Tanaka kabinetini agressiv siyosati



Yüklə 9,41 Kb.
tarix24.02.2018
ölçüsü9,41 Kb.
#27716

Aim.uz

Tanaka kabinetini agressiv siyosati.

1924-1926 yillarda yapon iqtisodiyotini jonlanishi vaqtinchalik xarakter kasb etdi. Jahon iqtisodiy krizisi yaqinlashib kelayotgan bir sharoitda iqtisodiyot va moliyadagi turg‘unlik Yaponiyada 1927 yili moliyaviy krizisga aylandi. Bir qator yirik banklar va ular bilan bog‘liq firmalarni sinishi Vakatsuki hukumati krizisini keltirib chiqardi. 1927 yil aprelda xokimiyatga Seyyukay partiyasi lideri general Tanaka boshchiligi-dagi hukumat keldi.

Moliyaviy krizis mehnatkashlarni shunday ham og‘ir bo‘lgan ahvolini og‘irlashtirdi. Ishlab chiqarishni yanada ratsionalizatsiyalash ommaviy ishdan bo‘shatishlarni keltirib chiqardi. Ishsizlik xavfidan foydalanib tadbirkorlar ekspluatatsiyani kuchaytirishlari va ish haqini pasaytirishlari mumkin edi.

Monopoliyalarni xujumiga qarshi kurashga ishchi siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari boshchilik qildilar. Ayniqsa bu kurash hukumatni bankrotga uchragan, singan bank va firmalarga yordam berish maqsadida soliqlarni ko‘paytirish, imqirozli xolatni barcha ogirligini mehnatkashlar gardaniga yuklashga intilish munosabati bilan jonlandi, faollashdi. Bu yillarda Yapo-niyada sinfiy kurashning keskinlashuvi yangi formada-zavod va fabrikalarda ishchilar delegatlari yigilishlarini tashkil qilish shaklida namoyon bo‘ldi.

Tanaka hukumatini xokimiyatga kelishi ichki va tashqi siyosatda reaksiyani oshkora kuchayganligini bildirdi. Hukmron guruhlarda Yaponiya mehnatkashlar ommasiga oshkora hujum qilishni, Xitoyga qarshi agressiyani talab qiluvchilarni qo‘li baland kela bordi.

1927 yili 25 iyulda bosh vazir tomonidan imperatorga taqdim qilingan mahfiy memorandum “Tanaka memorandumi”da yapon imperializmining dunyoga hukmronligini qo‘lga kiritish dasturi o‘z ifodasini topgandi. Memorandumda qayd qilingan bosqinchilik rejalarida sobiq SSSRga xujum qilish, Amerika Qo‘shma Shtatlarini tor-mor keltirish rejalari ko‘zlangan edi.

Tanaka kabineti ulkan bosqinchilik rejalarini amalga oshi-rishni 1928 yil bahorida yapon qo‘shinlariii Shandunga tushi-rishdan boshladi. Yapon qismlari Shandun provinsiyasini poytaxti Szinanni egallaydilar. Shandunga qo‘shinlarning kiriti-lishi Yaponiyani Xitoyga qarshi oshkora qurolli intervensiya uyushtirishga urinishi bo‘ldi. Sobiq Sovet hukumati Yaponiya xatti-harakatlarini qoralab chiqdi. Uning bu qo‘llab-qo‘vvatlashi va xitoy xalqining qaxramona kurashi Yaponiyaning Shandundagi harbiy avantyurasini barbod bo‘lishida muhim rol o‘ynadi. 1928 yil avgustida Tanaka kabinsti Shandun xududidan qo‘shinlarni chiqara boshladi.

1928 yil fevralida 1925 yilgi saylov qonuni bo‘yicha saylovlar o‘tkazildi. Ular yapon aholisining demokratik kayfiyatdagi qismi ustidan politsiyani qattiq taziyqi, progressiv kuchlarga nisbatan oshkora katag‘on, korrupsiya, deputatlarni ochiqchasiga sotib olish vaziyatida o‘tdi. Shunga qaramay ishchi-dehqon partiyasi (Ronoto) 200 ming ovoz oldi. Parlamentga ronotodan ikki nomzod saylandi, xususan mehnatkashlarni yapon parlamentidagi birinchi vakili Yamomoto Sendzi saylandi. U parlamentda so‘zlagan nutqlarida politsiyachilik davlati vakillarini yovuzliklarini qo‘rqmasdan fosh etib tashlaydi. Yamomoto Sendzi kompartiyaga a’zolik uchun o‘lim jazosini ko‘zda tutuvchi jamoat tartibini saqlash haqidagi qonunga qarshi chiqadi. Parlamentda nutq so‘zlagan kunning ertasiga u yollanma qotil tomonidan o‘ldirildi.

1928 yil martda ishchi partiyalari deputatlari tomonidan xukumat siyosatini fosh etish uchun parlamentni kuyi palatasida parlament fraksiyasi sifatida faoliyat yuritishi kerak bo‘lgan hamkorlikda harakat qiladigan komitet tuziddi. Saylovlarda demokratik kuchlarning muvaffaqiyati hukmron doiralarga mamlakatda uning agressiv siyosatiga qarshi kurash olib bora oladigan kuch o‘sib borayotganligini ko‘rsatdi.

YAKPni Xitoyga nisbatan yapon intervensiyasiga qarshi qaxramona kurashi, faol harakat qiluvchi Xitoy ishlariga aralashmaslik Umumyapon ligasini tuzilishi, Ronoto va Xyogikay boshchiligida ishchilar masalasi bo‘yicha qonun qabul qilish uchun avj olgan ommaviy kurash, Saylov kompaniyasida YAKPni keng miqyosda ishtirok etishi - bularning barchasi yapon adabiyotida “15 mart bo‘roni” sifatida ma’lum bo‘lgan xodisani yuzaga kelishini tezlatgandi.



1928 yil 15 mart tongda bir vaqtning o‘zida yirik markazlarda — Tokio, Osaka, Kiotoda undan keyin butun mamlakat bo‘ylab qamoqqa olishlar o‘tkazildi. Bu politsiya qatag‘onlari rasmiy ji-xatdan kompartiyaga qarshi qaratllgan bo‘lsada, lekin amalda bir necha ming qamoqqa olinganlar orasida YAKP a’zolari (1600 kishi) bilan birga ko‘plab kasaba uyushmalar faollari va ilgor kayfiyatdagi mehnatkashlar turmalarga tashlandilar.

1928 yil aprelida hukumat uchta inqilobiy tashkilotni - Ronoto, so‘l kasaba uyushmalar birlashmasi Xyogikay va proletar yoshlari Umumyapon Ligasinn tahqiqlash haqida farmon e’lon qildi. Qatag‘onlarga xatto YAKP bilan aloqasi bo‘lmagan ijtimoiy muammolarni o‘rganish studentlar ligasi va boshqa tashkilotlar ham tortildi.
Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə