatning mo‘tadillashuvi. Urushdan keyingi-yillarda dinga munosabatning keskinlashuvi.


III BOB. MUSTAQIL O‘ZBEKISTONDA DINGA MUNOSABAT

(A2 4 soat)

15-mavzu. Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi. (A2 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi. Milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi.



16-mavzu. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari. (A2 1 soat)

O‘zbekistonda davlat va din munosabatlarning tamoiyllari: dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish, diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish. Barcha fuqarolarning huquqlarini teng kafolatlash. Ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish. Dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik.



17-mavzu. O‘zbekiston – bag‘rikenglik diyori. (A2 1 soat)

O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari va hozirgi ko‘rinishi. O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan konfessiyalar.



18-mavzu. Toshkent – islom madaniyati poytaxti. (A2 1 soat)

Toshkent – ilm-fan markazi. Toshkentdagi tarixiy obidalar. Ajdodlarimizning islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi. Toshkentdagi Usmon Mus’hafi. O‘zbekistonda dinga bo‘lgan e’tiborning islom olamida e’tirof etilishi.


IV BOB. TINCHLIK VA BARQARORLIKKA TAHDIDLAR

(A2 2 soat)
19-mavzu. Diniy fundamentalizmning yuzaga kelishi. (A2 1 soat)

Fundamentalizm tushunchasi mazmuni. Kelib chiqishi. Jamiyat taraqqiyotiga zararli ta’siri. Islom dini doirasida yuzaga kelgan mutaassib oqimlar. Dindan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinishning oqibatlari.



20-mavzu. Din niqobidagi ekstremizm va terrorizm – jamiyat barqarorligiga tahdid. (A2 1 soat)

Diniy ekstremistik tashkilotlarning, geografik o‘choqlari, faoliyati va uslublari. Ularning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi.


V BOB. INTERNET VA DIN

(A2 2 soat)
21-mavzu. Jahon axborot tarmog‘idagi fitnalar xuruji. (A2 1 soat)

Fitning mazmun mohiyati va xatarlari. Ijtimoiy tarmoqlar tahdidlari. Global tarmoqning zamonaviy tuzoqlari.



22-mavzu. Missionerlik va uning oqibatlari. (A2 1 soat)

Missionerlikning mohiyati, maqsadi. Amalga oshirish shakli va usullari. Dunyodagi missionerlik tashkilotlari. Missionerlikning xalqaro barqarorlikka tahdidi. Missionerlik va prozelitizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari.


VI BOB. O‘ZBEKISTONDA DINIIY BAG‘RIKENGLIK

(A2 4 soat)
23-mavzu. Qonun va din. (A2 1 soat))

Diniy e’tiqod erkinligining xalqaro hujjatlarda eks etishi. O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining qonunan kafolatlanishi. Vijdon erkinligi kategoriyalari.



24-mavzu. Ajdodlar merosida bag‘rikenglik g‘oyalari. (A2 1 soat)

O‘rta asrlar Sharq allomalari asarlarida bag‘rikenglik g‘oyalari. Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning o‘zaro uyg‘unligi. Bag‘rikenglik tamoyillarining dunyoda tinchlikni asrashdagi ahamiyati.



25-mavzu. O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar va bag‘rikenglik. (A2 1 soat)

O‘zbekistondagi konfessiyalar va diniy xilma-xillik. Mintaqamizdagi diniy bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari. Yurtimizdagi bag‘rikenglik muhitining turli din vakillari tomonidan e’tirof etilishi.



26-mavzu. Mustaqillik davrida diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi. (A2 1 soat)

Alloma ajdodlarimizning diniy sohaga oid ilmlar bo‘yicha amalga oshirgan ishlari. Ular qoldirgan boy diniy-ma’rifiy merosning tadqiq etilishi. Sharqona mentalitet va odob-axloq tamoyillarining tiklanishi.


O‘quvchilarda fanga oid quyidagi kompetensiyalar shakllanadi:

Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

A2

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan XXI asrga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

tarixda davr va-yil hisobini biladi;

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon sivilizatsiyasiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi.
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;

qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, OAVda berilayotgan ma’lumotlarga tarixiy bilimlari asosida munosabat bildira oladi;

Quyidagi tarixiy atamalar mazmunini biladi, ma’lumot bera oladi:

Alloh, payg‘ambar, imon, namoz, zakot, haj, fitr, nisob, Ramazon, ro‘za, hayit, Qur’on, hadis, amin, Mus’haf, farz, vojib, sunnat, muboh, makruh, harom, mandub, shariat, ijmo, qiyos, xorijiylik, shialik, sunniylik, fatvo, Alfraganus, Ptolomey, shayxur-rais, Arastu, jorulloh, ziji ko‘ragoniy, tasavvuf, suls, nasta’liq, nasx, bag‘rikenglik, tafsir, mufassir, kalom, mutakallim, fiqh, ruhoniy, kommunist, ateist, cherkov, ikona, afyun, vijdon erkinligi, fundamentalizm, mutaassiblik, terrorizm, ekstremizm, fanatizm, terror, takfir, missionerlik, prozelitizm, sovetlar, antifashist.

Quyidagi joylarni xaritadan ko‘rsata oladi va ma’lumot bera oladi: Mesopotamiya, Shumer va Akkad, Bobil, Amritsar, Vatikan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Kanada, Shveysariya, Skandinaviya, Latviya, Estoniya, Belorusiya, Arabiston, Makka, Madina, Xuroson, Movarounnahr, Toshkent (Shosh), Xorazm, Buxoro, Samarqand, Nasaf, Termiz, Xiva, Marg‘ilon, Turkiston, Orenburg, Kavkazorti, Tiflis (Tiflis);

Quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi: Muhammad ibn Abdulloh, Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Maxavira, Buxoriy, Abu Iso Termiziy, Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Bahouddin Naqshband, Abduxoliq G‘ijduvoniy,

Quyidagi tarixiy sanalar haqida ma’lumot bera oladi:

1870-yilda Italiya inqilobi papani dunyoviy hokimiyatdan mahrum etdi. Shu-yili Rim shahrining Vatikan deb ataluvchi qismi papaning qarorgohi etib belgilandi.

1523-yildan to 1978-yilgacha papalar faqat italyan millati vakillaridan saylanib kelindi. 1978-yilda bu an’ana buzildi. Polsha ruhoniysi Karol Voytila papa etib saylandi. Bugungi kunda Rim papasi argentinalik Fransisk (Xorxe Mario Bergolyo)dir.

XVI asrda katoliklik yo‘nalishida ro‘y bergan bo‘linish natijasida protestantlik paydo bo‘ldi.

XV-XVI asrlarda katoliklik cherkovi tomonidan indulgensiya savdolari avj oldirildi.

1517-yil 31-oktabrda vittenberglik ruhoniy-martin Lyuter shahar sobori darvozasiga indulgensiyalar savdosini tanqid qilgan 95 moddadan iborat tezislarini osib qo‘yadi.

Milodning VI asriga kelib Makka shahri Arabistonning eng yirik markaziga aylandi.

VI asr oxiri – VII asr boshlarida arablar katta-kichik qabilalarga bo‘lingan holda turli xil nomdagi but-sanamlarga sig‘inar edilar.

570-yilda islom dinining payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat hukmronlik qilayotgan Makka shahrida, Quraysh qabilasining obro‘li Abdulmuttalib xonadonida dunyoga kelgan.

610-yilda Muhammad (s.a.v.) 40 yoshga to‘lganida Ramazon oyining 27-kunida Makka shahrining Nur tog‘idagi “Hiro” g‘orida unga ilk vahiy kelganligi islom manbalarida qayd etilgan.

605-yil Ka’bani ta’mirlash jarayonida qabilalar o‘rtasida “Hajarul-Asvad” (“Qora tosh”)ni o‘z o‘rniga qo‘yish borasida janjal chiqdi.

622-yilda musulmonlarning Makkadan Madinaga ko‘chishi hijriy-yil hisobiga asos qilib olingan.

632-yilda Muhammad (s.a.v.) va musulmonlar haj ibodatini amalga oshirdilar. “Vidolashuv haji”dan Madinaga qaytgach, Muhammad (s.a.v.) shu-yili 27-mayida 63 yoshda vafot etdi.

656-yilda xorijiylik yo‘nalishi yuzaga keldi.

661-yilda xorijiylar xalifa Ali ibn Abu Tolibga suiqasd uyushtirib, qatl qilganlar.

VIII-IX asrlarga kelib sunniylik doirasida shariat mazhablari – hanafiylik, molikiylik, shofiiylik va hanbaliylik yuzaga kelgan.

IX-XI asrlarda “Baytul-hikma”, ya’ni “Donishmandlik uyi” degan nom bilan atalgan ilm maskani shuhrat qozongan.

797-yilda Ahmad Farg‘oniy tavallud topdi.

1690-yil Gdanskda polyak astronomi Yan Geveliy chop ettirgan “Yulduzlar osmonining atlasi”dagi ikkita gravyurada o‘sha davrning mashhur astronomlari orasidan Ulug‘bekka faxrli o‘rin bergan.

861-yilda Al-Farg‘oniy Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometr – Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskuna yasagan.

1886-yili qabul qilingan “Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»da mavjud vaqf mulklarini rasmiylashtirish uchun qisqa muddat (1887-yil 1-iyulga qadar) berilib, hujjatlari rasmiylashtirib ulgurilmagan vaqf mulklari davlat ixtiyoriga o‘tkazilgan.

1880- 1890-yillarda mintaqada pravoslav jamoalari shakllandi. Ular uchun pravoslav cherkovlari qurildi.

1918-yil-noyabrda sovet hukumatining ko‘rsatmalari asosida masjid va madrasalar yoppasiga yopila boshladi.

1929-yil 8-aprelda sovet hukumatining cherkov va masjidlarning daromadini nazorat qilishni kuchaytirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

1929-1939-yillar orasida faqat birgina O‘zbekistonning o‘zida 14 ming masjid yopilib, buzib tashlangan.

1920-1930-yillarda deyarli barcha katolik ibodatxonalari yopildi.

1943-yilda Ichki ishlar vazirligi qoshida Rus pravoslav cherkovi ishlari vakilligi, 1944-yilda barcha dinlar uchun mas’ul “Din ishlari bo‘yicha vakillik” tashkil qilindi.

miloddan avvalgi 2-mingyillik oxiri va 1-mingyillikda qadimiy turkiy xalqlarning diniy e’tiqodlaridan biri Tangrichilik vujudga kelgan.

miloddan avvalgi 2-mingyillikda Yaqin Sharqda dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri yahudiylik paydo bo‘lgan.

1990-yilda hadis ilmining yirik namoyandalaridan biri Abu Iso Termiziyning 1200-yilligi, 1993-yilda tasavvuf ilmining yirik namoyandasi, buyuk bobomiz Sayyid Bahouddin Naqshbandning 675-yilligi, muhaddislar sultoni, ulug‘ bobomiz Imom Buxoriy tavalludining 1220-yilligi, 1998-yilda 1225-yilligi nishonlandi.

2000-yilda Samarqand shahrida Imom Moturidiy tavalludining 1130-yilligi nishonlandi.

1999-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi huzurida Toshkent islom universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi.

1995-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiorida xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazildi.

2007-yilda Islom Konferensiyasi Tashkiloti qoshidagi Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasasi (ISESCO) tomonidan Toshkent shahri “Islom madaniyatining poytaxti” deb e’lon qilindi.


O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari.

A2, A2+

Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob beradi;

ijtimoiy moslasha oladi, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila biladi, uni ishontira biladi;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqaradi, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud tarix faniga oida axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana oladi;

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralaydi, qayta ishlaydi, uzatadi, saqlaydi, xavfsizligini ta’minlaydi va foydalanishda mediamadaniyatga rioya qiladi;

ma’lumotlar bazasini yarata oladi, asosiylarini tanlay oladi va ularni tahlil qila biladi;


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib boradi, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intiladi;

o‘z xatti-harakatini adekvat baholaydi, o‘zini nazorat qila biladi,halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi va faol ishtirok etadi;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qiladi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘ladi;

badiiy va san’at asarlarini tushunadi, ta’sirlana oladi;

orasta kiyinadi, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qiladi,

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) biladi, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi;

o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qiladi;

xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asraydi, ta’lim muassasasida va jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shartsharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi hamda foydalana oladi.


Mavzularni o‘rganish uchun – 26 soat

Nazorat ishlari uchun – 1 soat

Takrorlash uchun – 4 soat

Manbalar bilan ishlash – 3 soat



Jami: 34 soat


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Ўзбекистон, 1998.

  2. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – 440 б.

  3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u istiqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng оliy saodatdir. – T.: O’zbekiston, 2015.

  4. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  5. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  6. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.

  8. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1997-yil 29-avgustdagi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni.

  9. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g'risida” gi 390-sonli Qarori.

  10. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturi to’g’risida” gi Farmoni.

  11. O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirli va Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2010-yil 1 iyuldagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o’qitiladigan umumta'lim fanlari hamda oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to’g’risida” gi 6G`2G`4G`1-sonli qo’shma hay'at majlisi qarori.

  12. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2012-yil 10 dеkabrdagi “Chеt tillarini o’rganish tizimini yanada takomilashtirish to’g’risida” gi PP-1875-sonli qarori.

  13. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta'lim tizimining chеt tillar bo’yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi 124-sonli qarori.

  14. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 aprеldagi “Umumiy o’rta ta'lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori.

  15. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o’rta ta'lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.

  16. O’tkazilgan Forum tavsiyalari “Ijtimoiy fanlarni o’qitish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishda o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va еchimlar”. 2017-yil. 24-25-mart kunlari.

  17. Тарих ўқитиш методикаси. – T.: TURON- IQBOL, 2001.

  18. Жаҳон тарихининг муҳим саналари. – T.: O‘zbеkiston, 2011.

  19. O‘zbеkiston tarixining muhim sanalari.”O’ZBEKISTON” NMIU, 2012-yil.

  20. O‘zbеkistonda davlat va din munosabatlari: Diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo’nalishlari. – “Toshkеnt islom univеrsitеti” nashriyot –matbaa birlashmasi, 2014-yil.

  21. Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Т.: O’zbekiston, 2015.

  22. Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: Маънавият, 2008.

  23. Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи (Энг қадимги даврлардан Россия босқинига қадар). – Т.: Шарқ, 2001.

  24. Иброҳимов А. Бизким, ўзбеклар... Миллий давлатчилигимиз асослари ҳақида мулоҳазалар. – Т.: Шарқ, 1999.

  25. Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Президент Ислом Каримов тарафдорининг танқидий мулоҳазалари. – Т.: Ўзбекистон, 2001.

  26. Левитин Л., Карлайл С. Ислом Каримов – янги Ўзбекистон Президенти. – Т.: Ўзбекистон, 1996.

  27. Тойнби А. Цивилизация перед судом истории. Сборник. – М.: Рольф, 2002.

  28. Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиѐтнинг ўзбек модели (методология, инновация, тарихий таҳлил). – Т.: O’zbekiston, 2015.

  29. Эркаев А. Ўзбекистон йўли (Президент Ислом Каримовнинг ислоҳотлар назарияси ҳақида мулоҳазалар). – Т.: Маънавият, 2011. – 198 б.

  30. Жалолиддин Мангуберди. – Т.: Шарқ, 1999.

  31. Muhammad Ali. Sarbadorlar. – T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.



Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablariga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining

10-11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun “Tarix” fanlari bo‘yicha yagona o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ishchi guruhi
TARKIBI



TТ/r

F.I.SH

Lavozimi

Imzo

1.

Yaxshiyev Anvar Jo‘raqulovich

O‘zbekiston davlat soliq akademiyasi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent




2.

Zamonov Akbar Turg‘unovich

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiq-lashtiruvchi metodik markazi bo‘lim boshlig‘i.




3.

Xodjayev Begzod Xudoyberganovich

A.Navoiy nomidagi Toshken davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti pedagog qadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, p.f.d., prof.




4.

Ergashev Shuhrat

Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n.




5.

Rajabov Qahramon

Fanlar akademiyasi Tarix instituti loyiha rahbari, t.f.d., prof.




6.

Raximjonov Durbek Obidjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti dotsenti, t.f.n




7.

Ismatova Nargiza Qamariddinovna

Respublika ta’lim markazi bo’lim boshlig’i




8.

Abdullayev Jamshid

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey tarix fani o’qituvchisi




9.

Safarova Shirin Yarashovna

Respublika ta’lim markazi metodisti




10.

Tojiboyev Husniddin Abdumalikovich

Yakkasaroy tumani 144-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi




Tarix fani ekspert guruhi tarkibi

11.

Polvonov Jo‘rabek Ne’matovich

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining tarix fani o‘qituvchisi




22.

Tillaboyev Soyibjon Bakievich

Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchisi




33.

Alimova Mahfuza Faxrutdinovna

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta o’qituv-chisi, t.f.n.




44

Xaydarxon Yuldoshxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, t.f.n.




55

Xushvaqova Nigora

Toshkent shahar Uchtepa tumani 74-maktabning tarix fani o`qituvchisi




Yüklə 47,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə