Strategik menejment


rejalashtirish tashkil etish motivatsiya nazorat qilish



Yüklə 7,13 Mb.
səhifə9/192
tarix27.12.2023
ölçüsü7,13 Mb.
#162753
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192
Strategik menejment

rejalashtirish tashkil etish motivatsiya nazorat qilish

  1. Aniq maqsadlarni belgilash kompaniya missiyasining umumiy tarifidan aniq ish rejalariga o'tish imkonini beradi.

Qo'yilgan maqsad biz istagan natijadan iborat bo'ladi. Agar yaxshi natijalarga erishmoqchi bo'lsangiz, o'z oldingizga yaxshi maqsadlar quying. Maq-sadlar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'ladi, yana moliyaviy va strategik ham bo'ladi.
Moliyaviy maqsadlar majburiydir, chunki moliyaviy mablag' etishmasa, kompaniya tang ahvolga tushib qoladi.
Strategik maqsadlar kompaniyaning bozordagi raqobat mavqeini kuchay-tirishga qaratiladi. Moliyaviy maqsadlar foyda hajmi, sarmoyalardan qaytim, naqd pul tushumi, dividentlar kabi ko'rsatkichlarni ko'paytirishga qaratiladi. Ular firmaning raqobatbardoshliligini oshirish natijasida rivojlanishning yuqoriroq sur'atlarga, bozordagi salmog'ini oshirishga, kam xarajatlarga erishishga, firmaning obro'yini oshirishga qaratilgan bo'ladi.
V) Maqsadlar natijalardir, strategiya esa ularga erishish yo'llari sanaladi. Strategiyani aniqlash uchun korxonaning ichki holati va tashqi omillar o'rganilishi lozim. Kompaniya strategiyasi odatda quyidagilardan iborat bo'ladi:

Strategiya faqatgina menejerlar avvalroq o'ylab chiqqan harakatlar emas, balki kutilmagan vaziyatlarda kiritilishi lozim bo'lgan tuzatishlar hamdir. Strategiyani ishlab chiqish uchun tadbirkorlik iste'dodi va fikrlashning strategik tarzi bo'lishi kerak. Strategiyani ishlab chiqish mahorati menejerning tadbirkorlik iste'dodiga bog'liq.
Menejerning tadbirkorlik mahoratini belgilash mezoni uning yangi strategik imkoniyatlarni ko'ra bilishi va yangiliklarga o'chligidir. Tadbirkorlik iste'dodiga ega bo'lgan menejerlar odatda birinchi qaldirg'ochlar bo'ladilar. Ular yangiliklarni tez o'zlashtirib oladilar, tavakkalchi bo'ladilar va keskin yangi strategiyalar yaratadilar.
Kompaniya strategiyasiga tuzatishlar kiritish me'yoriy oddiy hol hisob-lanadi. Ba'zan strategiyaga o'zgartirish kiritish zarur bo'lib qoladi. Kamdan-kam hollardagina kompaniya strategiyasi vaqt sinovidan o'ta oladi. Strategiyani qanday qilib yaxshilash mumkin, degan savol menejerni hech qachon tark etmasligi lozim. Shuning uchun strategiyani ishlab chiqish dinamik jarayondir.
Kompaniya strategiyasi mohiyatan qator savollarga javob beradi. Bu savollar quyidagilardan iborat:

  • Ishni qanday rivojlantirish kerak?

  • Mijozlarni qanday qilib qanoatlantirish mumkin?

  • Raqiblardan qanday qilib o'zib ketsa bo'ladi?

  • O'zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday javob berish lozim?

  • Kompaniyaning ayrim funktsional bo'limlarini qanday boshqarish kerak?

  • Moliyaviy va strategik maqsadlarga qanday qilib erishish mumkin?

Strategik ko'rish va kompaniya missiyasini ishlab chiqish, maqsadlarni aniqlash va strategiyani tanlash, kompaniyaning rivojlanish yo'nalishini belgilashda asosiy vazifalardir. Kechikib tuzilgan strategik rejalar yoki o'z vaqtida kiritilmagan tuzatishlar hech qanday natija bermaydi.
G) Strategshshi amalga oshirish ishlari ma'muriy vazifalarga kiradi. U quyidagilardan iborat :
-strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratish;

  • mablag'larni foydali joylashtirish uchun byudjetni boshqarish;

  • firma strategiyasini amalga oshirishni ta'minlovchi siyosatni belgilash;

  • xizmatchilarning yanada samaraliroq ishlashlari uchun rag'batlantirish;

  • erishiladigan natija va mukofotlar hajmini bir-biriga bog'lash;

  • kompaniyada belgilangan vazifalarni bajarish uchun qulay muhit yaratish;

  • kompaniya personalini ta'minlovchi ichki sharoitlarni yaratish, ya'ni har bir personalning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish;

  • ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilg'or tajribalardan foydalanish;

-ichki rahbarlikni ta'minlash.
D) Yuqoridagi 4 ta vazifa bir necha bor qayta ko'rib chiqiladi, chunki yangidan yuzaga keladigan holatlar har xil tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Utgan tajribalar natijasi va kompaniyaning istiqbol maqsadlari shunday o'zgartirishlar kiritilishga sabab bo'lishi mumkin. Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo'llarini axtarish doimiy hisoblanadi. Strategiyani amalga oshirishda uning ayrim qismlari keraksiz bo'lgani bois o'zgartirish talab etiladi.
Yuqorida ko'rib o'tilgan strategik boshqarish vazifalarining har biri doimiy tahlil va qarorlar qabul qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo'nalishda davom ettirish kerakmi yoki unga o'zgartirishlar kiritish kerakmi? Chunki strategik menejment doimiy harakatdagi jarayondir.
Bu besh vazifa bir-biri bilan o'zaro uzviy bog'langan. Masalan, kompaniyaning missiyalariga bog'liq masalalar muayyan maqsadlar bilan bog'langan.
Mazkur besh vazifa alohida holda amalga oshirilmaydi.
Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish og'ir jarayon hisoblanib, menejerlardan turli xil harakatlarni talab qiladi.
Strategik menejmentga doimiy etarlicha e'tibor berish strategiyani takomillashtirish zaruriyatidir. Uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning sifati, samaradorligini oshirish har bir xodimdan talab qilinadi.
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
Biznes sohasini aniqlash va firmaning asosiy maqsadini ishlab chiqish
Firmaning asl maqsadini alohida uzoq va qisqa muddatli faoliyat maqsadlariga aylantirish.

  1. Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash.

  2. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish.

  3. Faoliyatni baholash, vaziyatni kuzatib borish va unga tuzatishlar kiritish.

Bu bosqichlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik 3-chizmada ko'rsatilgan.


Yüklə 7,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə