Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan talablar slayd


Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 19,43 Kb.
səhifə4/8
tarix30.12.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#164774
1   2   3   4   5   6   7   8
Talabalar bilimini nazorat qilish usullari

Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: talabalarda Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko'nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; talabalar bilim, ko'nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:
Davlat ta'lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta'minlash; fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatarda o'zlashtirilishini tashkii etish va tahlil qilish; talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalarida samarali foydalanishni tashkii etish; • talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natija-larini vaqtida ma'lum qilish; talabalarning fanlar bo'yicha kompleks hamda uzJuksiz tayyorgarligini ta'minlasn; o'quv jarayonining tashkiliyishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish».
Nazorat qilish vazifasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalar darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o'quv materiallarini o'rganishning keyingi bosqichiga o'tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda ta'lim beruvchining o'quv metodlarini va usullarini to'g'ri tanlaganini nazorat qiladi. O'qitish vazifasi ta'lim oluvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko'rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda ta'lim oluvchilarning o'tilgan mav­zuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo'lgan ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tug'iladi. Chunki, guruhdagi boshqa ta'­lim oluvchilar javob berayotgan ta'lim oluvchining fikrini diqqat bilan tinglashadi va avval egallagan bilimlarini mustahkamlab, qo'shimcha ma'lumotlar bilan boyitishadi. O'rtoqlarining javoblariga qo'shimcha qilishga yoki yechilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali o'rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi. Nazoratning tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, ta'lim oluvchi­lar tekshirishga tayyor bo'lish uchun darslarni o'z vaqtida tayyorlaydilar, bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o'rganadilar.

Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə