Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari



Yüklə 103,54 Kb.
tarix06.05.2018
ölçüsü103,54 Kb.
#42562

Tarix fani

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari




Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta ta’lim

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1

Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1+

Tarix fanini

o‘rganishning kuchaytirilgan

umumiy darajasi.



Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:

O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.




Tarix fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari


1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

B1

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;

o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;

davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;

tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;

B1+

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;

voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi.

davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;

tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.

2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;

tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.

B1+

tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;

mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;

o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.

O‘RTA TA’LIMNING

TARIX FANIDAN

O‘QUV DASTURI

(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo‘yadi:

o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani uch yo‘nalishni tashkil etadi. Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dunyo dinlari tarixi.

5-sinfda (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.

6-sinf tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi.

7-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi.

7-sinf Jahon tarixi (51 soat) – dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat)da – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf Jahon tarixi (34 soat)da esa, XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi.

8-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) da eng qadimgi davrdan XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

9-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davri bilan tanishtiradi.

9-sinf Jahon tarixi (34 soat) XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarini o‘z ichiga oladi.

9-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) jahon dinlari, globallashuv sharoitida inson ongi va tafakkuri uchun kurash, din niqobidagi terrorchilik harakatlari, ularning maqsad-vazifalarini yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.

10-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimizning 1918-yildan 1991-yilgacha bolgan davri voqelikliklari bilan tanishish va o’rganishga bag’ishlanadi.

10-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1918-yildan 1991-yilgacha bo’lgan davrdagi dunyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini o’rganadi.

10-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – fan va din munosabatlari, jahon dinlari, tasavvuf va uning tariqatlari, din va “ommaviy madaniyat”, ksenofobiya va din kabi masalalarini o’rganadi.

11-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotni o’z ichiga qamrab oladi.

11-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1991-yildan bugungi kungacha dunyo mamlakatlari tarixiy taraqqiyoti va global voqeliklarni o’rganadi.

11-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendentsiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Dastur – mavzularini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra, maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular kengaytirib o‘qitiladi.

Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (V-IX sinflar) vazifasiga kirmaydi. Uni izchillikda o‘rganish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida davom ettiriladi.

Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o‘rganishning asosiy maqsadi:

tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;

Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish;

mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarix fanini o‘rganishning asosiy vazifalari:

Tarixiy voqea va hodisalar asosida “Tarix – xalq ma’naviyatining asosi” ekanligini singdirish;

har bir xalq o‘z tarixini turli ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib borish;

tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligini tushuntirish;

ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetensiyalar – kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘z o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi va tarix fani mazmuniga oid tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

I. TK-tayanch kompetensiya


  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

  6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK-fanga oid kompetensiyalar

1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.


11-SINF. DUNYO DINLARI TARIXI

DASTUR MAZMUNI

(B1 34 soat)

1-mavzu. Kirish. O‘zbekistonda havfsizlik, barqarorlik muhitini shakllantirish (B1 1 soat).

O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar Strategiyasi. Havfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash. O‘zaro amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash.


2-mavzu. Dinshunoslikdagi zamonaviy tendensiyalar (B1 1 soat).

Dinshunoslik faninig rivojlanishi. dunyo dinlari tarixi, Din sotsiologiyasi, psixologiyasi, fenomenologiyasini o‘rganishda yangi tendensyailar.


3-mavzu. Davlat va din munosabatlari (B1 1 soat).

Jahon davlatlarida davlat va din munosabatlari modellari, sekulyarizm, sakralizm, desakralizatsiya tushunchalarining mohiyati.


4-mavzu. Din va ijtimoiy hayot (B1 1 soat)

Dinning jamiyatdagi o’rni. Noosfera va iymon. Ijtimoiy munosabatlar va din.


5-mavzu. Markaziy Osiyo dinlari (B1 1 soat)

Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlarning hozirgi holati. Zardushtiylik jamoalarining zamonaviy hayot tarzi. Tangrichilikdagi “Uyg‘onish” harakati va zararli oqibatlari.


6-7-mavzu. Jahon dinlari manbalari. Buddaviylik va Xristianlik (B1 2 soat)

Jahon dinlari manbalarining diniy bag‘rikenglik, totuvlik madaniyatini shakllantirshdagi ahamiyati. O‘zbekistondagi buddaviylik jamoasi, adabiyotlari. O‘zbekistondagi Xristianlik jamoalari. Bibliyaning o‘zbek tilidagi nashri.


Takrorlash (B1 1 soat).
8-9-mavzu: XX-XXI asrlarda Islom (B1 2 soat).

Islom dini doirasida yuzaga kelgan xalqaro tashkilotlar, ularning mutaasiblik va terrorizmga qarshi kurashdagi o‘rni. O‘zbekistoning Xalqaro islom tashkilotlaridagi a’zoligi. Islom hamkorlik tashkiloti va uning bo‘linmalari.




10-mavzu XX-XXI asrlarda Islom dinlardagi oqimlar va sektalar (B1 1 soat).

Islom olamida fundamentalizm g’oyasini tarqatishga urinishlar. “Musulmon birodarlar” tashkilotining yuzaga kelishi. 1950 yilarda “musulmon birodarlar” tarkibidan ajralib chiqqan guruhlar.


11-12-mavzu. XX-XXI asrlarda tariqatchilik (B1 2 soat).

Tariqatchilik tushunchasining mazmun-mohiyati. XX-XXI asrlarda O‘zbekiston hududida paydo bo‘lgan sohta tariqatlar, ularning asosiy belgilari va jamiyatga zararlari.


13-mavzu. XX-XXI asrlarda Din va madaniyat (B1 1 soat).

Dinning madaniyat hayotdagi o‘rni. Islom madaniyat markazlarining tashkil etilishi. O‘zbekistondagi “Islom madaniyati markazi” faoliyati.


14-15-mavzu. XX-XXI asrlarda diniy an’ana va marosimlar (B1, 1 soat)

“Marosim” tushunchasining mazmun-mohiyati. Miliy va diniy marosimlarning transformatsiyalashuv jarayonlari. Milliy qadriyatlar va diniy an’analar.


16-17-mavzular. Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili (B1 2 soat).

Din va kinomotografiya. Din va badiiy adabiyot. Virtual messenjerlar va ulardan turli ekstremistik oqimlarning foydalanishi. O‘zbekistonda kibermakondagi diniy xurujlarni oldini olish bo‘yicha harakatlar.


Takrorlash (B1 1 soat).
18-mavzu. XX-XXI asrlarda Dunyoning konfessional manzarasi (B1 1 soat).

XX-XXI asrlarda dunyoning konfetsional manzarasidagi o‘zgarishlar. migratsiya, demografiya va missionerlikning dunyo konfetsional xaritasiga o‘tkazadigan ta’siri.


19-21-mavzular. XX-XXI asrlarda O‘zbekistondagi diniy tashkilotlar va konfessiyalar (B1 3 soat).

O‘zbekistondagi diniy konfetsiyalar va diniy tashkilotlar. Ularning zamonaviy holati. Konfetsiyalar o‘rtasida bag‘rikenglikni ta'minlash bo‘iycha olib borilayotgan amaliy choralar.


22-mavzu. XX-XXI asrlarda missionerlik va prozeletizm (B1 1 soat).

XX-XXI asrlarda yuzaga kelgan xalqaro missionerlik uyushmalari. Missonerlik giosiyosiy o‘yinlar quroli sifatida. Missionerlik va prozeletizmni millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikka salbiy ta'siri.



23-mavzu. XXI asrlarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash strategiyasi (B1 1 soat).

Diniy ekstremizm va terrorizmning yangi ko‘rinish kasb etishi va transformatsiyalashuv jarayonlari. Xalqaro tashkilotlarning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdagi o‘rni.


Takrorlash (B1 1 soat).
24-25-mavzular. O‘zbekistonning xalqaro diniy ekstremizmga qarshi kurashdagi o‘rni. (B1, 2 soat)

O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi milliy strategiyasi. Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha O‘zbekistonning tashabbusi. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda barqarorlikning ta'minlanishidagi o‘rni.


26-mavzu. Diniy bag‘rikenglik madaniyati va konfessiyalararo muloqot. (B1 1 soat).

Diniy bag‘rikenligik madaniyatini shakllantirish zarurati. O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari va davriy nashrlarida diniy bag‘rikenglik madaniyatining targ‘ib qilinishi. Diniy tashkilotlarning nashrlari va OAVdagi chiqishlari.


27-mavzu. O‘zbekistonda diniy ta'lim (B1 1 soat).

O‘zbekistonda diniy ta'limning tarixiy ildizlari. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan madrasa va seminariyalar.


Jami: B1 34 soat

Umumiy mavzu: 27 ta

Takrorlash: 1 soat)

Yakuniy dars: 1 soat

Nazorat ishi: 1 soat

Amaliy mashg‘ulot: 1 soat


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Ўзбекистон, 1998.

  2. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – 440 б.

  3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u istiqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng оliy saodatdir. – T.: O’zbekiston, 2015.

  4. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  5. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  6. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.

  8. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1997-yil 29-avgustdagi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni.

  9. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g'risida” gi 390-sonli Qarori.

  10. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturi to’g’risida” gi Farmoni.

  11. O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirli va Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2010-yil 1 iyuldagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o’qitiladigan umumta'lim fanlari hamda oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to’g’risida” gi 6G`2G`4G`1-sonli qo’shma hay'at majlisi qarori.

  12. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2012-yil 10 dеkabrdagi “Chеt tillarini o’rganish tizimini yanada takomilashtirish to’g’risida” gi PP-1875-sonli qarori.

  13. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta'lim tizimining chеt tillar bo’yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi 124-sonli qarori.

  14. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 aprеldagi “Umumiy o’rta ta'lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori.

  15. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o’rta ta'lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.

  16. O’tkazilgan Forum tavsiyalari “Ijtimoiy fanlarni o’qitish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishda o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va еchimlar”. 2017-yil. 24-25-mart kunlari.

  17. Тарих ўқитиш методикаси. – T.: TURON- IQBOL, 2001.

  18. Жаҳон тарихининг муҳим саналари. – T.: O‘zbеkiston, 2011.

  19. O‘zbеkiston tarixining muhim sanalari.”O’ZBEKISTON” NMIU, 2012-yil.

  20. O‘zbеkistonda davlat va din munosabatlari: Diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo’nalishlari. – “Toshkеnt islom univеrsitеti” nashriyot –matbaa birlashmasi, 2014-yil.

  21. Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Т.: O’zbekiston, 2015.

  22. Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: Маънавият, 2008.

  23. Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи (Энг қадимги даврлардан Россия босқинига қадар). – Т.: Шарқ, 2001.

  24. Иброҳимов А. Бизким, ўзбеклар... Миллий давлатчилигимиз асослари ҳақида мулоҳазалар. – Т.: Шарқ, 1999.

  25. Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Президент Ислом Каримов тарафдорининг танқидий мулоҳазалари. – Т.: Ўзбекистон, 2001.

  26. Левитин Л., Карлайл С. Ислом Каримов – янги Ўзбекистон Президенти. – Т.: Ўзбекистон, 1996.

  27. Тойнби А. Цивилизация перед судом истории. Сборник. – М.: Рольф, 2002.

  28. Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиѐтнинг ўзбек модели (методология, инновация, тарихий таҳлил). – Т.: O’zbekiston, 2015.

  29. Эркаев А. Ўзбекистон йўли (Президент Ислом Каримовнинг ислоҳотлар назарияси ҳақида мулоҳазалар). – Т.: Маънавият, 2011. – 198 б.

  30. Жалолиддин Мангуберди. – Т.: Шарқ, 1999.

  31. Muhammad Ali. Sarbadorlar. – T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.



Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablariga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining

10-11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun “Tarix” fanlari bo‘yicha yagona o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ishchi guruhi
TARKIBI



TТ/r

F.I.SH

Lavozimi

Imzo

1.

Yaxshiyev Anvar Jo‘raqulovich

O‘zbekiston davlat soliq akademiyasi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent




2.

Zamonov Akbar Turg‘unovich

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiq-lashtiruvchi metodik markazi bo‘lim boshlig‘i.




3.

Xodjayev Begzod Xudoyberganovich

A.Navoiy nomidagi Toshken davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti pedagog qadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, p.f.d., prof.




4.

Ergashev Shuhrat

Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n.




5.

Rajabov Qahramon

Fanlar akademiyasi Tarix instituti loyiha rahbari, t.f.d., prof.




6.

Raximjonov Durbek Obidjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti dotsenti, t.f.n




7.

Ismatova Nargiza Qamariddinovna

Respublika ta’lim markazi bo’lim boshlig’i




8.

Abdullayev Jamshid

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey tarix fani o’qituvchisi




9.

Safarova Shirin Yarashovna

Respublika ta’lim markazi metodisti




10.

Tojiboyev Husniddin Abdumalikovich

Yakkasaroy tumani 144-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi




Tarix fani ekspert guruhi tarkibi

11.

Polvonov Jo‘rabek Ne’matovich

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining tarix fani o‘qituvchisi




22.

Tillaboyev Soyibjon Bakievich

Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchisi




33.

Alimova Mahfuza Faxrutdinovna

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta o’qituv-chisi, t.f.n.




44

Xaydarxon Yuldoshxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, t.f.n.




55

Xushvaqova Nigora

Toshkent shahar Uchtepa tumani 74-maktabning tarix fani o`qituvchisi




Yüklə 103,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə