Tahlil fanidan



Yüklə 96,55 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü96,55 Kb.
#161066
Audit fanidan DAK savollari


    1. Audit dastlab qachon va qayerda paydo bo’lgan?

    2. Auditning ahamiyati nimada?

    3. Auditning oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?

    4. Audit nechta shakl va turga bo’linadi?

    5. Auditning taftishdan farqi nimada?

    6. Auditning iqtisodiy tahlil fanidan qanday farqli va unga o’xshash tomonlari mavjud?

    7. Agar davlat soliq inspektsiyasi mavjud bo’lsa, audit kerakmi.

    8. Ichki audit bo’limini ishini samarali deb hisoblash mumkinmi, agar u bo’lim bosh buxgalterga bo’ysinsa?

    9. Agar audit nazoratni samarali shakli bo’lsa, barcha korxonalarda uni o’tkazish majburiyatini olishi lozimmi?

    10. Nima sababdan auditorlik tashkiloti ochiq aktsionerlik jamiyati sifatida tashkil etilishi mumkin emas?

    11. Ichki audit xizmati samarali ishlayotgan bo’lsa, ochiq aktsionerlik jamiyatlarida auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish lozimmi?

    12. Qaysi nuqtai nazar aktsioner uchun to’g’riroq: nazorat shaklini ixtiyoriy tanlash huquqiga egaligi, yoki bu xuquqdan maxrumligimi.

    13. Audit nazariyasi auditorlik tekshiruvi o’tkazishga tayyorlanishda qanday ta’sir ko’rsatadi?

    14. Auditorlik faoliyatining predmeti deganda nimani tushunasiz?

    15. «Audit» fanining «Moliyaviy hisob» fani bilan qanday o’zaro bog’liqligi mavjud?

    16. «Audit» fanining «Boshqaruv hisobi» fani bilan qanday o’zaro bog’liqligi mavjud?

    17. «Audit» fanining «Soliqlar va soliqqa tortish» fanlari bilan qanday o’zaro bog’liqligi mavjud?

18.O’zbekistonda auditorlik faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy tizimi va uning kanday elementlarini bilasiz?
19.Auditorlik faoliyatning huquqiy asoslari qanday me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi?
20.O’zbekistonda qanday auditorlik standartlari mavjud?
21.Auditor standartlari qanday klassifikatsiyalanadi?
22.Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya (malakaviy sertifikat) qaysi organ tomonidan beriladi?
23.Auditorlik firmalarining litsenziyalari yoki auditorning malakaviy sertifikatlari qanday holatlarda kim tomonidan bekor qilinishi mumkin?
24.Auditorlik tashkiloti faoliyatini tugatish yoki to’xtatish to’g’risida da’vo bilan xo’jalik sudiga kim murojaat qilish huquqiga ega?
25.Litsenziyasiz auditorlik faoliyatini amalga oshirganligi uchun unga qarshi qanday tartibda sanktsiya qo’llanilishi mumkin?
26.Audit standartlarining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
27.Audit standartlarining turlari: umumiy standartlar, ishchi standartlar, hisobot standartlari, maxsus standartlar xususida nimalarni bilasiz?
28.Xalqaro audit standartlari qaysi tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi?
29.Xalqaro audit standartlarining kontseptual asosi deganda nimani tushunasiz?
30.Auditning umumiy standartlariga qaysi standartlar kiradi?
31.Auditning maxsus standartlarining qanday xususiyatlarini bilasiz?
32.Auditning asosiy tamoyillarini aytib bering?
33.Vijdonlilik, ob’ektivlilik, mustaqillik, konfidentsiallik deganda nimani tushunasiz?
39.Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi nimadan iborat?
40.Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat-majburiyati deganda nimani tushunasiz?
41.Aldash va xato tushunchalari auditda qanday ahamiyatga ega?
42Audit ishi sifatini nazorat qilish deganda nimani tushunasiz?
43.Audit ishi sifatini baholashning qanday mezonlari mavjud?
44.Moliyaviy hisobot auditida qaysi me’yoriy hujjatlarga asoslandi?
45.Auditni rejalashtirish qanday bosqichlardan iborat?
46.Auditorlik isbotlash deganda nimani tushunasiz?
47.Auditni hujjatlashtirish qanday amalga oshiriladi?
48.Auditorlar Palatasi funktsiyalari nimalardan iborat?
49.Auditorlik faoliyatini kim nazorat qiladi?
50.Auditorlik kasbiga qanday malakaviy talablar qo’yilgan?
51.Auditning Axloq kodeksi to’g’risida nimalar bilasiz?
52.Axloq me’yorlari deganda nimani tushunasiz?
53.Auditning axloq kodeksi mohiyati nimadan iborat?
54.Axloq kodeksini ishlab chiqish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
55.Axloq kodeksining tamoyillari deganda nimani tushunasiz?
56.Mustaqillik, vijdonlilik, konfidentsiallik tamoyillari qanday xususiyatga ega
57.Auditorga mijozning tijorat to’g’risidagi ma’lumotlari nima uchun zarur bo’ladi?
58.Auditor nazoratni baholash uchun qanday tadbirlarni bajarish kerak bo’ladi?
59.Auditor ishlarini rejalashtirishda uni o’tkazishni qanday umumiy qoidalaridan foydalaniladi?
60.Audit ishlarini kompleks rejalashtirishning umumiy qoidalari nimalardan iborat?
61.Audit ishlarini kompleks rejalashtirishning uzluksizlik qoidasi (printsipi) nimadan iborat?
62.Rejalashtirishning maqbullik printsipi nimadan iborat?
63.Auditni rejalashtirishning qanday asosiy bosqichlari mavjud?
64.Audit ishlarini rjalashtirishning natijalaridan qanday foydalaniladi?
65.Auditni rejalashtirish hajmi nimalarga bog’liq?
66.Audit ishlarini rejalashtirishning natijalari qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi
67.Auditorlik riski va muhimlik darajasini aniqlashga misol keltiring
68.Auditda muhimlik va risklilik darajalari qanday bog’langan?
69.Buxgalteriya hisobot moddalarida nima sababdan risklar vujudga keladi?
70.Muhimlik darajasini auditda qo’llash tartibi qanday amalga oshiriladi?
71.Auditorlik riski tushunchasi qanday ta’riflanadi?
72.Korxona hisob siyosatini o’rganish qanday amalga oshiriladi?
73.Ishchi hujjatlar” tushunchasini qanday tushunasiz?
74.Auditor tomonidan qanday ishchi hujjatlar tuzilishi mumkin?
75.Mijozga qanday ishchi hujjatlar ko’rsatilishi mumkin?
76.Ishchi hujjatlar qanday talablarga javob berishi lozim?
79.Auditorlik amallari va auditorlik dalillarni to’plash qanday amalga oshiriladi?
80.Auditorlik dalillarni olishning qanday usullari mavjud?
81.Tahliliy amallarning qanday turlari mavjud?
82.Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari deganda nimalarni tushunasiz?
83.Tanlash nima va u auditda tanlash qanday ahamiyat kasb etadi?
84.Auditor tekshiruvda tanlovni qo’llashdan maqsadi nima?
85.Tanlashning qanday turlari mavjud va u nimalarga qarab foydalaniladi?
86.Auditorlik tanlashning natijasi nimada aks etadi?
87.Auditorlik tanlashning qanday usullari mavjud?
88.Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish deganda nimani tushunasiz?
89.Mohiyatan tanlab tekshirish va tanlash ko’lami qanday ta’riflanadi?
90.Kuzatish birligi, tanlash birligi va tanlash uslublari qanday ta’riflanadi?
91.Saylab olish hajmi va salmoqli (reprezentativ) tanlash qanday ta’riflanadi?
92.Tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga qanday tadbiq qilinadi?
93.Sistematik tanlash qanday ta’riflanadi?
94.Yordamchi ishlab chiqarishlar auditi qanday amalga oshiriladi?
95.Umumishlab chiqarish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi?
96.Mahsulot tannarxi to’g’ri aniqlanganligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
97.Ishlab chiqarishdagi brak auditi qanday amalga oshiriladi?
98.Tayyor mahsulotni baholashning auditi qanday amalga oshiriladi?
99.Tayyor mahsulotning saqlanishi auditi qanday amalga oshiriladi?
100.Sotish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi
Yüklə 96,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə