Tarbiyaviy ishlar metodikasi



Yüklə 18,96 Kb.
tarix20.05.2022
ölçüsü18,96 Kb.
#87423
1-topshiriq


1-mavzu
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining ilmiy nazariy asoslari. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnika, pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari. Pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan muomalasining mohiyati



  1. Ijtimoiylashtirish - odamlar orasidagi ijtimoiy tuzilish va ijtimoiy munosabatlarni o'z ichiga olgan interaktiv jarayon.

  2. Pedagogik texnika - o'qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo'lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir.

  3. Tarbiya- yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan faoliyatdir.

  4. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa - bu ma'lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me'yorlar, hatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha borish jarayonidir.

  5. ijtimoiy tarbiya-shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlarni shakllantirish jarayoni.

  6. Kommunikativlik-shaxslararo muloqat madaniyatiga ega bo’lish, bolani tinglash va eshitish qobiliyati, muomalaga kirisha olish va aloqa o’rnatish, axborot to’plash, turli ijtimoiy munosabatlar o’rnatish va rivojlantirish, bolaning verbal va noverbal xulq-atvorini kuzatish.

  7. Korreksion tarbiya-jamiyatdagi hayotga ko’nikish uchun sharoitlar yaratish, ba’zi toifa odamlarni rivojlanish nuqsonlarini yengib o’tish yoki bartaraf etish.

  8. Pedagogik tashhiz-o’quvchi va o’quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-tarbiya jarayoniga indeaidual va differensial yondoshuvni ta’minlash uchun o’rganish.

  9. Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolalar va o’smirlarni o’rab turuvchi mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiyasi bo’yicha bosqichma-bosqich ish olib borish bo’lib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasi, individuallashuvi va integratsiyasiga qaratilgan. Uning ob’ekti bola hisoblanib, predmeti-bolalarning ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir.

  10. Pedagogik yordam- bolaning ijtimoiylashuvi va to’la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik chora-tadbirlar tizimi.

  11. Innovatsiya- (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi

  12. Tarbiya texnologiyasi- tarbiyaning ma’lum maqsadlariga erishishga qaratilgan maxsus pedagogik uslublar tizimi.

  13. Pedagogik yordam texnologiyasi- o‘sib borayotgan odamning boshqalardan o'zining farqini anglab yetishiga yordam beruvchi o‘zining bo‘shligi va o‘z kuchi - jismoniy, intellektual, ma’naviy, ijodiy vositalardan foydalanishi tizimidir.

  14. Tipik xato- pedagogning kiitilmaganda bolala'ning ta’sirlanishidan (bolalar pedagog kutayotgan narsani ajtmasligi yoki qilmasligi mumkin) qo‘rqqani tufayli bu bosqichii inkor etishi.

  15. Didaktik tizim- (yunoncha «systema» – yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) – ma`lum mezonlari asosida ta`lim jarayoning yaxlit xolatini belgilash, ajratib ko'rsatish demakdir. U ta`limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi

  16. Konkretlik-umumiy fikrlardan voz kechish va savollarga aniq javob berish qobiliyati.

  17. Iqtidorlilik-bolaning o’z yoshi normalariga nisbatan aqliy rivojlanishda ancha ilgarilab ketishi.

  18. Ishontirish-mantiq, isbot-dalilga asoslangan aqliy emotsianal ta’sir. Uning mohiyati inson ongiga ta’sir qilishga qaratilgan, demak ishontirishning muvaffaqiyali bo’lishi ong qonunlariga mos kelishiga bog’liq. Ishontiruvchi so’zlar tushunarli bo’lishi kerak.

  19. Bolaning ijtimoiylashuvi-uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi bo’lib, shu jamiyatda xos bilimlar, qadriyatlar, norma-qoidalar, xulq-atvor namunalarini o’zlashtirishdan iborat.

  20. Bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi-bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol ko’nikishi, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlari turi.

Yüklə 18,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə