Tar ishlar V-VIII boblar p65



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix06.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#104467
4358306fe9af8ee06c3bab82279774e5 TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI



145
V BOB.
SINFDAN VA MAKTABDAN
TASHQARI TARBIYAVIY ISHLAR
5.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlarning maqsadi va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z
mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi, xalq
xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan, xalq ta’limi tizimida
ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq
jarayonini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari
asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning
samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Ma’naviyat va
ma’rifat“ jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillash-
tirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida“gi farmonida ko‘rsa-
tilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol topti-
rish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy
merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida
tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islo-
hotlarning hal qiluvchi omilidir. Sinfdan va maktabdan tashqari
tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, avvalo, komil
insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalish-
larini topib joriy etishga bog‘liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi
shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘-
naltirilgan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga
keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qayta-
dan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi,
yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish
zarurligini taqozo etadi. Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organ-
lari, ijodiy uyushmalar, davlat va nodavlat jamg‘armalar, qo‘-
mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz
jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi,


146
maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit,
ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazo-
lar bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda
o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va
tarbiyaning birligini ta’minlagan holda, uni shaxs sifatida shakl-
lanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilishdir.
Tarbiyaning bosh maqsadi
— yosh avlodni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analariga,
urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan sa-
marali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib,
amalda joriy etishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi
— shaxsning aqliy, axloqiy, er-
kin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har
tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun:
— yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini
tushunib olishlariga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat
qila bilishni shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli
yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
— o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatani-
mizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy ham-
da dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllan-
tirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va
estetik tushunchalarini shakllantirish;
— har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyat-
larini aniqlab, ularni rivojlantirish. Inson faoliyatini turli soha-
larda joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga
chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit ho-
zirlash;
— insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-
birini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy
kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari
(nohaqlikka, yolg‘onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik)
keng qo‘llanishi lozim;
— vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yasha-
yotgan odamlar bilan o‘zaro munosabat-muloqotni o‘rganish,


147
o‘z xalqi, davlati, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib
turish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramz-
lariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Konsti-
tutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sa-
doqatli qilib tarbiyalash;
— qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan
qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fu-
qarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yasha-
yotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror
saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim-tarbiya;
— mustaqil davlatimiz — O‘zbekiston Respublikasining ich-
ki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish.
Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o‘z
xalqining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqaro-
larni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri tushun-
tirmoq kerak;
— turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy
yondoshish fazilatlarini shakllantirish;
— sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlan-
tirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish;
— yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo‘lishi lozim:
— tarbiyada tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat
deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigit-qizning be-
takror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy, huquqiy
va erkinligini e’tiborga olish;
— yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg‘usini qaror
toptirish;
— milliylikning o‘ziga xos an’analari va vositalariga tayanish;
— shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va
o‘quvchilar o‘rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar
fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchi-
larning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan hol-


148
da ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini
to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbus-
korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlar-
ning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-
barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning
shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
5.2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari
Maktabning o‘quvchilar bilan olib boradigan o‘quv mash-
g‘ulotlaridan tashqari, xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfdan
tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab
ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o‘quvchilarning bo‘sh
vaqtlarini yo‘lga qo‘yish shakllaridan biridir. Sinfdan va maktab-
dan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va
uni hayotga, aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoni-
yatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda
ko‘ngillilik asosida tashkil qilinadi. O‘quvchilar sinfdan va mak-
tabdan tashqari ishlarda o‘zlarini qiziqtiradigan mashg‘ulotlarni
tanlab olishadi, ularda mustaqil, tashabbuskorona ishtirok eti-
shadi. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy
ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning
barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktab-
dan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqich-
larini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur
muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tash-
qari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo‘lishi lozim:
— pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat munosa-
batlari shakllanganlikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
— ulg‘atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat
deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigitning betakror
va o‘ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish
zarur.
Sinfdan tashqari ishlarni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir
necha xilda bo‘lishi mumkin:


149
a) fan to‘garaklari;
b) mohir qo‘llar to‘garaklari;
d) duradgorlik to‘garaklari;
e) sport to‘garagi;
f) badiiy to‘garak.
Bu to‘garaklarni o‘rta umumta’lim maktablarida sinf rahbari
va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to‘-
garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, inti-
lishlari bir xil bo‘lgan o‘z o‘quvchilarini biror to‘garakka a’zo
bo‘lishga chorlaydi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quv-
chilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dun-
yoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘-
maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan
chambarchas bog‘lanishiga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi
tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir. Sinfdan va
maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifala-
riga quyidagilar kiradi:
— darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga
oshirishni nazorat qilish;
— o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qir-
rali ishlarini pedagogik jamoa, o‘quvchilar tashkilotlari, sinf
faollari yordamida yo‘lga qo‘yish;
— sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita
rahbarlik qilgan holda, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-ona-
lar, o‘quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam
ko‘rsatish;
— umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim
tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
— o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va
madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng
foydalanish.
Bu borada tashkilotchilar faolligining uchta asosiy tomonini
ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.


150
Bular, ko‘pincha, o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon
bo‘ladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qa-
tor ishlarni kiritish mumkin:
— tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchilik-
larni tahlil qilish;
— tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;
— tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ular-
ning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash;
— sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruh-
lashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning
mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga
solmasdan turib ko‘zda tutilgan maqsadga erishish qiyin. Sinfdan
tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko‘p darajada o‘quv jarayo-
nini tashkil etish saviyasiga hamda o‘quvchilar jamoasining
xilma-xil ishlarni qanday yo‘lga qo‘yishiga bog‘liqdir. Sinfdan
tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki
yoshlari har xil o‘quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.
Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qi-
ziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong
hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.
Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari,
turli mavzularda o‘tkaziladigan kitobxonlar konferensiyasi va
munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat
mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy foydali mehnat,
siyosiy axborot, bayram kechlari va ertaliklari, to‘garak mash-
g‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari
ishlari o‘z mazmuniga ko‘ra tafakkur faoliyati va munosabat vo-
sitasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan ax-
borot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar
hosil qilinadi. O‘quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatna-
shib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar,
turli vazifatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham o‘quvchi-
larning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo‘l-


151
sa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi
keng va ma’naviy o‘sishi samarali bo‘ladi. Maktabdan tashqari-
dagi tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar jamoada ishlashni o‘rgana-
dilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish
mehnatiga qo‘shiladilar, jamoatchilik fikriga bo‘ysunishga, jamoa
sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Maktabdan tashqari
faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojla-
nishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. Bu jarayonga
ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi.
Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir
bo‘lsa-da, o‘sha maktablarning o‘ziga xos xususiyatlari bor va bu
xususiyatlar madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko‘rinadi. Tar-
biyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari
olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foy-
dalanishlari maqsadga muvofiqdir:
1.
Og‘zaki ish usullari.
Turli axborotlar, majlislar, ertalabki
yig‘inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozara-
lar, uchrashuvlar, gazetalar, radiojurnallar.
2.
Amaliy ish olib borish usullari
. Turli joylarga sayohatlar,
sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish faoliyati, yosh
tabiatshunoslar to‘garaklari, shanbaliklar.
3.
Ko‘rgazmali ish usullari.
Maktab muzeylari, urush va
mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko‘rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solish-
ni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiya-
langan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqa-
rolari bo‘lishlari lozim.
Fuqarolik faoliyati o‘z davlati oldidagi huquq va burchlarini
tan olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq me’yorlariga
ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy ye-
tuklikni barqaror etadi:
— islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurti-
mizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakl-
lantirish borasida ustuvor davlat siyosati yurituvchi;
— siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatning ichki
va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilish. Vatanparvarlik va


152
baynalmilallikni his etish, ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatna-
shishga shay turish;
— xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni qonunchilik
tamoyillarini, o‘zining Vatan, mahalla, oila oldidagi huquq va
burchlarini bilishi, ularga qat’iy amal qilishi. Qonunchilikning
buzilishiga murosasiz munosabatda bo‘lish.
5.3. Sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari
Jamoat tashkilotlari o‘quvchilar bilan darsdan tashqari
vaqtlarda olib boriladigan xilma-xil mashg‘ulotlarni o‘qituvchilar
yordamida tashkil qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o‘z mazmu-
niga ko‘ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali,
badantarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari bo‘ladi. Sinfdan tashqari
ishlar uch xil shaklda: ommaviy, to‘garak va individual shakllar-
da tashkil qilinadi.
Ommaviy shakllar:
ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bay-
ramlari, ko‘riklar, quvnoqlar va topqirlar to‘garagi, sayr, sinf
va maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko‘rgazmalari va ho-
kazolar.
To‘garak shakllari:
maktabdagi har bir to‘garak o‘zining doi-
miy ish kunlari va soatlariga ega bo‘lishi lozim. To‘garakda qat’iy
intizom bo‘lishi: to‘garak a’zolari mashg‘ulotlariga kechikmasdan
kelishlari, to‘garak topshiriqlarini batartib bajarishlari, to‘garak-
ning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak.
Sinfdan tashqari individual shakllar:
har bir o‘quvchi mayl
va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan
tashqari o‘qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf
uchun sinfdan tashqari o‘qish dasturi bor. O‘quvchining nima
o‘qiyotgani va o‘qigan narsalarini qanday idrok qilayotganini
o‘qituvchi bilishi juda muhim. Shuning uchun o‘qituvchining
sinfdan tashqari o‘qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ‘ib
qilish va o‘quvchilarda o‘qilgan darsliklarni to‘g‘ri, chuqur idrok
etishni rivojlantirishdan iborat.
Individual topshiriqlarning turlari juda ko‘p bo‘lib, o‘sim-
liklar o‘stirish, gullar, sabzavotlar yetishtirish ham ana shun-


153
day topshiriqlar jumlasiga kiradi. Individual topshiriqlarda har
bir o‘quvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga olinsa, ular
bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o‘stirishga yordam beradi.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida bolalarning madaniy ehtiyojlari
va kamolot darajalarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Ularga
muvofiq tarzda ayrim o‘qituvchilar guruh yoki butun sinf bilan
olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirishadi.
Maktabdan tashqari ishlar.
Maktabdan tashqari ishlar bola-
larning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ixtiyoriy
ravishda, faol va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qili-
nadi. Maktabdan tashqari ishlarda bolalar kutubxonasining ishi
diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktablarning 1 — 4-
sinflari o‘quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshi-
dagi kitob o‘qiy oladigan bolalarga xizmat ko‘rsatadi. Kutubxo-
naning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asosla-
rini o‘rganishda o‘quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o‘qish
madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish mala-
kalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ishlarda o‘qituvchi muayyan aholi ya-
shaydigan joyda qanday muassasalar borligini bilib, ular bilan
hamkorlikda qilinadigan ishlarni yo‘lga qo‘yadi, o‘quvchilarning
qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to‘garaklarga jalb qiladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi maktabda
tarbiyaviy ishning umumiy rejasini tuzadi hamda o‘quvchilarga
har tomonlama tarbiya berishda maktab o‘qituvchilari, maktab-
dan tashqari muassasalar hamda maktabni otaliqqa olgan tash-
kilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi. O‘quvchilarni
har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini
muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllan-
tirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan kuni
uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan
va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayo-
tidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi
to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi.
Nazariy bilimlarning amaliyot, ishlab chiqarish bilan bog‘lani-
shiga zamin yaratadi.


154
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi
tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir. Ularga quyida-
gilar kiradi:
1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amal-
ga oshirishni nazorat qilish.
2. O‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qir-
rali ishlarini o‘quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida
yo‘lga qo‘yish.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita
rahbarlik qilgan holda, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onala-
ri, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish.
4. Umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim
tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
5. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va
madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foy-
dalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligining uchta asosiy to-
monini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Bular, ko‘pincha, o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon
bo‘ladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari-
ning tashkilotchilik faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchilik-
larni tahlil qilish.
2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va
ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash.
4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish,
guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini
aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi pedagogik talab-
lar mavjud:
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to‘garak qat-
nashchilari ongida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar mujas-
samlashgan bo‘lishi kerak. To‘garak qatnashchilarini doimiy ra-
vishda fan va madaniyatning so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilib
turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan
band qilish muhim o‘rin tutadi. To‘garak qatnashchilarida mus-


155
taqillik tushunchasi shakllangan bo‘lishi, ular davlatimiz ramz-
larini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilishlari kerak.
Maktabdan tashqari ta’lim o‘quvchilarga, xohishlariga asos-
langan holda darsdan bo‘sh vaqtlarda o‘quv tarbiya jarayonini
to‘ldiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak qatnashchi-
lariga talablar qo‘yilishi kerak:
1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
2. Estetik ta’lim;
3. Sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklarga qatnashish;
4. Ekologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklar;
5. O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy yo‘nalishi bo‘yicha;
6. Huquqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha;
7. Texnik ijodkorlik yo‘nalishi bo‘yicha;
8. Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar;
9. Iqtisodiy ta’lim.
O‘quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo‘lganida musta-
qil tayyorgarlik amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish
muhim, albatta. Bu esa, ular shaxsining shakllanishiga shubha-
siz ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim o‘quvchilarning ishdagi faol va mus-
taqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki
o‘quvchilarning o‘zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal
etish yo‘llarini ancha yaxshi tushunadilar. Bolalar tarbiyachi
yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda tarbiyachining aralashuvi maq-
bul emas. Chunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini,
bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir.
O‘quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o‘z ishini tarbiyalashning
fikri va bahosiga bog‘liq qilib qo‘ygan paytda tobe mustaqil holat
vujudga keladi. Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham
mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari
mavjud bo‘ladi. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida ha-
rakat qiladigan o‘quvchilar toifasida majburiy ijro etish holati
paydo bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishga unchalik qiziqish bildir-
maydilar. Ular, ko‘pincha, sinf rahbarining yordamini so‘rab
murojaat qiladilar, kuchli o‘quvchilarning qo‘llab-quvvatlashi-
dan foydalanishga intiladilar, agar bunday qo‘llab-quvvatlash
bo‘lmasa, ishni davom ettirishga irodalarini ishga solmaydilar.


156
Bunday o‘quvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat
qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo‘-
lib qolsa, u o‘quvchining faqat aqli emas, shu bilan birga ma’-
naviy rivojlanishiga ham to‘sqinlik qilishi mumkin.
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning bir-
biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi.
Bunda o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan muomala madaniyati
ham shakllanadi. O‘quvchi o‘qituvchiga taqlid asosida yoki do‘st-
lari orasida o‘rgangan tarbiyasi muomalasiga ta’sir qilish mum-
kin. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida muomala madaniyatini shakl-
lantirish uchun avvalambor o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan muo-
malasini, e’tiborini o‘rganishi kerak.
O‘quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o‘qi-
tuvchi talabiga ham javob berishi lozim. O‘qituvchi talablari:
1. Darslarga to‘liq qatnashish.
2. O‘quv qurollari bilan ta’minlanganligi.
3. O‘qituvchini diqqat bilan eshitish.
4. Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.
5. Tashkiliy ishlarda faol qatnashish.
6. Sinf intizomiga rioya qilish.
7. Tozalikka rioya qilish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish
holati rasmiy ijrochilik, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni
istamasligini yashirishga intilayotgan o‘quvchilarda kuzatiladi.
Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘l-
maydi, aks holda o‘quvchilarda ishiga nisbatan rasmiy munosabat
jihatlari paydo bo‘ladi, bu esa ularning mehnatdagi tashqi faol-
ligini yo‘qqa chiqaradi.
Sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarda o‘quvchilarning
xatti-harakatlari oldindan juda qattiq tartibga solib qo‘yilganligi
xususida e’tirozlar bildirilmoqda. Maktab o‘quvchilarining mus-
taqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik shunday qurilishi ke-
rakki, u o‘quvchilarni charchatib qo‘ymasin, doim bir xil tusda
bo‘lmasin yoki haddan tashqari oson, aqliy va irodaviy kuch-
g‘ayratni sarflashni talab qilmaydigan bo‘lmasin. Sinfdan va
maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda tarbiya-


157
chining eng muhim vazifasi o‘quvchilarni o‘quv vazifalarini hal
etishga o‘rgatishdan, buning uchun harakat usullarini to‘g‘ri
tanlashdan, o‘z xatti-harakatlariga rahbarlik faoliyatini nazorat
qilishdan, mustaqil ish ko‘nikmalarini boshqa muhim hayotiy
vaziyatlarga o‘tkazishni nazarda tutish lozim. Bunda fikrlash fao-
liyatining mustaqilligi, intizom, uyushqoqlik va o‘z-o‘zini nazo-
rat qilish kabi to‘rtta tarkibiy qismni hisobga olish muhimdir.
Mazkur jihatlarni shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshi-
rish sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qilayotgan o‘qituvchining
muhim va murakkab vazifalaridan biridir. Buning uchun o‘quv-
chi faoliyati natijalarini hisobga olishni va bu jarayonni tahlil
etishni uyushtirish zarur.
O‘qituvchi sinf-dars faoliyati uchun xos bo‘lgan shakllarni
nazorat qilishning bir necha usullarini qo‘llashi mumkin. Eng
kuchli va qobiliyatli o‘quvchilarga xomaki yozuv bilan ishlash
huquqi beriladi. Unda qoida ko‘rsatiladi, bu qoidani tasdiqlovchi
misollar keltiriladi, o‘quv vazifasi qayd etiladi. Yozuv juda qisqa
bo‘ladi, lekin u o‘quvchining fikrlashi qanday ekanligini ko‘rsatadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o‘quvchilarni ayrim
ko‘nikmalarga o‘rgatishni nazorat vositasi deb hisoblash kerak.
O‘z-o‘zini tekshirish, o‘zaro tekshirish usullariga o‘rgatish o‘qi-
tuvchining o‘quvchilar bilan shunday aloqasini talab etadiki,
bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bo‘ladi. O‘quv-
chilarning o‘zlari harakatni taklif etadilar va shu bilan pedagogga
muayyan ma’lumot beradilar. Sinf rahbari ishida o‘quvchilar
jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki
jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyilidir.
Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi yangi pedagogikada
to‘la ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedago-
gika kurslarida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash
nazariyasiga tayanadi.
Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish meto-
dikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan
iborat: talablar qo‘yish, faollarni tarbiyalash, o‘quv-mehnat,
ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni
tashkil etish, sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy


158
an’analarni yaratish va ko‘paytirish. Ta’riflangan bu qoidalar
har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘l-
lanma hisoblanadi. O‘rta umumta’lim maktablarida sinfdan va
maktabdan tashqari ishlarda sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar
tashkilotchisi uyushtiradi.
O‘quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli
kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyat-
larga duch keladilar. Shuning uchun ham maktabdan tashqari
faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, ularning munosabatlari
shunchalik boy bo‘ladi. Maktab tashqaridagi ishlarda o‘quvchilar
jamoadagi ishlarini o‘rganadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktab-
ning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z
ishini reja asosida olib boradi va uning bajarilishini ham nazorat
qiladi. Ish reja maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Unda
bolalarning yosh xususiyatlari, maktabning joylashgan shart-
sharoiti, ijodiy birlashmalari, ilmiy markazlar bilan o‘zaro alo-
qasi kabi ishlar inobatga olinadi. Ijodkor rahbar hamda ilg‘or
o‘qituvchi, tarbiyachilar o‘z faoliyatlari ijarayonida tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilishda quyidagi tamoyillarni asos qilib oladilar:
— tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish;
— ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish e’tiqodga ay-
lantirishdan iborat ekanligi;
— tarbiya jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bi-
lan bog‘lab bola qalbiga va ongiga ta’sir ko‘rsatish;
— tarbiyaviy ishlarni o‘quvchilar jamoasini jiðslashtiruvchi
omillar bilan boyitib, tarbiyaning ta’lim bilan uzviyligini ta’-
minlash;
— tarbiyaviy jarayonda bolalarni tarbiyalash darajasini aniq-
lash va ijobiy tomonlarini o‘stirish;
— bola shaxsiga hurmat va talabchanlik;
— bolalarning yosh va ruhiy holatini hisobga olish;
— tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tomonlari barkamol in-
sonni tarbiyalashda keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, uni qay da-
rajada olib borish sinf rahbari va tarbiyachining pedagogik ma-
horatiga bog‘liq.


159
5.4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga
oshirishda direktor o‘rinbosarining ish metodikasi
Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rin-
bosari nizomda belgilangan vazifalar bilan bog‘liq ravishda te-
gishli pedagogik xodimlarga ko‘rsatma beradi. Xizmat vazifasi doi-
rasidan kelib chiqqan holda sinfdan va maktabdan tashqari ish-
larni tashkil etish va yangi to‘garaklarni ochish masalalarini hal
qiladi. Shuningdek, u:
— sinf rahbarining ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha erishgan
yutuqlarini hisobga olib, uni taqdirlash uchun direktorga taklif
kiritish;
— sinf rahbarlarining o‘z vazifasiga nisbatan mas’uliyatsizligi
yoki uni suiiste’mol qilganligi uchun direktor bilan kelishilgan
holda tanbeh berish;
— bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yor-
dam bergan mahalla faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif
berish huquqiga ega.
Direktor o‘rinbosari vazifalari:
— sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tas-
diqlash;
— maktabda o‘tkaziladigan sport musobaqalari rejasini di-
rektor bilan hamkorlikda tasdiqlash;
— turli xildagi to‘garak ishlari rejasini direktor bilan ham-
korlikda tasdiqlash.
Sinfdan va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy
shakllari, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning
barcha qarorlarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinfdan va mak-
tabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bos-
qichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Buning
uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida
quyidagilar bo‘lishi lozim:
— ulg‘ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadri-
yat deb tan olish, har bir bolaning betakror va o‘ziga xosligini
hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish;


160
— milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
— pedagoglar va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat mu-
nosabatlarini shakllantirish;
— maktabning jamoat tashkiloti, otaliq qiluvchi korxonalar
bilan aloqasini mustahkamlash;
— bolalar nazoratsizligi va qonun buzilishining oldini olish;
— yashash joyi bo‘yicha bolalarning bo‘sh vaqtini tashkil
etish;
— o‘quvchilarning oilalariga borish va bolalarni tarbiyalashda
ularga yordam berish;
— yosh avlodning Vatanga, jamiyatga va mehnatga, o‘ziga va
odamlarga munosabatini anglab olishga qaratilgan axloqiy tuy-
g‘ularini tarbiyalash.
Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingan
aniq dalillar va voqealarni, badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, ki-
nofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda muhokama
qilish asosida o‘tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bu
bolalarni o‘zining axloqiy xatti-harakatlari haqida mulohaza yuri-
tishga va ularga to‘g‘ri baho berishga o‘rgatadi. Sinfdan va mak-
tabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning darsdan bo‘sh
vaqtlaridagi o‘quv tarbiya jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi,
o‘quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijobiy qobiliyatlarini, ta-
shabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.
Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning haj-
mi, asosiy yo‘nalishlari, mazmuni har bir bosqichda o‘quvchi-
larning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim. Tarbiyaviy
ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izla-
nishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyush-
gan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishi ke-
rak. Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib
borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar
tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning aso-
siy yo‘nalishlari:
— o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllanti-
rish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash;


161
— o‘quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o‘z huquq va
burchlariga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash;
— o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish;
— o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini shakl-
lantirishdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi va sinf rahbari faoliyatining
asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning ahil tarbiyaviy jamoasi-
ni tashkil etishdir. Boshlang‘ich jamoa ishi shunday quriladiki,
undan sinfning boshqa jamoalari bilan aloqasi doimiy ravishda
amalga oshiriladi, umumiy maktab an’analari saqlanadi. Bosh-
lang‘ich jamoa o‘qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o‘quvchilar
o‘z-o‘zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijti-
moiy foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi. O‘qituvchi va sinf
rahbari sog‘lom, ahil bolalar jamoasini shakllantirish bilan birga
doimiy bolalar qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydilar, ularning ij-
timoiy foydali faoliyatini yo‘naltirib boradilar. Kichik yoshli
o‘quvchilar juda faol va harakatchan bo‘ladilar. Faollikka intilish
bu yoshdagi bolalarning organik ehtiyojidir. Biroq bunda bolalar
hali yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘lmaydilar va kundalik peda-
gogik rahbarlikka ehtiyoj sezadilar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolaning ilk maktabdagi qa-
damidanoq tarbiyaviy ishning chinakam jamoatchilik munosa-
batlarini yaratishga zo‘r imkoniyat beradigan, bolalarda bir-bir-
lariga g‘amxo‘r munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydigan, indivi-
dual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar ya-
ratadigan usullarni tanlaydi. O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda
bolalarga o‘zlarini qiziqtiruvchi faoliyat turini tanlashga yordam
beradi. Biroq, ko‘pincha, kichik yoshdagi o‘quvchilar yosh xu-
susiyatlariga ko‘ra, o‘z xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olmaydilar.
Bolalarning o‘sishi ularda jamoatchilik malaka va ko‘nikma-
larining shakllanib borishi bilan o‘qituvchi-tarbiyachining bo-
lalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi jarayonini o‘zgartirib boradi.
O‘qituvchi boshlang‘ich sinflardayoq ahil bolalar jamoasini ya-
ratish asosida sog‘lom jamoatchilik fikrini yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bolalar tarbiyaviy ja-
moasini yaratish sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rah-


162
barlari davom ettiradilar. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quv-
chilarni ta’lim va tarbiyaning tabiiy sharoitida, ularning jamoa
faoliyati jarayonida o‘rganadilar. Sinfdan tashqari ish o‘quvchi-
larga biror maqsadga qaratilgan pedagogik ta’sir vaqtini uzayti-
radi, u o‘qituvchining darslarda egallagan bilimlarini kengayti-
rish va chuqurlashtirish, bolalarning qobilyatini rivojlantirish,
ularning xilma-xil qiziqishlarini qondirish, madaniy dam olish-
larini uyushtirish imkonini beradi. Sinfdan tashqari ish bolalar-
ni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta imkoniyatlariga ega.
Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umum-
milliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsad-
ning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy
jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondi-
rishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi
muhim xususiyatlaridir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy
yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi
muhim ahamiyatga ega. Bolalar jamoasi rivojlanishi jarayonini
tahlil qilib, uni quyidagi ikki bosqichga bo‘ladilar:
a) jamoani dastlabki jiðslashtirish;
b) jamoani shakllantirish va uning har bir a’zosini rivoj-
lantirish.
Jamoani shakllantirish jamoa a’zolari va ularning faoliyat-
lariga qo‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yagona talab o‘quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus,
sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi jamoat joylari hamda uydagi
xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi. Puxta o‘ylab qo‘yilgan
talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda
muayyan tartibning o‘rnatilishini ta’minlaydi.
Pedagoglar tomonidan qo‘yilgan talablar quyidagi sharoit-
larda ijobiy natija beradi:
1. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish.
2. Muayyan maktab yoki sinfdagi sharoitni hisobga olish.
3. Qo‘yilayotgan talablarning aniq bo‘lishi.
4. O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turi-
shi hamda muomalasiga qo‘yilayotgan talablar, ularda ma’naviy
madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.


163
O‘qituvchi qo‘yilayotgan talablarning hajmi, tizimini bilib-
gina qolmasdan, talab qo‘yish metodikasini ham o‘zlashtira ol-
gan bo‘lishi kerak. O‘quvchilarga talablar qo‘yish metodikasi
bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirib, ularning ahamiya-
tini tushuntirish, tajriba orttirish hamda ularning muntazam
suratda nazorat qilib borishdan iborat. O‘quvchilarni talablar
bilan tanishtirish, ko‘pincha, umumiy majlislarda amalga oshiri-
ladi, bunda ta’lim muassasasi direktori yoki o‘quv ishlari bo‘yi-
cha direktor o‘rinbosari istiqbolli rejalar va ularni amalga oshi-
rish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o‘quvchilarni tanish-
tiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko‘rsatish,
keyinroq sinflar bo‘yicha sinf majlislarida, maxsus suhbatlar
uyushtirish jarayonida amalga oshiriladi. Xulq-atvorni tarkib
toptirishga yo‘naltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur ta-
lablar ustida mashq qildirish bilan qo‘shib olib borilishi kerak.
Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda murak-
kab. O‘quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mum-
kin, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. Shu bois
muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatga
aylantiradi.
Talablarning qo‘yilishi jarayonida ularga o‘quvchilarning
amal qilishi ustidan nazorat o‘rnatish lozim. Nazorat qilib bo-
rish turli shartlar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-
atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda
baholarni qayd etib borish va boshqalar. Nazorat haqqoniy va
muntazam bo‘lish kerak. Uning natijalaridan o‘quvchilarni ogoh
etib borish lozim.
Jamoani uyushtirish va jinslashtirish.
U faollarni tarbiyalash
bilan chambarchas bog‘liq. Jamoa faollarini shakllantirish jamoa-
ning u yoki bu faoliyatga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib
chiqadi. Jamoa faollarini aniqlash uchun o‘qituvchi o‘quvchilar
faoliyatini, ularning jamoa ishlarida ishtiroki, xulq-atvorini ku-
zatib borishi, har bir o‘quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil
etish layoqatini aniqlashi zarur.
Jamoa faollarining tarkibini bolalarning o‘zlari, albatta, pe-
dagog ishtirokida va rahbarligida tanlashsa, maqsadga muvofiq


164
bo‘ladi. Bunda pedagog jamoa faollarining har bir a’zosi zim-
masiga muayyan vazifa yuklash, ma’lum davrda ana shu vazifalar
yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish lozim.
Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rin-
bosari o‘quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik ja-
moaga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo‘lgan holda ish tu-
tishi va muntazam o‘z ustida ishlab, sabr-bardoshli, o‘z fikr-
larini puxta bayon qilib, o‘zgalarni o‘ziga jalb qila oladigan xislat-
larni o‘ziga mujassamlaydi. Davlat va hukumatimiz tomonidan
qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini, Prezident asarlarini
yaxshi bilishi, uni o‘quvchi-yoshlar orasida targ‘ib eta olishi,
xalq pedagogikasi an’analarini, o‘zbek xalqi milliy urf-odatlari,
qadriyatlari, allomalari o‘gitlarini yaxshi bilishi, shuningdek:
— Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi
va doimo uni o‘z faoliyatida hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni
tashkil etishning ilmiy asoslari hamda yangicha usul va metodla-
rini yaxshi bilishi;
— radio, televideniya va ommaviy axborotning boshqa vosita-
lari orqali berilgan eng so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishi
hamda ularning mohiyatini o‘quvchilarga yetkaza olishi;
— sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o‘tkaza bilishi;
— tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o‘tkazila-
digan tadbirlarda ishtirok etishi;
— maktabda o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib bora-
yotganlarga metodik tavsiyalar berib borishi;
— muntazam ravishda o‘z malakasini oshirib turishi, o‘z
sohasi bo‘yicha o‘tkaziladigan seminarlarda ishtirok etishi lozim.
5.5. Maktabda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini
boshqarish metodikasi
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbo-
sari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi,
„Ta’lim to‘g‘risida“gi, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘-
risida“gi qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari,
xalq ta’limi vazirligi va boshqa yuqori tashkilotlarning qaror,


165
buyruq va me’yoriy hujjatlari talablari asosida olib boradi. Umu-
miy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari ota-onalar hamda keng jamoatchi-
lik bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini yuksalti-
rish, ularning ongiga ona-Vataniga, xalqiga va uning bugungi
bunyodkorlik ishiga ehtirom bilan qarash ruhida tarbiyalashga
rahbarlik qiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbo-
sari lavozimiga kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan
qobiliyatli, mahalla, ota-onalar va keng jamoatchilik o‘rtasida
hurmat-e’tiborga loyiq bo‘lganlar tuman (shahar) xalq ta’limi
bo‘limi tomonidan tayinlanadi va bo‘shatiladi.
Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, mil-
liy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniy
merosimiz, milliy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida
keng fikrli, sog‘lom, jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan bar-
kamol, iqtisodiy islohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda
ularni yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotga tatbiq eta
oladigan, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi mustahkam bo‘lgan
shaxslarni shakllantirish direktor o‘rinbosari faoliyati maqsadi-
ning asosini tashkil etadi. O‘quvchi-yoshlar dunyoqarashini shakl-
lantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy
tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi asosida ularni vatanparvar-
lik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, iymon-e’tiqod, mehr-shaf-
qatlilik kabi insoniy fazilatlar misolida har tomonlama barkamol
avlodni tarbiyalaydi. Shuningdek:
— „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonun, „Kadrlar tayyorlash mil-
liy dasturi“, Respublika Oliy Majlisi sessiyasi materiallari, Pre-
zident farmonlari, asarlari, nutqlari, hukumatimiz qarorlari,
ta’lim boshqaruvi organlari me’yoriy hujjatlari, talablari asosida
o‘z ishini amalga oshiradi;
— tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda sinf rahbarlarining qi-
ziqishlari, topshiriqlarni qay darajada bajara olishlarini hisobga
oladi;


166
— o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidenti, Konstitusiyasi va Davlat ramzlariga sadoqat
hislarini tarbiyalaydi;
O‘quvchilarning o‘z-o‘zini idora qilish organlari faoliyatida
qatnashuvi ularning ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirishning
ta’sirchan vositasidir. Bu bolalar va o‘smirlarning demokratiya
borasidagi tushunchalarini kengaytiradi.
O‘z-o‘zini idora qilish — tashabbuskorlik va mustaqillik
maktabidir. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqaruvi o‘qituvchilar
tomonidan fan va mashg‘ulotlarning to‘liq o‘zlashtirilishiga,
biror kasb o‘rganishiga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishi-
ga, Vatan himoyachisi bo‘lishiga, maktabdan tashqari tarbiya-
viy ishlarda, davlat, jamoat mulkini ko‘z qorachig‘iday asrash-
ga, tabiatni muhofaza etishga ko‘maklashadi. O‘z-o‘zini boshqa-
rish o‘quvchilarni mustaqil hayotga, turmush va jamiyatga mos
qilib tarbiyalash, ta’lim muassasasida ma’naviy muhitni saqlash,
qo‘shimcha ta’lim olish uchun o‘quvchilar talabnomasini shakl-
lantirishda ko‘maklashadi. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqaruvi
a’zolari maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida
o‘tkazilayotgan barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihoz-
lashda faol ishtirok etadilar. Mazkur boshqaruv tashkilotchilik
ishi ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g‘oyalari bilan ahil,
jiðslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi. O‘quvchilarning o‘z-
o‘zini boshqarish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomoni-
dan o‘zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur
o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu to‘g‘ri taqsim-
lash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakat-
lar, tashabbuskorlikning uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar
uyushtirish, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko‘nikma-
lardan iborat.
Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan
qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo‘-
shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga
sodiqlik, qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-
quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi. Maktabda o‘quvchilarning


167
mustaqil faoliyati barcha pedagogik jamoa bu ishga ma’naviy
tayyor bo‘lsagina, o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro
chuqur hurmat, xayrixohlik, ishonch bo‘lgan sharoitdagina tash-
kil etilishi mumkin. Hech qanday soxtalik va sun’iylik bo‘lmasligi
kerak.
Barcha o‘z-o‘zini idora qilish tashkilotlari o‘z faoliyati yuza-
sidan vaqt-vaqtida hisobot berib turishi, so‘z va ish birligi saq-
lanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda ijtimoiy
rag‘batlantirilishi e’tiborda bo‘lishi kerak.
5.6. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlarni rejalashtirish metodikasi
Tarbiya jarayonining mohiyatini chuqur bilib, uni tashkil
etishda tashabbus ko‘rsatish, ishbilarmonlik va epchillik, barcha
yangi va ilg‘or narsalarni amalda samarali qo‘llay bilish maktab
o‘quvchisi shaxsini rivojlantirish jarayoniga rahbarlik qilish prin-
siðlaridan biridir. Samarali rahbarlik uslubini maktab hayoti va
faoliyatiga tatbiq etishning namunasi bo‘lgan jamoaviy va yakka
rahbarlikning birga qo‘shib olib borilishi bolalar taqdiri, ular-
ning tarbiyasiga pedagoglar jamoasi javobgarligini va direktorning
shaxsiy javobgarligini ta’minlaydi. Rejalilik direktorga tarbiyaning
barcha masalalarini aniq amalga oshirish istiqbollarini namoyon
qiladi.
Mazkur ta’limotga asosan maktabdan tashqari ishlarni reja-
lashtirish va uning amalga oshirilishiga rahbarlik hamda nazoratni
uyushtirib borish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim aha-
miyat kasb etadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning
umummaktab rejasini ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha di-
rektor o‘rinbosari rahbarligida, sinf rahbarlari, metodik birlash-
masi, tajribali o‘qituvchilar, maktab kutubxonasi, o‘quvchi-
yoshlar tashkiloti, o‘quvchilar uyushmasi, ota-onalar qo‘mi-
tasi hamda to‘garak rahbarlarining faol ishtirokida tuzish hamda
uni maktabning yig‘ilishida muhokamadan o‘tkazib tasdiqlash
maqsadga muvofiqdir. Direktor o‘qituvchilar, sinf rahbarlari,
tarbiyachilar va o‘quvchilarga nisbatan tutgan tizimida birlik


168
bo‘lishiga erishadi, maktabning oila, kattalarning mehnat ja-
moalari, jamoat tashkilotchilari bilan uzviy hamkorlik qilishiga
intiladi.
Maktabning tarbiyaviy jarayoniga rahbarlik qilishda direktor
boshlang‘ich va o‘quv sinflar tarbiyaviy ishida izchillikka rioya
qilishga alohida e’tibor beradi, bu bilan ta’lim jarayonida ham,
Shuningdek, darsdan tashqari vaqtda ham tarbiyaning uzluksiz-
lik tamoyillarini amalga oshiradi.
Rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar:
Sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi — bu majburiy peda-
gogik hujjatdir. Ish reja choraklik, yarim yillik va bir yillik tu-
zilishi mumkin. Hozirgi sharoitda tajribalarning ko‘rsatishiga
binoan yarim yillik rejasidan foydalanish ancha samara bermoqda.
Rejalashtirishda quyidagilar nazarda tutilsa, uning samarasi an-
cha oshadi:
1. Reja mahalliy sharoitga qarab, maktabning joylashgan
o‘rni, albatta, o‘quvchilarninrg saviyasi, yoshiga qarab mumkin
qadar mos tuzilishi kerak.
2. Reja muayyan maqsadga qaratilishi va real (aniq) bo‘lishi
zarur.
3. Bolalar va o‘smirlar uyushmasi bilan kelishilishi lozim.
4. Rejada o‘quvchilarning kuzgi, qishki, bahorgi va yozgi
ta’tillarida qiladigan ishlari aks etishi kerak.
5. O‘tkaziladigan tadbirlarning bajaruvchi shaxslari, mud-
dati va bajarilishi, turi aniq ko‘rsatilishi lozim.
6. Reja maktab direktori o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib,
direktor tomonidan tasdiqlanishi shart. Rejalashtirishda sinf rah-
barining pedagogik tayyorgarligi, tajriba va shaxsiy xususiyatlari
juda katta ahamiyat kasb etadi.
Sinfga tavsifnoma berish:
Sinfda ... o‘quvchi bo‘lib, ...tasi qizlar va ...tasi o‘g‘il bolalar.
Shulardan ...tasi „Bolalar va o‘smirlar“ uyushmasi a’zosi.
O‘quvchilarning bilim darajalarini nazorat qilishning reyting ti-
zimiga ko‘ra a’lochi va o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar soni ... .


169
Sinf o‘quvchilari darslarda ongli intizomga erishgan va
sinfdan tashqari ishlarning ko‘pgina masalalarini mustaqil hal
etadilar. O‘quvchilar faol, mehnatsevar va do‘stona jamoadir.
Sinf rahbari o‘quvchilar haqidagi quyidagi ma’lumotlarni
shu bo‘limga kiritishi mumkin:
1. Bola qayerda yashaydi?
2. Uning ota-onasi qayerda va kim bo‘lib ishlaydi?
3. Oila tarkibi, oilaning madaniy darajasi.
4. Oiladagi o‘zaro munosabat.
5. Oiladagi bolaga tarbiya berishning o‘ziga xosligi.
6. Bolaning uydagi kun tartibi va maishiy ahvoli.
7. Bolaning uy va jamoat ishlariga ishtirok etishi.
8. Fan to‘garaklariga qatnashishi (maktab va maktabdan
tashqaridagi).
9. Bolaning maktabdan tashqaridagi do‘stlari va tanishlari.
10. O‘quvchi yozda qayerda dam oladi?
11. Bola hayotidagi eng muhim voqea-hodisalar.
12. Gazeta va jurnallarga obuna bo‘lganmi?
13. O‘quvchi salomatligining ahvoli (kasallik varaqasidagi
ma’lumotlarga ko‘ra).
Tarbiyaviy vazifalar:
1. O‘quvchilarning mehnatda va o‘zbek xalqining mustaqil
davlat qurishdagi bunyodkorlik ishlarida ishtirokini ta’minlash.
2. Yoshlarni baynalmilal va boshqa xalqlarning qardoshlarcha
do‘stligi ruhida tarbiyalash.
3. O‘quvchilarning o‘zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va
bartaraf etish choralarini belgilash.
4. O‘quvchilarni umumiy o‘rta ta’limdan keyingi bosqichga
tayyorlash.
5. Yuksak ma’naviyat, iymon va e’tiqodli bo‘lish, istiqlol
g‘oyalarini singdirish.
6. Sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishga
erishish.
7. O‘quvchilarning ongli intizomi uchun o‘qishga va meh-
natga to‘g‘ri munosabati uchun kurash olib borish.


170
8. O‘quvchilar faoliyatini tashkil etishda ularning musta-
qilligi va tashabbuskorligini oshirib borish.
9. „Bolalar va o‘smirlar uyushmasi“ga kirish uchun tay-
yorlash.
Savol va topshiriqlar
1. Sinf va maktabdan tashqari ishlarning maqsadini ta’riflab
bering.
2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning nazariy
asoslari nimalardan iborat?
3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashti-
rishga qo‘yilgan talablar.
4. Sinfdan tashqari ishlarning mazmunini izohlang.
5. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining va-
zifalari nimalardan iborat?
6. O‘z-o‘zini boshqarish ishlariga nimalar kiradi?
7. O‘quvchiga sinf rahbari tomonidan qo‘yiladigan talablar nima-
lardan iborat?
8. Sinfga tavsifnoma bering va uni izohlang.


171
VI BOB.
TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL
ETISHDA SINF RAHBARINING ISH
METODIKASI
6.1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda
sinf rahbarining o‘rni
O‘quvchi hali zimmasidagi mas’uliyatni to‘liq his etmasligi,
ilm olishning ahamiyati-yu o‘zining qanday qobiliyatga egaligini
bilmasligi mumkin. Shu bois o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayot
yo‘lini tanlaguncha kattalar ko‘magiga, g‘amxo‘rligiga muhtoj.
Ularning asosiy vaqti maktabda o‘tishni e’tiborga olsak, bu bo-
rada sinf rahbari zimmasidagi vazifalar ko‘lami naqadar kengligi
oydinlashadi. Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish, sinfda ahil
jamoani shakllantirish, qobilyatini to‘liq namoyon etishi uchun
o‘quvchilarga zarur sharoit yaratishda sinf rahbarining o‘rni
katta. Chunki u yoshlar taqdiriga daxldor xalqlar, ota-onalar,
fan o‘qituvchilari, maktab psixologi, umuman, har bir mas’ul
odamning ta’lim-tarbiya maqsadlarini birlashtiruvchi asosiy vo-
sitachidir. Yoshlarda borliqni anglash, fan sirlarini egallash, ke-
lajakda yetuk shaxs bo‘lish ishtiyoqi kuchli. Ammo maqsadga qay
yo‘l bilan erishish lozimligi xususida yetarli tajribaga ega bo‘l-
maganlari bois ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash lozim. Buning
uchun, avvalo, sinf rahbari o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘l-
sin. Chunki bola muallimning xatti-harakatlarini doimo kuzatib
yuradi, shaxsiy hayotiga qiziqadi. Kiyinish va muomala mada-
niyati bilan, mahalla-ko‘yda, oilada o‘quvchilarga o‘rnak bo‘l-
gan, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turgan pedagog o‘quvchilar
ishonchi va hurmatini qozonadi.
Masalan, o‘tmishda saxovatpesha va donishmandlikda
mashhur olim bo‘lgan ekan. Kun kelib, olamdan o‘tar chog‘i
o‘g‘illarini yoniga chorlab, ularga eng nodir adabiyotlar, bitmas-
tuganmas xazina — kutubxona va bir dunyo boylikni meros
qoldiribdi. Ota hayotdan ko‘z yumgach, katta o‘g‘il mol-dunyoni
tanlab, boyligiga boylik qo‘shish maqsadida savdo karvonlari
bilan safarga otlanibdi, kichigi esa umrini ilmga baxshida etibdi.


172
Oradan yillar o‘tib, katta o‘g‘ilning karvonini qaroqchilar tu-
nab, o‘zi ularning changalidan bazo‘r qochib qutulibdi. Bilimli,
kamolga yetgan kichik o‘g‘il esa, o‘z aql-zakovati ila farovon
hayot kechiraveribdi. Chunki ilmni qaroqchi ham, o‘g‘ri ham
tortib ololmaydi-da. Boylik sarflangan sari kamayadi, bilim esa,
aksincha, ortib boraveradi.
Bu kabi rivoyatlar o‘quvchilarning maktabdagi eng muhim
vazifasi faqat o‘qib-o‘rganish ekanini tushuntirishda asqotadi.
Gohida ayrim yosh pedagoglar bolalarni fanga qiziqtirish uchun
sinf rahbari ko‘magiga ehtiyoj sezadi. Bunday paytda sinf rahbari
o‘quvchilarini o‘z farzandlaridek yaxshi bilsagina, kim bilan
qanday ishlash kerakligini fan o‘qituvchisiga aniq ayta oladi.
Boshqaruvchilik qobiliyati bor o‘quvchilarni sinf sardori, obo-
donlashtirish ishlari noziri, „Kamalak“ sardori, qatorboshi,
o‘g‘il bolalar klubi yetakchisi, orasta qizlar malikasi etib tayin-
lash ham yaxshi samara beradi.
Obodonlashtirish ishlari noziri sinfning doimo orasta va
tartibli saqlanishini ta’minlasa, qatorboshilar bolalarni darslarda
faol ishtirok etishga undaydi. Klub yetakchisi va qizlar malikasi
esa tengdoshlarining maktab formasida bo‘lishi va xulqini jamo-
atchilik asosida nazoratga oladi. Ularning boshqa bolalar bilan
munosabati hukmronlikka emas, aksincha, do‘stona muloqotga,
hamkorlik, hamjihatlikka asoslanishini ta’minlash sinf rahbari-
dan o‘ta hushyorlikni talab etadi. Chunki sinfda sog‘lom raqobat
muhitini yaratish juda muhim.
Teatr, muzey va tarixiy obidalar bo‘ylab sayohatlar uyush-
tirish bolalarning tasavvur doirasini, dunyoqarashini kengay-
tiradi, ahil guruhni shakllantirishda qo‘l keladi. Umuman, mo-
hir rahbar qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, jamoani misoli inoq
oilaga aylantiradi. Sog‘lom muhit hukmron sinfda hamma bir-
birini qo‘llab-quvvatlaydi. Bola darslarda sustkashlikka yo‘l qo‘ya
boshlasa, demak, oilada, o‘rtoqlari orasida biror muammo yu-
zaga kelgan yoki sog‘lig‘i yomonlashgan bo‘lishi mumkin. Bun-
day vaziyatda sinf rahbari ota-onalar bilan ishlashi zarur. Ota-
ona hamda o‘quvchilarning ma’naviy-madaniy, iqtisodiy qizi-
qishlari bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazib, fikrlarini o‘rganish ke-


173
rak. Shunday ekan, sinflarning zimmasidagi mas’uliyatni chu-
qur his eta oladigan har jihatdan munosib pedagoglarga birik-
tirish ta’lim-tarbiya smadorligini oshiruvchi muhim omillardan
desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sinf rahbari nazoratchi
— o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quv-
chilarning ishtirokini ta’minlaydi (davomatni nazorat qiladi,
o‘quvchilar uchun kerakli sharoitni yaratishga ko‘maklashadi,
o‘quvchilarning ota-onalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaydi,
o‘quv-tarbiya jarayoniga e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, sinfdosh-
lari va o‘qituvchilarga esa hurmatsizlik, manmanlik qilayotgan
o‘quvchilar bilan yakka holda ish olib boradi).
Sinf rahbari ilm mamlakatiga boshlovchi
— o‘qishga bo‘lgan
qiziqish va xohishni tashkillashtiradi (o‘quvchilarga qo‘yilgan
talablar bilan ota-onalar va o‘quvchilarni tanishtiradi, tarbi-
yaviy tadbirlarni tashkil qiladi, mustaqil ishlashda o‘quvchilarga
yordam ko‘rsatadi).
Sinf rahbari axloqli, namunali, ma’naviy ustoz
— o‘quvchi-
lar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamda o‘quvchilar va o‘qi-
tuvchilar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hal etishda,
o‘quv-tarbiya jarayonida ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlikda,
ularni kerakli me’yorda bajarishlariga ko‘maklashadi (o‘zini tuta
bilish, muomala qilish madaniyatiga o‘rgatadi, odob-axloq
mavzularida suhbatlar, yakka holda ishlar olib boradi, axloqiy
normalarni va ichki tartib-qoidalarni buzgan yoki buzayotgan
o‘quvchilar bilan ularning haq-huquqlari va vazifalari to‘g‘risida
yakka, jamoaviy suhbatlar o‘tkazadi, ularning tartib-intizomiga
baho beradi, axloqiy, ijtimoiy, huquqiy mavzularda turli tadbir-
lar tashkil etadi va boshqalar).
Sinf rahbari madaniyat sohibi
— umuminsoniy va madaniy
qadriyatlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiladi (eks-
kursiya tashkil qiladi, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga jamoa bo‘-
lib boradi, madaniyat mavzusida kecha va suhbatlar o‘tkazadi,
maktabda tarbiyaviy tadbirlar, bahs-munozaralar o‘tkazadi).
Sinf rahbari ijtimoiy pedagog
— o‘quvchilarning har xil ijti-
moiy muammolarini yechishga ko‘maklashadi, (uy va maktabda
o‘zaro muloqot uchun sharoit yaratadi, o‘quvchi huquqlarini


174
himoya qiladi, o‘quvchilarda ijtimoiy hayot ko‘nikmasini shakl-
lantiradi).
Sinf rahbari o‘quvchilarning yaqin do‘sti
— o‘quvchilarni
turli xil faoliyatlarga kirishishlariga ko‘maklashadi, o‘quvchilarga
bo‘lgan g‘amxo‘rlikning bir qismini o‘ziga oladi (guruhda ja-
moaviy ijodiy faoliyatni tashkil qilishni shakllantiradi, o‘quv-
chilarga o‘zini-o‘zi tushunishida, o‘ziga-o‘zi baho berishida,
biror-bir faoliyatga o‘z imkoniyati va e’tiborini qaratishiga yor-
damlashadi (suhbat, trening, o‘yinlar o‘tkazib, o‘quvchilar bi-
lan yakka ishlaydi).
Sinf rahbarining tashkilotchilik qobiliyati.
Tashkilotchilik qo-
biliyati — bu shaxs individual xususiyatlarining shunday biriku-
viki, kishiga u yoki bu ishni tez, ishonchli, o‘ziga ishongan
holda tashkil etishga imkon beradi. Tashkilotchining umumiy
shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi:

Chuqur bilimga egalik — talab etilayotgan ishni tashkil
etishni bilish;

Faollik — amaliy vazifalarni bajarishda g‘ayrat-shijoat bi-
lan harakat qila olish;

Tashabbuskorlik — alohida ijodiy faollik ko‘rsatish, g‘oya va
takliflar kiritish;

Kirishimlilik — o‘zgalarga oshkoralik, muloqotga tayyor-
lik, kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji;

Ziyraklik — hodisalarning mohiyatiga qadar yetish qobili-
yati, ularning sabab va oqibatlarini ko‘ra olish, asosiysini
belgilash;

Qat’iyat — iroda kuchi, tirishqoqlik ko‘rsatish, ishni oxiri-
ga yetkazish mahorati;

O‘zini tuta bilish — murakkab vaziyatlarda o‘z hissiyotini,
o‘z xulqini nazorat qila olish qobiliyati;

Ishchanlik — chidamlilik, jiddiy ishlarni bajarish qobili-
yati, uzoq muddat charchamaslik;

Ko‘zatuvchanlik — ko‘ra olish mahorati, yo‘l-yo‘lakay diq-
qatga sazovor joylarini belgilash, xotirada tafsilotlarni saq-
lay olish;


175

Mustaqillik — mustaqil hal etish, vazifani o‘zi tomonidan
bajarish yo‘llarini topish mahorati, javobgarlikni o‘z us-
tiga ola bilish;

Hamjihatlik (uyushqoqlik) — o‘zini ishning zarur tartibiga
bo‘ysundira olish qobiliyati, o‘z faoliyatini rejalashtirish,
izchillik, ixchamlikni namoyon etish.
Tashkilotchilikning o‘ziga xos xususiyatlari:
Tashkilotchilik
— boshqa kishini tushunish qobiliyati, buning
uchun go‘yo uning ichki dunyosiga kira olish, uning kayfiyati
va ruhiy holatini sezgirlik bilan angay olishi.
Faol ruhiy ta’sir etish qobiliyati
— boshqa kishilarga istehzoli
kulgidan qat’iy buyruqqacha bo‘lgan vositalardan foydalangan
holda ta’sir ko‘rsata olish.
Tashkilotchilik ishlariga bo‘lgan qobiliyat
— bu o‘z ustiga ix-
tiyoriy ravishda tashkilotchilik majburiyatlarini yuklash bo‘lib,
atrofni o‘rab turganlarning ixtiyoridan qat’i nazar, tashkilotchi-
lik ishlariga mustaqil kirisha olish.
Tashkilotchi shaxsining yo‘nalganligi
— bu tashkilotchining
axloqiy qiyofasi, uning fuqarolik yetukligi, g‘oyaviy e’tiqodi.
Tashkilotchining individualligi.
Tashkilotchilarning (shartli
ravishda) „tashkilotchi-san’atkorlar“, „tashkilotchi-mutafak-
kirlar“, „tashkilotchi-amaliyotchilar“ tiðlari mavjud.
„Tashkilotchi-san’atkorlar“ boshqalarga jo‘shqin nutqi va
imo-ishoralar, „qalb harorati“, istiqbol yutuqlarining obrazli
suratlari bilan ta’sir ko‘rsatadi. Unda orzular, xayollar, hissiy
ko‘tarinkilik nihoyatda ko‘p.
„Tashkilotchi-mutafakkirlar“ isbot etish mantiqiga, tafak-
kurdagi izchilikka tayangan holda harakat qiladilar, ishdagi qo-
nuniyatlarni topishga intiladilar. Hodisaning tashqi tomoni ik-
kinchi darajaga surib qo‘yiladi. Muhimi — mazmun, maqsadga
muvofiqlik topish, ishning oqilona mohiyatini ko‘ra olish.
„Tashkilotchi-amaliyotchilar“ o‘zlarining namunalari bilan
ishtiyoq uyg‘otishga, qanday ishlashni isbotlash va gapirishdan
ko‘ra, uni amalda ko‘rsatishga intiladilar. Ularni amaliy tirish-
qoqlik, asoslilik ko‘proq xarakterlaydi.


176
Sinf rahbarining ish faoliyati:

O‘quv yili boshida:
— sinf ro‘yxatini tuzadi va jurnalni rasmiylashtiradi (o‘quv
haftasining birinchi yarmida);
— o‘quvchilar bilan hamkorlikda guruhning ish rejasini tu-
zadi va maktabning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha di-
rektor o‘rinbosari bilan muvofiqlashtiradi (sentabr oyi ichida).

Har kuni:
— sinf jurnalida qatnashmayotgan o‘quvchilarni belgilaydi,
ularning darslarga qatnashishlari bilan qiziqadi;
— sinf o‘quvchilarini o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga pe-
dagogik yordam ko‘rsatadi;
— o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishini nazorat qiladi;
— sinfda navbatchilikni joriy etadi va uni nazorat qiladi.

Har haftada:
— fan o‘qituvchilari tomonidan sinf jurnalining olib borili-
shini nazoratdan o‘tkazadi;
— tarbiyaviy soat haqida muloqot o‘tkazadi.

Har oyda:
— sinf jamoasining turli tadbirlar va ishlarda ishtirok etishini
tashkil etadi;
— maktabda sinf jamoasi uchun ajratilgan hududni toza-
lashni tashkil etadi.

Yil davomida:
— Sinfda uch oyda bir marotaba ota-onalar yig‘ilishini
o‘tkazadi;
— zaruriyat bo‘lsa, har oyda bir marotaba;
— sinfda ota-onalar qo‘mitasi ishini tashkil etadi.

Yil oxirida:
— sinfning o‘tgan bir yil davomida o‘quv natijalari va fao-
liyatini yakuniy tahlil qiladi;
— ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbo-
sariga bajarilgan ishlar haqida hisobot beradi;
— sinf faoliyatining yakuniy natijalarini e’lon qilishni tash-
kil etadi;
— o‘quv xonalarini ta’mirlashni tashkil etadi.


177
6.2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada sinf
rahbarining faoliyati
Sinf rahbari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalar ekan,
u o‘z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:

sinf rahbari o‘quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga
qarab bolaga muomala qilmasligi lozim.

sinf rahbari bolalarga axloqiy me’yorlarni o‘rgatishi kerak.

gerdayishi, manmanlik, tamagirlik, nodonlik kabi illatlar
o‘qituvchi axloqiga yod sifatlardir.

xalq nazarida olim hisoblanadigan o‘qituvchilar yomon
ishlardan, fisq-u fasoddan o‘zlarini tiya bilishlari zarur.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan to‘g‘ri muomala qila olishi
murakkab, nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalarning ko‘pchiligi
o‘rta yoki oliy ma’lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, tele-
videniya, radio orqali ko‘pgina pedagogik axborotlarni bilib ola-
dilar. Shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, o‘g‘il yoki qiz bola
maktabda o‘zboshimchalik qiladi, lekin oilada xushyor va gapga
quloq soladi yoki aksincha, oilada muomalasi qo‘pol, o‘zbo-
shimcha, maktabda esa o‘zini xushmuomala, intizomli tutadi.
Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun
bir xil sabab va to‘g‘ri javobni topish qiyin, albatta. Chunki har
bir holatda uning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Demak,
sinf rahbari va ota-onalarning maqsadlari bir xil bo‘lsa ham,
ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosa-
batlari qarama-qarshiliklarsiz bo‘lmaydi. Sinf rahbarining fao-
liyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib toptirishga qara-
tilgandir. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofa-
sida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, xarakter va xulq-atvorida
o‘z aksini topadi. Agar tarbiyachi pedagog nimaga intilayotganini
ravshan va aniq tushunmasa, tarbiyalanuvchilar shaxsini tako-
millashtirishga astoydil intilish bo‘lmaydi, balki tarbiyada o‘tka-
ziladigan ish tasodifiy tusga ega bo‘lib, buning uchun ajratilgan
vaqtni to‘ldirish uchungina olib boriladi. Tarbiya faoliyatining
maqsadlarini aniq bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan
holatda to‘la qimmatli tarbiya yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas.


178
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga
bog‘liq bo‘lib, bu talablar, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o‘qitish
va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq
va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat
ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Yoshlarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalash tuzimini takomillashtirishda boshlang‘ich
maktab muhim o‘rin egallaydi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ma’na-
viy ongni bir maqsadni ko‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg‘u-
larni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini
hosil qilishdan iborat.
Sinf rahbari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning
quyidagi vazifalarini hal etishi kerak:
1) Tug‘ilib o‘sgan joyiga, O‘zbekiston Respublikasiga yuk-
sak muhabbat tuyg‘ularini, uning tabiati va kishilari haqida,
Vatanning himoyachilari va mehnat qahramonlari to‘g‘risida,
ota-bobolarimiz, ularning dunyo taraqqiyotiga qo‘shgan hissa-
lari to‘g‘risida ko‘proq bilishga intilishni tarbiyalash.
2) O‘quvchilarda Vatanimizning boy tarixi, shuningdek,
boshqa mamlakatlar to‘g‘risida, tinchlik uchun kurash haqida,
chet ellardagi bolalar tashkilotlari haqida dastlabki tasavvurlarni
hosil qilish.
3) Bolalarda o‘rtoqlik tuyg‘usini, boshqalarga yordam ko‘r-
satish ishtiyoqini, umumiy foyda yo‘lida birgalikda faoliyat ko‘r-
satishga intilishni tarkib toptirish. Bolalar o‘rtasida, o‘g‘il va qiz
bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rag‘batlantirish, sohta
o‘rtoqlik ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim.
4) O‘z so‘zi va va’dasi uchun, o‘qituvchi va jamoa topshiriq-
larining bajarilishi uchun mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash.
5) Bolalarda kishilarga to‘g‘ri munosabatni, keksalar, be-
morlar, nogironlarga nisbatan e’tibor va g‘amxo‘rlikni, xushfe’l
va botartib, kamtar va haqgo‘y bo‘lishini tarbiyalash.
O‘quvchilarni barcha kishilarning yaxshi va yomon xatti-
harakatlarini farqlay olishga, o‘z xatti-harakatlariga va o‘rtoqla-
rining xatti-harakatiga adolatli baho berishga o‘rgatishi hamda o‘z
kuch-g‘ayratini o‘quvchilarda nopoklik, adolatsizlik, kishilarga


179
rahm-shafqatsiz bo‘lishga nisbatan salbiy munosabatni tarkib
topshtirishga qaratishi kerak.
O‘quvchilarni tarbiyalash o‘qitishga qaraganda ancha qiyin
degan fikrni o‘qituvchilar orasida tez-tez eshitish mumkin.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’lim berish bilan mustahkam aloqada
bo‘lgani holda, o‘zining xususiyatlariga ega. Ma’naviy-axloqiy
tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashning barcha jarayon-
larini bilim berish va o‘rgatish bilan birga qamrab oladi. Bunday
ikkita o‘zaro bog‘langan tomon: hayotni bilish va unga bo‘lgan
munosabatni tarkib toptirish jarayonlari ajralib turadi. Hayotni
bilish ma’lumot olishning asosiy funksiyasi, unga bo‘lgan mu-
nosabatni tarkib toptirish tarbiyaning asosi, vazifasini tashkil
etadi. Sinf rahbari faqat ta’lim-tarbiyaning birligini emas, balki
ularning xususiyatlarini ham ko‘ra bilishi muhimdir. Maktabdagi
tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan olib boriladigan
ulkan ishning bir qismi, xolos, u bolaning ilgarigi tajribalarini
hisobga olgan holda tashkil etiladi, undagi barcha yaxshi sifatlarni
o‘stirib, noto‘g‘ri tasavvurlar, odatlarni tuzatib borishi va bo‘la-
jak sifatga zamin tayyorlashi kerak. Ma’naviy-axloqiy tarbiya
o‘quvchi maktabni tamomlagandan keyin ham tugallanmaydi, u
butun umr bo‘yi davom etadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’lim
berish bilan bog‘liq bo‘lgani holda, o‘z xususiyatlariga, o‘ziga
xos vazifalari, uni tashkil etishning shakl va metodlariga ega
bo‘lib, maxsus ravishda o‘rganilishi lozim.
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muhim
sharti ularning o‘quv va o‘qishdan tashqari xilma-xil faoliyat-
larining birligi to‘g‘risidagi tushunchalar bilan bog‘liqdir. O‘quv
va ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyati bir-birlarini to‘ldirishi lozim.
Sinf rahbari tomonidan tarbiyaviy bosqichga rahbarlik qilingan
taqdirdagina tarbiyada biror maqsadga qaratilganlik, ma’lum bir
tizim bo‘lishi mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, avvalo,
tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish jarayoniga rahbarlik
qilishni taqozo etadi. Biror maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonida
tarbiyalanuvchilarning jismoniy hamda ma’naviy-axloqiy yetuk-
ligi o‘sib borishiga qarab ularning mustaqilligi va ijodiy faolligi
ortib boradi. O‘quvchilar jamoasining ongliligi ortib borishi bi-


180
lan tarbiyachining vazifalari o‘zgaradi. Tarbiya davomida tarbiya-
lanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtayi nazari asta-sekin tar-
kib topadi.
6.3. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini
oshirishga qo‘yilgan talablar
Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U
o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir
qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakli-
gi, bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish
turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha mu-
rakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil
manbalar yordam beradi. O‘quvchilarning ayrim xatti-harakat-
lariga bu xatti-harakatlar namoyon bo‘lishining tashkil etishi
tajribalarini o‘rganish va tahlil qilish asosida o‘quvchilarni o‘rga-
nishda amal qilishi lozim bo‘lgan talablarni shunday ifodalamoq
mumkin:
1. Bolalarni o‘rganish ularga tarbiya va ta’lim berish sifatini
oshirishga bo‘ysindirmog‘i lozim. O‘quvchilarni muntazam tarzda
o‘rganish asosida boshlang‘ich jamoaga hamda alohida o‘quv-
chilarga tarbiyaviy ta’sir etishning yanada samarali usul va me-
todlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo‘ladi.
O‘quvchilarning individual xususiyatlari, mayllari hamda qizi-
qishlarini qayd qilib borish bilangina cheklanib qolish noto‘g‘ri.
Bu o‘rganish asosida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olib, ular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni tashkil
etish muhimdir. O‘z o‘quvchilarini yaxshi o‘rganish, demak,
tashqi tomoniga emas, balki ularning xulq-atvor sabablarini
o‘rganishga e’tibor bermoq darkor.
2. O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘r-
ganish. O‘quvchi ta’lim jarayonida ijtimoiy foydali mehnatga va
jamoat ishiga o‘rganishi lozim. O‘qituvchilarning o‘qituvchi va
o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar va tevarak-atrofdagi ki-
shilar bilan bo‘ladigan munosabatlarini o‘rganish juda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxsning qir-


181
ralari yanada to‘la ochiladi. O‘quvchilarni tibbiy ish va kundalik
xatti-harakat jarayonida o‘rganish o‘quvchiga haqiqiy baho be-
rishga yordam beradi.
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga
oshiradi. Bu vazifani bajarayotgan u yolg‘iz emas, shu sinfda
dars berayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan yaqin hamkorlikda
va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunyoqarash asos-
larini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O‘quv-
chilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf ja-
moasini mustahkamlaydi.
2. O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishi va qobilyatini
o‘stirish, har bir o‘quvchining indivudial ruhiy xususiyatlarini
hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini
shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda u
har bir o‘quvchining sog‘ligini mustahkamlashga ham katta
e’tibor beradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsni
yuqori o‘zlashtirishlarini ta’minlash masalasi turadi. Buning
uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishidan voqif
bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, kechiktirmay
yordam uyushtiradi.
4. Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini
yo‘naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali
ishlaridagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqyosida uyushti-
rilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini
ta’minlaydi.
5. Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, o‘quv kuni o‘zlashti-
rilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalar-
dagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘r-
natadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan
o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar
o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilim tarqatib, oila
bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.


182
Sinf rahbarining axloqiy obro‘si nihoyat darajada yuqori
bo‘lishi ham bu o‘rinda muhimdir. Ana shundagina u tarbiyaviy
ta’sirga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy
qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishining o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak
darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, inti-
zomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o‘tkazadi.
Chunki tarbiyachilik qobiliyati juda ko‘p sifatlarni: chuqur
bilim, keng fikrlilik, ishga jon-dildan ko‘ngil qo‘yish, bolalarga
bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshli-
gi, serzavq, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, siðolik
va vazminlik kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Tarbiya-
chilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Sinf rahbari
pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilarni o‘zaro bog‘lovchi shaxs
sifatida barcha tomonlarning nuqtayi nazarini hisobga olishi,
harakatlarini bir markazga birlashtirishi, o‘zaro aloqalarning
to‘g‘ri bo‘lishiga ta’sir o‘tkazishi va ayni vaqtda o‘zining g‘oyasini
aniq ifoda eta olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining
tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini
ta’minlashga yordam bo‘ladi.
Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularning
fikrlash qobilyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib
boradi. Hatto o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan sinflarda ham bolalarda
ilmga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni o‘stirishga, ta’lim sifatini
oshirishga harakat qilish zarur. O‘qish jarayonida bolalarda meh-
natsevarlik, diqqatni, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash bilimni
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yordam beradi.
6.4. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf
rahbari ishini takomillashtirish
Sinfda asosiy ishlarni yo‘lga qo‘yadigan, o‘quvchilarning
birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Maktab rah-
bari tajribali va obro‘li o‘qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi.
Unga bolalar hayotini yo‘lga qo‘yish, jamoani uyushtirish va uni


183
tarbiyalash mas’uliyati, sinfda o‘quv-tarbiya ishlariga javobgarlik
yuklanadi. U tarbiyachi sifatida o‘quvchilarni har tomonlama
kamol topishi to‘g‘risida, ularni mehnatsevarlik, ruhida tarbiya-
lash to‘g‘risida, o‘quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib-
intizomni mustahkamlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Sinf rah-
bari bu ishlarning hammasini havaskor kishi sifatida emas, balki
rasmiy, mas’ul shaxs sifatida bajaradi. U maktab rahbarlari oldi-
da, xalq maorifi tashkilotlari oldida o‘ziga topshirilgan sinfda
g‘oyaviy-siyosiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning
mazmuni va yo‘lga qo‘yilishi uchun javobgardir. Sinf rahbarining
asosiy vazifasi o‘quvchilarga tarbiya berish va ularni do‘stona bir
jamoa qilib jiðslashtirishdan iborat. U o‘z sinfida dars berayotgan
o‘qituvchilar olib borayotgan o‘quv tarbiya ishlarining xususi-
yatlarini, ularning o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari hamda
o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganadi, ayrim o‘quvchi-
lar xulq-atvori haqida ularga ta’sir ko‘rsatish metodlari haqida
o‘qituvchilar bilan fikrlashib turadi.
Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kenga-
shining a’zosidir. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar uslubini o‘rgana-
digan har bir o‘quvchi, avvalo, quyidagilarni yaxshi o‘rgangan
va har jihatdan puxta o‘zlashtirgan bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni tarbi-
yaviy ishlar uslubida umuminsoniy g‘oyalarni, ma’lum maqsad-
ga intiluvchanlikni, tarbiyaning turmush bilan, mustaqilligimiz-
ning mohiyati bilan aloqasi, jamoada va jamoa orqali tarbiya-
lashni, tarbiyalanuvchining shaxsiga qo‘yiladigan talablar va uni
hurmat qilish birligini, tarbiyaviy ta’sirning izchilligini, tizimli-
ligi, uzluksizligi, tarbiya o‘quvchilarining yoshiga va individual
xususiyatlariga muvofiq bo‘lishini o‘z ichiga oladi. Sinf rahbari
qanday sharoitda ishlanmasin, u qanday sinfga rahbarlik qilma-
sin, butun e’tiborni o‘quvchi shaxsiga, uni har tomonlama ka-
mol toptirishga qaratmog‘i lozim.
Sinf rahbari olib boradigan asosiy tarbiyaviy ishlar quyidagi
qismlarga bo‘linadi:
1. O‘quvchilarni o‘rganish, sinfga rahbarlik qilish sinfning
har qaysi o‘quvchisini o‘rganishdan boshlanadi. Buning natija-


184
sida o‘quvchilarga individual yondoshishni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan sharoit yuzaga keladi.
2. Sinf o‘quvchilar jamoasini tashkil etish va tarbiyalash
sinf rahbari ishining asosiy qismlaridan biridir. Sinf rahbari
o‘quvchilarni inoq va ma’lum maqsadni ko‘zlagan jamoaga jiðs-
lashtirar ekan, o‘quv-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli hal
etish uchun zamin yaratadi.
Sinf birdaniga jamoa bo‘lib shakllanib qo‘ya qolmaydi. Sinf
rahbari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatish tajribasi to‘plangan
taqdirda, faol, ijobiy an’analar barpo etilgan taqdirda, o‘rtoqlik
aloqalari rivojlanib mustahkamlangan, umummaktab jamoa
bilan to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatilgan taqdirdagina sinf jamoa
bo‘lib shakllanadi.
3. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tar-
tib-intizomini mustahkamlash. Bilimlarning yuksak darajada bo‘-
lishi va ongli intizom sinfda ta’lim-tarbiya ishini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishning eng muhim ko‘rsatkichlaridandir. O‘quvchilarni
ongli intizomlilik ruhida tarbiyalash, ularni demokratik jamiyat,
turmush qoidalarini ixtiyoriy bajarishga o‘rgatish sinf rahbari
faoliyatida katta o‘rin tutadi.
4. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ular-
ni o‘tkazish.
5. Bolalar va o‘smirlar uyushmasi tashkilotlariga yordam
ko‘rsatish, ular bilan yaqindan aloqada bo‘lish.
6. O‘quvchilar ota-onalari bilan ish olib borish.
Maktab tajribasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning turli
usullari tarkib topib, muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
O‘quvchilar bilan yalpisiga, yakka-yakka va guruhlarga bo‘lib
ham ish olib boriladi. Faol o‘quvchilar bilan ish olib borish,
o‘z sinfida dars o‘tayotgan o‘qituvchilar bilan, o‘quvchilarning
ota-onalari bilan va korxonalar bilan aloqa bog‘lab turish sinf
rahbarining tarbiyaviy ish faoliyatida katta o‘rin tutadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sinf rahbarining olib boradi-
gan ishlarini quyidagicha belgilash mumkin: sinf bilan yalpisiga
ish olib borish. Uning o‘ziga xos xususiyati — sinfdagi hamma
o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida tarbiyaviy tadbirlarga jalb etish-


185
dan iboratdir. Sinf bilan yalpisiga ish olib boriladigan tadbirlar,
odatda, oyiga ikki-uch marta, ba’zan esa, har haftada bir marta
o‘tkaziladi.
Sinf rahbari faoliyatida sinf burchagi.
Maktabda o‘quvchi-
larning o‘qish va o‘qishdan tashqari ish faoliyatlari o‘tadigan
asosiy joy shu sinfga biriktirilgan sinf xonasidir. Bu sinf xonasi-
dagi sinf burchagini sinf rahbari sinf faollari bilan birgalikda
tuzadi. Unda sinf jamoasining asosiy hujjatlari va ishini aks etti-
ruvchi materiallar qo‘yiladi. Sinf burchagi sinfning hayoti va
faoliyatini, uning yutuq va kamchiliklarini aks ettiruvchi ko‘z-
gudir.
Sinf rahbari malakasini oshirish.
Endi ish boshlagan sinf
rahbarlarigina emas, balki maktabda ko‘p yillardan buyon fao-
liyat ko‘rsatib kelayotgan tajribali sinf rahbarlari ham o‘z mala-
kalarini oshirishga muhtojdirlar. Sinf rahbari pedagogika va psixo-
logiya asoslari nazariyasini yaxshi o‘rganishi va o‘zlashtirishi,
hozirgi pedagogik texnolgiyalarni va metodlarni, kompyuter tex-
nologiyasini mukammal bilmog‘i zarur. Tarbiya masalalariga oid
adabiyotlarni muntazam o‘qib borishi kerak.
6.5. Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati
samaradorligini oshirish usullari
Sinf rahbari o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisi, pe-
dagogik mahoratning yuksak namunalarini o‘rnak qilib ko‘rsa-
tuvchi ustoz demakdir. Shunday ekan, sinf rahbarining muhim
fazilatlaridan biri uning yaxshi o‘qituvchi bo‘lishidadir. Sinf rah-
bari dars olib borishi, o‘quv-tarbiya va xo‘jalik ishlarini yurituv-
chi, talabchan bo‘lishi hamda o‘quvchilarning dilkash murab-
biysi bo‘lishi kerak. Rahbarlik iste’dod va fazilati hayotning o‘zi-
da, maktabdagi ish amaliyotida shakllanib, kishidan keng ko‘-
lamdagi bilim va tajribani, muallimlikka xos fidokorlikni, tanlan-
gan ishga cheksiz sodiqlikni talab qiladi.
Hozirgi sharoitda sinf rahbarining fazilati qanday bo‘lishi
kerak? Bizningcha, hozirgi sinf rahbari dadil, tashabbuskor,
bilimdon, madaniyatli, halol va va’dasiga vafodor bo‘lishi kerak.


186
Bunday oqil rahbar har qanday vaziyat va sharoitga to‘g‘ri
yondosha oladi, voqealarga va turmush hodisalariga dadil, odil
baho bera oladi, haqiqiy talab va adolatli ish uslubini vijudga
keltira oladi, mehribon inson sifatida katta mavqega ega bo‘ladi.
Obro‘-e’tibor inson xususiyatining ichki belgilariga bog‘liq bo‘-
ladi. Tashqi vaziyatlar uning rivojlanishiga ko‘maklashishi va uni
rag‘batlantirishi mumkin. Agar rahbarning amaliy va siyosiy xu-
susiyatlari o‘zi egallab turgan lavozimga mos kelmasa, natijada
o‘ziga topshirilgan ish sohasini uzoq vaqt, malakali va samarali
idora qila olmaydi. Har bir kishi o‘z obro‘-e’tiborini o‘z mehnati
bilan yaratadi.
Sinf rahbari esa, o‘z obro‘-e’tiborining birinchi va asosiy
ijodkoridir. Sinf rahbari mavqeyini uning egallab turgan lavozimi
va boshliqlarning qo‘llab-quvvatlashi emas, balki uning o‘z ishiga
munosabati, bo‘ysinuvchilar va mehnatkashlarning unga muno-
sabati belgilaydi. Obro‘-e’tiborli rahbar sinfning g‘oyat hurmatli
rahbari, ustozi va murabbiysidir. Jamiyatdagi boshqaruv tizimini
ma’lum boshqarish vazifalari asosida tashkil qilish muhim aha-
miyat kasb etadi. Shunga ko‘ra uni alohida ko‘rsatib o‘tish
maqsadga muvofiqdir:

o‘quv jarayonini umumiy tashkil qilish vazifasini bajaradi;

mustaqil davlatimizga munosib o‘quvchilar tayyorlashda
asosiy javobgarlardan biri va undagi o‘z o‘rnini aniqlab
olishi;

o‘z faoliyati rejalarini aniq, o‘z vaqtida va izchillik bilan
bajarishga erishish;

vazifaning o‘ta mas’uliyatli bo‘lishini sezish bilan birga
unga mos ilmli, madaniyatli, oqil, adolatli, tadbirkor, ta-
shabbuskor bo‘lishga doimo harakatda bo‘lish;

o‘z ishini bilishi, mas’uliyatni va javobgarlikni his qilishi
lozim;

yoshlarni milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashga
muntazam ravishda e’tibor berish;

o‘zi ishlayotgan sinf va maktab nufuzini oshirishga doimo
e’tiborda bo‘lish;


187

sinf rahbari o‘quvchilar bilan ishlashda o‘ta sinchkov, ud-
daburon bo‘lmog‘i va tadbirkorlik bilan ish yuritmog‘i lo-
zim va u har bir vazifani bajarishda o‘quvchilar bilan
muloqotda bo‘lishi hamda ulardan kelib chiqadigan muno-
sabat natijalariga befarq bo‘lmasligi kerak;

sinf rahbari ota-onalar bilan muntazam ravishda aloqada
bo‘lib turishi lozim va bu orqali har bir o‘quvchining xulq-
atvorini o‘rganish, uning uyidagi va maktabdagi faoliyatini
bilishi hamda o‘quvchining o‘qish va xulq-atvoridan ota-
onani xabardor qilish, ya’ni ikki tomonlama tarbiyaning
bir maqsadga — yetuk mutaxassis va barkamol shaxs bo‘-
lib yetishishiga doimo e’tibor berish;

o‘quv jarayoniga mas’ul;

o‘quv jarayonining samarali bo‘lishi o‘z zimmasida ekan-
ligini doimo his etish;

jamiyat taraqqiyotiga mos mas’uliyat negizida javobgarlik
doirasi kengayib borishini doimo his qilish;

sinf rahbari tashabbuskor bo‘lishi kerak va u ish yuritish-
da fidoyi bo‘lmog‘i lozim;

ilmga intiluvchi yoshlarga rahbar va ularni mazkur yo‘na-
lish bo‘yicha yetaklovchi ekanligini doimo his qilish;

sinf rahbari o‘quvchi: yosh yigit va qizni o‘z farzandi,
o‘sib kelayotgan avlod, g‘uborsiz, sofdil, yangilikka inti-
luvchan qalb egasi va nihoyat ota-ona, murabbiylar ko‘r-
satgan yo‘lidan borishga astoydil bel bog‘langan farzand
ekanligini doimo esda tutishi kerak;

o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshg‘arishiga sharoit yaratish
va bunda faol o‘quvchilardan foydalanish;

o‘quvchilarni kasbga tayyorlashda o‘sha sohaning mashhur
kishilari bilan uchrashuvlar o‘tkazish sinf rahbarining aso-
siy burchlaridan biriga kiradi.
O‘qituvchi tarbiya jarayonida rag‘batlantirish va jazolash
usullarining psixologik-pedagogik asoslarini bilishi shart. Bunda
pedagogik bilim eng muhim usul bo‘lib hisoblanadi. Talab — bu
tarbiyalanuvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq-at-


188
vor mezonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatining bajarilishi
zarur bo‘lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo‘lishi; turli
ko‘rsatma sifatida namoyon bo‘lishi; u yoki bu xarakterda rag‘-
batlantiruvchi yoki uni to‘xtatuvchi bo‘lishi; oqilona xarakter-
larga undovchi bo‘lishi mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga
solish va ijtimoiy talablarga moslashtirish maqsadida rag‘batlanti-
rish va jazolashning quyidagi usullaridan foydalaniladi (7 — 8-
shakllar):
7- shakl.
Rag‘batlantirish usullari.
Uyalti-
rish

Jazolash usuli
Hayfsan
berish
Tanbeh
berish
Majbur-
lash
Ogohlan-
tirish





Sovg‘a
berish

Rag‘batlantirish
usuli
Ishonch
bildirish
Istiqbol
ko‘rsatish
Qo‘llab-
quvvatlash
Maqtov
yorlig‘i
berish





8- shakl.
Jazolash usullari.
Rag‘batlantirish va jazolash usulida o‘quvchi shaxsi emas,
balki ayni vaqtda xatti-harakati, qiziqishlari bolaning individual
xususiyati, hodisa yuz berayotgan vaziyat, sabab-oqibatlar na-
zarda tutiladi. Rag‘batlantirish va jazolash qancha tez qo‘llanilsa,
shuncha ta’siri kamayib ketadi. Rag‘batlantirish va jazolash
yolg‘iz o‘quvchiga yoki sinfga yoxud maktab jamoasiga qo‘llanishi
mumkin.


189
Yuqoridagi usullardan foydalanish xususiyatlariga alohida
e’tibor berish lozim. Rag‘batlantirishda yozma, og‘zaki, imo-
ishora shakllari qo‘llaniladi. Imo-ishora bilan boshini qimirlatishi,
tabassum va yuz-qo‘l harakatlari bilan ma’qullashi yoki yozma
ravishda ma’qullashi mumkin.
O‘qituvchi maktabda jazo sifatida og‘zaki, tanbeh, sinf o‘quv-
chilarining o‘rtasida ogohlantirish choralarini qo‘llashi mumkin.
6.6. O‘quvchilarni pedagogik kuzatish metodikasi
O‘quvchilarni pedagogik kuzatish, darsda turli xil ko‘rsat-
mali qurollarni kuzatishdan tashqari, o‘quv jarayonida o‘quv-
chilarning darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan mustaqil
kuzatishlardan ham foydalaniladi. Bu kuzatishlar qisqa muddatli
va uzoq davom etadigan kuzatishlar bo‘lishi mumkin. Ular o‘qi-
tuvchi tomonidan tashkil etiladi. O‘qituvchi dars vaqtida o‘quv-
chilarga ularning maqsadini tushuntiradi, topshiriqlarni taqsim-
laydi va ular bilan birgalikda kuzatish olib borish rejasini bel-
gilaydi. Yo‘l-yo‘riq berish vaqtida kuzatish izchilligiga, kundalik
yuritish tartibiga, kerakli materiallar to‘plab, ularni ishlash
usullariga alohida e’tibor berish kerak. Turli fan o‘qituvchilari
mustaqil kuzatishlar uchun topshiriqlar beradilar. Masalan,
jamiyatshunoslik bo‘yicha o‘quvchilar mehnat brigadalari
a’zolarining mehnati va dam olishi qanday tashkil etilganligini,
estetik tarbiya bo‘yicha kinofilmlar, teatr ko‘rishlari, badiiy
ko‘rgazmalarga borishlari, texnikaviy fanlar bo‘yicha korxona-
dagi ishlab chiqarish jarayonini, korxonada chiqadigan mahsu-
lotning, yangi texnikaning xalq xo‘jaligida va turmushda ishla-
tilishini kuzatishlari mumkin. O‘quvchilar xilma-xil tajribalarni
bajarayotgan vaqtda ham kuzatish ishlari olib boriladi. Kuzatish-
larning natijalari mashg‘ulotlarda muhokama qilinadi. O‘qituvchi
yangi materialni tushuntirishda ularga tayanadi. Kuzatishlarning
borishida o‘quvchilar mustaqil ravishda xulosalar chiqaradilar.
O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish va rahbarlik qilishda, uning
samaradorligini oshirishda rahbar o‘rinbosarining sinf jurnallari
qanday tutilayotganini nazorat qilib borishi katta ahamiyatga ega.


190
Sinf jurnali darsda o‘tkaziladigan va uyga berilgan mustaqil
va ijodiy ishlar tizimi va maktab kursidagi barcha fanlar bo‘yicha
o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari haqida, baholarning to‘plani-
shi, darslarda o‘quvchilar so‘ralishining muntazamliligi haqida,
darslarda o‘tilgan o‘quv materialining jurnalga yozish sifati va
hokazolar haqida tasavvur berishi mumkin. Rahbar va uning
o‘rinbosari sinf jurnaliga qarab darslardagi davomat, darsni qol-
dirgan o‘quvchilar bilan ishlash haqida, o‘quvchilar tez-tez uy
vazifalarini bajarmasliklari haqida fikr yuritishlari mumkin.
Sinf jurnallarini har oyda maktab rahbariyati tomonidan
kamida ikki marta tekshirish kerak. Tekshiruvdan so‘ng jurnalga
uning tekshirilgan vaqti va kim tekshirgani yozib qo‘yiladi. Max-
sus ish kundaligi daftarida esa tekshirish natijalari bo‘yicha xulo-
salar yozib qo‘yiladi, o‘qituvchilarga, sinf rahbarlariga aniq tak-
liflar, tavsiyalar beriladi. Jiddiy kamchiliklar topilganida maktab
bo‘yicha alohida buyruq berilishi mumkin. Suhbat yordamida
vujudga keladigan masalalarni tez hal etish, ota-onalar bilan
ishonchli munosabatlar o‘rnatish, o‘quvchilar, oilaviy tarbiya
sharoitlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish, ota-onalarga
pedagogik bilim berish, bolaning yakka tartibdagi rivojlanishi
dasturini va birlikdagi pedagogik harakatlar tizimini ishlab chi-
qish ota-onalarning tarbiyaviy qiyin bolalar xulqini tuzatish va
o‘quvchilar o‘rtasida munosabatlarda vujudga keladigan kelish-
movchiliklarni hal etish kabi keng ko‘lamdagi ta’lim-tarbiya va-
zifalari hal qilinadi. Suhbat o‘quvchilarning uyida ham, maktabda
majlisdan keyin ham, maktabga o‘z tashabbuslari bilan sinf rah-
bari chaqirganligi munosabati bilan kelgan ota-onalar bilan ham
o‘tkaziladi. Aslida sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilardan har
birining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazishga tayyor bo‘lishi kerak.
Shunga qaramay, har qanday suhbatning ta’sir etish samara-
dorligini oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish
yuzasidan eng muhim psixologik-pedagogik talablarga rioya etish
maqsadga muvofiqdir. Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish samaradorligi
ko‘p jihatdan o‘qituvchilar va ota-onalarning muvofiq harakat-
lari bilan belgilanishini nazarda tutib, bolaning o‘ziga xos psixo-
logik xususiyatlarini hisobga olish, uning xulq-atvoridagi eng


191
kichik chetga chiqishlarga ham o‘z vaqtida e’tibor berish kerak,
bunga sinf rahbari bilan ota-onalarning ishonchli o‘zaro muno-
sabatlarini o‘rnatgandagina erishiladi, bunday munosabatlarni
o‘rnatish va chuqurlashtirish uchun yakka tartibdagi suhbatlar-
dan foydalanish juda muhim. Suhbat ota-onaga ularning o‘g‘li
yoki qizining yomon xulq-atvori yuzasidan e’tiroz bildirishdan,
bunda umuman bola haqida shaxs sifatida noxush fikrlar aytishga
yo‘l qo‘yishdan boshlanganda, ota-onalar uchun bolalari har
qachon yaxshi ekanligi unutilganida sinf rahbari mutlaqo bosh-
qacha fikr yuritishga duch keladi.
6.7. Sinf jamoasini tashkil etish va
uni tarbiyalash
Mamlakatimiz mustaqilligi jamiyatimizning barcha jabhala-
rida, shu jumladan, oila, uning iqtisodiy, ma’naviy manfaat-
larini himoya qilish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, oilada sharqona
tarbiyani tiklash kabi bir qator muammolarni hal etishga imkon
beradi. Mustaqillik o‘zligini yo‘qotgan insonlarni, ya’ni o‘z oilasi
va farzandlariga befarq bo‘lgan ota-onalarni ham insof, mehr-
shafqat yo‘liga boshladi. Qardosh tojik xalqida shunday maqol
bor: „Uy farzand bilan obod, dala odam bilan“. Ha, darhaqiqat,
har bir oilaning bog‘boni o‘z mevalari bilan obod. Dala inson-
ning oltin qo‘llari bilan kundan-kunga, asrdan-asrga obodonla-
shib borsa, uy esa yosh go‘dakning kundan-kunga mehr, ta’lim-
tarbiya olishi tufayli go‘zallashib, gurkirab, yashnab boradi. Odam-
zod dunyoga bir marotaba kelar ekan, bu dunyodan yolg‘iz
o‘tib ketishni xohlamaydi, orqasida farzandlarining ta’lim-
tarbiyali, obro‘-e’tiborli bo‘lib qolishini istaydi. Shunday ekan,
ota-onaning farzandga bo‘lgan mehr-u muhabbati hamma nar-
sadan ham qimmatliroq bo‘lsa kerak. Bola qancha sho‘xlik
qilmasin, ota-ona uning erkaliklarini ko‘taradi. Ota-ona hamisha
o‘z farzandi uchun hamma narsaga tayyor turadi. Farzandini
ko‘z qorachig‘iday asrab, unga gard yuqishga qo‘ymaydi. Shu
bilan birga, to‘g‘riso‘z, vijdonli, kamtar, chin do‘st, o‘zgalar-
ning mulkiga xiyonat qilmaslikka chorlaydi.


192
Oila bilan maktab hamkorligi barkamol inson tarbiyasidagi
muhim omillardan biridir. Maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlarining
yuqori saviyada bo‘lishi, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik daraja-
si ota-onalariga bog‘liqdir. Maktab oila bilan ikki shaklda hamkor-
likni amalga oshiradi.
1. Ota-onalar jamoasi orqali.
2. Yakka tartibda ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar
orqali.
O‘qituvchining ota-onalar bilan aloqasida o‘zaro bir-birini
tushunish, yuksak axloqiy munosabatda pedagogik yondoshuv,
xushmuomalalik, shirinso‘zlik, hamma ota-onalarga bir xil
muomala va to‘g‘ri talab bo‘lishi lozim. Ota-onalar bilan yakka-
ma-yakka ishlash ayrim bola tarbiyasidagi qiyinchiliklarning so-
dir bo‘lishi, oilaviy muammolar, o‘quvchilarning o‘zlashtir-
masligidagi sabablarni aniqlash maqsadida olib boriladi. O‘qituv-
chilik faoliyatining eng murakkab tomonlaridan biri o‘quvchilar
ota-onalar bilan umumiy til topa olish, ularning hurmatiga sa-
zovor bo‘lish, hamkorlikda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir.
O‘qituvchi — sinf rahbari, mehribon tarbiyachidir. Sinf rahbari-
ning eng muhim xususiyatlaridan biri — ular o‘quvchilar ja-
moasi bilan to‘rt yil hamkorlikda ish olib boradilar. Shu sabab-
dan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalar jamoasi bilan
ham ishlashi o‘ziga xos xususiyatga ega. Shunday ekan ota-ona
birinchi sinf o‘quvchisining ilm dargohidan ko‘p bilim va tar-
biyaga ega bo‘lishi uchun nimalar qilishi kerak?
1. O‘qituvchi muqaddas siymo, u sizning maslahatchingiz,
uni ardoqlab, obro‘-e’tiboriga sadoqatli bo‘lishingiz.
2. Sinf va maktab jamoasining ta’lim-tarbiya tadbirlariga faol
qatnashib, taklif va mulohazalaringizni aytishingiz.
3. Bolangizga nima yaxshi, nima yomon ekanligini uqtirib,
mardona rasm-rusum, udum-an’analarimizdan xabardor qilib,
o‘qituvchiga ko‘makdosh bo‘lishingiz.
4. Bolangizning o‘quv ishlariga yordam berib borishingiz,
uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda ularga yordam berishingiz.
5. Maktabning yaqin yordamchisi, ko‘makdosh bo‘lishin-
giz, o‘z farzandingizning kamoli bilan yashashingiz.


193
6. Bolangizda maktab, sinf, o‘qituvchi va o‘rtoqlariga nisba-
tan yaxshi fikr uyg‘otish, chunki 1- sinf o‘quvchisining mak-
tab sharoitiga moslashishi ancha murakkab ruhiy holatdir.
7. Farzandingizdan kundalik ish faoliyatdagi munosabatini
kuzatib, so‘rab borishingiz. Bunday munosabatda 
yaxshi, juda
yaxshi, marhamat, rahmat, baraka top
kabi sehrli so‘zlarni,
nojo‘ya harakat sodir bo‘lgan bo‘lsa, „chakki ish bo‘libdi“,
„men kutmagan edim“ kabi so‘zlarni qo‘llashingiz.
O‘sib kelayotgan yosh avlodga fan asoslaridan chuqur va
mustahkam bilim berish, ularni yuqori darajada axloqli qilib
tarbiyalash vazifalari ko‘proq sinf rahbarining umumiy mehnati
jarayonida hal qilinadi. Lekin bu mehnatning muvaffaqiyati ko‘p
jihatdan ularning kuchlari qanday yo‘naltirilganligiga, maqsad-
lar birligi va harakatlar muvofiqligi qanday ta’minlanayotgan-
ligiga bog‘liqdir. Maqsadlarni tushunish birligini amalda yuzaga
chiqarish, so‘ngra bu maqsadlarga erishish jarayonida o‘zaro alo-
qalarni taqsimlash va tashkiliy-pedagogik ishlarni o‘z vaqtida
to‘g‘ri amalga oshirish sinf rahbarining muhim vazifasidir.
Pedagoglar jamoasining g‘oyatda yuksak birligini, butun ku-
chining uyg‘unligini, ishlarning muvofiqligini ta’minlash ishga
layoqatli qilish shartlaridan biridir. Bu muammoni hal qilish-
ning qiyinligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi.
Maktab jamoasi fikr yuritishi, hayotiy tajribasi, ish staji,
ma’lumoti va malakasi turli xilda bo‘lgan kishilardan iborat. Har
bir o‘qituvchi qanchalik kuch-g‘ayrat sarflamasin, ayrim xo-
dimlar qanchalik kuchli bo‘lmasin, agar ular ishga yuzaki qa-
rasalar, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Yuqorida bayon etilgan
fikrlardan ma’lumki, hozirgi kunda pedagoglar va o‘quvchilar
jamoasining har bir a’zosida pedagogik mehnatga nisbatan ongli
intizomni tarbiyalash va uni mustahkamlash maktab ichki bosh-
qaruvi tizimida asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Modomiki shun-
day ekan, umumta’lim maktabining har bir rahbari, undagi
jamoatchilik tashkilotlari mazkur masalaga har qachongidan
ko‘ra bugungi kunda alohida e’tibor bilan qarashlari lozim. Sinf
rahbarlari o‘rtasida vazifalarni to‘g‘ri va aniq taqsimlash to‘g‘ri
boshqaruvning muhim shartidir.


194
Sinfga rahbarlik qilishda rahbar bilan direktor o‘rinbosa-
rining vazifalari o‘rtasida birmuncha farq bo‘lishi kerak. Direktor
o‘rinbosari sinflarda kundalikning yuritilishini, bolalarning bili-
mi hamma vaqt to‘g‘ri hisobga olib borilishini, daftarlar tutish
va yozuvni yaxshilashni kuzatib boradi, amaliy tadbirlar belgi-
laydi. Kuni uzaytirilgan guruhlar ishlariga rahbarlik va nazorat
qiladi. Boshlang‘ich sinflarda fan asoslarini bo‘sh o‘zlashtiruv-
chilar bilan ishlashga rahbarlik qiladi. O‘quvchilarga beriladigan
topshiriqlarning maktab nizomiga muvofiq talab darajasida
bo‘lishini, bolalar bilimining to‘g‘ri hisobga olinishini, kundalik
daftarlarning to‘g‘ri tutilishini uyushtiradi. Maktabdagi mavjud
metodik birlashmalarning samarali ishlashini ta’minlaydi. Dars
jadvalini tuzadi. O‘quv-tarbiya ishlariga oid hisobot ishlarini yu-
ritadi. Maktabning ichki va tashqi jihozlanishi hamda ichki qism-
ning toza, gigiyena talablariga mos, tartibli bo‘lishini ta’min-
laydi.
6.8. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda
intizomni mustahkamlash
Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularning
fikrlash qobiliyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib
boradi. Hatto o‘zlashtirishlari yuqori bo‘lgan sinflarda ham bola-
larda ilmga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni o‘stirishga, ta’lim
sifatini oshirishga harakat qilishi zarur. Mustaqil Respublika-
mizda xalq ta’limini demokratlashtirish, ta’lim mazmunini tako-
millashtirish, ta’lim metodlarini faollashtirish borasida sermaz-
mun ishlar qilinmoqda. O‘quvchilarni faol va ijodiy bilim olishga
o‘rgatish maktab tajribasida muhim masala bo‘lib, bunda sinf
rahbarining shaxsiga katta e’tibor berilmoqda. Shu o‘rinda o‘quv-
chilarning bilim sifatini oshirishda sinf rahbarining vazifasi ni-
malardan iborat, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Bular:
1. O‘quv mehnatiga ongli munosabatda bo‘lish va unga
mas’uliyat bilan yondoshish hissini tarbiyalash.
2. Har narsani bilishga qiziqish va bilimga muhabbat uy-
g‘otish.


195
3. O‘quv mehnati madaniyatini oshirish.
4. O‘quvchilarni o‘quv mehnatida muayyan rejaga amal qi-
lishga o‘rgatish.
5. Sinfda o‘qish jarayonida o‘rtoqlariga yordam uyushtirish.
6. Sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlik va yaqindan aloqada
bo‘lish.
O‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish
borasida sinf rahbari olib boradigan ishlar majmuasi quyidagilar-
dan iborat:
1.
O‘quvchilarning o‘quv mehnati ustidan tizimli nazorat olib
borish.
Sinf rahbari bolalarning olgan ballarini tartibli ravishda
sinf jurnalida va kundaliklarda tekshirib turadi. Xulqi uchun baho
qo‘yadi, darsga kechikib kelish va butunlay kelmay qo‘yish sa-
bablarini o‘ziga belgilab oladi. Sinf rahbari o‘quvchi bilan suhbat
o‘tkazib, olgan yaxshi baholari uchun uni rag‘batlantiradi, kam-
chiliklarini ko‘rsatadi, tushuntiradi, tegishli maslahatlar beradi.
2.
Maktab o‘quvchilariga o‘quv mehnatining ijtimoiy ahami-
yatini tushuntirish.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida
o‘qish har kimning shaxsiy ishi emas, balki ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‘lgan ish ekanligi o‘quvchilarga tushuntirib beriladi. Mus-
taqil O‘zbekiston davlati va uning fuqarolari maktab dargohida
chuqur bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan kishilar-
ning yetishib chiqishini istaydi.
3.
Maktab o‘quvchilarining bilimga qiziqishini oshirish.
Bo-
lalarning bilimga va o‘quv mehnatiga bo‘lgan qiziqishini oshi-
rishning turli shakl va metodlaridan muvaffaqiyatli foydalanish
hozirgi kunda maktablarimizda odat tusiga kirib qolgan bir holdir.
Chunki o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishda
har bir fandan o‘tiladigan dars samarali, qiziqarli, imkoni bo-
richa muammoli va qolaversa, sermazmun bo‘lsa, shak-shubha-
sizki, bu o‘zining yaxshi natijasini beradi. Bundan tashqari, har
bir darsda ko‘rgazmalilik va texnika vositalaridan unumli foydala-
nilsa, o‘quv xonalari turli-tuman fanniy ko‘rgazmalar bilan ji-
hozlansa, ozoda, pokiza bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
Uy vazifalarining bajarilishini tashkil etishda bolalarga yor-
dam ko‘rsatish.
Ayrim o‘quvchilarning yomon o‘qishlarining sa-


196
babi uy vazifalarini bajarishni to‘g‘ri tashkil eta olmasliklaridan-
dir. Bunday o‘quvchilar uy vazifalarini bajarishda saranjom-
sarishtalikka ahamiyat bermaydilar, dangasalik qiladilar, tirish-
qoqlik bilan vazifa bajarishga intilmaydilar. Shuning uchun ayrim
sinf rahbarilari „O‘qishni o‘rgan“, „To‘g‘ri yoz“, „Bilim —
bizning qurolimiz“ kabi ko‘rgazmalar tashkil qiladilar. Bulardan
tashqari, sinf rahbarlari tomonidan bolalarga uy vazifalarini
to‘g‘ri bajarishda yordam berish maqsadida tuzilgan quyidagi
ko‘rsatma maqsadga muvofiqdir:

Har kuni uy vazifani kundalik daftarga batafsil yozib bor.

Uy vazifasini ma’lum bir vaqtda bajarishga o‘rgan.

Vazifani maxsus darsxonangda tayyorla.

Ish joyingni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgan, stoldan ortiq-
cha narsalarni olib qo‘y.

Dars tayyorlashni o‘rta qiyinchilikdagi fandan boshlab,
sekin-asta qiyin fanga o‘t, so‘ng oson fan vazifasini bajar.

40 — 50 daqiqadan keyin 10 — 15 daqiqalik dam olish
uchun tanaffus qil.

Dars tayyorlash vaqtida diqqatingni bo‘lma, radio eshit-
ma, televizor ko‘rma, atrofdagi gaplarga aralashma.

Yozma ishlarni bajarganingdan keyin uni sinchiklab tek-
shirib chiq.

Agar notanish so‘z uchrab qolsa yoki masalaga tushun-
masang, o‘qituvchidan, o‘rtoqlaringdan so‘rab ol.

Har kuni ilgari o‘tilgan dars materialini qaytarib bor.

Darsni tayyorlab bo‘lganingdan keyin dam ol, ochiq
havoda aylan va uy ishlarida kattalarga yordam ber.
Tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilarni o‘rganish.
O‘quvchilarni o‘rganish o‘qituvchining, ayniqsa, sinf rah-
barining asosiy vazifalaridan biridir. O‘quvchilarni faqat darsda-
gina emas, balki sinfdan tashqari vaqtda ularga tarbiya berish
vaqtida ham, o‘quvchilar uylariga borganda ham, har xil sayo-
hatlar va yurishlar vaqtida ham o‘rganadi. O‘quvchilarning o‘ziga
xos xususiyatlari, ularning qiziqishlari va mayllarini, ular olgan
tarbiya darajasini bilgan holda, ma’lum maqsadga qaratilgan va
ta’sirchan reja asosida bo‘ladi.


197
Ma’lumki, o‘quvchi shaxsining tarkib topishi va rivojlanishi
bir tekis bormaydi. Sinf rahbarining mazkur o‘quvchi to‘g‘risi-
dagi kechagi bilganlari bugunga kelib yetarli bo‘lmay qolishi
mumkin. Masalan, o‘quvchi o‘quv yili boshida matematikaga
qiziqmas, mazkur fandan uy vazifasini naridan-beri tayyorlab
borar yoki mutlaqo tayyorlamas edi, deylik. Sinfga matemati-
kadan yangi o‘qituvchi kiradigan bo‘ldi. U hamma o‘quvchilarni
o‘z faniga qiziqtira oldi. Mazkur o‘quvchi masala va misollarni
qiziqib yechadigan bo‘lib qoldi. Birmuncha vaqtdan keyin u ma-
tematika to‘garagiga yozilib, unda faol ishtirok etadigan bo‘ldi.
Sinf rahbari bu o‘quvchi to‘g‘risidagi oldingi fikrini o‘zgartir-
mog‘i kerak. Bu hol o‘quvchilarni doimiy suratda o‘rganib bo-
rish lozimligini ko‘rsatuvchi ko‘plab misollarning biridir.
O‘quvchilar o‘z xarakteriga, qiziqishi va mayllariga ko‘ra bir
xil emas. Ulardan biri birmuncha chaqqon, boshqa bir xili esa,
sustkash, uquvsiz, ba’zi o‘quvchilar jasur va shijoatkor, boshqa
birlari esa, uyatchan va tortinchoq bo‘lishadi. Ba’zi bir o‘quv-
chilar o‘z tashkilotchiligi va qat’iyatliligi bilan ajralib turishsa,
boshqa birlarida esa bu xususiyatlar mavjud emas. Xullas, bir-
biriga o‘xshamagan, turli xususiyatdagi bolalardan tashkil top-
gan bir guruhdir. Ana shu guruhning tarkibida o‘sha o‘quvchi
alohida shaxs sifatida kamol topib boradi. A. S. Makarenko
o‘zining „Tarbiyaning maqsadi“ degan maqolasida „Biz uchun
inson, umuman olganda, bir xilday tuyulsa-da, aslida u tarbiya
vositasi sifatida bag‘oyat xilma-xildir“, deb juda to‘g‘ri ta’kid-
laydi.
Shunday qilib, o‘quvchilarni o‘rganishga qo‘yiladigan asosiy
talablarni quyidagicha belgilash mumkin:
1. Bolalarni o‘rganish, ularga ta’lim-tarbiya berish sifatini
oshirish.
2. O‘quvchilarni o‘rganib, ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish.
3. O‘quvchilarni o‘rganishni rejali tarzda va muntazam olib
borish.
4. O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish-faoliyat sharoitida o‘r-
ganish.
5. O‘quvchilarni xilma-xil metodlar bilan o‘rganish.


198
6. O‘quvchilarni o‘rganib, ular hayoti va turmush sharoit-
lari bilan tanishish.
7. Shaxsning alohida xususiyatlarini emas, balki butun
shaxsni o‘rganish.
6.9. O‘quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarning ma’naviy-
axloqiy tarbiyasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
a) o‘quvchilarda jamiyatga va Vatanga sadoqatni tarbiyalash;
b) mehnatga bo‘lgan axloqiy munosabatni tarbiyalash;
d) atrofdagi kishilarga axloqiy munosabatni tarbiyalash;
e) shaxsning o‘z-o‘ziga, xulqiga bo‘lgan axloqiy munosa-
batni tarbiyalash.
Axloqiy tarbiya vazifalaridan biri — ongli intizomdir. Ongli
intizom kishining kundalik faoliyatida, xulq-atvorida, kishilar
bilan aloqasida, umumiy dunyoqarashida namoyon bo‘ladi.
Ongli, intizomli kishining madaniyati, muomalasi kundalik ma-
salalarni hal qilish bilan hayotining mazmuni, yaxshilik va yo-
monlik, ma’naviy boylik haqidagi tasavvurlari bilan u yoki bu
tarzda bog‘langandir. Ongli intizom egasi bo‘lgan kishi o‘z ax-
loqiy burchini to‘g‘ri anglaydi, o‘z xatti-harakatlariga baho be-
radi, noto‘g‘ri xatti-harakatni qoralaydi. Intizomli kishi o‘z
xulq-atvoriga to‘g‘ri baho berish bilan birga biror xatti-harakat
uchun shaxsiy mas’uliyatni his etadi.
Abdulla Avloniy „Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizning,
ishlarimizning har birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqqa aytilur.
Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi, insonlar bir daqiqa ya-
sholmas edilar“, deb ta’kidlaydi. Demak, intizom ruhimizga,
fikrimizga ta’sir qiladigan xislat, tartib-odob, ma’naviy quvvat-
dir. Intizom yaxshi xulqlarning manbayidir. O‘quvchilarda ongli
intizomni, odobni tarbiyalashda o‘qituvchilar o‘z xulq-atvorla-
ri, muomala madaniyati bilan namuna bo‘lishlari darkor. Chunki
ularning yurish-turishi, odobi o‘quvchining ichki e’tiqodiga
aylanishi va ma’naviyatiga ta’sir etishi kerak. Shundagina o‘quv-
chilar jamiyat va jamoa oldida axloqiy tarbiya talablariga javob


199
beradigan xulq-atvor egalari bo‘la oladilar. Axloq-odob tarbiyasi
milliy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlar asosida amalga oshi-
rilgandagina uning mazmuni yanada boyib boradi. Chunki milliy,
umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar axloqiy tarbiyaning ham-
ma tomonlarini qamrab oladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya — ta’lim
berish bilan bog‘liq bo‘lgani holda, o‘z xususiyatlari, o‘ziga xos
vazifalari, uni tashkil etishning shakl va metodlariga ega bo‘lib,
maxsus ravishda o‘rganilishi lozim. O‘quvchilarni ma’naviy-ax-
loqiy tarbiyalashning muhim sharti ularning dars va darsdan
tashqari xilma-xil faoliyatlarining birligi to‘g‘risidagi tushuncha-
lar bilan bog‘liqdir. Dars jarayoni va ma’naviy-axloqiy tarbiya
faoliyati bir-birini to‘ldirishi lozim. Pedagog tomonidan tarbiya-
viy bosqichga rahbarlik qilingan taqdirdagina tarbiyada biror
maqsadga qaratilganlik, ma’lum bir tizim bo‘lishi mumkin. Ma’-
naviy-axloqiy tarbiyalash, avvalo, tarbiyalanuvchi shaxsining
tarkib topish jarayoniga rahbarlik qilishni taqozo etadi.
Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson
haqida gapirib, quyidagi to‘rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har
bir fuqaro:
— o‘z haq-huquqini taniydigan bo‘lsin, buning uchun ku-
rashsin;
— o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‘lsin, imkoni-
yatlarini ishga solib, samarasini ko‘rsin;
— atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil mu-
nosabat bildira olsin;
— shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uy-
g‘un holda ko‘rib, faoliyat yuritsin.
Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to‘liq
ta’rifdir. Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega inson — fidoyilik,
jasorat, mardlik, o‘z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdod-
laridan faxrlanish kabi oliyjanob fazilatlari bilan ajralib turadi.
Insonning insonligi, birinchi navbatda, uning ma’naviy-axloqiy
jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-axlo-
qiy barkamollikning asosiy qirralariga, yuqorida aytilganlardan
kelib chiqib, quyidagilarni kiritish mumkin: ota-onasi, far-
zandlari, qarindoshlari, xullas, butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘sh-


200
nilari, mahalla-ko‘y, qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq
farovonligi haqida qayg‘urishi; tevarak-atrofdagi insonlar unga
kerak bo‘lganligi singari, o‘zi ham ularga kerakli bo‘lishga inti-
lishi; odob-axloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch
deb hisoblashi; ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bo‘lib qol-
gan madaniy merosni qadrlashi; milliy qadriyatlarni e’zozlashi
va ularga sodiq bo‘lib qolishi; vatanparvarlik, xalqparvarlik, in-
sonparvarlik tuyg‘ularining barqaror bo‘lishi; o‘zaro muomala-
munosabatda o‘rnak bo‘lishga moyillik, birovning og‘irini yengil
qilishni odat qilishi; umumxalq ma’qullagan va hukumat tomo-
nidan qonuniy qabul qilingan Konstitusiyani hurmat qilishi va
unga sadoqat namunalarini amalda ko‘rsatishi; Vatanni himoya
qilishi, boshqacha aytganda, harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ulari bi-
lan yashashi; diyonat va adolat, mehr-shafqat va ezgulikni hi-
moya qilishi; va’daga vafoli bo‘lishi va hokazolar kiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy
jihatdan tarbiyalashda quyidagilarni hisobga olishi kerak:
— tarbiyaning o‘quvchilar ruhiyati va yosh xususiyatiga mos-
ligini hisobga olish;
— o‘quvchilarning aqliy-ma’naviy munosabatlari ta’sirini
o‘rganish;
— o‘qituvchi-tarbiyachining savodxonlik darajasi, san’ati va
mahorati.
O‘quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda darslarning ijodiy,
noan’anaviy, suhbat, o‘yin, bahs-munozara, uchrashuv shak-
lida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Xalq pedagogikasi xalqning
ijodkorligining mahsuli sifatida milliy va umuminsoniy qadri-
yatlarning tarixiy taraqqiyot bosqichini belgilab beruvchi ta-
yanch manbadir. U ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, tarkibiy vosita-
lariga xalq og‘zaki ijodi — afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol,
matal, qo‘shiq, latifa, lof, xalq dramasi, askiya kabilar kiradi.
Xalq pedagogikasining muhim qismi bo‘lgan xalq og‘zaki
ijodi ma’naviy qadriyatlarni avloddan-avlodga yetkazishda muhim
vosita hisoblanadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari chuqur ilmiy
asosga ega bo‘lmasa-da, ma’naviy qadriyatlarning ikkala guruhga
mansub bo‘lgan barcha qadriyatlarning devori (insonparvarlik,


201
bilimdonlik, mehnatsevarlik, adolatparvarlik, kattalarga hurmat,
rostgo‘ylik, mehmondo‘stlik) va boshqalar o‘z aksini topgan.
Xalq donishmandligining ilohiyot bilan bog‘liq janri asotirlarda
ezgulik va yovuzlik, adolat va razolat, nur va zulmat, boylik va
faqirlik, go‘zallik va badxulqlik haqidagi dastlabki qarashlar ilgari
suriladi. Xalq ijodining qadimiy shakllaridan biri — afsonalar real
hayot haqiqatidan xabar beruvchi xayoliy uydurmalardir.
Arastu ta’riflaganidek, „Afsona haqiqatdan xabar beruvchi
yolg‘on haqiqatdir“
1
. Rivoyatlarda o‘tmishda va kelajak uchun
dolzarb bo‘lgan insoniyat moddiy va ma’naviy qadriyatlari taraq-
qiyoti masalalari, ezgu orzu-umidlari, armonlar, quvonchlar,
tashvishlar, g‘am-qayg‘ular, ehtiroslar o‘z aksini topadi. Umum-
insoniy qadriyatlar rivoyatlar negizida tarixiy shaxslar hayoti,
faoliyati, ma’naviy xususiyatlari haqida va turar joylarining
nomlanishini o‘rganishga intilish bilan bog‘liq joyda namoyon
bo‘ladi. Rivoyatlarda pedagogik namuna asosiy vosita hisoblanadi.
Ibn Sino, Amir Temur, Saroymulkxonim, Bobur, Jomiy, Hu-
sayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Nodira va boshqa tarixiy shaxs-
lar haqidagi rivoyatlar ularning ijodi va faoliyatini o‘rganishda
pedagogik vosita bo‘lib xizmat qiladi va ularga xos muhim fazi-
latlar: vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, mehr-
oqibat, muruvvat, muhabbat kabilarni bo‘rttirish, mubolag‘a-
lashtirish vositasida haqqoniyligiga ishonch hosil qilinadi.
Xalq pedagogikasida asosiy tarbiya usuli o‘git, nasihat hi-
soblanadi. Bu usulning ifodasi naqllarda yaqqol ko‘rinadi. „Naql-
lar — muayyan asarlardagi bayon orasida kelib, u yoki bu axlo-
qiy mezon va tushunchalar haqida yuzaga kelgan fikrlarni ko‘ch-
ma ma’noda izohlovchi ta’limiy ahamiyat kasb etadigan majoziy
hikoya“. Bular bugungi ta’lim-tarbiya bilan mushtarak olib bo-
rilsa, yanada chuqurroq tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni umuminsoniy va milliy
qadriyatlar ruhida tarbiyalash zamon talabi bo‘lib kelmoqda. Ze-
ro, Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek, „Biz qura-
digan jamiyat O‘zbekiston xalqining munosib turmushini va
1
Beruniy.
Tanlangan asarlar. 2- jild. 25- bet.


202
erkinligini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz
qayta tiklanishini, insonning ma’naviy-axloqiy barkamolligini
ta’minlashi kerak“. Buning uchun esa ta’lim tizimining barcha
bo‘g‘inlarida, jumladan, umumiy ta’lim maktablarida xalqimiz-
ning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga
asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-qanoat,
adolat, ma’rifat, insonparvarlik, iymon, e’tiqod, mehnatsevar-
lik tuyg‘ularini har bir yosh ongiga singdirish talab etiladi.
6.10. Sinf rahbari ishini rejalashtirish
O‘quvchilarning milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda sinf rah-
barining roli g‘oyatda katta. Sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchi-
larga ta’lim-tarbiya berishda maktab rahbarining yaqin yordam-
chisidir: u o‘z sinfida dars oluvchi o‘quvchilarning, kamolot va
yetakchi tashkilotlarning, ota-onalarning tarbiya sohasidagi
ishlarini, faoliyatlarini birlashtiradi, butun sinf va har bir o‘quv-
chi oldiga qo‘yiladigan talablarda va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘r-
satishda birlik bo‘lishini, shuningdek, sinfdagi hamma tarbiyaviy
ishlarning rejali, tartibli olib borilishini ta’minlaydi. Sinf rahbari
darsdan tashqari vaqtda o‘z sinfidagi o‘quvchilar o‘rtasida tarbi-
yaviy ish olib boradi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida tashki-
lotchi va tarbiyachi sifatida ham ish olib borib, o‘quvchilarning
hammasini bahamjihat, bir jamoa qilib uyushtiradi, bu jamoada
tarbiya ishlarini olib boradigan bir obyektgina bo‘lib qolmaydi,
balki o‘zining har bir a’zosini o‘zi tarbiyalaydi ham. Bu o‘qi-
tuvchi shu sinfga bir necha yilgacha rahbarlik qilib boradi. Sinfni
bir sinf rahbari ikkinchi bir sinf rahbariga topshirganda har
ikkalasi ham butun sinf va har bir o‘quvchi bilan olib borilgan
tarbiyaviy ishlarni rejali, tartibli ravishda davom ettirishga ha-
rakat qilmog‘i lozim. Sinf rahbari o‘z ishida muvaffaqiyat qozo-
nish uchun har bir o‘quvchining nazariy va amaliy bilimlarini
chuqur o‘zlashtirib olishga doimo harakat qilishi zarur. O‘quv-
chilarning bilim saviyasini kengaytirish choralarini ko‘rmog‘i va
ularning darslarni yuksak darajada o‘zlashtirib olishlari uchun
kurashmog‘i kerak. Bu ishda sinf rahbari pedagoglar jamoasiga


203
suyanmog‘i lozim. O‘z sinfida o‘qitiladigan hamma fanlardan
xabardor bo‘lgan sinf rahbari shu sinfda dars beruvchi o‘quv-
chilarning ishlarini bir-biriga bog‘laydi, o‘quvchilarga ta’lim-tar-
biya jihatidan ta’sir ko‘rsatishi tadbirlari yo‘llarini sinf o‘quv-
chilari bilan birgalikda, ular bilan maslahatlashib ishlab chiqadi
va bu tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko‘radi. Sinf rahbari
o‘quvchilarning yaxshi o‘qishi ularning eng birinchi vazifalari
ekanini, maktabda o‘tiladigan fanlarning hammasi ham muhim-
ligini, bolalar darslarni rasmiyat uchungina, kitobdagina o‘qib
qo‘ya qolmasdan, balki chinakamiga bilib olishlari lozimligini,
olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilishlari kerakligini, shuning
uchun mustaqil bilishlari zarurligini tushunib olishlariga yordam
beradi. Sinf rahbari o‘quvchilarning har jihatdan yetuk kishi
bo‘lib o‘sishlari, ularning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik
tarbiya hamda politexnika ta’limi olishlari yo‘lida jonbozlik
ko‘rsatishi, bu sohada o‘quvchilarning o‘z tashabbuslariga suya-
nishi, sinfdan tashqari turli ishlarni yo‘lga qo‘yishi va bolalar
maktabdan tashqari muassasalari bilan aloqa bog‘lashi kerak. Sinf
rahbari sinfdagi barcha o‘quvchilarning, o‘g‘il va qiz bolalarning
o‘qishiga va umumiy ishda do‘stona, hamjihat, bir jamoa bo‘lib
o‘qishlariga yordam berishi, o‘g‘il va qiz bolalar bir-birlarini
hurmat qilishlarini o‘rgatishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilar
maktabga kelgan birinchi kundan boshlaboq, ular o‘rtasida tar-
biyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yib, tarbiyaviy ish shakllarini sinfdagi
bolalarning yoshiga qarab murakkablashtirishi, bolalarning har
bir yoshda hosil qilgan madaniy xulq malakasini mustahkamlab
borishi lozim.
Sinf rahbari o‘z rahbarligidagi sinfda dars beruvchi o‘qituv-
chilar bilan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan, yetakchilar bi-
lan, maktab kutibxonachisi bilan, maktab shifokori bilan, kerak
hollarda esa, maktabdan tashqari muassasa pedagoglari bilan
hamda bolalar uy tarbiyachilari bilan aloqada bo‘lishi lozim. Sinf
rahbari ba’zan ayrim o‘qituvchilarning darsiga kirib o‘tiradi (bir
o‘qituvchining o‘rniga ikkinchi bir o‘qituvchi tayin bo‘lganda
ularning ta’lim-tarbiyaviy ishida birlik bo‘lishini kuzatish uchun
ketma-ket 2 — 3 darsga kirish tavsiya qilinadi), to‘garak mash-


204
g‘ulotlari vaqtida qatnashadi. Sinf rahbari ota-onalar bilan mus-
tahkam aloqa bog‘lab, zaruriyat tug‘ilganda, ota-onalar bilan
birgalikda bolalarga ta’sir qilish va ularning kamchiligini tuzatish
choralarini ko‘radi va belgilangan choralarni bolalarning ota-ona-
lari bilan birgalikda qattiq turib amalga oshirishga harakat qiladi.
Oila bilan aloqa bog‘lash usullaridan biri sinf rahbarining
ota-onalarni suhbat uchun maktabga chaqirishidir. Ota-onalarni
o‘quvchilar intizomni buzgandan keyin yoki o‘qishda orqada qola
boshlagandan keyingina suhbatga chaqirmay, balki oldinroq
chaqirishni odat qilish kerak. Shuningdek, intizomni buzgan
yoki yaxshi o‘qimagan bolalarning uylariga borish bilangina
kifoyalanmay, balki yaxshi tarbiya namunalaridan foydalanish
va umuman, bolaning oila hayoti bilan tanishish uchun ham
o‘quvchilarining uylariga borishlari lozim.
Sinf ota-onalar majlisini yilda to‘rt marta, ya’ni yilning har
bir choragida o‘tkazib turish lozim. Bundan tashqari, birinchi
va ikkinchi sinflarda o‘quv yili boshlanishi oldidan ham ota-
onalar majlisi o‘tkazilishi kerak. Bu majlislarda sinf rahbari ota-
onalarni sinfdagi ta’lim-tarbiya ishlarining ahvoli bilan, bola-
larning yoshi oshgan sari tarbiya sohasida tug‘iladigan yangi
vazifalar bilan tanishtiradi. Sinf rahbari, ba’zan, ayrim o‘quv-
chilar yordamida ota-onalarini sinf hayotidan olingan amaliy
misollarda pedagogikaning asoslari bilan tanishtiradi. Ba’zi ota-
onalarni boshqa kishilar oldida hadeb uyaltiraverishi va kamsita-
verishdan saqlanish kerak. Sinf rahbari ota-onalar majlisidan
keyin har bir ota yoki ona bilan yakka-yakka suhbat qilmog‘i
lozim. Ota-onalarga o‘quvchilarning daftarlarini va boshqa shu
kabi ishlarini ham ko‘rsatishi zarur. Ota-onalar yig‘ilishida
o‘quvchilar o‘z ishlaridan vaqt-vaqti bilan hisob berib tursalar
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin bunday hisobot uzoq cho‘zil-
masligi, o‘z ishini ko‘pchilik oldida chiqib ko‘rsatishga tayyor-
langan bolalarni uzoq kuttirib qo‘ymasligi kerak. Sinf rahbari
ota-onalar faolligini aniqlashi va o‘z atrofiga to‘plashi lozim. Bu
faol o‘quvchilarning maktab va oilada belgilangan tartib-qoida-
larga rioya qilishlarini, darslarni o‘zlashtirishlarini nazorat qilib
borishda sinf rahbariga yordam beradi. Darslarini o‘zlashtirmay


205
qolgan o‘quvchilarga ayrim hollarda sinf rahbari yordam beradi.
O‘quvchilarning uyiga borib ularning ahvoli bilan tanishadi.
O‘quvchilarning darslarini o‘zlashtirmaslik, darsga kelmay qo-
lishlik yoki darsga kechikib kelish sabablarini aniqlashida sinf
rahbariga yordam beradi, muhtoj o‘quvchilarga moddiy yordam
berish choralarini ko‘radi. Sayohatlar o‘tkazishda, sinfdan tash-
qari ishlar olib borishda, o‘quvchilarning dam olishlarini to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.
Sinf rahbari olib boradigan tarbiyaviy ishlarning muvaffa-
qiyat qozonishi ko‘p jihatdan uning aniq reja bilan ishlashiga va
ishlarini yaxshi hisobga olishga bog‘liqdir. Sinf rahbarining
umummaktab rejasi asosida tuzgan ish rejasi sinfdagi o‘quv-
chilar jamoasining hayotini ma’lum bir yo‘lga solishi va o‘quv-
chilar bilan ota-onalarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan tarbiya-
viy ta’sirida birlik bo‘lishini ta’minlashi lozim. Sinf rahbarining
ish rejasi tarbiyaning umumiy vazifalariga, sinfning xususiyati
talab qiladigan aniq vazifalarga va maktab oldida turgan navbat-
dagi vazifalarga muvofiqlashtirib tuzilishi kerak. Sinf rahbari
o‘quvchilar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarining choraklik
rejasini tuzib, maktab rahbarining tasdig‘iga topshiradi. Sinf
rahbariga, ayniqsa, birinchi marta ish boshlagan sinf rahbariga
yangi sinf topshirilganda maktab ma’muriyati sinfdagi o‘quv-
chilar bilan tanishib chiqishi uchun ma’lum muhlat berishi
lozim, busiz tarbiyaviy ishlar rejasini tuzib bo‘lmaydi. Sinf rah-
bari o‘quvchilar o‘rtasidagi tarbiyaviy ishlar rejasini tuzib chi-
qishi oldidan shu sinf haqidagi hamda ayrim o‘quvchilar haqi-
dagi tavsifnomani e’tibor bilan o‘qib chiqadi.
Pedagoglar kengashida reja to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalarni
ham nazarda tutish lozim. Mana shularning hammasi sinf bilan
olib boriladigan barcha ishlarni yaxshi o‘ylab olishga imkon
beradi. Sinf rahbari o‘quvchilar bilan olib boradigan individual
ishlarini turli vaqtda o‘tkazadi. Sinf rahbarining rejasida sinfdagi
hamma o‘quvchilar bilan oyda ikki-uch marta darsdan bo‘sh
soatda uchrashuv ko‘zda tutiladi. Darsdan bo‘sh soatlarida
o‘quvchilar majlisi o‘tkazish, ekskursiyaga borish va sayr qilish,
badiiy havaskorlik to‘garaklarining o‘yin-kulgi ko‘rsatishiga tay-


206
yorgarlik ko‘rish ishlari rejalashtirilishi mumkin. Bunday soat-
larda sinf rahbarining o‘zigina so‘zlab, o‘quvchilarning ba’zi na-
sihatinigina eshitib o‘tiradigan „suhbatlar“ o‘tkazishga yo‘l qo‘-
yish yaramaydi. Sinf rahbarining chorak uchun tuzgan rejasida
o‘quvchilar va ota-onalar bilan o‘tkaziladigan majlislarning
muhlati ko‘rsatilishi ham kerak.
Sinf rahbari sinf hujjatlarining, birinchi navbatda, sinf jur-
nalining yaxshi yuritilishini doimo tekshirib boradi. U sinfdagi
hamma o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilimiga qo‘ygan baholarini
sinf jurnaliga o‘z vaqtiga yozib borishlarini, darsda nimalar o‘ti-
layotgani va shu dars yuzasidan o‘quvchilarga uyda ishlashga be-
riladigan topshiriqlarning yozib borilishini kuzatib boradi. Sinf
rahbari har kuni ayrim o‘quvchilarning qancha darsda bo‘lma-
ganini yozib boradi va har bir chorak uchun hisobot tuzib
chiqadi. Sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning shaxsiy pap-
kalarini yuritadi va bu papkalarni maktab idorasida saqlaydi. Yu-
qorida aytilganidek, o‘quvchining shaxsiy papkasida bolani mak-
tabga qabul qilish to‘g‘risida ota-onalarning bergan arizasi, bola-
ning yoshi to‘g‘risidagi hujjat, shifokor ko‘rigidan o‘tganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, darslarni o‘zlashtirishi to‘g‘risidagi
tabeli va har yili berilgan tavsifnomalar saqlanadi. Sinf rahbari
sinf to‘g‘risida yillik hisobot yozib, uni maktab ma’muriyatiga
topshirishi kerak. Sinf rahbari sinfda tarbiya ishlarining qanday
ahvolda ekanligi to‘g‘risida har bir chorak oxirida og‘zaki axborot
beradi. Sinf rahbarining ishi murakkab va xilma-xildir. Bu ish
uchun ancha ma’lumotli bo‘lish talab qilinadi. Maktabda, rah-
barning rahbarligi ostida, sinf rahbarlarining bilimi va pedagoglik
malakasini oshirish, amaliy ishlarga doir muhim masalalarni mu-
hokama qilish uchun sinf rahbarlari seminar tashkil qilishi zarur.
6.11. Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosarining vazifalari
Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari eng
yaxshi va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi. O‘quv ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabda ta’lim-tarbiya ishlarining


207
barcha sohalarida rahbarning yordamchisidir. Maktabning o‘quv
ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z ishi uchun bevosita
maktab rahbari oldida javobgardir. U barcha ta’lim-tarbiya ish-
larining to‘g‘ri olib borilishini, o‘quvchilar bilimining to‘g‘ri
hisobga olinishini va o‘qitishning yuqori sifatli bo‘lishini ta’min-
laydi. Shuningdek, maktabning umumiy rejasini va maktab rah-
bari bilan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘rtasidagi
ish taqsimotini ko‘zda tutib, o‘zining amaliy ish rejasini tuzib
chiqishi kerak. Bu rejada aniq tadbirlar ko‘rsatiladi. Rahbar bu
rejani tasdiqlaydi va bajarilishini kuzatib boradi. O‘quv ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari ham rahbar singari „ichki tartib-
qoidalar“ga binoan maktabning javobgar xodimi hisoblanadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z mutaxassis-
ligi bo‘yicha dars beradi. Lekin darsi kuniga ikki soatdan osh-
masligi kerak. U o‘qituvchilarga berilgan barcha huquq va im-
tiyozlardan foydalanadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabning ta’-
lim-tarbiya ishlariga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni ba-
jaradi:
1. U davlat dasturlarining o‘z vaqtida va aniq bajarilishini
kuzatib boradi. Ammo bu kuzatish faqat faktlarni qayd qilishda,
ayrim fanlarning o‘quv materialini yuzaki o‘tish va kechikib
bajarish kabi hollarni yozib borishdan iborat bo‘lmasligi kerak.
Kamchilik va nuqsonlar aniqlanishi bilan o‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosari darhol ularning sababini o‘rganishi hamda
bu kamchiliklarni tugatish va o‘quv kursining to‘la ravishda
o‘tilishi uchun zarur choralar ko‘rishi lozim.
2. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘qituvchi-
larning darsiga kirib, o‘qitish sifatini kuzatib boradi. U dars-
larning yuksak g‘oyaviy, siyosiy, nazariy saviyada o‘tkazilishiga
erishmog‘i kerak. Bu sohada o‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosarining roli juda katta. U maktab rahbari singari, har
kuni kamida ikkita darsni kirib ko‘rishi zarur. Darslarga kirish
ma’lum maqsadga qaratilishi, muayyan vazifalarni ko‘zda tutishi
lozim. Masalan, darsni kirib ko‘rishda u ma’lum bir o‘qituvchi-
ning ish tizimini o‘rganishni, o‘quvchilarning biror fandan ol-


208
gan bilimlari darajasini yoki ma’lum sinflardagi o‘quvchilarning
bilim darajasini aniqlashni maqsad qilib olmog‘i mumkin. O‘quv
ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari kirgan har bir dars yozma
tahlil qilinib, alohida daftarga yozib qo‘yilishi ma’qul.
Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari metodika
ishlariga quyidagicha rahbarlik qiladi:
1. Shu yilda maktab oldiga qo‘yilgan vazifalarni nazarda tu-
tib, maktabdagi metodika ishlari rejasining loyihasini tuzib chiqadi.
2. Metodik hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini kuzatib boradi,
pedagoglar yig‘ilishi va metodik kengashlarga ma’ruzalar tayyor-
lashda yordam beradi.
3. O‘qituvchilar orasida tajriba almashish, yosh va tajribasi
kam o‘qituvchilarga yordam berish ishlarini yo‘lga qo‘yadi. Bu
ish o‘z kasbini yaxshi bilgan o‘qituvchilarning yosh, tajribasi
kam, ishga yangi kelgan o‘qituvchilarning darsiga kirishi va ularga
har xil ko‘rsatmalar berishi, metodika jihatidan yuksak saviyada
o‘tkazilgan dars namunalarini ko‘rsatish maqsadida yosh o‘qi-
tuvchilarni tajribali o‘qituvchilarning darslariga taklif etish, na-
zorat ishlarining mavzusi va mundarijasi masalalarida masla-
hatlar berish kabi shakllardan iborat bo‘ladi.
Maktab hayoti murakkab va ko‘p qirrali hayot yo‘lidir. Bi-
nobarin, maktab rahbarlarining vazifalari ham xilma-xil. O‘quv
ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining yuqorida ko‘rsatib o‘til-
gan hamma ishlarini tizimga solish, aniqlash va rejalashtirish
maqsadida ularni o‘quv yilining asosiy davrlariga taqsimlash
yaxshi natija beradi. Ma’lumki bunday asosiy davrlar uchtadir:
1. Yangi o‘quv yiliga tayyorgalik ko‘rish.
2. Mashg‘ulotlarning boshlanishi va butun yil davomida
ta’lim-tarbiya ishlarining borishi.
3. Imtihonlar va o‘quv yilining tugallanishi.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik davrida o‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosari maktabga taalluqli barcha buyruqlar bilan,
yangi darsliklar, o‘quv qurollari va ta’lim-tarbiya mavzularida va
gazetalarda bosilgan eng muhim maqolalar bilan yaxshi tanishib
chiqishi kerak. U o‘qituvchi kadrlarni taqsimlash loyihasini tay-
yorlashi, o‘quv dasturlarini o‘tish uchun taqvim-rejalarni qan-


209
day tuzish haqida o‘qituvchilarga yo‘l-yo‘riqlar berishi zarur.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabning yangi
o‘quv yilidagi ta’lim-tarbiya ishlari rejasining asosiy qoidalarini
ishlab chiqishi, o‘zining ish rejasini hamda maktabning sinfdan
va maktabdan tashqari ishlar rejasini ishlab chiqishi kerak. U
kuzgi yakuniylarining yaxshi o‘tkazilishi va 1 — 4- sinfda yozgi
topshiriqlarning bajarilish tadbirlarini ko‘radi. O‘quv ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda imtihonlar haqida-
gi qonun-qoidalarga to‘la rioya qilishini qattiq va puxta nazorat
qilib turishi zarur. U o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilimiga oshi-
rib baho qo‘yishiga ham qarshi kurashishi kerak. Shuningdek,
hamma imtihonlar yakunlanib bo‘lib, natijalar chiqarilgach,
maktabning yillik hisobotini tuzishda rahbarga yordam beradi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktab ishini
chuqur va har tomonlama bilgan taqdirdagina o‘qituvchi va
o‘quvchilarning ishlariga aniq va amaliy rahbarlik qila oladi. Bu
rahbarlik vazifasiga ko‘tarilgan o‘qituvchi bir yoki ikki fanning
mutaxassisidir.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagilarni bi-
lishi zarur:
1. O‘rta maktabda o‘qitiladigan hamma fanlarning dastur-
larini va ularning uqtirish xatlarini, xususiy metodikalarini,
darsliklarini, ko‘rgazmali qurollarini.
2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning metodlarini.
3. O‘quvchilar tashkilotlari bilan ishlash metodlarini.
4. O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar na-
zariyasi va amaliyotini.
5. Bolalar adabiyotini.
6. Maktab gigiyenasi va ta’lim-tarbiya psixologiyasi masa-
lalarini.
7. Rahbarlik qilish, nazorat qilish, hujjatlar yuritish va
hisobga olish metodlarini.
Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bularni
bilmasa, rahbarlik qila olmaydi. Shuning uchun u o‘z malakasini
hormay-tolmay, har taraflama oshirib borishi zarur. Unga bu
sohada o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti, pedagogika


210
xonalari, xalq maorifi bo‘limlari, har turli seminarlar, qisqa
muddatli kurslar va tajriba almashish kabilar yordam beradi.
Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ham
rahbar kabi ta’lim-tarbiya ishlariga to‘g‘ri rahbarlik qilish uchun
zarur bo‘lgan mustaqillik nazariyasi bilan qurollangan siyosiy
bilimdon kishi bo‘lishi kerak. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosarining o‘qituvchi va o‘quvchilar oldidagi obro‘si uning
o‘z ishini qanchalik bilishiga bog‘liq. O‘quvchilar o‘quv ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosariga faqat jadvallarni tuzuvchi va mak-
tabning ichki tartib-qoidalarini nazorat qiluvchi kishi debgina
qaramasdan, balki ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi bilimdon
rahbar, qimmatli va foydali ko‘rsatmalar bera oladigan metodist
va nihoyat mohir pedagog deb qarashlari lozim.
Savol va topshiriqlar
1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining ishini
izohlang.
2. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish usullarini aniqlang.
3. Sinf rahbarining vazifasi nimalardan iborat?
4. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani izohlang.
5. Maktabda o‘quv faoliyati samaradorligini oshirishga qo‘yilgan
talablar nimalardan iborat?
6. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbari ishini ta-
komillashtirish yo‘llarini ayting.
7. O‘quvchilarni pedagogik kuzatish deganda nimani tushunasiz?
8. Maktabning o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining
vazifalariga nimalar kiradi?


211
VII BOB.
MAHALLA, OILA VA MAKTAB
HAMKORLIGINING UZVIYLIGINI
TA’MINLASH
7.1. Mahalla tarixi
Mahallalar qadim-qadimdan ezgulik beshigi, tarbiya o‘cho-
g‘i, yashash tarzi, milliy udumlar, urf-odat va an’analar shakl-
langan maskan bo‘lib kelgan. Odamlarni bir-biriga mehr-oqibat-
li, muruvvatli, saxovatli qilib qo‘yishda, o‘ziga xos jamoani
shakllantirishda mahallalar juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zotan, bugungi kunda mahallalar davlat boshqaruvining birin-
chi bo‘g‘inlari, asosiy ustunlari sifatida e’tirof etilayotgani ham
bejiz emas. Mahalla — yurtimizda asr-asrlar mobaynida shakllan-
gan tamoman o‘ziga xos, butunlay sharqona o‘zini o‘zi boshqa-
rish tizimidir.
O‘rta osiyo muhitida jamoa, mahalla bo‘lib, bir-biriga mehr-
oqibatli bo‘lib yashaydigan insonlar, davr qanchalik o‘zgar-
masin, tarix sinovidan o‘tgan o‘z qadriyatlariga sodiq bo‘lib ya-
shashni ma’qul ko‘rar ekan, buni zamonoviy fikrlaydigan, dun-
yoga teran nazar tashlaydigan odam to‘g‘ri tushunishi, tan oli-
shi va uni hurmat bilan qabul qilishi lozim. Azaldan o‘zbek
mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib kelgan.
O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga
muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning bo-
shini silash, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik
bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda
ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar,
avvalambor, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan.
Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov „Yuksak ma’na-
viyat — yengilmas kuch“ asarlarining birinchi bobidagi „Ma’na-
viyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar“ deb nomlangan fas-
lida mahalla boshqaruvi, uning ma’naviyatimizni shakllantirish-
dagi o‘ziga xos o‘rni va mavqeyiga alohida to‘xtalib o‘tadilar. Bu
asarda mahallaning azaldan milliy qadriyatlar maskani bo‘lib
kelgani aytilib, jumladan, shunday yoziladi: „Xalqimizga xos


212
o‘zini o‘zi boshqarish tizimining bu noyob usuli qadim-qadim-
dan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida
chuqur joy egallagani bejiz emas. Biz „Mahalla — ham ota,
ham ona“ degan hikmatli naqlni ana shu hayotiy haqiqatning
ifodasi sifatida qabul qilamiz“.
1
Shuningdek, muallif mustaqillik yillarida mahalla hayoti
bilan bog‘liq ko‘plab qadriyatlar, udum va an’analarimiz qayta
tiklanib, zamon talablari asosida boyib borayotganini alohida
qayd etadilar. „Mahalla“ tushunchasining Konstitutsiyamizga
kiritilishi esa, Yurtboshimiz tarafidan siyosatning xalqchilligiga
dalolat sifatida tilga olinadi, bunga „Kuchli davlatdan — kuchli
jamiyat sari“ degan tamoyilning amaliy ifodasi sifatida qaraladi.
Milliy tariximizga xolis baho berishga kirishdik. Bir vaqtlar
hukmron mafkura badnom qilgan ne-ne zotlar nomi tiklandi.
Bular orasida sohibqiron Amir Temur, buyuk avliyolarimiz —
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Baho-
uddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy va boshqalar, buyuk islom
olimlari — Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Imom
Moturidiy, Imom Termiziy va boshqalar, sho‘ro qatag‘oniga
uchragan, asarlarni o‘rganish taqiqlab qo‘yilgan Abdurauf Fit-
rat, Abdulhamid Cho‘lpon va boshqalar bor.
7.2. Mahalla — demokratiya beshigi
Mahalla — noyob ijtimoiy tuzilma. U asrlar osha xalqimiz
jamoaviy hayotining ajralmas uzviy bo‘g‘ini sifatida namoyon
bo‘lib kelgan. Shu bois Mustaqillik yillarida mahallaga davlat
darajasida e’tibor qaratilib, uni yanada rivojlantirish borasida
qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Yurtboshimiz tashab-
busi bilan 2004- yil 29- aprelda „Fuqarolar yig‘ini raisi (oqso-
qoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida“gi Qonun qa-
bul qilinib, hozirga qadar bo‘lib o‘tgan saylovlar uning talablari
asosida amalga oshirildi. Yurtimizda Istiqlol sharofati bilan ro‘y
bergan tub o‘zgarishlar sababli hamda mamlakatimizda demo-
1
Islom Karimov.
Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. Toshkent:
„Ma’naviyat“ nashriyoti, 2008, 122- bet.


213
kratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar doirasida ishlab
chiqilgan va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan „Fuqa-
rolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“gi va „Fu-
qarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
to‘g‘risida“gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. Shu asnoda
„Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari say-
lovi to‘g‘risida“gi qonunga hamyurtlarimizning ijtimoiy faolli-
gini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini yanada
oshirishni ta’minlaydigan qoidalar kiritildi. Jumladan, saylov-
larni o‘tkazishning asosiy yo‘nalishi sifatida muqobillik prinsiði
belgilab qo‘yildi. Bu bo‘lajak fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va
uning maslahatchilari saylovida ushbu lavozimlarga ikki va undan
ortiq nomzodlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Qonunda Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan ushbu
saylov arafasida hamda uni o‘tkazish davrida fuqarolar yig‘inlari
raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tash-
killashtirish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya, shuning-
dek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shah-
ri, tumanlar va shaharlar hududida tegishlicha komissiyalar tu-
zilishi belgilangani, ularning vakolatlari aniq ko‘rsatilgani bu
tadbirni tizimli tashkil qilish hamda yuksak saviyada o‘tkazish
imkonini yaratadi.
Qonunda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimi nom-
zodlariga qo‘yiladigan talablar yanada kuchaytirildi. Aniqrog‘i, u
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi, qoida tariqasida, oliy ma’lumotli,
bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy
yashayotgan bo‘lishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organ-
larida yoki nodavlat, notijorat tashkilotlarda yoxud tadbirkorlik va
boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek,
katta hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi
lozimligi qayd etildi. Bu yuksak ma’naviyatli, boshqaruvchanlik
qobiliyatiga ega bo‘lgan, fuqarolar yig‘ini hududida yashaydigan,
uning muammolari va aholining talab-ehtiyojlarini teran his eta-
digan, o‘zini odamlarning issiq-sovug‘iga mas’ul deb biladigan
vijdonli fuqarolarning rais etib saylanishiga imkoniyat yaratadi.


214
Zero, yangi tahrirdagi mazkur qonun hayotimizga yaxshi o‘z-
garishlar olib kirishiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish or-
ganlarining nufuzi yanada oshishiga, xalqning ularga ishonchi
har qachongidan mustahkamlanishiga xizmat qilishiga shak-
shubha yo‘q.
7.3. O‘quvchilarni mehnatsevarlikga o‘rgatishda
maktab, oila va mahalla hamkorligi
Bola shaxsining shakllanishida butun ijtimoiy voqelik, xu-
susan, uning o‘zi tug‘ilib o‘sgan oila muhiti hal qiluvchi vazifani
bajaradi. Oiladagi turmush madaniyati, mehnat xarakteri, ota-
onaning axloqiy saviyasi ijtimoiy masalaga, bolaning komil in-
son bo‘lib yetishishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat tarbiyasi — ho-
zirgi kun tarbiyasining zarur sharti, shaxsdagi professional bar-
kamollikning asosidir. Mamlakatimizda umumdavlat ishi bo‘lgan
ana shu tarbiya, ya’ni o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy ishlab chiqa-
rishning turli sohalardagi mehnat faoliyatiga tayyorlash, asosan,
maktabning o‘rta va yuqori sinflarida amalga oshiriladi. Lekin bu
ishning muvaffaqiyatli bajarilishi boshlang‘ich sinflarda va oilada
turli darajada tayyorlanishga bog‘liq. Bolalarga mamlakatimizda
har qanday mehnat sharafli ekanini, halol mehnat qilgan kishi
yuksak qadrlanishini, mehnatdan qochadigan axloqsiz odamlar-
ni hech kim hurmat qilmasligini, boshqalar hisobiga yashash,
umuman, aqlli, zukko odamga to‘g‘ri kelmasligini maktabdan,
ota-onalarning suhbatlaridan va ularning kuzatishidan iloji
boricha ertaroq bilib olishlari lozim. Mehnat tarbiyasini oilada
ham muvaffaqiyatli tashkil etishga imkoniyatlar ko‘p. Bolaninng
boshlang‘ich mehnat faoliyatida ota-onalarning mehnatga bo‘l-
gan munosabatlari, harakatlari namuna sifatida xizmat qiladi.
Bolalar artofidagi „mehnat“ni ko‘rib tursa ham mehnatsevarlik
fazilati tarkib topaveradi. Bunda ota-onalar o‘ylab, ehtiyotkorlik
bilan ish ko‘rishlari lozim. Masalan, bolalarni mustaqillikka o‘r-
gatishda ularga kiyinish usullarini tushuntirib, ko‘rsatib berish
lozim. Bola eshikdan kirib kelgan ustki kiyimlarini tartibsiz holda
yechib tashlamasdan, aksincha, maxsus kiyim ilgichga ilishga


215
odatlanishlari zarur. Oilada bolalarning yosh xususiyatlarini hi-
sobga olgan holda, maktab, mahalla bilan hamkorlikda ularning
yoshlariga mos topshiriqlar berib borish, kundalik vazifalarni
taqsimlab, mehnatsevarlikni tarbiyalash maqsadga muvofiq hi-
soblanadi.
O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkor-
ligi vazifalari.
Bolalarga ta’lim berish jarayonini amalga oshirish borasida
kichik Vatan bo‘lmish mahallaning vazifalari:
— mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan
birgalikda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalarni muhokama
qilishda, oqilona yechimlarni topishda faollik ko‘rsatishi;
— mahalla o‘z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga
muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlab va farzandla-
rining bilim hamda tarbiya olishlariga bosh-qosh bo‘lishi;
— ma’nan nosog‘lom oilalarni mahalla yig‘inlarida muhoka-
ma qilish, jamoatchilik choralarini ko‘rishi;
— mahalla hududidagi o‘quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy
yordam ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatlashi;
— ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatse-
varlik, milliy g‘urur, vatanparvarlik, milliy odob, baynalmilallik
kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag‘batlantirishi;
— mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkor-
lar, ziyolilar va barcha ijod ahlining imkoniyatlaridan foydala-
nib, turli to‘garak va „Usta-shogird“ rusumida bilim va kasb
berish faoliyatini tashkil qilishi;
— mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomoni-
dan mahallada istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar
uchun ish joylari tashkil qilishi;
— har bir yosh fuqaroda O‘zbekistonga, uning tabiatiga
muhabbat, obodonchiligi uchun javobgarlik ruhini shakllantirishi.
O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkor-
ligi jarayonida maktabning vazifalari:
Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning
asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis to-


216
monidan qabul qilingan „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonunining,
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va respublika rahbariyatining
dasturiy fikrlari mazmunidan kelib chiqqan bo‘lishi kerak, ya’ni:
— maktabda bolaga biror-bir kasb-korni egallashi uchun
mustahkam poydevor yaratish;
— o‘quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug‘ullanish-
lariga yordam berish, ularning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilish;
— bolalarga ta’lim berishni ilg‘or pedagogik texnologiyalar,
zamonaviy o‘quv-uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o‘quv-
tarbiya jarayonlarini jahon andazalariga mos ravishda ta’minlash:
— o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan,
iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha
bo‘yicha kasb asoslariga yo‘naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan
yondashuvni joriy etish;
— Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andazalariga
mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyor-
garliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim
olishlariga, tanlagan kasblari bo‘yicha ish bilan ta’minlashlariga,
iqtisodiy mustaqil bo‘lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, dav-
lat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgar-
lik hissini to‘la shakllantirish, mustaqil oila ko‘rishga tayyorlash.
O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkor-
ligini amalga oshirish mexanizmi:
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ning 4- bo‘lim 6- bandi-
da „Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining,
savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning
va homiylarning vakillarini o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv
jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi“, deb belgilab berilgan.
O‘zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o‘z
tarkibiga mahallalar faollari, obro‘li ota-onalardan, o‘quv-tarbi-
ya muassasalarining tajribali xodimlaridan, mahalla hududida
joylashgan turli tashkilotlarning xodimlaridan iborat muvofiq-
lashtiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzilishi kerak. Jamoatchilik
kengashi o‘z zimmasiga olgan vazifalardan kelib chiqib o‘z tar-
kibida turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadigan kichik tashab-
buskor guruhlarni tuzishi mumkin. Jamoatchilik kengashi ma’-


217
lum bir muddatga mo‘ljallangan ish dasturini tuzish va uni
mahalla yig‘inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur bo‘ladi.
Qayd etilgan tadbirlar davra suhbatlaridan, biror-bir mav-
zuga yoki muammoga qaratilgan kengash va majlislardan, mahalla
ahlini birlashtiruvchi, ularni sog‘lom turmush tarziga yetaklov-
chi ko‘rik-tanlovlar, musobaqa, bellashuv, uchrashuvlar va turli
sanalarga bag‘ishlangan anjumanlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o‘z faoliyati to‘g‘risida
mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat
tug‘ilganda o‘quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla
hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarning ta’lim-
tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida hisobotlarni
tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga
va uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kengash mahalla hududida istiqomat qilayotgan, o‘z far-
zandlari tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan davlat bosh-
qarav idoralari, huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan ham-
korlikda turli ma’muriy choralarni qo‘llashi mumkin.
Kengash tashabbusi bilan biror-bir dolzarb mavzuda favqu-
lodda mahalla yig‘inlari, o‘quv-tarbiya muassasalarining pedago-
gik kengashlari yoki boshqa zarur tadbirlar tashkil qilib o‘tkazi-
lishi mumkin. Kengash mahalla hududida o‘zbek milliy tarbiya
an’anlarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o‘tkazish, bolalar va
kattalarning bo‘sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar,
o‘yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o‘smir-
lar klublari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar
ishini muvofiqlashtiradi. Kengash o‘tkazilgan tadbirlarni tahlil
qiladi, bu borada uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu tadbir-
larni ommaviy axborot vositalarida yoritadi. Kengash yosh av-
lodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi tasarrufiga
kirgan masala va muammolarni mahalla hududidagi o‘quv-tarbiya
muassasalari, tashkilot va idoralari ishi rejalashtirilishi va amali-
yot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatligini ta’minlaydi.
Yuqorida aytilganidek, ota-onalarning mehnatga bo‘lgan muno-
sabati bolaga kuchli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi va o‘zi-
dan katta sinfdoshlari, mahalladagi faollarning mehnatsevarligi


218
kichiklarga mehnat namunasiga aylanadi. Ota-onalar, maktab
bolaning qiziqishi va maylini o‘z vaqtida payqab, ulardan iste’-
dodni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib be-
rishlari lozim. Bu esa bolalarda kattalar mehnat yutuqlaridan
faxrlanish hissini tarbiyalab, ularga ergashishga undaydi.
Oilada olib borilgan yaxshi mehnat tarbiyasi bolalarning
muvaffaqiyatli o‘qishiga yaxshi zamin bo‘lib xizmat qiladi. Ota-
onalar shuni unutmasliklari kerakki, maktabda ham bolalar
bilan mehnat tarbiyasi olib boriladi, mehnat va ijtimoiy foydali
mehnat darslari o‘tiladi. Mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan
bolalar bu darslarda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishadi.
O‘g‘il-qizlarni barcha mehnat turlariga tayyorlashda maktab,
oila, mahalla hamkorligida bolalarni yangi hayotga tayyorlash
faqat ijobiy natija beradi. Vaqtning qadriga yetish, daqiqalarni
e’zozlash, uning barcha imkoniyatlaridan oqilona foydalanish
hozirgi kunning muhim shioriga aylangan bir paytda ota-ona-
larning, kattalarning ibrati bolalar uchun o‘rnak bo‘lishi kerak.
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da uzluksiz ta’limga alohida
e’tibor berilgan. Uzluksiz ta’limning boshlang‘ich nuqtasi oila
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining „Ta’lim to‘g‘risi“dagi
Qonunining 5- bob 30- moddasida ota-onalar yoki qonuniy va-
killarning vazifalari quyidagicha ko‘rsatib o‘tilgan: „Voyaga yet-
magan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolalar-
ning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart
hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, max-
sus, kasb-hunar ta’limini olishlari uchun javobgardir“.
Ana shulardan kelib chiqib, har bir ota-ona, maktab, ma-
halla farzandlar oldidagi fuqarolik burchlarini his etishlari lozim.
Jamiyatimiz uchun yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxas-
sislarni tayyorlash uchun maktab, ota-onalar va mahalla ham-
korlikda olib boriladigan kasbga yo‘naltirish ishlarini takomil-
lashtirish, yangi shakl va usullarni izlab topish va bunga keng
jamoatchilikni ham jalb etish kerak. O‘quvchi maktabda ta’lim
tarbiya olish bilan birgalikda shaxs sifatida shakllana boradi. O‘zi-
ning jamiyatdagi o‘rnini sinfdoshlari, qolaversa, murabbiy, ma-
halladagi ilg‘or hunarmandlar bilan taqqoslay boshlaydi. O‘zi-


219
dagi yaxshi jihozlarni namoyon etishga intiladi va o‘zgalar ichida
ajralib turishga harakat qiladi. Xuddi shu paytdan boshlab umu-
miy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar,
sinf rahbarlari, mehnat ta’limi o‘qituvchilari kasb-hunarga yo‘l-
lash sohasidagi dastlabki ma’lumotlarni bera boshlashlari lozim.
O‘quvchilarning o‘zlari uchun munosib kasblar tanlashlarida
ota-onalarning roli alohida o‘rin tutadi. Sinf rahbari, maktab
ruhshunosi kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassis va maktab
shifokori bilan hamkorlikda ish olib borib, o‘quvchining psixo-
logik-pedagogik xaritasidan yozilgan tashxis natijalariga asos-
lanib, kasbiy maslahat berishlari lozim. Buning uchun, avvalo,
ota-onalarning o‘z farzandlari haqida fikrlarini bilish kerak.
Pedagogik faoliyatimiz va tajriba-sinov ishlarimiz natijasida
umumta’lim maktablarida xalqimizning milliy, tarixiy an’ana-
laridan, qadriyatlaridan foydalanish darajasini va saviyasini
aniqlashimiz uchun mahalla bilan hamkorlikda ish olib borish
faqat ijobiy natija beradi. Ma’lumki, mahallalarda hunarmand-
chilik texnika rivoji bilan birgalikda takomillasha bordi va turli
ixtisosliklar: kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, miskarlik,
binokorlik, sartaroshlik, o‘ymakorlik, zargarlik, zardo‘zlik,
bo‘yoqchilik, tunikasozlik kabilar ajraldi. Mahallalarda ochilgan
bunday hunarmandchilik shoxobchalariga bolalarni qiziqtirish,
maktab, oila, mahalla hamkorlikda, hunarmandchilikka oid
ko‘rgazmalar tashkil etish, ushbu tanlovda ishtirok etgan o‘quv-
chilar mehnatiga ijobiy baho berish o‘quvchilarning o‘sha kasb-
ni egallashlari uchun aniq manba bo‘lib xizmat qiladi. Qadimgi
manbalarda aks ettirilgandek, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sa-
marqand, Xiva va Qo‘qon shaharlarida me’morchilik, quruvchilik
inshootlari keng rivojlangan. Shu bois hunar va kasb haqida
mahalla oqsoqollari, momolar ham o‘zlarining hayotlarini faro-
von o‘tkazishlarida o‘rgangan hunarlari foyda berganini ta’kid-
lashadi. Maktab, oila, mahalla hamkorlikda mehnat ta’limi av-
lodni mehnat qilishga tayyorlashni shakllantirish, kelajagi buyuk
davlat qurishda amaliy ishtirok etishga intilish ko‘nikmasini tar-
kib toptiradi. Barchamizga ma’lumki, yosh o‘quvchilar qaysi
ustoz shirinso‘z, yaxshi muomalada bo‘lsa, bola qalbiga yo‘l topa


220
olsa, unga bog‘langan holda o‘sha kasbga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
O‘z kasbiga fidoyi bo‘lgan har bir o‘qituvchi o‘zining tarbiyala-
yotgan o‘quvchisining kelajagiga bafarq bo‘la olmaydi.
7.4. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik
mahorat va uning asosiy tamoyillari
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsi-
yasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati alohida
ta’kidlangan: siyosiy tuzumning o‘zgarganligi, yangicha iqtisodiy
munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshi-
lashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillar, g‘o-
yalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o‘qituvchining
ijodkorlik faoliyatini qaytadan qurmoq lozimdir.
Tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik ma’na-
viyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq ta’lim tizimida,
islohotlarda, olimlar va ijodkor o‘qituvchilarning izlanishlarida
o‘z aksini topmoqda.
Prezidenimiz I. A. Karimov o‘zlarining „O‘zbekistonning
siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari“
risolasida shunday deb yozgan edi: „Xalqimizning kelajagi
uchun suvday, havoday zarur bo‘lgan bunday sohalarga birin-
chi va eng katta homiy — davlatning o‘zi. Ma’naviyat juda nozik
tarbiyaviy soha, buni o‘zbilarmonlikka tashlab qo‘yib bo‘lmay-
di“. „Maqsadimizga erishishimiz, yangi jamiyat qurishimiz,
siyosatda ham, iqtisodda ham, ma’naviyat sohasida ham barcha
islohotlarning taqdiri o‘sib kelayotgan yosh avlodga bog‘liq“.
„Yurtiga, Vataniga muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari xalqi-
mizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu
noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomil-
lashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O‘zbekistonning
munosib o‘g‘il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat yuza-
sidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishini tashkil etmog‘i lozim“.
O‘zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o‘quv
muassasalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllan-
tirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz bilan birgalikda, yosh


221
vatanparvarlarni tarbiyalashda yangacha ish uslublari asosida
ijodiy yondashmoqdalar. Ijodkor ilg‘or o‘qituvchi-tarbiyachilar
o‘z faoliyatlari jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda qu-
yidagi mahorat tamoyillarini asos qilib oladilar:
— tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishdan maqsad milliy ma’navi-
yatni yosh avlod ongiga singdirishdan iborat ekanligi;
— tarbiya jarayonining milliy va umuminsoniy qadriyatlar
bilan bog‘lab, bola qalbiga va ongiga ta’sir ko‘rsatish;
— tarbiyaviy ishlarni o‘quvchilar jamoasini jiðslashtiruvchi
omillar bilan boyitib, tarbiyaning ta’lim bilan uzviyligini ta’-
minlash;
— tarbiya jarayonida bolalarning tarbiyalanganlik darajasini
aniqlash va ijobiy tomonlarini o‘stirish;
— bola shaxsiga hurmat va talabchanlik.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tamoyillari barkamol in-
sonni tarbiyalashda keng imkoniyatga ega bo‘lib, uni qay darajada
olib borish tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog‘liqdir.
Tarbiyachining pedagogik mahorati ko‘p qirrali bo‘lib, u:
— mehribon bolalar hamkorligida;
— o‘quv-tarbiya jarayonidagi hamkorlikda;
— bolalarning qayg‘u-xasrati, g‘ami va omadsizligiga ham-
dard bo‘lishda;
— muomala madaniyatida;
— chuqur bilim egasi bo‘lishida;
— o‘qituvchining ruhiy holatida (samimiyligi, xayrixohligi,
oliyjanobligi);
— jamoa bilan ishlashda vaziyatni ijobiy tomonga san’at-
korona yo‘naltirishda namoyon bo‘ladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotida har bir hunar, u yoki bu
ijtimoiy siyosiy masalalarni hal qilishda insondan mahorat talab
etishini xalq og‘zaki ijodiyotida, yozma yodgorliklarda, afsona,
doston, ertak, qissa, hikoyat, rivoyatlarda hamda ma’rifatparvar
mutafakkirlarimizning asarlarida turlicha talqin etilgan.
Muomala mahorati. 
Har bir tarbiyachining dunyoqarashi,
tarbiyalanganligi, odobliligi uning muomalasida namoyon bo‘ladi.
Muomalaning asosiy vositasi — til. Xalqimizda shunday naql bor:


222
„Bola — shirin so‘zning gadosi“, bas, shunday ekan, tarbiya-
chi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Tili shirin,
xushmuomala o‘qituvchi eng obro‘lidir.
Husayn Voiz Koshifiy shunday degan edilar: „Yaxshi so‘z-
din bo‘lakni aytmangizlar va ko‘p so‘zlamoq ko‘ngilni qaro
qilur“ yoki „Mumkin ersa yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘z-
din xo‘b yo‘qdur yodgor“; „Nasihatin shirin so‘z-u muloyimlik
birla ibtido qilg‘il“.
Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahoratida,
eng avvalo, til shirinligi: „Shirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisli
asaldir“, degan edi.
Kaykovus o‘zining „Qobusnoma“ asarida „Suxandonlik bila
baland martabali bo‘lmoq“ zikrida shunday hikoyatni keltiradi:
„Xorun-ar Rashid bir tush ko‘rdiki, og‘zidan barcha tishlari
to‘kilmish. Erta tong turib, bul tushning ta’birini aytuvchini
chaqirib so‘radikim, „Bu tushning ta’biri nedur?“ Ta’birchi
javob berdi: „Andog‘kim, sendan o‘zga hech kim qolmaguv-
sidir“. Bu so‘zni eshitibon Xorun ar-Rashid „Mening yuzimga
bundoq dardlig‘ va andug‘lig‘ so‘zni aytding. Mening barcha
qarindoshlarim o‘lsalar, so‘ngra men qandog‘ ishga yararman va
na yanglig‘ ro‘zg‘or so‘rarman?“ dedi va ta’birchiga yuz tayoq
urmoqni buyurdi. So‘ngra yana bir ta’birchini chaqirib so‘radi.
Ta’birchi dedi: „Ey amir al-mo‘minin, sening umring barcha
aqrabotlaring umridan uzoq bo‘lur“. Xorun ar-Rashid dedi:
„Barcha aqlning yo‘li birdur va ikkovingning ta’biringning negizi
bir yerga borur, ammo bu iborat bila ul iboratning orasida farq
bag‘oyat ko‘pdur“. Buyurdi: so‘nggi ta’birchiga yuz tillo berdilar“.
Bir donishmand jamoaga qarab: „Bir gapim bor, uni ming
so‘mga sotaman, istovchilar bo‘lsa marhamat!“ dedi. Suhbat
ishtirokchilari hayron qolishib: „Qanday gap ekan“, deb so‘-
rabdilar. Shunda donishmand: „Bu „O‘ylab ish qil!“ degani“,
debdi, donishmandning bu g‘oyasidan shuni anglamoq lozimki,
o‘ylab ish qilgan odamning muomalasida qiyofasi bo‘lishi (bosh,
yuz va xatti-harakatlarini odob yuzasidan boshqarishi) kerak
ekan. Qo‘pol, odobsiz gaplar, bola shaxsiyatiga tegadigan qo‘pol
muomala qilish o‘qituvchining izzati va obro‘siga putur yetkazadi.


223
Tarbiyachining adolat bilan ish tutish mahorati. 
Adolat —
iymon-e’tiqodga, pok niyatga eltuvchi haqni nohaqdan ajra-
tuvchi bir o‘lchov. Adolat insonlar xulqini baholovchi muhim
mezondir. O‘tmish ajdodlarimiz adolat va adolatsizlikka alohida
e’tibor berib, bu tushunchani siyosiy, falsafiy, huquqiy, axlo-
qiy nuqtayi nazardan turlicha talqin etib, komil insonning tar-
biyasida u katta vosita ekanligini asarlarida bayon etganlar. Amir
Temur saltanatni boshqarishning bosh mezoni adolat deb hi-
soblagan edi. U o‘zining pand-nasihatlarida ham yosh avlodni
adolatli bo‘lishga chorlaydi: „Har mamlakatda adolat eshigini
ochdim, zulm-u sitam yo‘lini to‘sdim. ...Qaysi mamlakatni zabt
etgan bo‘lsam, o‘sha viloyatning ulug‘larini og‘a-inilarimdek,
yoshlari va bolalarini esa, o‘z farzandimdek ko‘rdim“, degan edi.
Husayn Voiz Koshifiy „Axloqi Muhsiniy“ asarida shunday yo-
zadi: „Adolat — insonlarning bir-biriga yaxshilik ko‘rsatishidir“.
Adolat va adolatsizlikning asriy ko‘rinishlari insonning qil-
mishi, harakati, tili, muomalasi, madaniyati, tashqi qiyofasida
o‘z aksini topadi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish mahorati. 
Tarbiya jarayonida pe-
dagogik ta’sir ko‘rsatish mahorati o‘quvchiga u yoki bu yuksak
axloqiy sifatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo‘llanadi-
gan o‘qituvchi-tarbiyachining ish usullaridan biridir. Masalan,
O‘qituvchi boshlang‘ich sinfda „Ertak ketidan ertak“ mavzusi-
dagi suhbatida o‘quvchilarga dastlab ertak mazmunini bayon
etadi: „Ota o‘zi va 10 yashar o‘g‘li bilan daladan qaytayotib
kelayotganda yo‘l ustida tushib yotgan bir taqani ko‘radi va o‘g‘-
liga deydi: „Taqani ol!“ O‘g‘li: „Eski taqa uchun egilib o‘ti-
ramanmi?“ deb gap qaytaradi. Otasi indamasdan o‘zi egilib,
taqani oladi-da, yo‘lida davom etadi. Kun issiq edi. Bola chanqay
boshlaydi. Biroz yo‘l yurganidan keyin olcha sotib o‘tirgan baq-
qol ko‘rinadi. Otasi boyagi taqani olchaga almashtirib, belbog‘iga
tugib oladi. O‘g‘liga ko‘z-ko‘z qilib, bir dona olchani og‘ziga
tashlaydi-da, bir donasini yerga tashlaydi. O‘g‘li darrov egilib
olchani oladi va chanqog‘ini bostirmoqchi bo‘lib og‘ziga soladi.
Otasi olchani ketma-ket tashlaydi. O‘g‘li o‘n-o‘n besh marta
egilib, olchalarni terib olib yeganidan so‘ng nihoyat otasi to‘x-


224
taydi va belbog‘ida qolgan olchalarni o‘g‘liga uzata turib deydi:
„Ko‘rdingmi, o‘g‘lim, sen taqani ko‘tarib olish uchun bir marta
egilishga eringan eding, olchalarni terib olish uchun o‘n-o‘n
besh marta egilding. Endi esingda bo‘lsin, agar yengil mehnatni
og‘ir deb hisoblasang, undan battar og‘iriga duch kelasan“.
Bu ertakdagi pedagogik ta’sirning salbiy va ijobiy ko‘rinish-
larini bolalarga izohlashda o‘qituvchi quyidagi savollar orqali
tarbiyaviy mahorat bilan aniqladi:
— Otaning talabi to‘g‘rimi yoki yo‘qmi? Sababini ayting.
— Otaning bolaga mehnatdan bosh tortmaslik uchun tutgan
ish usuli to‘g‘rimi? (Bolaga dastlab o‘z harakati bilan o‘rnak
bo‘lib, so‘ng xatosini tushuntiradi.)
— Bu borada sizlarning fikr va munosabatlaringiz qanday?
O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchi-tarbiyachi o‘z maqsadiga
erishish uchun doimo o‘quvchilarga o‘z talablari bilan yonda-
shadi. Ularni rag‘batlantiradi, ogohlantiradi, tanbeh beradi. Bu
talablarning qanchalik ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik ma-
horatiga bog‘liqdir. Talablarning qo‘yilish shakllari:
— tarbiyachi tomonidan talabni to‘ppa-to‘g‘ri qo‘yilishi.
Bunday talab bolalar jamoasi bilan ishlashning dastlabki bos-
qichidir. Ijodkor-pedagog A. S. Makarenko „... Samimiy, oshko-
ra, ishonarli, qizg‘in va qat’iy talab bo‘lmasa, jamoani tarbiya-
lashni boshlab bo‘lmaydi“, degan edi;
— talab ijobiy va bolaning xatti-harakatlariga to‘sqinlik qil-
masligi;
— talab aniq va tushunarli bo‘lishi;
— qo‘yilgan talab natijasini bilish;
— talab ochiq chehra, samimiy bir ohangda berilishi: ilti-
mos, maslahat, yaxshi niyatda chorlash;
— talab bolalarning yoshi, bilim saviyasiga mos bo‘lishi;
— talablarda kesatish, luqma, minnat bo‘lmasligi va b.
Tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishining yana bir
shakli o‘quvchi va o‘quvchilar jamoasini istiqlol yo‘liga boshla-
shidir. Bunda jamoada tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida
oshkoralik va ishonch bo‘lishi, o‘z-o‘zini boshqarish, an’ana va
qonunlarga amal qilinishi muhimdir.


225
Tarbiyachining o‘quvchilar jamoasini jiðslashtirishdagi ma-
horati.
Kishilik jamoasi paydo bo‘lgan davrdan boshlab inson
hech qachon yolg‘iz yashay olmagan. Jamoani tashkil qilish va
uning tarbiyaviy ta’sirining nazariy va amaliy asoslari mutafak-
kir va olimlar tomonidan o‘rganilib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borilgan. Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini
tashkil qilish, tarbiyalash va jiðslashtirish borasidagi nazariy
bilimlarni o‘zlashtirib, ilg‘or tajribalarga suyanib, o‘quvchilarni
tarbiyaviy jarayonda o‘rtoqlik-do‘stlik, o‘zaro hamkorlik, ham-
jihatlik, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik
sifatlarini tarbiyalash mahoratini o‘zlashtirishdan iborat. Ular:
— sinf boshlang‘ich jamoasini tarbiyalash va ularda o‘zaro
munosabat aloqalarini yaratish;
— o‘quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida
jamoaga jiðslashtirish;
— shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo‘yishga
o‘rgatish;
— jamoada bir-biriga mehr-oqibat, muruvvat va saxiylik,
do‘stona hamkorlik mavjud bo‘lsa, u katta tarbiyaviy kuchga
aylanadi.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari jamoasini tashkil qi-
lishda o‘qituvchidan turli-tuman usul va vositalardan mahorat
bilan foydalanish talab qilinadi:
1. O‘qituvchidan jamoa a’zolarining yangi sharoitga (mak-
tabning 1- sinfidan boshlab) moslashuvi davrida ularga ishonch,
hurmat, xushmuomalalik, talablarni to‘g‘ri qo‘ya bilish, shu
bilan birga, o‘quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega
bo‘lish talab etiladi;
2. O‘quvchilar jamoasidagi yetaklovchi kuch tayanch o‘za-
gini tanlash;
3. Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga
qarab topshiriqlar berish;
4. Jamoada yangi an’ana, qonun-qoidalarning dastlabki kur-
tagini yaratish va unga amal qilish;
5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda
belgilash.


226
7.5. Oila, maktab, mahalla hamkorligining shaxs
ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni
Inson atalmish zotning tug‘ilib, kamolga yetishi uchun oz-
muncha vaqt yetmaganidek, uning shaxs sifatida kamol topi-
shida, shu yurt, qolaversa, oilasiga sodiq farzand bo‘lib voyaga
yetishiga ko‘pchilikning mehnati „singadi“. Jumladan, inson
ma’lum bir oilada tug‘ilib, tarbiyalana boshlaydi. Uning kamol
topishida keyingi muhim vazifa maktabning zimmasiga tushadi.
Shuningdek, jamoatchilik ham bu vazifadan chetda qolmaydi.
Uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan xalqimiz o‘zining ta’lim-tarbiyaga
oid ulkan merosiga ega. Bu meros bugungi avlodni insonpar-
varlik, mehr-muhabbat, oqibat, mehnatsevarlik, yuksak axloq
ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Har bir inson dunyoga kelar
ekan, uning insoniyligi, axloq-odobi, xulq-atvori dastlab o‘z
oilasida shakllanadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki,
yosh avlod qalbida vatanparvarlik, o‘z oilasiga mehr-muhabbat
tuyg‘usini shakllantirish har bir ota-onaning, tarbiyachi-mu-
rabbiylarning Vatan oldidagi burchidir. Barkamol shaxsni voyaga
yetkazish uchun, eng avvalo, oila, mahalla, maktab, jamiyat
va davlat hamkorligini yuqori pog‘onada ko‘rish lozim. Oila
jamiyatning asosi, mahalla — milliy qadriyatlar beshigi. „Ahil
xonadonda, ma’rifatli mahallada, insonparvar jamiyatda, — deb
ta’kidlagan edi Islom Karimov, — zukko yigitlar, oqila qizlar,
umr bo‘yi elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan komil far-
zandlar ulg‘ayadi“.
Oila muhiti farzand tarbiyasida eng muhim va dastlabki bo‘-
g‘in hisoblansa-da, u shaxsni to‘liq tarkib toptira olmaydi. Ana
shunda maktab va mahallaga ehtiyoj seziladi. Bola maktabga
kelgunga qadar ham, maktabda o‘qish davrida ham, asosan,
oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bola-
larning dunyoqarashi, xulqi, didiga ta’sir ko‘rsatadi. Oila a’zo-
larining ma’naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol topti-
rishning dastlabki va asosiy omillaridan biridir. Oilada kundan-
kun kamolga yetib borayotgan farzand atalmish ne’mat, eng
avvalo, shu oilaning azaliy qadriyatlariga, urf-odat va an’ana-


227
lariga to‘la amal qilmog‘i, qolaversa, ota-onaning o‘zi farzandiga
ibrat bo‘la olishi lozim. Bolalarni barkamol inson qilib tarbiya-
lashda maktabni oila bilan mustahkam bog‘lamay turib tarbiya
sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‘lmay-
di. Estetik, axloqiy va tarbiyaviy sifatlar kundalik hayot ehtiyojiga
aylanib, ular oilaviy ijtomoiy tarbiya orqali tarkib toptiriladi.
O‘z o‘quvchilar jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni
bolalar tarbiyasiga yo‘naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi
bilgan maktab ma’muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo‘lga kirita
oladi. O‘qituvchi ota-onalarning faol yordamisiz bolalarning bar-
kamolligini ta’minlay olmaydi. Bu o‘rinda tarbiyachining o‘zini-
o‘zi tarbiyalashi lozimligini ham esdan chiqarmaslik kerak. O‘ziga
nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, yangilikni sezish, tashabbus-
korlik hamda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida
ularga qat’iy talablar qo‘yish uchun ma’naviy huquqqa ega bo‘-
ladi. Maktabni oila bilan bog‘lovchi vosita — bu o‘qituvchidir.
O‘quvchilar bilan ishlash, ularning ilmiy dunyoqarashini shakl-
lantirish, ijtimoiy faolliklarini ta’minlash orqali ota-onalarga
ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Bu borada maktab va oila aloqasini ta’minlovchi ota-onalar
majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni jamoa
bo‘lib hal etish kabilarning rolini inkor etib bo‘lmaydi. Jumla-
dan, „Bolangizning qanday o‘qishini bilasizmi?“ „Bolangizning
odobi haqida suhbatlashaylik“, „Mustaqil hayot bo‘sag‘asida“
kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarning o‘z
bolalari haqida, ularning kelajagi haqida qayg‘urishlariga sabab
bo‘ladi. Maktabda o‘qitiladigan darslar, ularning mazmuni va eng
asosiysi, shu ma’lumotni o‘quvchiga yetkazib beruvchi o‘qituv-
chining xulq-atvori, kiyinishi, hattoki har bir xatti-harakati ham
bola dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir etuvchi omildir. Bola
insoniy xislatlarni, ezgulikni, odamiylikni, yaxshilik va yomon-
likni, eng avvalo, oiladagi kattalarning, ustozlarining xatti-ha-
rakatidan o‘rganadi. Ota-onalar bilan bir qatorda tarbiyachi-
o‘qituvchilar o‘z xulq-atvori bilan bolalar hurmatiga sazovor
bo‘lishlari, ularning hayot yo‘lida o‘rnak ko‘rsatishlari kerak.


228
Shunday muhitda tarbiyalangan bolagina ota-onani, qolaversa,
o‘z ustozlarini hurmat qiladigan, mahalla-ko‘yda o‘zidan ki-
chikni izzatlash, kattalarni hurmatlashni o‘z o‘rniga qo‘yadigan,
xalqparvar bo‘lib voyaga yetadi.
Xalq ta’limi vazirligining 2004-yil 26-fevralda „Oila, mahal-
la, maktab“ to‘g‘risidagi Konsepsiyasi qabul qilindi. Bu Konsep-
siyada belgilab berilgan vazifalarni hal qilish uchun Respublika-
mizdagi har bir davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik-
da „Jamoatchilik maslahat kengashi“ tuzilib, joylarda tarbiyasi
og‘ir bolalar bilan ishlash, ularning ta’lim-tarbiyasiga va „Oila,
mahalla, maktab“ Konsepsiyasini amalda joriy etishga e’tibor
qaratildi. Kengash o‘z oldiga:

mahallalarda bolalarning dam olishlari, qiziqarli ish bilan
shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratish;

mahallalarda tarbiyaning ta’sirchanligini oshirish;

homiy tashkilotlar yordamida mahallalarda sport sog‘lom-
lashtirish maydonchalarini tashkil etish;

mahallalarda qizlar hayosi, ularni turmushga tayyorlash
haqida bahs-munozaralar o‘tkazish;

yoshlarda milliy urf-odatlar, azaliy udumlar, tarixiy an’a-
nalarni o‘rganish;

maktab, jamoatchilik, mahalla ahli hamkorligida tadbir o‘t-
kazish;

Joylardagi hokimiyatlar, mahallalarda „Kamolot“ yoshlar
ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda
yordam berishni maqsad qilib qo‘ygan.
Oilada bolani to‘g‘ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan bi-
ri — tarbiyadagi birlikdir. Bunday ulkan mas’uliyatni, sharafli
ishni oila, maktab, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlik-
da olib borish muhim o‘rin egallaydi.
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini
mazmunli tashkil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik darajasini ko‘tarish;

Kino, teatr, konsert va ko‘rgazmalarga borish;

Sayohatlar, sayillar, sport musoboqalari tashkil etish;

Tanlovlar, tarbiyaviy tadbirlar, bayramlarda ishtirok etish;


229

Milliy xalq hunarmandchiligi to‘garaklari tarmoqlarini ken-
gaytirish, xalq ustalarini to‘garak ishiga jalb qilish, ushbu
to‘garaklarni ko‘proq maktablar, mahallalar, ijodiy usta-
xonalar qoshida tashkil etish ishlariga alohida e’tibor berish;

Novvoychilik, kashtachilik, naqqoshlik, duradgorlik hamda
boshqa hunarlarga bolalarni qiziqtirish;

O‘quvchilarning qiziqishlarini o‘rganib, ijodiy imkoniyat-
larini rivojlantirishga mo‘ljallangan turli to‘garaklar, klub
yoki seksiyalar tashkil etish;

Yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya, sportni rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratish;

Ta’lim muassasalaridagi kutubxonalarni badiiy adabiyotlar
bilan boyitish;

Yozgi dam olish oromgohlariga ko‘proq o‘quvchilarni jalb
etishni yo‘lga qo‘yish;

Barcha o‘quv fanlari asosida to‘garaklar tashkil etish va
unga tarbiyasi og‘ir bolalarni jalb qilish;

O‘quvchilar iqtidorini yanada takomillashtirish maqsadida
turli ommaviy tadbirlar, musobaqalar va ko‘rik tanlovlar
o‘rkazish yo‘li bilan boy madaniy merosimizga hurmat,
ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash.
Sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘yi-
cha direktor o‘rinbosarlari, maktab direktorlari, bolalar yetak-
chilari maktab mikrorayonida ijtimoiy-pedagogik, tarbiyaviy ish-
larni olib borishda o‘tkaziladigan tadbirlarning tashkilotchilari-
dirlar. Ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni
tahlil qilib, ular bilan bog‘liq bo‘lgan shakl va usul asosida rejali
va izchil ishlarni olib borish maqsadga muvofiqdir.
1.
Ota-onalar, oilalar bilan yakkama-yakka ishlash.
Tarbiya
jarayonida bu tur katta ahamiyat kasb etib, yaxshi natijani qo‘lga
kiritish imkonini beradi. Bunda tarbiyachi oila va bolalarning
shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib, tarbiyaviy jarayonda inobatga
oladi. Buning natijasida tarbiyachi va ota-ona o‘rtasida o‘zaro
ishonch, hurmat va do‘stlik munosabatlari shakllanadi.
2.
Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.
Bularga ota-onalar majlisi, anjumanlar, tadbirlar kiradi.


230
3.
Tarbiya ishlarini atrof-muhit va mahalla bilan hamkor-
likda olib borish.
Bunda „Bir bolaga yetti mahalla ota-ona“,
deganidek, mahallalar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar
yaxshi samara beradi. Biz oila ma’naviyati haqida fikr yuritar
ekanmiz, uning ehtiyoj, manfaat va mafkuraviy jarayonlar bi-
lan bog‘liq yana bir jihatini, ya’ni tarbiya jarayonida yoshlar va
o‘smirlarning ruhiy ehtiyojlarini inobatga olishni ham unutmas-
ligimiz kerak. Ayni mana shu ehtiyojlarning shakllanishiga ma-
halla muhiti bevosita ta’sir qilsa, jamoatchilik bu ehtiyojlarni
tartibga soladi. Mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar hamkorligi,
hamdardligini ko‘rsatuvchi mahallalarimizdagi to‘y, katta yi-
g‘inlar, marosimlarda xalqimizning jamoatchilik fikri ta’sirida
shakllangan qadriyatlari namoyon bo‘ladi. Aynan shu qadriyat-
lar ta’sirida yoshlarimiz o‘zi yashab turgan mahalladaga, inson-
larga nisbatan mehr-muhabbatli, oilasiga sadoqatli bo‘lib tar-
biyalanadilar.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida:
bu yoshdagi o‘smirlar-
ning yildan-yilga atrof-muhitga, voqealarga qiziqishi ortib boradi.
Ular ko‘proq o‘zlari qiziqqan ishni kattalardan yashirincha ba-
jarishga harakat qilishadi. Yolg‘on so‘zlash, qilgan aybini yashi-
rish va kattalar oldida o‘zini aqli raso qilib ko‘rsatishga urinishadi.
Bu yoshdagi bolalarning barkamollik darajasini oshirib borish
uchun barcha o‘qituvchi-murabbiylar, ota-onalar, mahalla-ko‘y,
nazorat inspeksiyasi hamkorligida tarbiyaviy ishlar yo‘lga qo‘yib
borilmog‘i lozim. Bu yoshdagi bolalarning uyda va ko‘chadagi
bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganligi doimo kattalar nazo-
ratida bo‘lmog‘i shart. Bolalarni teatr, muzeylarga olib borish,
asosan, maktabning zimmasida. Ammo shunga yarasha ota-ona-
lar „Bugun teatrga boribsan, nimani ko‘rding, nimani tushun-
ding?“ deya ular bilan suhbatlashish ota-onalarning vazifasidir.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida:
bu ta’lim
dargohiga o‘qish uchun kelgan o‘quvchilar asta-sekin maktab-
dan, oiladan va ko‘cha-ko‘ydan o‘rgangan tarbiyalarini namo-
yish eta boshlaydilar. Agar o‘qituvchi-marabbiylarimiz bu mas-
kanda o‘ta kuzatuvchanlik bilan muntazam shug‘ullanmasalar,
bu yoshdagi o‘smirlarning barkamollik darajasini rivojlantirib


231
borish ancha mushkul kechadi. Chunki ta’limning bu bosqichida
o‘qituvchi-murabbiylar ilmiy savodxonlikni kuchaytirish, kas-
biy savodxonlikka erishish uchun o‘quvchilar bilan tinimsiz
muloqot qiladilar. Sergak tarbiyachi o‘smirlarning yosh xususi-
yatlaridan kelib chiqib, ularga to‘g‘ri ta’sir eta bilishi lozim.
Umuman, ta’limning qaysi bosqichida bo‘lmasin, tarbiya-
chi-o‘qituvchi yuksak pedagogik, psixologik va metodik tayyor-
garlik darajaga ega bo‘lgan holda, ularning yosh xuxsusiyatlarini
inobatga olib, ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi lozim.
Ertangi kun, porloq kelajakka ishontirish, yomon illatlardan
xoli bo‘lishga o‘rgatib borish barcha oila, mahalla va maktab
ahlining vazifasidir. Tobora rivojlanib borayotgan jamiyatimizga
sog‘lom fikrlovchi avlodni tarbiyalash uchun ota-onalar va o‘qi-
tuvchilar hamkorligi muhimdir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday ezgu maqsadimiz-
ni yoshlar orqali amalga oshiramiz. Ularning yetuk inson bo‘lib
voyaga yetishlarida esa, oila, mahalla-ko‘y, maktab va davlatning
o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati juda muhim hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar
1. Hamkorlik ishlari deganda nimani tushunasiz?
2. Maktab, oila va mahalla hamkorligining uzviyligini izohlang.
3. O‘quvchilarni mehnatsevarlikka o‘rgatishda maktab va oilaning
hamkorligini izohlang.
4. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahorat va
uning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
5. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda oilaning o‘rni nimalardan
iborat?
6. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullarini izohlang.
7. Bayram tadbiri ssenariysini tuzing.
8. O‘quv faoliyatida hamkorlik ishlarini kim boshqaradi?


232
VIII BOB.
OILA — MILLAT VA JAMIYAT
TAYANCHI
8.1. Oila va jamiyatning inson hayotidagi o‘rni
Oila — jamiyatning tayanchi, ustuni. Oila tinch — jamiyat
tinch. Oiladagi baxt-saodat jamiyat osoyishtaligini belgilaydi.
Ma’lumki, har qanday inson oilada o‘sib-ulg‘ayadi, tarbiya to-
padi. Uning kelajakda komil yoki noqobil inson bo‘lib voyaga
yetishi esa, hech shubhasiz, oilada berilgan tarbiyaga bog‘liq.
Insoniyat tarixida, davlat va jamiyat boshqaruvida adolatli
fuqarolik jamiyatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, millat tayanchi hisoblangan oila fuqarolik jamiyati insti-
tutini rivojlantirish, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi hamda
inson erkinligini ta’minlashning kafolati va asosidir. Bu esa, o‘z
navbatida, jamiyatda oila instituti va ma’naviyatini shakllantirish
bilan bog‘liq jarayondir.
Davlat va jamiyat hayoti, barkamol avlod tarbiyasida oilaning
o‘rni beqiyos. Shu bois oila hamma vaqt va har qachon dolzarb
mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Oila har bir xalq, millatning
davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning rivojini ta’min-
lovchi, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib
tarbiyalovchi muqaddas maskandir. U jamiyat deb atalmish bu-
yuk bir olamning poydevorini tashkil etadi. Jamiyat va davlatning
farovonligi, gullab-yashnashi bevosita ana shu poydevorning qay
darajada mustahkamligiga bog‘liq. Shu bois mamlakatimizda oila
manfaatlarini huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan
himoya qilinishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qara-
tilmoqda. Milliy oila deganda darrov bola-chaqali, pir-u badav-
lat, keksa buva-buvilari bor xonadon ko‘z oldimizga keladi. Oila —
azal-azaldan insonning his-tuyg‘ulari, aql-idroki, ma’naviyati,
qo‘yingki, butun borlig‘i kamol topadigan tarbiya maskani bo‘lib
kelgan. Insonni shaxs sifatida kamolga yetkazishda jamiyatdagi
ijtimoiy muassasalarning birortasi oila kabi beqiyos o‘ringa ega
emas. Ota-bobolarimizning qadimdan oilani millat tayanchi va
ma’naviyat qo‘rg‘oni, deb atab kelganliklari ham bejiz emas.


233
Prezidentimiz Islom Karimov oilaga shunday ta’rif bergan-
lar: „Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, hayotning aba-
diyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas
urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birgalikda, kelajak
nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsata-
digan tarbiya o‘chog‘i ekanini tan olishimiz darkor“.
Oila insonlarni faqat manfaatlar vositasida emas, balki qon-
qardoshlik, haqiqiy insoniy tamoyillar asosida bog‘lab turgani
uchun ham bebahodir. Jamiyatda insonlarni o‘zaro biriktiruvchi,
do‘st, ahil-inoq bo‘lib, umrguzaronlik qilishlariga o‘rgatuvchi
ijtimoiy muassasa va institutlar juda ko‘p. Jamiyat taraqqiyotida
ularning har birining o‘z o‘rni bor. Biroq oila, eng avvalo,
tarbiya maskanidir. Masalan, mahallani olaylik. U, asosan, bir
ko‘cha yoki guzarda yashaydigan odamlarni birlashtiradi. U o‘zida
ana shu odamlarning hayotiy orzu-umid va armonlarini uyg‘un-
lashtiradi. Ularning hayotiy maqsadlari ham juda o‘xshash: to‘y,
ma’raka, hashar, yolg‘iz va kam ta’minlangan kishilarga yordam
ko‘rsatish, turli bayram hamda tantanalarni birgalikda nishon-
lash... Mahalla odamlarda, ayniqsa, jamoaviylik tuyg‘usini kamol
toptirishda muhim o‘rin tutadi. Lekin mahalladagi o‘zaro muno-
sabatlarga, eng avvalo, oila ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jamoaviylik (ishxona yoki mehnat jamoasi)da ko‘proq odam-
larning ishlab chiqarish manfaatlari ustuvor bo‘ladi. Odamlar
tili, millati va e’tiqodidan qat’i nazar o‘zaro ana shu asosda ahil
va birodar bo‘lib ketishadi. Oilada esa bulardan farqli o‘laroq,
hayot yoki ishlab chiqarish manfaatlari emas, aksincha, qon-
qardoshlik munosabatlari, insonning tabiiy yaqinlik tuyg‘ulariga
asoslanib yashash tamoyili ustuvorlik qiladi. Barchamiz ish-yu-
mushlarimizdan bo‘shagach, oila bag‘riga shoshilamiz.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek oilasi o‘zining
barkamolligi, axloqiy-ma’naviy asoslari, umuminsoniy va milliy
qadriyatlari bilan butun dunyoga namuna maktabi bo‘la oladigan
darajadagi mustahkam poydevorga ega. Poydevori mustahkam
bino asrlar o‘tsa ham hayot to‘fonlariga bardosh berib, salobat
bilan qad rostlab turaveradi. O‘zbeklarda o‘z shaxsiy manfaatidan
ko‘ra oila sha’nini baland tutish, qon-qarindosh, yaqin odamlari


234
va qo‘ni-qo‘shnilariga g‘amxo‘rlik qilish oliy darajadagi qadriyat
bo‘lib, millat qalbidagi bunday „gavhar“lar oilaviy muhitni
samimiyatga to‘ldirishga, oilani tashqi muhit bilan bog‘lash va
mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiladi. Oilada mustahkam
intizom shakllangan bo‘lsa, o‘sha oila vakili davlat va jamiyat
ishida ham ana shunday tartibda xizmat qiladi, har bir ishni o‘z
joyi va vaqtida, belgilangan tartib asosida bajaradi. Bunday
intizom va tartib butun xalq va millatning fazilati va sharafiga
aylanadi. Nemis va yaponlarga xos tartib-intizomning jahon
miqyosida e’tirof etilish sabablari ham ana shunda.
Abdurauf Fitrat o‘zining „Oila va oilani boshqarish tartib-
lari“ asarida shunday yozadi: „Har bir millatning saodati va
izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq.
Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi.
Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va
millat ham shuncha kuchli va muntazam bo‘ladi“.
Dunyo miqyosida yuz beradigan har qanday o‘zgarish, u
xoh iqtisodiyot, xoh ma’naviy-siyosiy sohada bo‘lsin, o‘z ta’-
sirini dastavval oila muhitida namoyon etadi. Mamlakatimizda
boshqa ijtimoiy institutlar bilan bir qatorda oila omiliga katta
e’tibor qaratilayotganligining yana bir sababi ana shundadir. Xal-
qimizda qadim-qadimdan oila — muqaddas dargoh sanalgan.
Zero, oilaga sadoqat, ota-onaga oqibat, aka-ukalarga mehrlilik
Vatan tuyg‘usining debochalaridir. Oilaga sadoqat bo‘lmagan
joyda ota-onaga nisbatan ham hurmat yo‘qoladi. Bunday holatda
na qarindosh, na mahalla va na Vatanga nisbatan muhabbat
uyg‘onmaydi. Prezidentimiz Islom Karimovning „Oilaga e’tibori-
mizni tubdan o‘zgartirish, oilalarni, avvalo, ijtimoiy jihatdan
himoyalash, e’zozlash, qo‘llab-quvvatlash — bugungi kunimiz
uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb
ekanligini yaxshi tushunishimiz va anglashimiz darkor“, deb
alohida qayd etganliklari bejiz emas. Oilani tom ma’noda millat
tayanchi, ma’naviyat qo‘rg‘oni, ma’naviy immunitet tizimidagi
muhim halqa, deyish mumkin. Oilaning bu boradagi ulkan va-
zifasi mafkuraviy kurashlar, globallashuv, madaniyatlar va turli
manfaatlar o‘zaro to‘qnash kelayotgan bugungi murakkab ax-


235
borot asrida juda ham muhimdir. Prezidentimizning „Milliy
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar“ risolasida ham
oilaning bu boradagi o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor berilgan.
Shuning uchun oila va uning an’analari, milliy urf-odatlar, qad-
riyatlar hamda mezonlariga ehtirom ko‘rsatish, ko‘z qorachig‘i-
day asrab-avaylash har birimizning muqaddas vazifa va burchi-
mizga aylanmog‘i lozim.
Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidan ilgari surilgan „Oila
sog‘lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan —
mamlakat barqaror“ g‘oyasiga asosan har bir oila mohiyatan
kichik bir mamlakatga o‘xshaydi: o‘ziga tegishli moddiy va ma’-
naviy sarhadi, o‘ziga mansub tartib-qoidalari bor. Ammo ularni
muhim bir rishta — umummilliy qadriyatlar tizimi birlashtirib
turadi. Bu — kechagi kunidan xulosa, bugunidan ma’no va erta-
sidan umid topib yashayotgan insonlar tanlovi. Prezidentimiz
qarori bilan tasdiqlangan „Mustahkam oila yili“ Davlat dasturida
jamiyatimizning ma’naviy negizlarini rivojlantirish va mustah-
kamlashda oilaning roli va ta’sirini yanada kuchaytirishga doir
keng qamrovli chora-tadbirlar belgilangan. Mustahkam oila —
buguni va ertasiga ishongan inson mehnati va mehridan yaralgan
poydevor, baquvvat qo‘rg‘ondir. Bunday ma’naviyat qo‘rg‘oni-
da, avvalo, o‘zi oldida javob berishga qodir farzandlar tarbiya-
lanadi, voyaga yetadi. O‘z vijdoni oldida javob bera olgan inson-
ning Vatan, millat, insoniyat va tarix oldida ham javob bera
olishiga ishonish mumkin. Prezidentimiz I. A. Karimov aytgan-
laridek: „Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan.
Oila ahil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka eri-
shiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila
farovonligi — milliy farovonlik asosi bo‘lib hisoblanadi“. Yosh
avlod hayotining ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shuning uchun bola-
lar turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanisha-
dilar. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va
marosimlarning ijobiy ta’sirlarida yigit-qizlar asta-sekin kamol
topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning qudratli quro-
liga aylanadi. Oila tarbiyasi — murakkab jarayon, chunki har bir
oila o‘ziga xos bir olamdir. U tarbiya ishida ham o‘ziga xos xu-


236
susiyatlarni namoyon qiladi. Oila tarbiyasining muvaffaqiyatli
bo‘lishi ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya
bo‘yicha tajribalar almashish va ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga
qizg‘in jalb qilishga bog‘liqdir. Oila tarbiyasining muvaffaqiyatli
bo‘lishi uchun ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyalash borasi-
dagi burch va mas’uliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Bundan
tashqari, normal oilaviy muhit, ota-onaning obro‘si, to‘g‘ri
kundalik rejim, bolani kitob o‘qishga, mehnat qilishga o‘rgatish
kabilarga bog‘liq.
Oila inson uchun muqqaddas va ulug‘ dargohdir. Inson ana
shu dargohda tug‘iladi, o‘sadi, voyaga yetadi. Xalqimizda „Oilang
tinch — olam tinch“ degan hikmat bor. Darhaqiqat, shunday.
Oilada tarbiyaviy muhit oqilona yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, jamiyatda
tinchlik va komillik bo‘ladi. Shu jihatdan, oilaning mustahkamligi
mamlakat rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda
oilaning jamiyat taraqqiyotidagi rolini oshirish maqsadida ko‘p-
lab ishlar qilindi. Birinchi galda huquqiy asoslar takomillash-
tirildi, oila salomatligini saqlash, uning farovon bo‘lishiga shart-
sharoit yaratish uchun chuqur islohotlar amalga oshirildi.
Konstitutsiyamizning alohida bobi oilaga bag‘ishlanib, unda oila
jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda jamiyat va davlat muhofazasida
bo‘lish huquqiga ega, deb belgilab qo‘yilgan. Oila bilan bog‘liq
konstitutsiyaviy qoidalarni hayotga tatbiq etish maqsadida 50 ga
yaqin qonun, Prezidentning 20 ga yaqin farmon va qarorlari,
70 dan ortiq hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oila
kodeksi qabul qilindi. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida oilani
mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o‘zaro hurmat, hamji-
hatlik va ishonch ruhida qurish, oila oldida uning barcha a’zolari
mas’ulligi, biror-bir shaxsning oilaga o‘zboshimchalik bilan
aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘s-
qinliksiz amalga oshirishi hamda bu huquqlarning himoya qili-
nishini ta’minlovchi qoidalar qat’iy belgilab qo‘yildi. Ayni vaqtda
kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, oilaviy tad-
birkorlikni rag‘batlantirish, oilaga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘r-
satish dasturini amalga oshirish, bolalarni oila sharoitida tarbi-
yalashda samarali psixologik-pedagogik tadbirlar joriy etish iz-


237
chil yo‘lga qo‘yildi. 1998- yil mamlakatimizda „Oila yili“ deb
e’lon qilindi va shu yili respublika „Oila“ ilmiy-amaliy markazi
tashkil etildi. Shuningdek, 2002- yil 5- iyulda Vazirlar Mahka-
masi „Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘lig‘ini
mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning
ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘ri-
sida“ Qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining
„Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod sog‘lig‘ini mustahkamlashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“ 2002- yil 25- yan-
vardagi qarorini bajarish yuzasidan dastur ishlab chiqildi. Unda
aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish, ayollar salomat-
ligini mustahkamlash, bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash
uchun shart-sharoit yaratish, oilada sog‘lom muhitni shakllanti-
rishga urg‘u berilgan. Mazkur dasturda yoshlarning reproduktiv
salomatlik bo‘yicha bilimi va tibbiy madaniyatini oshirish, erta va
qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, tug‘ishlar
o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilishning dolzarbligi masala-
larini aholining keng qatlamlariga yetkazish ishlarini tizimli
tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Aholining reproduktiv
salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi va uni tar-
biyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Pre-
zidentimizning 2009- yil 13- apreldagi „Ona va bola salomatligini
muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shim-
cha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi, 2009- yil 1- iyulda „2009 —
2013- yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustah-
kamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol
avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish
va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida“gi
qarorlari qabul qilindi.
Oilada tarbiyaning kaliti — ayolning qo‘lida. Ayniqsa, bugun
milliy tabiatimizga mutlaqo zid bo‘lgan buzg‘unchi g‘oyalarning
zararli ta’siridan yoshlarni asrashda, sog‘lom va ma’naviy olami
boy yigit-qizlarni tarbiyalashda onaning tabiat ato etgan salohi-
yatidan unumli foydalanish zarur. Yangilanayotgan jamiyati-
mizda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasi qanchalik
muhim o‘rin tutsa, xalqimizning yaratuvchanlik salohiyatini


238
yuksaltirish, ya’ni iqtisodiy bilim hamda ma’naviy kamolot ma-
salalari ham shu qadar zarur. Bu esa o‘z-o‘zidan oilada sog‘lom
muhit qaror topishiga bog‘liq. Shu o‘rinda Yurtboshimiz
I. A. Karimov o‘z ma’ruzalarida, „O‘zbeklarning aksariyati o‘zi-
ning shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarin-
dosh-urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-
esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining
gavharidir“. Darhaqiqat, oila jamiyatning ajralmas bir bo‘lagidir.
Chunki jamiyat oilalardan tashkil topadi, oila esa shaxslardan.
Shu jihatdan olib qarasak, jamiyat, oila va shaxs uzluksiz silsila
bo‘lib, ularning har biri boshqasidan ayri holda mukammal bo‘la
olmaydi. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat ravnaqiga shu
darajada mustahkam poydevor bo‘ladi.
Mustaqillik yillarida oilani mustahkamlash, onalik va bola-
likni muhofaza qilish borasida ko‘plab tadbirlar amalga oshirildi.
Respublikamiz Konstitutsiyasining 63-moddasida „Oila jamiyat-
ning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida
bo‘lish huquqiga ega“, degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan.
Oilalar tinch-totuv yashasa, jamiyatning yutuqlari ham ko‘pa-
yadi, farzandlar yaxshi tarbiya oladi. Oilaga g‘amxo‘rlik qilish va
unga har taraflama moddiy va ma’naviy yordam berish inson-
parvar demokratik davlatning muhim vazifalaridan biri hisob-
lanadi. Oila va nikoh munosabatlari huquqiy asoslarining yara-
tilishi, ya’ni 1998- yil 30- aprelda O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Oila
kodeksining qabul qilinishi jamiyatimiz rivoji uchun oila mus-
tahkamligi yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Hozirgi za-
mon olimlarining fikricha, insoniy hayot kechirishning birdan-
bir to‘g‘ri yo‘li oilaviy hayotdir. Oila inson uchun mehnat qobi-
liyatini tiklash va dam olish joyi hisoblanadi. Shuningdek, oila
muhim tarbiyachi hamdir. Oilada bolalar tarbiyasi uchun ota-
bobolar va momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot
sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud bo‘lib, ularni
asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazib berish oldimizda turgan
muhim vazifalaridan hisoblanadi.


239
8.2. Oila tarbiyasida ota-onaning o‘rni
Ota-ona farzandlari nigohiga eng buyuk kishilardir. Shuning
uchun ular farzandlari oldida eng yaxshi sifatlari bilan obro‘
qozonishlari mumkin. Insoniy fazilatlar sohibi bo‘lgan ota-ona
o‘z farzandlari tomonidan bir umr e’zozlanadi.
Oilada farzandlarimiz ota-onalarining bir-birlariga bo‘lgan
munosabatlariga qarab izzat-hurmatni, muomalani o‘rganib bo-
radilar. Ota-onalarimiz bir-birlariga mehribon bo‘lsalar, shirin
muomala qilsalar, bolalar ham shunga ko‘nikma hosil qilib,
shunday muomalaga o‘rganadilar. Oilada ayol turmush o‘rtog‘ini
hurmat qilsa, oiladagi o‘g‘il-qiz farzandlarimiz ham onaning bu
harakatini ko‘rib, otasiga hurmati oshadi. Ota-onani hurmat qi-
lish kerakligini tushunib boradi. Afsuski, hamma oilalarda ham
shunday o‘zaro hurmat va mehr-oqibat mavjud emas. Ba’zi oila-
larda erni hurmat qilish o‘rniga ularga hukmron bo‘lish, ularni
„o‘z izmiga solish“ga bo‘lgan intilish harakatlari ham uchraydi.
Ba’zi ayollarimiz borki, ular eridan ozgina ko‘proq topsalar
minnat qiladilar. Ba’zi holatlarda erkak ichkilik ichib, mast
holatda uyga kelib, ayolini farzandlari oldida haqoratlab, be-
hurmat qiladi. Bu holatni ko‘rgan bolalar ota-onalarini hurmat
qilmaydi. Bolalar haddan tashqari taqlidchan bo‘ladilar. Ota-
onalardan ko‘rganlarini takrorlaydilar. „Qush uyasida ko‘rganini
qiladi“ deganlaridek, farzandlar ham ota-ona bag‘rida o‘sib-ul-
g‘ayar ekanlar, ularning yurish-turishlaridan, xatti-harakatla-
ridan ibrat olib, tajriba orttirib boradilar.
Oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi ekan, uning
mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan
jamiyat manfaatdordir. Oilada ma’naviy va jismoniy yetuk avlodni
tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamo-
naviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozim. Shuni unut-
maslik lozimki, farzandlarimizning har tomonlama kamol topi-
shi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffa-
qiyatli bo‘lishi mumkin. Yosh avlod hayotining ko‘p qismi oila-
da o‘tadi. Shu boisdan turmushning murakkab muammolari bi-
lan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar,


240
rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-qizlar
asta-sekin kamol torib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiya-
ning qudratli quroliga aylanadi. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi
shundaki, har bir oila o‘ziga xos bir olam, u tarbiya ishida ham
o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy
tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina o‘sib kelayotgan yosh avlod
farovonligini ta’minlashi mumkin.
Oilada ota yoki onaning yo‘qligi yoki ketib qolishi tarbiyaga
juda katta zarar ko‘rsatadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy
ta’siri yo‘qoladi. Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday
sharoitda bolaning qalbi qattiq jarohatlanadi. U tajang, serjahl,
qo‘pol bo‘lib qoladi, kattalarga ishonmay qo‘yadi. O‘qishi ham
pasayib ketadi. Oila tarbiyasidagi muammolardan yana biri yolg‘iz
farzandni tarbiyalashdir. Bunday sharoitda bola faqat kattalar
davrasida bo‘ladi. O‘ziga yaqin yoshdagi bolalar bilan muomala
qilish imkoniyati bo‘lmaydi. Oilada ko‘p bola bo‘lsa, ular bir-
birini tarbiyalaydi. Bundan tashqari, oiladagi kelishmovchiliklar,
ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi tengsizlikka asoslangan mu-
nosabatlar, ayrim ota-onalarning madaniyat va ma’lumotining
nisbatan past saviyada ekanligi tarbiyaga xalaqit beradi, oilaviy
muhitda o‘zaro kelishmovchiliklarni vujudga keltiradi.
Oila tarbiyasida quyidagi omillarga diqqatni qaratmoq lozim.
Jumladan, oilada ruhiy xotirjamlik, samimiylik munosabatlari
shakllangan bo‘lishi, ota-ona obro‘si yuqori bo‘lishi, bolalarga
talab qo‘yishda oiladagi kattalar o‘rtasidagi birlikning saqlanishi,
bola shaxsini mehnatda tarbiyalashga alohida e’tibor berish,
bolani sevish va izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat’iy rejim va kun
tartibini o‘rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hi-
sobga olish, boladagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, boladagi
mustaqillikka intilishni va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llab-
quvvatlash va hokazo. Oila tarbiyasida ota-ona obro‘si muhim
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu obro‘ni esa ibratli xulqi, odobi,
intizomi, kamtarligi, ishbilarmonligi bilan qo‘lga kiritadilar.
Obro‘ orttirishda, eng avvalo, ibrat-namuna muhim rol o‘ynay-
di. Ota-onalarning odilona, me’yorli talabchanligi obro‘ ortti-
rishning muhim yo‘llaridan biridir. Tarbiya jarayoni zerikarli,


241
quruq haqiqatgo‘ylikdan iborat bo‘lib qolmasligi lozim. O‘zbek
oilasi tarbiyasida, ayniqsa, otaning obro‘si katta ahamiyatga ega.
Ayoli, bolalari oldida obro‘ga ega bo‘lgan ota jamoat orasida ham
obro‘ topadi. Oilada obro‘si yo‘q otadan tarbiya olgan bola,
ko‘pincha, o‘g‘ri, muttaham, yolg‘onchi bo‘lib yetishishi mum-
kin. Ota-ona farzandlari nigohida eng buyuk kishilardir. Shuning
uchun eng yaxshi sifatlari bilangina obro‘ qozonishlari kerak.
Insoniy fazilatlar sohibi bo‘lgan ota-ona o‘z farzandlari tomo-
nidan bir umr e’zozlanadi.
Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila
bilan bog‘lamasdan muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Shuning
uchun maktab va ota-onalar o‘rtasidagi ta’lim-tarbiyaga oid
ishlarni kengaytirish lozim. O‘qituvchilarning ota-onalar bilan
bo‘lgan uchrashuvlarida aytgan fikrlari, ayniqsa, ota-onalar
uchun qimmatlidir. Chunki ular o‘z farzandlari to‘g‘risida ko‘p-
roq ma’lumotlarni bilib oladilar. Shunday ekan, bola tarbiya-
sining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan
maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola
maktabga kirib, to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-ona mak-
tab bilan yaqin aloqa o‘rnatib, farzandining o‘zlashtirishi, xulq-
atvoridan hamisha xabardor bo‘lishi, tarbiya masalalari bo‘yicha
o‘qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib, uni darsdan so‘ng
nima bilan mashg‘ulligidan xabardor qilishi lozim. O‘z navba-
tida, o‘qituvchi ham bolaning o‘qishi, odobi, xulqi, maktabda
o‘zini tuta bilishi haqidagi ma’lumotlarni ota-onaga yetkazishi,
zarurat tug‘ilganda hosil bo‘lgan muammolarni birgalikda hal
qilishi zarur. Bolasi maktabga borgan ota-ona maktab jamoa-
sining a’zosiga aylanadi. Shu sababli ota-onalar maktabning ijti-
moiy hayotida faol qatnashishlari shart. Ota-onalarning mahalla
faollari, mehnat faxriylari bilan tarbiya sohasida hamkorlik qi-
lishlari oila tarbiyasiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy
o‘zgarishlar sharoitida oilaviy tarbiya masalalariga e’tibor yanada
kuchayib, dolzarb mavzuga aylanmoqda. Xalqimiz qadim-qa-
dimdan ota-onani olamda eng ulug‘, eng mo‘tabar, eng hur-
matga loyiq zot deb hisoblaydi. Qur’oni Karim, Hadisi Shariflar,


242
son-sanoqsiz hikmatlarda va rivoyatlarda ota-onaning farzand
uchun qanchalar qadrli, mehribon kishilar ekanligi qayta-qayta
uqtiriladi. Kattalarga quloq solish — o‘zbek oilasidagi an’anaviy
tarbiyaning xarakterli belgisi. Kattalarga quloq solish — ongli
intizom yo‘lidagi dastlabki qadam. Yangi munosabatlar eski
ajoyib oilaviy an’analar bilan, jumladan, oilada otaning ustun-
ligini e’tirof etish an’anasi bilan uyg‘unlashib ketadi. Otaning
obro‘yi kuch bilan emas, balki oilaning unga bo‘lgan umumiy
hurmati bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Hozirgi kunda oilada bola
tarbiyasida buyuk mutafakkirlarimizning fikrlaridan foydalan-
maslikning iloji yo‘q, albatta. Hazrati Alisher Navoiy ham bo-
lalarning ota-onalariga doimo hurmatda bo‘lishlari zarurligini
uqtirib, ota-onalaringaizni hurmat qilinglar, birini oy deb bil-
sanglar, birini quyosh deb bilinglar, deydi. Har bir ota-ona o‘z
farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini
chuqur anglashlari kerak.
Oilada ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona
oldidagi burchlari quyidagilardan iborat.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari:
1) Farzandga chiroyli ism qo‘yish;
2) Savodini chiqarish;
3) Iqtidoriga qarab bilim berish;
4) Imkoniyatiga yarasha o‘qitish va kasb-hunar o‘rgatish.
5) Uylantirish, turmushga chiqarish;
6) Uyli-joyli qilish;
7) Farzandlar orasidagi meros taqsimotida adolatli bo‘lish.
Farzandning ota-ona oldidagi burchi:
1) Ota-onaning pand-nasihatlariga quloq solish, ularga har
doim yordam berish, mehribon, e’tiborli bo‘lish, oila ishlariga
ham ma’naviy, ham iqtisodiy yordam berish;
2) Har bir farzand o‘z singil va ukalariga mehribon yo‘l-
boshchi va yo‘ldosh, odobda, axloqda, ishda, ilm-hunar o‘rga-
nishda o‘rnak bo‘lishi;
3) Ota-onalarning nimaga muhtoj ekanliklarini qalban his
qilish, ularga bu borada amaliy mehribonlik ko‘rsatish;


243
4) Oilaga berayotgan ma’naviy va iqtisodiy yordamini min-
nat qilmaslik;
5) Tavallud, bayram va xayit kunlarida yo‘qlab turishni kan-
da qilmaslik;
6) Keksa ota-onalarga alohida g‘amxo‘rlik qilish, shirin muo-
malada bo‘lish, orzu-niyatlarining amalga oshishida yordam berish;
7) Vaqt-soati yetib, bandalikni bajo keltirsalar, izzat-ikrom
bilan oxirgi manzilga kuzatish, ma’rakalarini kamtarona, dabda-
basiz, qarindosh-urug‘lar, uni bilgan, hurmat qilgan eng yaqin
odamlar bilan o‘tkazish. Ularni doimo xotirlab, haqlariga duo
qilib yurish.
8.3. Oila muhitining bola tarbiyasiga ijobiy ta’siri
Bola ota-onasining hayot mazmuniga aylanganidek, ota-ona
ham bolaning hayot mazmunini tashkil etadi. Ya’ni ota-onaning
farzandiga bo‘lgan mehr-muhabbati javobsiz qolmaydi. Bola ham
ota-onasini juda yaxshi ko‘radi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimiz-
dek, oila his-tuyg‘ularga boy bo‘lgan muqaddas maskandir. Shu
nuqtayi nazardan, bola tarbiyasiga muhim ta’siri bo‘lgan omil-
lardan biri sifatida oilani ko‘rsatish mumkin. Go‘daklarni parva-
rishlash va tarbiyalash ota-ona uchun ham haq-huquq, ham
vazifadir. Bu borada aytilgan ushbu so‘zga quloq solaylik: „Nafa-
singning senda haqqi bordir, oilangning senda haqqi bordir, har
qanday haq egasiga uning haqqini qaytar...“ Bolaning ham ru-
han, ham jismonan ulg‘ayishi uchun eng yaxshi muhit — oila
muhitidir. Bola o‘ziga kerak bo‘lgan mehr, shafqat va e’tiborni
faqat oilasidangina topishi mumkin. Oilada his-tuyg‘ularning
baravar baham ko‘rilishi bola shaxsiyati va uning aqliy jihatdan
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bola bilan birgalikda qilina-
digan ishlar, masalan, birgalikda taom yeyish, o‘yin o‘ynash,
so‘zlashish, televizor tomosha qilish, ertak aytish va hokazolar
bola uchun oilaning qimmatini yanada oshiradi. Bola oiladagi
hurmat-izzat, insonga bo‘lgan e’tiborga qarab xulosa chiqaradi,
tengdosh do‘stlari, kattalar, kichiklar va jamiyatga bo‘lgan o‘z
munosabatini shakllantiradi. Ota-onasining xotirjam hamda bax-


244
tiyorligi — bola uchun xotirjamlik, baxtiyorlik demakdir. Uyda
totuvlik bo‘lsa, bola ham baxtiyor, uyda muammo bo‘lsa, bolada
ham muammo bo‘lishi shubhasizdir. Bu bilan hech qanday mu-
ammosi bo‘lmagan xonadonlar ham bor demoqchi emasmiz,
albatta. Muammolar har joyda, har doim bo‘lishi tabiiy. Mu-
himi, ana shu muammolarni hal qilishdagi muvaffaqiyatimiz va
muammolarga yondashish tarzimizdir. Bolani kaltaklash ham,
uning „tilini topish“ ham ko‘pchilik oilalarda muammolarni hal
qilishning o‘ziga xos yo‘lidir. Odatda, ota-onalar muammoning
yechimini topish uchun turli xil yo‘llarni tutishga urinadilar.
Bizning muammoni hal etish yo‘limiz farzandimizning jamiyat,
do‘stlari va oilada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni
hal qilish uchun namunaviy yo‘l bo‘la oladi. Bolaning oilada
jiddiy qarorlar qabul qilinayotganda faol ishtirok etishi, o‘z
ehtiyoj va xohishlarini bemalol ifoda eta olishi, oila a’zolarining
o‘z his-tuyg‘u va fikrlarini erkin ifoda eta olishlari oilaning ahil
bo‘lishi va oila a’zolari o‘rtasida cheksiz mehr-muhabbat, o‘zaro
hurmat hamda ishonch rishtalarining mustahkamlanishiga za-
min yaratadi. Bunday sharoit oila a’zolarining o‘zlarini to‘la hi-
moyada his qila olishi va sog‘lom muhitning shakllanishida muhim
rol o‘ynaydi. Bolalar huquqi va imkoniyatlari cheklanmagan,
o‘zlarini erkin his etadigan oilalarda har doim yaxshi niyat,
o‘zaro tushunish va hamkorlik, kelishuv, his-tuyg‘ularni o‘r-
toqlashish, fidokorlik, samimiyat va mehr, kelajakka ishonch
kabi qadriyatlar hukmron bo‘ladi. His-tuyg‘u va fikrlarini ifoda
eta olmaslik oila a’zolarining oila muhitidan bezishi, behuzur
bo‘lishi, o‘z qobig‘iga berkinib olishi va buning uchun o‘zini
aybdor his etishi kabi noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Qo‘rquv, bezovtalik, nafrat va tushkunlik kabi sifatlar bunday
oilalarda yashayotgan bolalarga xos alomatlardir. Bola uchun eng
zaruriy oziqa unga beriladigan mehrdir. Har qanday sharoitda
ham bolaga gapirilgan so‘z chin ko‘ngildan ifoda etilmasa, hech
qanday oila muhiti va hech qanday ta’lim-tarbiya ijobiy natija
bermaydi. Farzandlar ma’lum bir yoshga kirguncha qilingan
amallari uchun vaqt-soati kelib hisob bermasliklari va qo‘rquv
hissining ularga hech qanday aloqasi yo‘qligi uqtirib borilsa,


245
istalgan natijaga erishish mumkin bo‘ladi. Biz esa, aksincha,
farzandlarimizni yoshligidanoq turli xil so‘zlar bilan qo‘rqita
boshlaymiz. Butun hayotimizni qo‘rquv poydevori ustiga bino
qilishga harakat qilamiz. Qo‘rquv poydevori uzra bino etilgan
bunday ta’lim-tarbiya va anglash tarzi mehr-muhabbat paydo
qila olmaydi. Bunday anglash tarzi bola shaxsiyati rivojlana
boshlagan 4 — 5 yoshdan to maktabgacha, ya’ni u 7 yoshga
kirgunga qadar oilada berilgan tarbiya vositasida hayotini to‘kis
tarzda davom ettira olmasligini yaqqol ko‘rsatib turadi. Shu
o‘rinda allomalarimizning „Bola boshidan“, degan hikmatli so‘zi
asosida bir hikoyani bayon qilmoqchimiz: „Ibn Sino qishloqda
yashab, tabiblik qilar ekan. Kunlardan bir kun shu qishloqlik
bir yigit bilan bir qiz turmush qurishibdi. Ular yaxshi hayot
kechirishibdi. Oradan to‘qqiz oy o‘tgach, farzand ko‘rishibdi.
Biroz vaqtdan so‘ng, ular bir-biriga maslahat qilishibdi: „Bola-
mizni qanday tarbiya qilamiz? Uni shunday tarbiya qilaylikki,
katta bo‘lganda el-yurtga foydasi tegadigan chin inson bo‘lsin“,
debdi eri. „To‘g‘ri aytasiz, men ham shuni o‘ylab turgan edim.
Yaxshisi Ibn Sinodan so‘rab qo‘ya qolaylik“, debdi xotini. Bu
gap eriga ma’qul tushibdi. Er-xotin bolani ko‘tarib, Abu Ali ibn
Sinonikiga kelishibdi. U bir kichik, tor kulbada yashar, ammo
dong‘i olamga ketgan olim ekan. Abu Ali ibn Sino er-xotinni
yaxshi kutib olibdi. Nima ish bilan kelganliklarini so‘rabdi. „Bo-
lamizning tarbiyasi haqida maslahat bersangiz. Toki katta bo‘l-
gach, el-yurtga foydasi tegadigan bo‘lsin“, debdi eri. „Qachon
tug‘ildi?“ deb so‘rabdi Ibn Sino. „Erta bilan tug‘ildi“, erining
o‘rniga xotini javob beribdi. „Ey azizlar, bola erta tongda tug‘ilgan
ekan, hozir choshgoh bo‘ldi, kechikibsizlar. „Niholni boshdan,
bolani yoshdan“, deb bekorga aytishmagan, axir. Bola tug‘ilishi
bilan uning tarbiyasi haqida qayg‘urish kerak“, debdi Ibn Sino.
8.4. Oilada bolalarni mehnatga o‘rgatish
Vatanimiz xalqlari jamiyat qurishning aniq vazifalarini hal
qilishga zo‘r g‘ayrat va shijoat bilan kirishdilar. Jamiyat a’zola-
rining ongi va madaniyatini o‘stirmasdan turib, eng yuqori da-
rajadagi mehnat unumdorligini vujudga keltirishga, ijtimoiy mu-


246
nosabatlarni rivojlantirishga va turmush qoidalarini o‘rnatishga
erishib bo‘lmaydi. Jamiyat a’zolarining ongliligi yuqori bo‘lsa,
ularning ijodiy faolligi to‘la va keng ko‘lamda avj olsa, biz „Ta’-
lim to‘g‘risida“gi qonun, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“
mohiyatini tez va muvaffaqiyatli amalga oshiramiz.
Mehnat — insonning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘-
lib, hayot kechirishining asosiy shartidir. Mehnat tufayli inson
o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini amalga oshiradi. In-
sonning o‘zi esa, mehnatkash bo‘lib, u tufayli o‘zining iste’do-
di, qobiliyati, layoqatini namoyon etadi. Mehnat jarayonida in-
sonning dunyoqarashi kengayib, bilim saviyasi oshib, o‘z-o‘zini
jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllantirib boradi. Har bir in-
son bitta kasbni yoki bir necha kasb-hunarni egallashi mumkin.
„Bir yigitga qirq hunar ham oz“ degan maqolning mazmunida
ham bir necha kasbni egallash hayotiy ehtiyoj ekanligiga ishora
bor. Har bir kasbning, hunarning o‘ziga xos mashaqqati va lazzati
bo‘ladi. Uning mashaqqatini matonat, tinimsiz izlanish, sabr-
toqat bilan yenggan insongina lazzatidan bahra oladi. Yoshlikda
puxta egallangan hunar, mehnat malakalari inson umrining oxiri-
gacha rohat-farog‘at turmush kechirishning garovidir. „Hunarli
er xor bo‘lmas, burda nonga zor bo‘lmas“, „Hunarli yigit meva-
li daraxt“ kabi maqollarda ham rizq-nasibaning butunligi hunar
orqasidan bo‘lishiga ishora bor. Hunar shunday katta, mangu
boylikki, uni yondirish ham, yo‘q qilish ham mumkin emas.
Oilada yoshlarning kasb-hunar egallashlarida ustoz-shogird
an’analariga rioya etmoq zarur. Chunki ustoz ko‘rmagan hunar-
mandning ishida unum bo‘lmaydi, hunarning sir-asrorlarini
mukammal bilmaydi, yaratgan mahsulotining sifati yomon yoki
xaridorgir bo‘lmaydi. Oilada farzandning u yoki bu hunarning
egallashida birinchi ustoz ota-onadir. Ota-onadan o‘zi sevgan
hunar haqida dastlabki ma’lumotni olgan farzand, albatta, shu
hunarning mohir ustasidan ta’limni olmog‘i zarur. Xalqimiz ayt-
ganidek: „Ustoz ko‘rmagan shogird ming maqomga yo‘rg‘alar“.
Ustozning shogirdga nisbatan qattiqqo‘lligi, talabchanligi,
rag‘batlantirishi yoki jazolashi uning kelajakda mohir hunar
sohibi bo‘lib shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shogirdga


247
nisbatan o‘ta mehribonlik, ayash, yuz-xotirchilik uni o‘rtami-
yona hunarmand qilib qo‘yadi. Shuning uchun ustoz o‘zida mav-
jud bilimni shogirdi ongiga sabr-toqat bilan singdirishi, o‘zidan
so‘ng uning hunarini davom ettiruvchi haqiqiy shogird yetishti-
rishga harakat qilmog‘i lozim. Hunar egallagan, mehnatdan
bo‘yin tovlamaydigan odam jamiyatda qadr topadi. Xalq ichida
obro‘-e’tibor, mansab pillapoyalariga chiqish ham halol meh-
nat, hunar sirlarini mukammal egallash natijasidir. Shuning
uchun ham xalqimiz „Mehnat qilgan elga aziz“ deydi. O‘zbek
xalqi azal-azaldan kasb-hunari, mehnatsevarligi, halol va pokligi
bilan dunyoga tanilgan. Xalqimizning zargarlik, naqqoshlik,
duradgorlik, sartaroshlik, o‘ymakorlik, kulolchilik, bog‘bonlik,
chorvadorlik, chevarlik, kashtado‘zlik, to‘quvchilik, do‘ppi-
do‘zlik, ganchkorlik, sandiqsozlik, beshiksozlik, etikdo‘zlik kabi
yuzlab hunar mahsulotlari o‘zining betakrorligi, go‘zalligi,
maftunkorligi bilan dunyo xalqlarini lol qoldirib kelmoqda.
Oilada tarbiyalanayotgan har bir farzandga o‘ziga xos va mos
hunar ilmini o‘rgatish ularning kelgusi farovon turmushini
ta’minlash demakdir. O‘g‘il bolalar qadim-qadimdan chorva-
chilik, dehqonchilik, duradgorlik kabi og‘ir jismoniy mehnat
talab etuvchi hunar bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, qizlar kash-
tachilik, do‘ppido‘zlik, jiyakdo‘zlik, tikuvchilik kabi nafis did,
mahorat, san’at talab etadigan hunar bilan mashg‘ul bo‘lganlar.
Yoshlarni turmushga tayyorlashning asosiy mezoni ham ularga
kasb-hunar sirlarini puxta o‘rgatishdan iborat bo‘lgan. Ushbu
mezon mustaqillik sharoitida ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani
yo‘q. Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan „Ta’lim to‘g‘-
risida“gi qonun, „Kadarlar tayyorlash milliy dasturi“ mohiya-
tida ham yosh avlodni mehnatsevar, bir necha kasb-hunar sir-
larini egallagan, ma’naviy va jismoniy barkamol kishilar qilib
tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida hunarli bo‘lish hayotiy ehtiyojdir. Uni qunt bilan
egallashda oila, mahalla, maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim
tizimidan katta mas’uliyat talab etiladi.
Hayotda shunday ota-onalar ham uchraydiki, farzandining
mayli, qobiliyati, qiziqishini hisobga olmasdan, uni o‘zlari ma’-


248
qul ko‘rgan kasbni egallashga majbur qiladilar. Natijada bu
kasbni xohishsiz, qiziqishsiz o‘rgangan farzand o‘z kasbi bo‘yi-
cha chuqur bilimsiz, layoqatsiz bo‘lib, ota-ona hurmati uchun
shunchaki mehnat qiladi yoki umuman boshqa soha bo‘yicha
ishlaydi. Uning qilgan mehnatida unum va sifat bo‘lmaydi. Bun-
day kasb egasidan jamiyat ham, oila ham manfaat ko‘rmaydi.
Hunarning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi, muhimi tanlangan kasb-
hunarga mehr-muhabbat qo‘yishdir, uning sir-asrorlarini chu-
qur o‘rganishga intilishdir. Ota-onaning boyligi, mansabi hech
kimga hech qachon vafo qilmagan. Boshga musibat tushganda,
turmushda qiyinchiliklarga duch kelganda uni faqat qo‘lidagi hu-
nari, mehnati asrab qoladi. Har bir inson egallagan hunarning
muvaffaqiyatini ta’minlovchi talablar mavjud. Ular: bugungi
ishni ertaga qoldirmaslik, chunki ertaga bajarish lozim bo‘lgan
boshqa ishlar ham bor. Mehnat taqsimotida nomutanosiblik
paydo bo‘lmasin desangiz, har kunlik ishni o‘z vaqtida qilishni
odatlanish kerak. Qisqa muddatda, shoshib, pala-partish bajaril-
gan ishning umri qisqa va sifati yomon bo‘ladi. Siz yaratayotgan
mahsulot diqqat-e’tibor bilan, butun mahoratni ishga solib ya-
ratilgan taqdirda, u go‘zal va umrboqiy bo‘ladi. Aks holda meh-
natingiz zoye ketadi. Yaxshi kayfiyat bilan amalga oshirilgan ish
naqadar murakkab bo‘lmasin, u yengil va sifatli bajariladi. Egal-
langan hunar sirlari bilan qanoatlanmaslik zarur. Balki uning
ochilmagan qirralarini doimo izlash, taraqqiy ettirish, o‘z ustida
tinimsiz ishlash va mehnat qilish mohir mutaxassis bo‘lib yeti-
shishning muhim omilidir.
Har bir kasb-hunar poklik, rostgo‘ylik, ishonch, va’dada
turish, xiyonat qilmaslik, tarozida aldamaslik, mehnat madani-
yatiga xilof ish qilmaslikni talab etadi.
Bola ilk mehnat malakasini oilada o‘z-o‘ziga xizmat qilish, uy
ishlarida kattalarga yordam berish, qo‘lidan keladigan ishlarni
bajarish jarayonida egallaydi. Ota-ona, qarindosh-urug‘ va bosh-
qalar mehnatini qadrlash va hurmat qilish ko‘nikmasi oilada
tarkib topadi. Bolalar 5 — 6 yoshdan boshlab uy ishlarini baja-
rishga kirishadilar. Ilgari ota-bobolarimiz farzandlarini kattalar-
ning hurmati uchun o‘rnidan turib salom berish, qo‘liga suv


249
quyish, umuman, kattalarni izzat-hurmat qilish ruhida tarbiya-
laganlar. Ro‘zg‘orda ularga „Bir ko‘ylak ortiq kiyganni hurmat
qil“ degan naql doimo uqtirilgan. Keyinchalik oila qurganda ham
otalarining ruxsatisiz, maslahatisiz ayrim ishlarni o‘zlari bajara
olmaganlar ham. Mehnat tarbiyasi oilada juda erta boshlangan.
Chunki ro‘zg‘orda bolalarning mehnati doimo kerak bo‘lgan.
Kattalar bolalar qilgan xatolarni doimo tuzatib, mehnat jara-
yoni turli bajarilishini kuzatib borishgan.
Oilaning qut-barakasi, hamjihatligi, hamkorligi a’zolarning
kasb-hunar malakalarini egallaganliklari va mehnat taqsimotini
adolatli yo‘lga qo‘yishga bog‘liqdir. Oilada ro‘zg‘or yumushlari oila
a’zolari jinsi, yoshi, qobiliyati, mehnatga munosabatlariga qarab
to‘g‘ri taqsimlanmog‘i zarur. Oila boshliqlarining ro‘zg‘or yu-
mushlarini faqat o‘zlari bajarishlari bolani ishyoqmas, yalqov
takabbur, ota-ona mehnatini qadrlamaydigan bo‘lib o‘sishlariga
sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham ro‘zg‘or va xo‘jalik ishlarida
ota-ona bilan bir qatorda o‘g‘il-qiz, kelinning ham o‘z burch
va vazifalari mavjud, ularni to‘liq ado etish har biridan o‘z
burchlariga mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi. Jumladan,
o‘g‘il otaga bozordan oziq-ovqat, xo‘jalik mahsulotlarini xarid
qilishga, yer chopish, ekin ekish, chorvachilik, dehqonchilik,
polizchilik, qurilish ishlarida, to‘y-tantanalari va motam maro-
simlarini o‘tkazishda, xotin-qizlar uchun og‘irlik qiladigan ish-
larda yordam beradi. Qiz bola esa, onaga hovli va xonalarni
supurib-sidirish, taom tayyorlash, qish mavsumi uchun quri-
tilgan mevalar, turli tuzlamalar, murabbolar tayyorlash, meh-
mon kutish kabi yumushlarda ko‘maklashadi va shu jarayonda
o‘zi ham mustaqil hayotga tayyor bo‘la boradi. Oiladagi mehnat-
ning bajarilish vaqti, mazmuniga ko‘ra turli tarzda amalga oshi-
riladi. Quyidagi mehnat turlari oila a’zolari ichida teng va adolatli
ravishda taqsimlanishi zarur:
— kundalik yumushlar;
— qish, bahor, yoz, kuzda bajariladigan mavsumiy ishlar;
— oilaviy marosimlar (mehmon kutish, to‘y va bayram tan-
tanalari, motam va xotirlash marosimlari)ga tayyorgarlik ko‘rish
va ularni nishonlash bilan bog‘liq yumushlar;


250
— mahalla, jamoatchilik hamkorligida amalga oshiriladigan
ommaviy tadbirlar (hashar, obodonlashtirish ishlari, umum-
xalq bayramlariga tayyorgarlik) bilan bog‘liq yumishlarda ishti-
rok etish.
Ba’zan ota-ona topshiriqni so‘zsiz, toza, vijdonan bajaradi-
gan farzandga oilaning aksariyat yumushini topshiradi. Erinchoq
topshirilgan vazifani qo‘l uchida „Mendan ketguncha, egasiga
yetguncha“ qabilida bajaruvchi loqayd, ishyoqmas farzand esa
chetda qoladi. Yoki ota-ona shu o‘g‘lim yoki qizimga buyurgu-
nimcha o‘zim bajarganim ma’quldir, deb, farzand qilishi zarur
bo‘lgan yumushlarni ham o‘zlari bajaradilar. Natijada bunday
farzandlar ota-onani qadrlamaydigan, ishyoqmas, hayot qiyin-
chiliklariga bardoshsiz, oila yuritishga tayyor emas, og‘irning us-
tidan, yengilning ostidan yuradigan, mehnatni sevmaydigan
bo‘lib o‘sadilar. Natijada uddaburon farzand bilan hech narsa
qo‘lidan kelmaydigan farzand, ota-ona, qaynana-qaynata, qa-
yin uka-singil, opa, aka va kelin o‘rtasida nizo paydo bo‘ladi.
Oilada mehnat madaniyatiga rioya etish uning samarador-
ligini ta’minlovchi muhim omildir. Bolaga yoshligidanoq mehnat
madaniyatini o‘rgatib borish ishida tartib bo‘lishini talab qilish
muhim. Masalan, ota-ona quyidagi oddiy, lekin zaruriy narsa-
larni boladan talab etmog‘i zarur: „Ishlayotgan joyingni yelim
bilan iflos qilmaslik uchun qog‘oz to‘sha, yaxshisi, maxsus tax-
tacha ishlat, ishing tamom bo‘lganidan keyin cho‘p-xaslaringni
yig‘ishtir! Yelimni barmog‘ing bilan emas, maxsus cho‘p yoki
mo‘yqalam bilan surka!“ „Tikish ishlariga kirishishdan oldin
qo‘lingni yaxshilab yuv! Ovqat pishirishga yordam qilganingda
yoki idish-tovoq, pol yuvganda belingga fartuk tut, soching xa-
laqit bermasligi uchun boshingga maxsus qalpoqcha kiy yoki
ro‘mol o‘ra!“ „Ishni tamom qilganingdan so‘ng mehnat qurolla-
ringni tartib bilan yig‘ishtir, o‘rni-o‘rniga qo‘y (chelak, bolg‘a,
arrachalarni ma’lum bir joyga qo‘y)!“ „Ið, igna, qaychi, pichoq,
qog‘oz, lattalarni bir qutichaga solib qo‘y!“ „Ish kiyimlaringni
ma’lum bir joyga osib qo‘y! Ishdan keyin yuz-qo‘llaringni yu-
vib, art! bironta ish qilishga kirishar ekansan, albatta, ish davo-
mida kerak bo‘ladigan narsalarni oldindan tayyorlab qo‘y!“


251
Bu talablarni bajarishda ota-onaning o‘zi ham bolaga namuna
ko‘rsatishi kerak. Mehnat madaniyatini egallash, ish qurollarini
ma’lum joyda, ma’lum tartibda saqlash, saranjom bo‘lish vaqtni
tejash, ishni tez, sifatli va ozoda bajarishda juda muhim ekanini
bolaga tushuntirish zarur. Xonadonning har bir a’zosi o‘z zim-
masidagi vazifani rejali, to‘g‘ri tashkil etsa, mehnat qurollari-
dan ehtiyotkorlik bilan foydalansa, ro‘zg‘or buyumlarini avay-
lab-asrasa, vaqtdan unumli foydalanish malakasiga ega bo‘lsa,
ish o‘rnini saranjom-sarishta saqlasa, pala-partishlikka, isrof-
garchilikka yo‘l qo‘ymasa, har bir yumushni did, qunt, sabr-
matonat bilan amalga oshirsagina u mehnati natijalaridan huzur-
halovat topadi. Xalq maqollarida aytilganidek: „Mehnat rohat-
ning poydevoridir“, „Rohatning onasi — mehnat“, „Halol meh-
nat — huzur-halovat“, „Suvsiz hayot bo‘lmas, mehnatsiz — ro-
hat“, „Mehnatsiz rohat bo‘lmas, tashvishsiz — ne’mat“, „Ha-
lol mehnat — yaxshi odat, berur senga saodat“. Oilaning har
bir a’zosi zimmasidagi vazifa umumiy maqsadni ko‘zlab tashkil
etilgan va uning natijalaridan barcha oila a’zolari bahramand
bo‘lgan taqdirdagina unday mehnat foydali hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar
1. Oila tushunchasiga izoh bering.
2. Oilaning bola tarbiyasida tutgan o‘rni.
3. Jamiyatda oilaning o‘rnini izohlang.
4. Oila tarbiyasida ota-onaning vazifalari nimalardan iborat?
5. Oila muhitining bola tarbiyasiga ijobiy ta’siri.
6. Oilada bolalarni tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodidan namunalar
keltiring.
7. Oilada farzandning vazifalari nimalardan iborat?
8. Maktab, mahalla, jamoatchilik va oilaning ma’naviy yuksalish-
dagi o‘rni.


252
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
I. A. Karimov.
O‘zbekiston: o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. - T.,
„O‘zbekiston“, 1992.
2. „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonun va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“.
T., 1997.
3.
I. A. Karimov.
O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. - T., „O‘zbe-
kiston“, 1992.
4.
I. A. Karimov.
„Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch“. - T., 2008.
5.
I. A. Karimov.
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. - T., „O‘zbekis-
ton“, 1995.
6.
Kaykovus.
„Qobusnoma“. - T., „O‘qituvchi“, 1986.
7.
O. Bo‘riyev.
Oila va yangi an’analar. - T., „O‘qituvchi“, 1988.
8. Oila etikasi va psixologiyasi (T. Maqsudov tahriri ostida). T., „O‘qi-
tuvchi“, 1991.
9.
T. Javliyev.
An’analar — hayot sabog‘i. - T., „O‘zbekiston“, 1992.
10.
A. Avloniy.
Turkiy Guliston yohud axloq. - T., „O‘qituvchi“, 1992.
11.
X. Uzoqov, E. G‘oziyev, A. Tojiyev.
Oila etikasi va psixologiyasi. - T.,
„O‘qituvchi“, 1992.
12.
J. Yo‘ldoshev, S. Hasanov.
„Avesto“da axloqiy-ta’limiy qarashlar. -
T., „O‘qituvchi“, 1992.
13.
M. Imomova.
Farzand — nihol, ota-ona — bog‘bon. - T., „O‘qituv-
chi“, 1993.
14.
I. Jo‘rabekov.
Yangi O‘zbekiston — yangi qadamlar. - T., „O‘zbe-
kiston“, 1994.
15.
A. J. Jo‘rayev.
Tarbiyaviy darslarni o‘tish. -T., „O‘qituvchi“, 1994.
16.
A. K. Munavvarov.
Oila pedagogikasi. - T., „O‘qituvchi“, 1994.
17.
U. Mahkamov.
Axloq-odob saboqlari. - T., „Fan“, 1994.
18.
M. Xaydarov.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning mehnat
tarbiyasida xalq an’analaridan foydalanish. - T., „Yozuvchi“, 1995.
19.
O. To‘rayeva.
Odobnoma. - T., „O‘qituvchi“, 1995.
20.
J. Yo‘ldoshev.
Ta’limimiz istiqboli yo‘lida. - T., „Sharq“, 1996.
21.
Z. Qo‘ziyev.
Sinf rahbari ishini tashkil etish va rejalashtirish. - T.,
„O‘qituvchi“, 1997.


253
22.
M. Imomova.
Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. - T.,
„O‘qituvchi“, 1999.
23.
J. Yo‘ldoshev.
O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirish. - T., „Sharq“,
2000.
24.
R. Mavlonova, O. To‘rayeva, K. Xoliqberdiyev.
Pedagogika. -T.,
„O‘qituvchi“, 2002.
25.
J. Yo‘ldoshev, S. Usmonov.
Pedagogik texnologiya asoslari. -T.: „O‘qi-
tuvchi“, 2004.
26.
Z. D. Baubekova
Tarbiyaviy ishlar metodikasidagi ko‘rsatmalar. - T.
1991.
27.
J. G‘. Yo‘ldoshev.
O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirish (qo‘llan-
ma), T., 2000.
28.
M. Mahkamov
„Bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqot ma-
daniyatini shakllantirish“ nomzodlik dissertatsiyasi. T., 2005.
29.
Z. Qurbaniyazova.
„Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyalanuvchilarda
milliy o‘zlikni anglashni shakllantrishning pedagogik asoslari“ nom-
zodlik dissertatsiyasi. T., 2002.
30.
M. Quronov.
Milliy tarbiya. Monografiya. T., 2004.
Internet saytlari:
www.bilimdon.uz
www.ziyonet.uz
www.google.ru


254
M U N D A R I J A
Kirish ............................................................................................. 3
I bob. Ta’lim va tarbiya tizimi
........................................................ 5
1.1. I. A. Karimovning ta’lim tizimidagi islohotlari va
barkamol insonni ma’naviy tarbiyalash masalalari ............... 5
1.2. Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari ....................................... 12
1.3. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati ............................ 23
1.4. Ma’naviy qadriyatlar — ta’lim-tarbiyaning omili .................. 32
1.5. Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati ...... 38
1.6. Intellektual salohiyatli barkamol avlodni shakllantirish ...... 45
1.7. Ta’lim tizimida o‘quvchilarning intellektual
imkoniyatlarini rivojlantirish ................................................ 53
II bob. Jamoa. Jamoani tashkil etish metodikasi
........................ 63
2.1. Jamoada shaxsni tarbiyalash ................................................. 63
2.2. Jamoani rivojlanishida tarbiya usullari .................................. 67
2.3. Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik
texnologiyalarning o‘rni ....................................................... 71
III bob. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish
...................................... 77
3.1. Tarbiyaviy ishlarning maqsadi, vazifalari va yo‘nalishlari .. 77
3.2. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va rejalashtirish ................ 79
3.3. Zamonaviy maktab direktorining vazifasi ............................ 83
3.4. Pedagoglarning kasbiy faolligini oshirishda rahbarning
vazifalari ................................................................................ 87
3.5. Maktabda to‘garak ishlarini tashkil etish .............................. 89
IV bob. Tarbiyaviy ishlar tizimida texnologiyalar
......................... 94
4.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
Konsepsiyasi .......................................................................... 94
4.2. Tarbiya texnologiyasi asoslari ............................................... 95
4.3. Tarbiya texnologiyalari ......................................................... 107
4.4. Tarbiya maqsadini ishlab chiqish ........................................ 108
4.5. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish ....................................... 113
4.6. Tarbiya tizimiga pedagogik yondashuv .................................. 117
4.7. Tarbiya tizimida innovatsiyalar ............................................. 122
4.8. Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash .............. 141
V bob. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
............ 145
5.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning
maqsadi va vazifalari ............................................................ 145
5.2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni
tashkil qilishning nazariy asoslari ...................................... 148


255
5.3. Sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari .................. 152
5.4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga
oshirishda direktor o‘rinbosarining ish metodikasi ............ 159
5.5. Maktabda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish
metodikasi ............................................................................ 164
5.6. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni
rejalashtirish metodikasi ...................................................... 167
VI bob. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining
ish metodikasi
................................................................... 171
6.1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining o‘rni ..... 171
6.2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada sinf rahbarining faoliyati ......... 177
6.3. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini
oshirishga qo‘yilgan talablar ................................................. 180
6.4. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbari
ishini takomillashtirish ........................................................ 182
6.5. Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini
oshirish usullari ................................................................... 185
6.6. O‘quvchilarni pedagogik kuzatish metodikasi ..................... 189
6.7. Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash .................. 191
6.8. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni
mustahkamlash ..................................................................... 194
6.9. O‘quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash .......................... 198
6.10. Sinf rahbari ishini rejalashtirish ......................................... 202
6.11. Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosarining vazifalari ..................................................... 206
VII bob. Mahalla, oila va maktab hamkorligining uzviyligini
ta’minlash
........................................................................ 211
7.1. Mahalla tarixi ..................................................................... 211
7.2. Mahalla — demokratiya beshigi ............................................. 212
7.3. O‘quvchilarni mehnatsevarlikga o‘rgatishda maktab,
oila va mahalla hamkorligi .................................................. 214
7.4. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahorat
va uning asosiy tamoyillari ................................................. 220
7.5. Oila, maktab, mahalla hamkorligining shaxs
ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni ................................. 226
VIII bob. Oila — millat va jamiyat tayanchi
................................ 232
8.1. Oila va jamiyatning inson hayotidagi o`rni ........................ 232
8.2. Oila tarbiyasida ota-onaning o‘rni ....................................... 239
8.3. Oila muhitining bola tarbiyasiga ijobiy ta’siri ...................... 243
8.4. Oilada bolalarni mehnatga o‘rgatish ..................................... 245


Toshkent — 2014
Muharrir 
S. Xo‘jaahmedov
Badiiy muharrir 
D. Mulla-Axunov
Texnik muharrir 
T. Greshnikova
Kompyuterda sahifalovchi 
S. Xo‘jaahmedov
Original-maketdan bosishga ruxsat etildi 03.03.2014.
Bichimi 60
×
84
1
/
16
. Garn. Tayms. Kegli 11, 10 shponli.
Ofset bosma usulida bosildi. Ofset qog‘ozi. Bosma t. 16,0.
R. A. MAVLONOVA, N. X. RAHMONQULOVA,
B. A. NORMURODOVA, K. O. MATNAZAROVA
TARBIYAVIY ISHLAR
METODIKASI
Darslik

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə