Ta’lim mazmuni. Ta’lim metodlari va vositalari. Reja


TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI



Yüklə 85,77 Kb.
səhifə6/6
tarix28.05.2023
ölçüsü85,77 Kb.
#113737
1   2   3   4   5   6
5-ma\'ruza

TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI
REJA:

  1. O’qitish metodlari haqida tushuncha.

  2. O’qitish metodlariga qo’yilidigan pedagogik talablar va ularni guruhlash.

  3. Ta’lim olganlikni tashxis etish

  4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini hisobga olish va baholash

  5. Ta’lim jarayonining shakllari. Dars tiplari va tuzilishi.

Tayanch so’z va iboralar: Metod, usul yo’l, ikki yo’l, ilhomlashtiruvchi so’zlar, majbur etish, og’zaki, ko’rgazmali, amaliy, mustaqil, mantiqiy, nazorat va o’z - o’zini nazorat qilish, muammoli, dasturlash metodlari, Amaliy, mashq, laboratoriya, tajriba, frontal, guruhli, individual, muammoli o’qitish, fikrlash, qidirishga o’rgatish mustaqil. Bilim, ko’nikma, malaka, baholash tizimi, reyting, joriy, oraliq, bosqichli, yakuniy nazorat, sifat mezonlari, davlat ta’lim standartlari va hk.
Keng ma’noda metod yunoncha "Metodost" so’zidan olingan bo’lib, "yo’l", "usul", ”ish uslubi” degan ma’noni anglatadi. Qo’llaniladigan (o’qitish) "metod" - termini kishilarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish, ma’lum ob’yektni o’zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi. O’qitish metodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi usullari tushuniladi.
Ba`zi didaktik metodistlar ta`lim metodlarini o`quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo`li, ayrim olimlar esa, ularni o`qituvchi va o`quvchi faoliyatini o`zaro bog’lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta`lim metodlarini o`quv ishlari majmui, shuningdek, ta`lim mazmuni shaklida qarash g’oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta`lim metodlarining mohiyati, o`quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham eng munozarali muammolardan biri ta`lim metodlari tasnifi masalasidir.
Ularni ta`lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta`lim metodlarini tasnif etishda shu yo`nalishlardan qay biri ma`qul? Yoki ta’lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o`qitish metodlari», «o`qish metodlari» kabi terminlar qo`llanadi. Shunday bo`lgach, «ta`lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? Metod termini yunonchadan tarjima qilinganda ma`lum bir maqsadga erishish yo`li, faoliyat usuli ma`nolarini anglatadi. Ta`lim metodi deganda ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko`ra ta`lim mazmunini o`zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.
Ta`lim metodlari o`quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo`lib, ularsiz ta`lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o`quv materiallari mazmunini o`zlashtirish mumkin emas.
Ta`lim metodlari ham o`quv materiali mazmuniga, binobarin, bolalarning ma`lumoti, taraqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o`qitish, o`qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o`zaro ta`sirning yuzaga chiqishiga yo`nalgan. Ta`lim metodi vositasida o`qituvchi va o`quvchining faoliyati o`zaro muvofiqlashadi. Ta`lim metodi-o`qituvchi va o`quvchilarning ma`lumot mazmuniga yo`nalgan faoliyatini tartibga solish yo`lidir. Ta`lim metodlari tarkiban o`qitish metodlari va o`qish metodlaridan iborat.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida: "Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining maqsadi oshib boradi, televideniya va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi", deb ta’kidlangan.
Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb - hunar)lar va ularni bajarishga odatlantirish masalaga kelganda, bu odatda ikki yo’l bilan hosil qilinadi: bularda birinchisi - qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd-intilish-harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi (usul) yo’l - majbur etish yo’li, bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan ishtiladi. Chunki ular o’z istaklaricha so’z bilan g’ayratga kirishadiganlardan emas, deb ta’kidlagan A.H.Forobiy.
Yu.K.Babinskiy tahriri ostida nashr qilingan «Hozirgi zamon umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitish metodlari» (1990 yil) kitobida o’qitish metodlari quyidagicha turkumlanadi.

  1. O’qitishning og’zaki metodlari.

  2. O’qitishning ko’rgazmali metodlari.

  3. O’qitishning muammoli - izlanishlar va reproduktiv metodlari.

  4. O’qitishning mantiqiy metodlari: induktiv, deduktiv va asoslash mantiqiy metodlari.

  5. O’quvchilarning o’quv faoliyatlarini rag’batlantirish va asoslash metodlari:

a) Bilimga bo’lgan qiziqishni shakllantarish metodlari.
b) Bilim berishdagi burch va mas’uliyatni rag’batlantirish metodlari.
6. O’qitishdagi nazorat va o’z - o’zini nazorat qilish metodlari:
a) Og’zaki va yozma nazorat metodlari.
b) O’quvchilarning tayyorgarliklarini laboratoriya va amaliy yo’llari bilan nazorat qilish metodlari.
c) Mashina vositasida nazorat qilish metodlari.
d) O’z - o’zini nazorat qilish metodlari va h.k.
Ya.A.Komenskiy "O’qitish metodlari bolada qiziqish uyg’otishi uchun uni jonli qiziqarli qilish zarur, o’qitish har qancha jiddiy ish bo’lsa ham, darsni do’stona, qiziqarli vaziyatda, suhbat, musobaqa, topshiriqlarni topshirish shaklida yoki hikoya va masala shaklida o’tish lozim". O’qitish metodi san’at darajasiga ko’tarilishi uchun uni shunday puxta asoslarga qo’yish kerak, “o’qitish hech og’ishmay olg’a qadam tashlasin va o’z natijalarida aldanmasin” - deb yozgandi.
I.G.Pestalossi metodik tanlashda bolaning o’z ichki tabiatini hisobga olgan holda tabiatning adabiy qonunlariga asoslanishi kerak deb hisoblaydi. "Faqat bitta metod, ya’ni tabiatning abadiy qonunlariga to’la asoslanadigan metodgina yaxshidir".
A.Disterveg o’qitishning ikki asosiy metodini bayon qiluvchi va o’stiruvchi metodlarini ajratadi: “Tashqi tomondan farq ikki metod mavjuddir. Biri shundan iboratki, unda o’quvchilarga predmet aytib beriladi: ikkinchisi shundan iboratki, unda o’quvchilar predmetning o’zini yaratishga va shu bilan bir qatorda o’qitishning dogmatik va o’stiruvchi (evristik) metodlarini yaratishga majbur qiladi”.
U ta’lim metodlariga taaluqli ikki qoidani, ya’ni: "Metod tanlashda predmet xususiyati bilan hisoblashmoq kerak" va ”O’qitish metodi o’qituvchi shaxsining o’zi bilan bog’langan", - degan qoidalarni ifodalaydi.
Hozir o’qitish metodlarining samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan biridir.O’qitish metodlarining muvaffaqiyati, samarasi, natijasi ko’proq, o’quvchilar faoliyatining faolligi va mustaqilligini tarkib toptirishga ko’p jihatdan bog’liq. Bu yo’l o’qitish metodlarini takomillashtirishning eng samarali shaklidir. Metod shunday vaqtda samarali bo’lishi mumkinki, o’qituvchi darsda shunday vaziyat, sharoit yaratishi kerakki, ularning mustaqilligini oshirish bilan birga, olayotgan bilimlarni o’zlashtirishda va fikrlashga o’rgatishi zarur.
O’qitish metodlarini takomillashtirish o’quvchi shaxsini, uning dunyoqarashiga, uning pedagogik-psixologik, metodik va maxsus ilmiy jihatidan tayyorgarligiga bog’liq. Ana shunday omillar o’qitish metodlarining samaradorligini oshirish omilllari hisoblanadi.
Yaxshi tayyorgarlik ko’rgan o’qituvchida ma’lum tanlangan metodlarning ustunligini ko’rinadi. Tayyorgarligi kam o’qituvchida buning aksi bo’lishi mumkin.
Maktab ta’lim tizimida o’qitish metodlari bilan birga "metodik usul" va "vosita"lar ham ishlatiladi. Usul - metodning bir qismi bo’lagidir. Masalan, o’quvchining bilimini yozma tekshirish metodiga xatolarni tuzatish usuli kiradi.
Vosita - ma’lum bo’lgan yordamchi o’quv materiali - asbob, qurol va apparatlardan foydalanishdir. O’qitish metodlari dars xarakteriga qarab turli - tuman bo’lishi mumkin. Lekin har bir fanni o’qitishda o’ziga xos umumiy talablarni hisobga olishi kerak. Masalan, fizika, ximiya, biologiya fanlarini laboratoriya mashg’ulotisiz o’qitish mumkin bo’lmaganidek, matematika, ona tili grammatikasini mashq qilmay, misol va masalalar yechmay turib kutilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Aksincha tarix, geografiya darslarida misol va masalalar yechishga hech qanday zaruriyat yo’q.
Ta’lim jarayonida xilma-xil ta’lim vositalaridan foydalaniladi. Ularni foydalanish maqsadi nutqai nazaridan bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ko‘rgazmali qurollar
2. Ta’lim ashyolari (daftar, ruchka, parta,doska, bo‘r va hokazo).
3. Ta’limning texnik vositalari (audio, video universal ham ovoz­li ham tasvirli).
Ta’lim usul va vositalarini tanlash me’yorlari.
O‘qituvchi ta’limning usul va vositalari arsenalidan o‘z faoliyatida samara beradiganlaridan foydalaniladi, albatta. Buning uchun u ta’lim jarayonining ko‘p qirrali va o‘qitayotgan predmetining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olishi lozim. Shu bilan birga usul va vositalarni samarali tanlash va foydalanishning uslubiy shart-sharoitlari, me’yorlariga amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatadi.
1. Har bir darsda qo‘llaniladigan ta’lim usuli va vositasi o‘sha predmetning asosi fanning tadqiqoti usullaridan kelib tanla­nadi.
2. Mashg‘ulotlarda usul va vositalar majmuidan foydalaniladi.
3. O‘quvchilarning yosh va bilish imkoniyatlarini mos tushadigan usul va vositalaridan foydalaniladi.
4. O‘qituvchining pedagogik mahorati, tajribalik darajasiga bog‘liq.
O’qitish metodlariga quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi:

  1. Tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirilishga qaratilishi.

  2. Metodning ilmiyligi.

  3. Metodning ommabopligi, metod o’quvchilar rivojlanishining psixologik - pedagogik imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi.

  4. O’quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligi.

  5. O’z ishida ilg’or metodlarni muntazam o’rganish, boshqalar tajribasidan foydalanish zarurligidan iborat.

  6. O’qitish metodlari o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va ularning samarali o’zlashtira olishlariga imkon berishi.

  7. O’qitish metodlari butun sinf o’quvchilar faolligi va mustaqilligini oshirishga qaratilmog’i kerak va h.k.

Maktablarda qo’llanilayotgan o’qitish metodlari xilma - xil bo’lib, ularning keng tarqalganlari quyidagilar:

  1. O’quv materiallarini og’zaki bayon qilish metodi.

O’quv materialini og’zaki bayon qilish metodi maktab ta’limi tizimida eng ko’p qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, uni hamma fanlardan, hamma sinflarda qo’llash mumkin. Bu metodda o’qituvchi bilimlarni to’g’ridan - to’g’ri jonli nutqi bilan bayon qiladi va o’quvchilar esa idrok qilishi bilan xarakterlanadi. Hikoya, suhbat, ma`ruza ta`limning bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o`quvchilarning xotirasiga mo`ljallab tashkil etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o`qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya qilish - o’qituvchi tomonidan yangi o’tilayotgan mavzuga doir hodisa va voqealarning yaxlit qismlarga bo’lib, izchil bayon qilinishidir. Hikoya qilish davomida o’quvchilar faolligini oshirish, diqqatini bir yerga to’plash, ularning voqea ustida fikr yuritish va almashinishlariga erishishi uchun ayrim savollar berib borish ko’rsatma materiallardan foydalanish kerak. Hikoya qilishning muvaffaqiyatli bo’lishi o’qituvchi nutqining ravonligi, tushunarli va emotsional bo’lishiga bog’liq. Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o`quv materialini o`rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o`tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi o`quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o`qituvchi o`quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali hususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o`rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Tushuntirish - o’qitishning o’qituvchi tomonidan o’tilayotgan mavzuning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarning bayon qilinishidir. O’quvchi ma’lum bir fanning biror mavzusiga doir qonun- qoidalarni qanchalik asosli ekanligini faktlar, misol va masalalar yechish bilan isbotlab beradi.
Ma’ruza - Ma`ruza o`rta umumta`lim maktablarining yuqori sinflarida, kollejlarda, oliy o`quv yurtlarda foydalaniladigan ta`lim metodi bo`lib, unda o`zaro ta`sir o`qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g’oya va bog’lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma`ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o`quv materiali xajmiga ko`ra belgilanadi.
Ma`ruza jarayonida o`quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o`qituvchi o`z nutqini ko`rgazmali qurol, muammo va topshiriqlar bilan uyg’unlashtiradi. O`quv materialiga oid iboralarga izoh berish, ayrim o`rinlarda o`quvchilarning o`zlariga xulosa chiqarishni taklif etish talabalarning o`quv-biluv faoliyatining samarasini oshiradi.
Suhbat – bu metod ko’p qo’llaniladigan samarali metodlardan biridir. Bu metod savol – javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki dars jarayonida savollar bilan butun sinfga murojaat qiladi, o’quvchilar javob qaytaradilar. O’qituvchi tomonidan berilayotgan ta’lim mazmuni hajmi va shakliga bog’liq.
Suhbat o`qituvchi o`quvchining o`zaro ta`siri dialog shaklidagi ta`lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o`ylangan, bir-biriga bog’liq savollarni qo`yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo`llari bilan o`qituvchi va o`quvchi faoliyati o`zaro muvofiqlashadi.
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo`ladi: evristik suhbat; katoxezistik suhbat. evristik suhbat o`quvchilarning tafakkuriga mo`ljallangan metod bo`lib, unda o`zaro ta`sir o`qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi. evristik suhbat uzoq tarixga ega bo`lib, undan qadimgi Gretsiyada Suqrot mohirona foydalangan.
U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham deb yuritaladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo`l bilan o`quv materialini o`rganish; o`zlashtirishning individual harakter kasb etishi.
Katoxezistik suhbat o`quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish faoliyatiga mo`ljallab o`tkaziladi. O`tkazish maqsadiga ko`ra katoxezistik suhbatning quyidagicha turlari mavjud:
Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg’ulotda qilingan ishlar bo`yicha umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi.
Mustahkamlash suhbati-yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o`tkaziladi, so`ngra yangi mavzu intelektual va amaliy topshiriqlar bajariladi.
Takrorlash suhbati ikki yoki undan ortiq mavzu bo`yicha o`tkaziladi.Takrorlash yo`li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat katta bo`lim o`tilgandan so`ng, o`quv boshida, oxirida tashkil etiladi.
Kirish suhbati yangi mavzuni o`rganishdan oldin o`tkaziladi. Nazorat suhbati bilimlarni sinab ko`rish maqsadida tashkil etiladi.

  1. Mustaqil ishlar metodlari

Mustaqil ishlar ta`limning barcha bosqichlarida o`tkaziladigan, o`qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko`rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intelektual va amaliy topshiriqlardir. Hozirgi paytda mustaqil ishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
Darslik va kitob bilan ishlash metodi. Bu metod ham maktabda muhim o’rin tutadi. Kitobsiz undan foydalanish madaniyatiga ega bo’lmay turib, fan-texnika sirlarini egallab bo’lmaydi. O’quv amaliyoti bilan ishlash psixik jarayonni o’z ichiga oladi. O’qitish jarayonida o’qituvchining bayon qilayotgan bilimlarini o’quvchilar faqatgina eshitib qolmasdan, shu bilan birga uni kitob matnidan ko’rib, ongli idrok qilishi muhim rol tutadi. Darslik va kitob bilan ishlash metodi ikki shaklda olib boriladi:

  1. Dars jarayonida darslik va o’quv adabiyoti bilan ishlash;

  2. Sinf va maktabdan tashqari darslik va o’quv adabiyoti bilan mustaqil ishlash.

Darslikdagi qoidalar va ta`riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida va ta`rifni o`qish va ularga oid omillarni ajratish; o`qituvchi topshirig’iga ko`ra to`plangan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarish; darslikning ayrim sahifalarini tanlab o`qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo`lllari to`g’risida qisqacha xisobot tayyorlash; qoida, ta`riflarni mantiqiy qismlarga ajratish va terminlarga qo`shimcha adabiyotlardan o`rganilgan mavzu doirasida material to`plash; ma`ruza, hikoya, suhbat paytida o`qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta`riflarni solishtirish.
Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash:darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlarni o`zaro musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy materiallar asosida turli diagramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya mashg’ulotlarini o`tkazish rejasini tuzish.
Mashg’ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi. Mustaqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash metodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o`quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo`lishi; mustaqil ish uchun yetarli vaqt ajratish; mustaqil ish natijasini tekshirish.

  1. Namoyish qilish va illyustrasiya o’quvchilar tomonidan materiallarni aniq obrazlar orqali bevosita idrok etish jihatidan muhim ahamiyatga ega.

O’quvchilar o’rganayotgan buyum va hodisalarni konkret va aniq tasavvur etgan taqdirdagina ularning olgan bilimlari chuqur va puxta bo’ladi.
Ko`rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo`lib, uning yordamida ko`ruv o`quvi va tafakkur o`zaro uyg’unlashadi. Ko`rgazmali metodlarning quyidagicha turlari mavjud:
-Illyustratsiya metodi og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga diqatni tortish.
Demonstratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor ko`rsatuvlaridan, videotasvirdardan foydalanib, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Tabiiy ko`rgazmalar-narsalarning o`zi, predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko`rsatish. Ko`rgazmali metodlar eshitish va ko`rishni o`zaro uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalansh ta`limning samaradorligini oshiradi.
Ta’limda namoyish qilish metodi keng qo’llaniladi. Bu metoddan darsda ko’pincha fizika, ximiya, biologiya fanlariga alohida tabiiy narsa va buyum ko’rsatiladi. Ta’lim jarayonida namoyish qilish metodidan foydalanish juda ko’p jihatdan namoyish qilish materiallarining xarakteriga, mazmuniga, shakli va hajmiga bog’liqdir. Ko’rsatma materiallari o’z mazmuni va xarakteriga ko’ra 2 turga bo’linadi:
1.Tabiiy ko’rsatmali materiallar: o’simlik, hayvonlar, foydali qazilmalar, ularning kolleksiyalari va boshqalar.
2.Tasviriy ko’rsatma materiallar. Tasviriy ko’rsatma materiallari ham mazmuni va tizimi shakliga qarab 2 turga bo’linadi.
a) Buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi rasmlar-rasm, surat, fotosurot, diafilm, kinofilm va h.k.
b) Buyum, narsa, hodisa va voqealarning biror shartli belgisi orqali simvolik yoki grafik materiallar – geografiya va tarix kartalari va chizmalar, jadvallar va boshqalar.
Illyustratsiya-og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga diqqatni tortish.
Demonstratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor ko`rsatuvlaridan, videotasvirdardan foydalanib, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Namoyish qilish va illyustrasiya metodlar eshitish va ko`rishni o`zaro uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalansh ta`limning samaradorligini oshiradi.

  1. Ekskursiya metodi

O’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan buyum va hodisalarni jonli kuzatib, idrok etish yo’li bilan ilm asoslarini egallashga ekskursiya metodi deyiladi. Sa’diyning “Guliston” asarida “safarning foydasi ko’pdir: bag’ri diling ochiladi, foyda topasan, ajoyibotlarni ko’rasan, g’oyibotlarni eshitasan, shaharlarni tomosha qilasan, do’stlar bilan suhbatda bo’lasan, bilim orttirasan, molu-mulk, davlatingni ko’paytirasan, do’stlaringni yaqindan tanib, taqdirni imtihon qilasan” deyilgan. Ekskursiya zavodlarga, fabrika, qo’shma korxona kabilarda o’tkaziladi. Ekskursiya o’tkazishda bir qancha talablarga amal qilish lozim. Ekskursiya to’rt yo’nalishda bo’lmog’i lozim:

  1. Tabiatni kuzatish va o’rganish maqsadida;

  2. Sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga doir;

  3. Ijtimoiy va maishiy mazmundagi;

  4. San’at va adabiyot materiallari bilan tanishishga oid ekskursiyalar.

Ekskursiya quyidagi tartibda olib boriladi:
Ekskursiya haqida ekskursovodning muqaddama suhbati;
.Marshrut bo’yicha ob’yektni kuzatish;
Ekskursiya davomida yoki oxirida zarur materiallarni to’plash.
5. Mashq metodi-quyidagi turlarga bo’linadi:
6. Og’zaki, yozma mashq va grafik ishlari metodi.
7. Amaliy, laboratoriya mashg’uloti metodi.
Tajriba yer uchastkasida mashg’ulot.
7.Muammoli o’qitish metodi.
Bu metodlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, hamma sinflarda, o’quv fanlari bo’yicha keng qo’llaniladi. Mashq metodi o’quvchilar o’zlashtirgan bilim hosil qilingan ko’nikmalarni mustahkamlash va ularni hayotda qo’llay olish qobiliyatini o’rgatish maqsadida tashkil etiladi. O’quvchilar mustaqil ishlarning xususiyatlari va mazmuniga qarab og’zaki, yozma, grafik va amaliy turlarda olib boriladi:

  1. og’zaki mashq;

  2. yozma mashq;

  3. grafik ishlar (metod);

  4. amaliy ishlari.

Yozma ishlar: ona tili va adabiyot, matematika, shuningdek, tarix va geografiya fanlarini o’qitishda qo’llaniladi. O’quvchilarning yozma mashqlari asosan ko’chirib olish, bayon, yozma ish qog’ozlari, matematikadan misol va masalalar yechish kabilardan iborat.
Grafik ishlar: yozma ishlar jumlasiga kirib, o’quvchilarning o’zlashtirgan yoki o’zlashtirmagan, bilimlarni ongli va mustahkam esda saqlab qolishlariga hamda shu sohada ko’nikma, malakalar hosil qilishlariga yordam beradi. O’quvchilarning grafik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: rasm chizish (yoki asliga qarab chizish), geografiya va tarix fanlaridan unchalik murakkab bo’lmagan kartalar chizish, chizma va sxemalar chizish, jadval, diagramma va grafiklar, plakat, albom, stendlar tayyorlash va boshqalar. Grafik ishlarni o’quvchilar bajarganda, o’qituvchilar kamchiliklarni o’z vaqtida ko’rsatishlari kerak.
Laboratoriya mashg’ulotlari metodi. Laboratoriya ishlari deb o’quvchilar tomonidan maktab sharoitida narsa va hodisalarni maxsus jihozlar vositasida (mikroskop, o’lchov asboblari, tajriba jihozlari va shuningdek kabilarda) bevosita o’rganishga aytiladi. Bu metod asosan V-IX sinflarda fizika, ximiya, biologiya va tabiiy geografiya fanlarini o’qitishda qo’llaniladi. Laboratoriya mashg’ulotlari maxsus jihozlangan laboratoriya, kabinet hamda tegishli apparat, mikroskop, lupa, kolba, o’lchov asboblari yordamida oddiy sinf xonalarida, maktablarning yer uchastkalarida olib boriladi. Laboratoriya mashg’ulotlari o’qituvchi tomonidan ilgari bayon qilingan materiallarni aniqlash, isbot qilish va mustahkamlash maqsadida olib boriladi. Yuqori sinflarda yangi bilimlarni berishda ham ishlatish mumkin. Laboratoriya darsi mashg’ulotlari ko’pincha 3 turda bo’ladi:

  1. Kuzatish;

  2. Tajriba yoki eksperiment o’tkazish;

  3. Tegishli asbob-uskunalar yordamida, vositada ma’lum obyektni o’lchab, ko’rishda ishlatiladi.

Laboratoriya mashg’ulotlari xarakteriga qarab turli tipda tashkil qilinadi: 1. Sinf o’quvchilari bilan frontal ravishda olib boriladigan mashg’ulotlar. 2. Sinf o’quvchisining alohida-alohida olib boriladigan tajriba mashg’ulotlari.
Amaliy ishlar metodi – umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnika va mehnat malakalari bilan qurollantirish maqsadida amaliy ishlar olib boriladi. Fizika, ximiya, biologiya, chizmachilik fanlari o’quvchilarga texnika ta’limini berishda muhim rol o’ynaydi. Texnik ta’limi o’quvchilardan bevosita ishlab chiqarishning dastlabki mehnat ko’nikmalari bilan qurollanishni ham talab qiladi. Shuning uchun ham umumiy o’rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida o’quv ustaxonasi va tajriba yer uchastkasida bir qancha amaliy tajriba ishlari olib boriladi. Masalan: yog’och va materiallar bilan ishlash.
Yuqori sinflarda maktab yer uchastkasida amaliy tajriba olib boriladi. Amaliy mashg’ulotlarni olib borishda shu mashg’ulotlarning xarakteriga qarab xilma-xil metod va usullar qo’llaniladi. Amaliy ishlar oxirida o’qituvchi o’quvchilar ishini tekshiradi, baholaydi, amaliy ishlarga yakun yasaydi.
Tajriba yer uchastkasida amaliy mashg’ulotlar. O’quvchilarning amaliy tajriba mashg’ulotlari maktab jonli burchagi va tajriba yer uchastkasida olib boriladi. Amaliy ishlar o’quv fanlari, fizika, ximiya, biologiya, tabiatni o’rganish darslarida ilmiy bilimlar asosida olib boriladi. Maktab yer uchastkasidagi ishlarni asosan o’quvchilar jamoalari amalga oshiradi. Maktab yer uchastkasida asosan ish turi ekin maydonlarini haydash, ekish, o’g’itlash, sug’orish kabilar hamda otaliq tashkilotlari ish uchastkalarida, parrandachilik, sut-tovar fermalarida ham o’tkazishlari mumkin.
«Tarbiyachi o’z shogirdlarining mustaqil ishlashiga ko’proq imkoniyat yaratib bermog’i lozim. O’quvchini tayyor xulosalar bilan qurollantirishdan ko’ra uning o’ziga to’g’ri xulosalar chiqarishni o’rgatmog’i lozim», - deb ta’kidlagan K.D.Ushinskiy. Shveysariya pedagogi I.G.Pestolojka: «Mening o’quvchilarim yangilikni mendan olmaydi: ular bu yangilikni o’zlari kashf etadilar. Mening asosiy vazifam-ularni o’zlarini namoyish etishga, mustaqil g’oyalarini rivojlantirishga yordam berishdan iborat» degan.
Muammoli o’qitish. Maktabda ta’limning muammoli o’qitishsiz tasavuur etish mushkul. Uning asosiy maqsadi o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish orqali bilish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. Har qaysi fanni o’qitishda muammoli ta’lim shu fanning o’ziga xos xususiyat va mazmunidan kelib chiqib tashkil etiladi. Muammoli ta’limda muammoli vaziyatni yuzaga keltirish, o’quvchilarni mazkur vaziyatni qidirib topishga, ixtiro qilishga o’rgatishni vazifa qilib oladi. Albatta, o’qituvchi yo’naltiruvchi shaxs hisoblanadi. Bunda o’quvchilarning o’zlari mavjud bo’lgan bilimlarga tayanib ish tutadi. Eng muhimi o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga va ularni amalda qo’llashga o’rgatadi
Muammoli izlanish turidagi metodlar o`quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo`nalgan ta`lim metodidir. Bu metodlar asosida o`quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro ta`siri quyidagicha umumiy ko`rinishga ega bo`ladi.

O`qituvchi faoliyati

O`quvchi faoliyati

  • turli topshiriqlar muammoli asosida holat yaratish;

  • muammoni hal etishga oidfarazlarni aytishni taklif etish;

  • farazlardan mosini muammonibajarishga tatbiq etish, so’rash;

  • xulosalar chiqarishga ko`maklashish;

  • chiqarilgan xulosalarni amaliyotga tatbiq etish yo`llarini ko`rsatish

  • muammoli holatda ishtirok etish va muammoni qabul qilish;

  • farazlarni aytish;

  • tanlangan farazni muammoni bajarilishiga tatbiq etish;

  • xulosalar chiqarish;

  • xulosalarni amaliyotgatadbiq etish.

Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda qo`llanilmaydi. Muammolarni qo`yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi. Shuningdek, ma`ruza o`qib turgan paytda turli o`quv topshiriqlari, muammolar ham hal etiladi. Ko`rgazmali qurollar vositasida bolalarga eksperimental (sinov) topshiriqlar beriladi. Ana shularga ko`ra muammoli-izlanish metodlarining quyidagi turlari farqlanadi.
Muammoli hikoya o`rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo`yib, ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish yo`lidir.
Muammoli ma`ruza: ma`ruzadan oldin o`quvchilarni mavzuga qiziqtirish maqsadida yoki ma`ruza oxirida o`quvchilar oldiga muammolar qo`yish yo`li bilan ta`lim maqsadiga erishishdir.

  1. Didaktik o`yin metodi. Keyingi yillarda ilg’or o`qituvchilar tajribasida didaktik o`yinlardan ta`lim metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o`yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o`quv-tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, shuningdek, ularning har birida bilimlarni og’zaki bayon etish, ko`rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo`llaniladi. Shu hususiyatlariga ko`ra didaktik o`yinlar sintetik harakterga ega. Ularning quyidagicha turlari mavjud:

Simulyativ o`yin-ta`limni hayotda bo`lib o`tgani ijtimoiy voqealarga tenglashtirish, ularni qiyosiy tarzda tashkil etish va boshqarish metodidir. Bu o`yindan tarix, geografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o`qituvchi Amir Temur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi, shu yo`l bilan ta`lim bo`lib o`tgan tarixiy voqeaga qiyoslab tashkil etiladi.
Simulyativ o`yinlarning bir ko`rinishi insenirovka (rollarga ajratib o`qish) metodidir. Boshlang’ich sinflarda badiiy matnlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni rollarga ajratib o`qitish an`anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. Adabiyot o`qituvchilari «Tuya bilan bo`taloq» asarini o`qitganda bir o`quvchi yozuvchi, ikkinchi o`quvchi tuya, uchinchisi esa bo`taloq so`zlarini o`qib ishtirok etishadi.
Situativ o`yinlar ham asta-sekin maktab tajribasida o`z o`rnini olib bormoqda. Mehmon kutish, kasalni davolash, harid qilish kabi turli haetiy vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, ta`limni tashkil etish va boshqarish situativ o`yinlar sirasiga kiradi.
4.
Yoshlarni tarbiyalash jarayonida ma`naviy-intellektual rivojlantirish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan.
O`quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayonini o`quvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta`sir ko`rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo`yilgan ball va baholar o`quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o`rtoqlarining o`qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo`lishlarini doim kuzatib borish lozim. O`quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o`quv yili davomida muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, ba`zan, tasodifan tekshirishlarning oldini oladi va tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Pedagogika fani bilimlarni o`z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi.
1. O`zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab Davlat ta`lim standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o`quvchi, talabalarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan o`quv yurtlari oldida turgan ta`limiy maqsad bajariladi.
3. Ta`lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta`sir ko`rsatadi. Ularda ko`tarinki rux, o`z kuchiga bo`lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo`ladi. Shuning uchun ham o`zlashtirishni nazorat qilish ta`lim tizimining ajralmas qismidir. Nazorat jarayonida uning yozma, og’zaki va amaliy metodlaridan keng foydalanilmoqda. O`qituvchi o`quvchini faollashtiradigan, o`zi va o`rganuvchi uchun qulay bo`lgan yo`llarni, metod, o`qitish shakllari va vositalarini takomillashtirib boradi. Shu boisdan ham, «pedagogik texnologiya», «didaktik texnologiya», «ta`lim texnologiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik innovatsiyalar» atamasi mustahkam o`rin olmoqda.
Vaqtga ko`ra nazorat metodlari
O`zaro ta`sir natijasida nazorat etish vaqt nuqtai nazaridan uch turli bo`ladi.
Joriy nazorat-har bir darsda uzoq va yaqindan o`tilgan o`quv materialining o`zlashtirilishini tekshirish demakdir.
Unda nazorat savollar berish, qoidalar, ta`riflarga oid ma`lumotlar keltirish, berilgan materiallarni tahlil etish, mavzularning mazmunini ochib berish, qisqa muddatli munozaralar tashkil etish, o`quv topshiriqlarini bajartirish kabi metodlardan foydalaniladi. Joriy nazorat qisqa muddatda o`tkazilishi bilan harakterlanadi.
Oraliq nazorat-o`quv fanining bir bo`limi, katta qismi o`tib bo`lingandan keyin tashkil etiladigan tekshirishdir. Unga alohida o`quv soati ajratiladi. Oraliq nazoratda o`rganilgan bo`lim mazmuniga mos savollar tizimiga javob olinadi, o`quv tizimi topshiriqlari bajartiriladi, uzoq muddatni oladigan munozara o`tkaziladi. Savollar, o`quv topshiriqlar tizimi, uzoq muddatli munozara, og’zaki yoki yozma hisobot kabilar davriy nazorat metodlari hisoblanadi.
Yakuniy nazorat - o`quv fani to`liq o`rganilgach, chorak oxirida, o`quv yili so`ngida tashkil etiladi. Unda o`quv fani mazmunini o`ziga to`liq qamrab oladigan metodlardan foydalaniladi. O`quv fani doirasida qo`llangan termin va tushunchalarga (og’zaki yoki yozma) izoh yozish, o`quv faniga oid yetakchi g’oyalarni hayotga, ishlab chiqarish, amaliyotga tatbiq etish, o`quv fanining inson hayotida tutgan o`rnini baholash, o`quv fani doirasida o`rganilgan nazariy va amaliy bilimlariga o`z munosabatini bildirish kabi metodlar nazoratning samaradorligini oshiradi.
O`quvchilar miqdoriga ko`ra nazorat metodlari
O`quvchilar mikdoriga ko`ra nazoratning uch xil ko`rinishi farqlanadi:
Individual tekshirish-alohida o`quvchiga mo`ljallangan nazoratdir. A`lochi o`quvchiga mo`ljallangan o`quv topshirig’i o`rtacha tayyogarlikka ega bo`lgan bola uchun qiyin bo`lganidek, o`rta o`zlashtiradigan o`quvchi uchun tuzilgan o`quv topshirig’i a`lochi o`quvchi uchun juda ko`p sanaladi. Ko`rinadiki, individual nazorat har bir o`quvchining bilimi, tayyorgarlik darajasiga qarab tayerlanadi. Demak, individual nazorat metodi sifatida tanlangan suhbat, savol, topshiriq, mustaqil ish, laboratoriya mashg’uloti va Shu kabilarning bajaruvchisi-ijrochisi oldindan belgilanadi.
Tabaqalashgan nazorat-sinf jamoasini bilim, malakalarni o`zlashtirish darajasi, real bilish imkoniyatlariga qarab kichik jamoalarga ajratish va jamoalarning har biriga mos metod, vosita tanlab tekshirishni o`tkazishdir. Sinf o`quvchilari, ularning individual hususiyatlari asosida kichik jamoalarga ajratiladi. Eng yuqori o`zlashtiruvchi bolalar o`ta murakkab, yaxshi o`qiydigan o`quvchilar jamoasi nisbatan oson, past o`zlashtiruvchilar jamoasi esa yanada osonroq topshiriqlarni, mustaqil ishlarni bajaradi.
Yalpi nazorat- sinf jamoasining barchasiga mo`ljallangan tekshirishdir. Masalan, diktant shunday metodlar sirasiga kiradi.
O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomning (1995 yil 5 yanvar) 4 o’quv tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni bo’limi 4,4 bandida o’quvchilar bilimi sifatini va o’qitish natijalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun shu quyidagi nazorat tartibotlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat – so’rovlar, kollekviumlar, seminarlar, nazorat ishlar, testlar tarzida o’quvchilarning bilimlari, malaka va ko’nikmalari muntazam nazorat qilinadi;
Oraliq nazorat – chorak tamom bo’lganda va o’quv dasturlarining tegishli bo’limlari, malaka va ko’nikmalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar shaklida o’tkaziladi;
Bosqichli nazorat – o’quv yili tamom bo’lganidan keyin imtihonlari, test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o’quvchini navbatdagi sinfga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilinadi;
Yakuniy nazorat – o’qish tugatilganidan keyin davlat attestasiyasi shaklida o’tkaziladi.
4,5 umumiy ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlarini doirasidan mustaqil o’zlashtirgan o’quvchilarga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Eksternat to’g’risidagi Nizom asosida, eksternat tartibida attestasiyadan o’tish huquqi beriladi.
Imtiyozli attestasiya 5-9 sinflarda o’qish davrida o’zlashtirish (reyting) bo’yicha faqat a’lo ko’rsatgichlarga ega bo’lgan bitiruvchilarga beriladi.
O’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida bosqichli nazorat o’tkazilmaydi. Oraliq baholashda kurs ishi va bosqichli nazoratda u imtihonlar, testlar, malaka ishlar va diplom himoyalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
Maktabda o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini hisobga olish, tekshirish va ularga baho qo’yish ta’lim tarbiyaning zarur va muhim qismidir. Bu ishning to’g’ri yo’lga qo’yilishi davlat uchun, maktab, o’quvchilar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish asosida davlat ta’lim-tarbiya sifatini, bu sohada yuz bergan kamchiliklarga o’z vaqtida barham berish, maktab, o’qituvchi va o’quvchi ishini har tomonlama yaxshilashga kerakli tadbirlar belgilaydi. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini hisobga olish, o’quv metodlarining va zaif tomonlarini o’quvchilarning dars materiallarini qanday o’zlashtirayotganligini aniqlab olishga imkon beradi. Har bir o’quvchini har tomonlama yaxshi bilishga yordam qiladi. O’qituvchi o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini tekshirish asosida o’quvchilarning o’quv dasturi hajmida bilim, ko’nikma, malakalarini puxta o’rganib olishlarini ta’min etish uchun dars materiali ustida yana qanday ishlash kerakligini ko’rsatadi, darsdan ulgurmayotgan o’quvchilarni o’z vaqtida tezda tegishli choralar ko’radi. Shu bilan birga tekshirish o’qituvchining ham o’quchining ham o’ziga talabchanligini kuchaytiradi. Har bir o’quvchining o’qishda o’zining yutuq va kamchiliklarini, o’quv materialining qaysi qismi puxta, qaysi qismini bo’sh o’zlashtirganligini aniqlashga yordam beradi. O’z-o’zini tekshirib borishga o’zi o’zini tanqid qilishga odatlantiradi, intizomlikka va qunt bilan o’qishga o’rgatadi, ularda kuchli iroda hamda ijobiy xarakter vujudga keltiradi va tarbiyalaydi. Maktab, ota-onalarni esa davlat oldida o’z mas’uliyati va vijdon burchini tushuntirishga o’rgatadi.
O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ota-onalarning o’z bolalari qanday o’qiyotganliklarini, darsdan ulgurish ulgurmasliklaridan xabardor bo’lib turishlariga yordam beradi. Ularning o’z bolalarining o’qishlari va tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi. Masalan, ayrim ota-onalar bolalarining o’qishlaridan xabardor bo’ladilar. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ishi avvalo o’quvchilarni kunsayin o’rganib borish va ularning darsdan ulgurishlarini tekshirishni o’z ichiga oladi. O’qituvchi o’qitish jarayonida har bir o’quvchini diqqat bilan o’rganib borishi lozim. O’qituvchi ana shu o’rganish asosida har chorak oxirida, har bir o’quvchining ma’lum bir fanni qanchalik o’zlashtirganligi haqida xarakteristka berishga majbur.

  1. O’qituvchi o’quvchilarni rejali va tizimli suratda kuzatish yo’li bilan o’rganadi, o’qituvchi o’quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarda kuzatib boradi. Kuzatish unga o’quvchining ishiga, o’qishga munosabatini, o’quvchining qiziqishlari va nimalarga moyil bo’lganligini uning individual xususiyatlarini va qobiliyatini bilib olishga yordam beradi.

  2. O’quvchilar suhbat yo’li bilan ham o’rganiladi. Suhbat sinf jamoasi yoki ayrim o’quvchilar guruhi bilan, shuningdek yakka-yakka ham o’tkazilishi mumkin. O’quvchilar haqida to’laroq ma’lumotga ega bo’lish uchun o’qituvchilar, maktab vrachi, ayniqsa, ota-onalar bilan fikr almashishi katta ahamiyatga ega.

  3. Yana ularning shaxsiy hujjatlarini diqqat bilan ko’rib chiqish orqali ham o’rganiladi. O’qituvchi o’z o’quvchilarini qancha aniq va har tomonlama yaxshi bilsa, ta’lim-tarbiya ishlari shuncha muvaffaqiyatli bo’ladi. O’quvchilarni bilish o’qituvchining butun sinfga, har bir o’quvchiga ta’lim va tarbiya berishning eng yaxshi usul va vositalarini tanlab olib, ulardan samarali foydalanishga imkon beradi. O’quvchilarning zaif tomonlari va nuqsonlarini yo’qotishga ijobiy tomonlarini o’stirish va mustahkamlashga yordam beradi. O’quvchilar bilimlari, ko’nikmalarini hisobga olishning eng muhim qismi ularning bilimni o’zlashtirishlarini tekshirishdir. Maktabda o’quvchilarning bilimni tekshirishning quyidagi turlari – dastlabki taxminiy tekshirish, kundalik tekshirish, mavzular bo’yicha tekshirish va yakuniy tekshirishdan iborat.

  1. Dastlabki taxminiy tekshirishning asosiy vazifasi o’quvchilarning yangi o’quv materialini ongli idrok qilishi va muvaffaqiyatli egallash uchun kerak bo’lgan tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat. Odatda tekshirishning bu xili o’quv yilining boshida yoki o’quv dasturining navbatdagi bobini o’tishiga kirishish oldidan o’tkaziladi.

  2. Kundalik tekshirish – har kuni, har dasrda muntazam ravishda, rejali tarzda o’tkaziladigan tekshirishdir. Bu tekshirishning asosiy vazifasi o’tilgan materialni qaytarish bilan birga, yangi o’quv materialini o’zlashtirilish darajasini aniqlashdir. Kundalik tekshirish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Darsda har kuni o’tkaziladigan bu tekshirish, o’quvchilarni tizimli puxta ishlashga o’rgatadi. Shuningdek, bu tekshirish o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malakalarni singdirib borishga va irodasini o’stirishga yordam beradi.

  3. Yakuniy tekshirish – o’quv choragi va o’quv yilining oxirida o’tkaziladi. Uning asosiy vazifasi o’quvchilarning o’quv choragida yoki o’quv yilidagi materialning egallash darajasini aniqlashdan iborat. O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirishda maktabda qo’llaniladaigan asosiy usullar – o’quvchilarning ishlarini kuzatish, darsda va darsdan so’ng kuzatish, og’zaki so’rash, nazorat ishlar o’tkazishdir.

Og’zaki so’rash tekshirishning eng ko’p qo’llaniladigan usullaridan biridir, uning quyidagi turlari bor:
a) O’quvchini sinf doskasi yoki o’qituvchi stoli yoniga chaqirib so’rash.
b) Sinfdagi o’quvchilarning ko’pchilikdan sidirgasiga so’rash.
c) Ayrim o’quvchilardan doskaga yoki stol yoniga chaqirmasdan so’rash.
Ayrim o’qituvchilar o’quvchilarning bilimlarini tekshirishda mavzular yuzasidan tekshirish usulini qo’llaydi. Bu usulning yaxshi tomoni bunda har bir o’tilgan mavzudan shu mavzuni o’zlashtirish darajasi sinfdagi o’quvchilarning har biriga nisbatan tekshiriladi. Mavzu materialini o’zlashtirmagan o’quvchilar aniqlanadi va ulardan shu materialni o’zlashtirish talab qilinadi.
Nazorat ishlar – yozma ishlar (diktant, insho, masalalar yechish, grafik ishlar, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tadbiq qilishni talab etadigan amaliy vazifalarni (laboratoriyada analiz qilish, ustaxonada tegishli buyumlar yasash) bajarish kabilar kiradi. Nazorat ish bir vaqt ichida sinfdagi hamma o’quvchilarni tekshirishga imkon beradi. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish ishlari quyidagi talablarga javob berishi lozim. Sinfdagi hamma o’quvchilarning bilimlarini tekshirish kerak. Tekshirishda o’qituvchida reja bo’lishi kerak. Reja asosida o’rta, kuchli va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilimlari tekshirilishi kerak. Tekshirishni shunday olib borish kerakki, sinfdagi hamma o’quvchilar o’qituvchi savoliga javob bera olsin.
O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalariga baho qo’yish baho o’quvchilarning o’quv dasturlarida ko’zda tutgan bilim, ko’nikma va malakalarni qanday egallaganligini ko’rsatadi. Baho qo’yish katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki o’quvchilarni u qunt bilan o’qishga majbur etadi. Maktab o’quvchilarga baho qo’yishda quyidagi asosiy talablar qo’yiladi.

  1. Bilimlarga ob’yektiv va haqqoniy baho qo’yilishi lozim.

  2. Baholashda ko’zbo’yamachilikka mutloqa yo’l qo’ymaslik kerak.

  3. O’quvchining bilimiga o’quv dasturining talablari asosida baho qo’yilishi lozim.0

Bu talablarni ta’min etish uchun bilimga baho berishning umumiy mezoni bo’lishi shart.
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 7-moddasida “Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi”, - deb ta’kidlangan. Bu talablar jamiyatning ob’yektiv rivojlanishini taminlaydigan ehtiyojlar va bozor munosabatlari umumiy raqobatidan kelib chiqadi. Mazkur talablar umumiy o’rta ta’lim o’quv dasturlari, darsliklarida o’z ifodasini topmog’i darkor. Bular har bir fanning o’ziga xos ta’lim mazmuni, xususiyatlaridan kelib chiqadi. Maktablarda o’quvchilar bilimi, ko’nikmalariga baho berishning quyidagi umumiy mezonlari qo’llaniladi:

  1. Bilimning ilmiy bo’lishi.

  2. Bilimning ongli o’zlashtirilishi.

  3. Bilimning hajmi.

  4. Bilimning mustahkam o’zlashtirilishi.

  5. O’quvchi nutqining mazmuni va bajargan ishining sifati va h.k.

O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirishda va baholashda o’quvchi o’quv dasturi materialini to’la biladimi, ularni tushunadimi yoki uni quruq yodlab olganmi, bilimlarni amaliy masalalarni yechishga va ishlarni bajarishga tadbiq qila oladimi va boshqalar.
Hamma o’quv fanlari va barcha sinflarda ana shu mezon qo’llaniladi. Biroq ayrim o’quv fanlaridan o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish va baho qo’yishda shu fanlarning xususiyatini hisobga olishi kerak. Masalan, mehnat darslarida o’quvchilarning bajargan buyumlarni tekshirish va baho qo’yishda mustaqillik, buyumning texnik talablarga muvofiqlik darajasi va sifati hisobga olinishi lozim. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga baho qo’yish uchun umumiy ta’lim maktablarida besh darajali raqamli baho tizimi qo’llaniladi.
O’quvchi dastur materialini to’la va mufassal bilgan, uni chuqur tushungan va puxta egallagan, dasturga kiritilgan hamma masalalarni to’g’ri, ongli va dalillar bilan so’zlab bergan, amaliy ishlarni bajarishda va masalalar yechishda egallagan bilimlarni mustaqil tadbiq qilgan, og’zaki javoblarda va yozish ishlarida to’g’ri adabiy tildan foydalana bilgan va xatolarga yo’l qo’ymagan holda “5” baho qo’yiladi.
O’quvchi dastur materialining hammasini bilgan, uni yaxshi tushungan va puxta egallagan, dastur hajmidagi savollarga qiynalmasdan javob bergan, bilimlarni amaliy ishda tadbiq qila bilgan, og’zaki javoblarda to’g’ri tildan foydalana olgan, yozma ishlarda esa kichkina, ahamiyatsiz xatolargagina yo’l qo’ygan taqdirda “4” baho qo’yiladi.
O’quv dasturiga kiritilgan asosiy o’quv materialini bilgan, egallagan bilimlarni amaliy ishlarda bir muncha qiynalib va o’qituvchining bir oz yordamida bajara olgan, og’zaki javoblarida materialni bayon qilganda, yozma ishlarda bir muncha xatolarga yo’l qo’yilgan taqdirda “3” baho qo’yiladi.
O’quvchi o’tilayotgan o’quv materialining ko’pchilik qismini bilmagan, o’qituvchining yordamchi savollari orqaligina javob bergan, yozma ishlarida ko’p va qo’pol xatolarga yo’l qo’ygan taqdirda “2” baho qo’yiladi.
O’quvchi o’tilgan materialni butunlay bilmagan taqdirda “1” baho qo’yiladi.
O’quvchilarga qo’yilgan baholarni ularga izohlab tushuntirish kerak. Bu esa bilimga baho qo’yishning ahamiyatini oshirish hamda o’quvchining o’qishdagi yutuq va kamchiliklarini bilib olishga yordam beradi. Har bir chorakda o’quvchiga bir nechta baho qo’yilishi kerak. Aks holda chorak oxirida o’qituvchi qiynalib qoladi. Chorak va yillik bahoni qo’yishda o’rta arifmetik usul bilan baho qo’yish mutlaqo yaramaydi, chunki bunday yakuniy baho o’quvchining bilim, ko’nikma va malakalarini to’g’ri aks ettirmaydi.
Ba’zi bir o’qituvchilar darsga tartib-intizom buzgan o’quvchilarga o’z fanlaridan yomon baho qo’yadilar. Bunday baholash butunlay yaramaydi, chunki baho o’quvchining bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladi, shuning uchun uni o’quvchining xulqiga qo’yiladigan bahoga aralashtirish noto’g’ridir.
Mashhur rus pedagogi Ostrogorskiy shunday yozadi “Javobga ball olgan inson avvalo o’zidan-o’zi unga haqqoniy baho qo’yishdimi deb so’raydi, agar u bunga nohaqdek tuyulsa, u ranjiydi, go’yo unga tegishli narsa tortib olingandek yoki berilmagandek bo’ladi. Dangasa xafa bo’lmaydi, u mehnat qilgani yo’q, mehnat qilgan esa mehnatning qadrini biladi va mehnatning natijalarini istaydi”.
Shuning uchun barcha o’qituvchilar o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashda, ularning reytingini aniqlashda ob’yektiv asoslarga tayanishi shart. Sir emas ba’zi o’qituvchilar baholashning mohiyati, mazmunini o’zlari yaxshi o’zlashtirmaganlar. O’qituvchining bunday nuqsonlari maktab amaliyotida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchilar reyting tizimini mukammal o’zlashtirib, amaliyotda xatolarsiz tadbiq etishlari barkamol o’quvchilarni tayyorlashning zarur sharti ekanligini anglashlari juda muhim.
Hozirgi davrda o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirishda test usuli qo’llanilmoqda. “Test” inglizcha so’z bo’lib, “topshiriq”, “tajriba” degan ma’nolarni anglatadi. Bilish xususiyatini o’lchash usuli sifatida unga ingliz psixologi D.Kattel asos solgan. Boshqacha aytganda test qisqa muddat ichida bilimni sinashning eng maqbul usuli bo’lib, bir qator rivojlangan davlatlarda xalq ta’limi bilan bir qatorda turli sohalarda ham test sinovidan foydalangan.
Jumhuriyatimizda ilk bor 1992 yilda bir qator oliy o’quv yurtlariga qabul imtihonlari shu asosda o’tkazildi. Endilikda test sinovi ta’lim-tarbiya tizimining barcha sohalariga kirib bormoqda.
“Umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilarining bilim darajalarini nazorat qilishning reyting usuli to’g’risidagi Nizom” loyihasida alohida o’qtirganidek, bu usul davlat ta’lim standartlarining tarkibiy qismi bo’lib, uni barcha ta’lim muassasalarida (maktablarda) bajarishi majburiydir.
Hozirda fanlar bo’yicha reyting ballari quyidagi tartibda belgilanadi:

  1. Kundalik nazorat (KN) – 50 ball. Jumladan, a) kundalik so’rov (KS) – 40 ball, b) erkin faoliyat (EF) – 10 ball.

  2. Oraliq nazorat (ON) – 20 ball.

  3. Yakuniy nazorat (YaN) – 30 ball.

Reyting natijasi besh balli bahoga ko’chirilganda quyidagicha bo’ladi:
100 – 86 ball - “a’lo”;
85 – 71 ball - “yaxshi”;
70 – 55 ball - “qoniqarli”;0
55 balldan past - “qoniqarsiz”.
5.
Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida (dastlabki davrda) o’qitish ishi odamlarning mehnat faoliyati bilan uzviy bog’langan edi. Bolalar katta yoshdagilarga taqlid qilib, ularning ish usullaridan namuna olib, qo’llaridan keladigan unumli mehnatda va uy ishlarida qatnashib, shu yo’l bilan kattalar tajribasini o’rganar edilar.
Mehnat faoliyati va bilimlar murakkablasha borishi bilan bolalarning o’tmish ajdodlar tajribasini o’zlashtirish vazifasi o’qitishning maxsus tashkiliy shakllarini taqozo qilardi. Natijada maktab vujudga keldi. Bolalarni guruh qilib o’qitish (to’plab) paydo bo’ladi. Qadimgi Xitoy, Misr, Yunoniston maktablarida, o’rta asr maktablarida bolalar guruhlab o’qitiladi. Bu guruhlab o’qitishning dastlabki shakli edi. Guruhlar o’zgaruvchan edi, bilim darajasi, yoshi va aqli har xil darajada o’sgan bolalar bir guruhda o’qitilar edi.
Qadimgi dunyoda va o’rta asrda o’qitish ko’proq individual shakli keng rivojlangan edi. Bu keyinchalik o’zini oqlamadi.
Maktab ta’lim ishlari har xil shakllarda olib boriladi. Maktabning tarixiy taraqqiyoti bilan ta’limni yo’lga qo’yish shakllari ham o’zgarib boradi. Ya.A.Kamenskiy tarixda birinchi bo’lib maktab ta’lim tizimida sinf - dars tizimini yaratdi. Lekin sinf-dars tizimi O’rta Osiyodagi, jumladan eski o’zbek maktablariga inqilobgacha ta’sir qilmadi. Bu maktablarda o’qishga o’quvchilar qabul qilishning ma’lum vaqti yo’q edi. Shuning uchun 20 - 30 o’quvchining bilim darajalari ham turlicha bo’lar edi.
Maktab barpo qilinishining dastlabki kunlaridan boshlaboq sinf- dars tizimi yangi taraqqiyot darajasiga o’tdi. Maktabning dushmanlari XX asrning boshlarida AQShda paydo bo’lgan Dalton - plan asosidagi ta’limni hech o’zgarishsiz, faqat nomini o’zgartirib, "laboratoriya - birgada metodi” deb atab, uni maktabga tadbiq qila boshladilar.
Milliy dastur "Ta’lim o’z ichiga maktabgacha tarbiya, umumiy, o’rta, o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz izchil tizimi barpo etiladi va yana ilg’op pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakllari va uslublari amaliyotga joriy etiladi", - deb ta’kidlangan.
Dars – o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Sinf – yoshi va bilim jihatdan bir xil bo’lgan, ma’lum mikdordagi o’quvchilar guruhidir. Dars – o’qituvchining rahbarligida muayyan vaqtda sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan mashg’ulot. Hozir maktablarimizda sinf - dars tizimi asosan quyidagi shakllarda olib boriladi:
1. Yoshi va saviyasi bir xil bo’lgan bolalarning doimiy guruhi bilan;
2. Dars mashg’uloti 45 daqiqaga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval asosida o’tada;
3. Dars o’qituvchi va o’quvchilar aktivligida asoslanib bevosita o’qituvchining rahbarligida o’tadi;
4. O’tiladigan materialning mazmuniga qarab turli metodlar qo’llaniladi. Darsda bir narsa haqida tugal bilim berilishi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirishga zamin yaratishi kerak.
Biroq maktablarda hozir faqat mashg’ulotlar sinf-dars tizimida olib borilmaydi. Shuning uchun maktabda ta’lmni yo’lga qo’yish shakllari ikki turga ajratiladi:
1. Sinf - dars tizimida olib boriladigan mashg’ulotlar;
2. Amaliy va tajriba ishlar shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.
Hozirgi zamon darsiga qo’yilgan talablar quyidagilardir:
1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni nazarda tutishi va puxta rejadashtirilgan bo’lishi lozim.
2. Har bir darsda mustahkam g’oyaviy-siyosiy yo’nalish bo’lishi lozim. Dars o’quvchilarni siyosiy tarbiyalashni, jamiyat va tabiatning taraqqiyot qonuniyatlarini, bilimning turlari bilan bog’lanishini ta’minlashi darkor.
3. Har bir darsda xilma-xil metod, metodik usul, vositalardan keng va unumli foydalanish lozim.
4. Darsga ajratilgan har bir soatni tejash, undan samarali foydalanish kerak.
5. Darslikda yuksak darajada intizom bo’lishi kerak.
6. Har bir dasrda xalqning boy pedagogik merosi, urf-odati va qadriyatlaridan keng foydalanmoq kerak.
7. Dars nazariy bilimlarni amaliyotida tadbiq qilishga o’rgatishi kerak.
8. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchilarning aktiv faoliyat birligini ta’minlamog’i kerak.
9. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyati birlashgandagina qo’yilgan maqsadga erishishi mumkin. Buning uchun: o’qituvchining darsga pyxta tayyorlangan bo’lishi bilan birga, uni amalga oshirish uchun qanday dars tipi va o’qitish metodlaridan foydalanishni aniq belgilash;
- vositalarni to’g’ri tanlashi va ishlatishi;
- sinf jamoasi va har bir o’quvchi bilan mos muamolada bo’lishi;
- sinf o’quvchilarining darsdagi aktivligi va mustaqilligini ta’minlash choralarini rejalashtirish (og’zaki, yozma, grafik shaklidan) unumli va samarali foydalanish va h.k.
10. Dars mashg’uloti butun bir sinf o’quvchilari diqqatini, bir yerga to’plagan holda olib borilishi va ayni vaqtda har bir o’quvchining individual va yosh xususiyatlarini hisobga olishi kerak va h.k.
Hozirgi maktablarda darslar uchta vazifani bajaradi: Birinchi vazifasi qanaqa fan bo’lishidan qat’iy nazar o’quvchilarga ta’lim beradi. Ya’ni mazkur fanga mos ilmiy bilimlar, saboqlar beradi. Ikkinchi vazifasi mazkur fanning o’z mazmuni va xususiyatlaridan kelib chiqib o’quvchilarni tarbiyalaydi. Ya’ni o’quvchining mafkurasi, dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy, vatanparvar, insonparvar kabi fazilatlarini shakllantiriladi. Uchinchi vazifasi birinchi va ikkinchi vazifalari natijasi hisoblanib o’quvchi shaxsini rivojlantirish. Soddaroq qilib izohlasak, o’quvchining olgan ta’lim-tarbiyalarini amalda qo’llashga o’rgatish vazifasidir. Ta’limning umumiy vazifasi o’quvchi shaxsini shakllantirishdir.
Dars tiplari va strukturasi. O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishda mashg’ulotlarning asosiy qismi dars tipini tashkil qiladi. Maktab ta’limi tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars tiplari quyidagilardir:

  1. Yangi bilimlarni berish darsi.

  2. O’tilgan materialni mustahkamlash darsi.

  3. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish darsi.

  4. Takrorlash-umumlashtirish darsi.

  5. Aralash dars (yuqoridagi dars tiplarining bir nechtasi bir vaqtda qo’llaniladi).

Maktabdagi eng ko’p qo’llaniladigan dars tiplaridan biri – yangi bilimlar berish darsidir. Odatda bu dars tipi quyidagicha tuziladi:

  • yangi bilimlarni bayon qilish;

  • yangi bilimlarni mustahkamlash;

  • yangi bilimlar ustida mashq qilish;

  • yangi bilimlarga bog’liq holda uy vazifalari topshirish va h.k.

Har bir sinfda har bir fanga oid dars turlicha tuziladi. Dars qanchalik xilma-xil tuzilmasin, unda umumiylik shunchalik ko’p bo’ladi. O’rta maktablardagi darsning tuzilishi asosan quyidagilardir:

  1. O’tgan darsda o’tilgan materiallarni so’rash, o’quvchilar bilimini tekshirib ko’rish darslari.

  2. Yangi materialni bayon qilish darslari.

  3. Yangi materialni mustahkamlash va takrorlash.

  4. Tekshirish darslari va h.k.

Dars tiplari.
Bilimlarni mustahkamlash darsining tuzilishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Darsning maqsadini belgilash.

  3. Uyga berilgan topshiriqlarning bajarilishini tekshirish va o’rganilgan materialni mashqlar, amaliy laboratoriya va boshqalar yordamida esda yaxshi qoldirish.

  4. Darsni yakunlash va uyga bajarish uchun topshiriq berish.

Tekshirish darslarining tuzilishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Darsning maqsadini tushuntirish.

  3. Nazorat ishlari.

  4. Darsni yakunlash.

Dars jarayoni frontal, guruhli, individual tashkil etiladi. Laboratoriya ishlari mashg’ulotning xarakteriga qarab turli tipda tashkil qilinadi:

  1. Sinf o’quvchilari bilan frontal ravishda olib boriladigan mashg’ulot.

  2. Guruh, ya’ni 6-7 o’quvchi bilan olib boriladi.

  3. Sinf o’quvchilarining har qaysisi bilan alohida-alohida olib boriladigan tajriba mashg’ulotlari.

Frontal ravishda olib boriladigan mashg’ulot tipi o’qituvchining rahbarligida sinfdagi hamma o’quvchilarning bir xil asboblardan foydalangan holda bir turdagi tajriba ustida ishlashdir. Lekin hamma vaqt ham o’quvchilarni zarur bo’lgan asboblar bilan ta’minlab bo’lmaydi. Shuning uchun frontal ravishda olib boriladigan laboratoriya mashg’ulotlari ikki shaklda individual va brigada (guruhli) shaklida yo’lga qo’yiladi. Bunda o’qituvchi o’ziga yordamchilar tayinlab olishi mumkin. O’qituvchi tajribani boshlashdan oldin o’quvchilarga yo’l-yo’riqlar berishi kerak.
Yuqori sirflarda o’quvchilarning individual olib boriladigan mustaqil tajribalari faoliyat tarzda o’tkaziladigan mashg’ulotlardan farq qiladi. Individul mashg’ulotlar eksperimental tajriba masalalarni yechishga qaratilgan amaliy ishlardan iborat bo’lib, bunda mashg’ulotlarda har qanday o’quvchi alohida-alohida tajriba ustida ish olib boradi.
O’quvchilarning individual tajribalarining natijalari yozma ravishda yakunlanadi.
O’qituvchining darsga tayyorgarligi. O’quv mashg’ulotining muvaffaqiyati asosan o’qituvchilarning darsga tayyorgarligiga bog’liqdir. O’qituvchining tayyorgarligi asosan ikki yo’l bilan olib boriladi:

  1. O’z mutaxassisligi bo’yicha olib boriladigan umumiy tayyorgarlik;

  2. Kundalik dars rejasi, ya’ni dars konspekti.

Kalendar reja har bir fan yuzasidan har bir o’qituvchi tomonidan tuziladi. Kalendar reja birinchi va ikkinchi yarim yillar uchun tuziladi. Kundalik darsga tayyorgarlik ko’rishda dastur bilan tanishadi. Darsliklar, xrestomatiya materiallari, shu mavzuga doir jurnal materiallari bilan tanishishi va ko’rsatma materiallarni tayyorlash kerak.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. O’quvchi uy vazifasini bajarish natijasida o’zlashtirgan bilimlarni mustahkamlaydi. O’zlashtirgan materiallar yuzasidan ongli fikr yuritishga, hosil qilingan ko’nikma va malakalarni turmushda qo’llay olishga o’rgata boradi. Maktab o’quvchilariga beriladigan uy vazifalarning turlari juda ham xilma-xildir. Darslik va kitob bilan ishlash, qoida va qonunlarni yod olish, yozma va og’zaki mashqlar bajarish, insho va bayon yozish, maktab tajriba-yer uchastkasi va jonli burchaklarda o’simlik va hayvonlarni kuzatish yuzasidan olib boriladigan mustaqil ishlardir. Shuni ko’rsatib o’tish kerakki, ba’zan uy vazifalarini topshirishda qo’pol holatlarga yo’l qo’yiladi. Uy vazifalarining muvaffaqiyatli bajarilishi ko’p jihatdan o’qituvchining puxta o’qtirishiga bog’liq. Uy vazifalarini dars oxirida shoshma-shosharlik bilan topshirish yaramaydi.
Maktabda o’quvchilarning mehnatdan, biologiyadan, jismoniy tarbiya fanlaridan mashg’ulotlar o’quv ustaxonalarida, yer uchastkasida, sport maydonchalarida tashkil etiladi. Bu mashg’ulotlarni o’tkazishdan maqsad o’quvchilarni olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash ko’nikmasini shakllantirishdan iborat. Bunday mashg’ulotlar o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiqib tashkil etiladi va ma’lum pedagog talablar asosida o’tkaziladi.
Maktabda o’quvchilarni hayotga tayyorlashda va bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari o’qishini tashkil etish muhim rol o’ynaydi. Sinfdan tashqari o’qish barcha fan o’qituvchilari va kutubxonachilar tomonidan tashkil etmoqlari zarur. Unda ko’zda tutilgan maqsad dasturda ko’zda tutilmagan keng hajmdagi qo’shimcha materiallar o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun tavsiya etiladi. Darsdan tashqari munozaralar, konferensiyalar uyushtirilishi ham mumkin. Eng asosiy o’quvchilarning qiziqqan sohalari bo’yicha bilishini rivojlantirish, o’qishga ishtiyoqini tarbiyalash, kitob bilan ishlashga o’rgatishdan iborat. “Odamlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar”, - degan Dini Didro. Ta’limni yodga qo’yishning dars, laboratoriya, ekskursiya, amaliy mashg’ulot, kollekvium, uy vazifalari, qo’shimcha konsultasiya, nazorat ishlar, topshiriq va hokazo shakllari mavjud.
Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Ta’lim metodlari nima va ular qanday turkumlanadi?

  2. Ta’lim metodlariga qanday pedagogik talablar qo’yiladi va ularni izohlang?

  3. Ta’limning og’zaki metodlari nima va ularga qaysilar mansub?

  4. Ta’limning ko’rsatmali metodlariga qaysilar mansub va ularni pedagogik asoslang?

  5. Ta’limning amaliy metodlari nima va uning qanday turlari mavjud?

  6. Muammoli ta’lim metodi nima va uning mazmunini asoslang.

  7. Ta’limning yana qanday metodlari mavjud va nima uchun turli nomlar bilan aytiladi?

  8. Nima uchun o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari hisobga olib baholab boriladi?

  9. Hozirgi davrda o’quvchilar bilim, ko’nikmalarini reyting tizimida baholashning qanday yo’nalishlari mavjud?

  10. O’quvchilar bilim, ko’nikmalarini nazorat qilishning qanday turlari va shakllari mavjud va ularni qanday izohlaysiz?

Yüklə 85,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə