Sinf: 8-sinf 3-laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 11,02 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü11,02 Kb.
#108606
Fan Odam va un-WPS Office


Fan: Odam va uning salomatligi
Sinf: 8-sinf
3-laboratoriya mashg‘uloti. 1. Nafas olishda ko‘krak qafasining harakatini kuzatish.
2. Nafas bilan chiqadigan havodagi karbonat angidridni anlqlash.
Darsning ta‘limiy maqsadi: O‘quvchilarga nafas olish organlarining fiziologiyasi, nafas olganda organlardagi gazlar almashinuvi haqida amaliy ma‘lumotlar berish, laboratoriya mashg‘ulotlari orqali bilimlarni yetkazish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, fikrlash doirasini o‘stirish, nafas olishning organizmdagi biologik rolini anglatish, ongida go‘zal axloqiy hislatlarni shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Darslik va laboratoriya mashg‘uloti bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish.
Dars turi: Kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: sekundomer soat, santimetrli o‘lchov tasmasi, probirkalar, shisha naycha, distillangan suv, ohakli suv.
Darsning texnologik xaritasi.

1

Tashkiliy qism

3

2

Uyga vazifani so‘rash

8

3

Laboratoriya ishlarini bajarish

25

4

Mustahkamlash

5

5

Uyga vazifa berish

2

6

Darsni yakunlash

2


Darsning borishi.
1. Tashkiliy qism:
a. Salomlashish.
b. Davomat olish.
c. O`quvchilar va sinf holatini,darsga tayyorgarligini kuzatish.
d. Sinf o`quvchilari 2 guruhga ajratiladi va dars o`tish jarayoni bilan tanishtiriladi.
2.O`tilgan darsdagi mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi va "men kimman" o‘yini o‘tkaziladi.
1. Nafas olishning nerv boshqarilishi
2. Nafas olishning gumoral boshqarilishi
3. Nafas olish organlari kasalliklari
4. Rinit qanday kasallik
5. Gripp qanday kasallik
6. O‘pka sili qanday kasallik
7. Allergiya kasalliklari
8. Chekishning zarari
Nafas olish organlari va nafas olish organlarining kasalliklari stikerlarga yozilib javob beruvchi o‘quvchining peshonasiga yopishtirib qo‘yiladi. Qolgan o‘quvchilar ushbu so‘zlarga ta‘rif berishadi. Ta‘riflarga asoslanib javob beruvchi o‘quvchi stikerdagi so‘zni topishi kerak.
Laboratoriya mashg‘ulotining borishi.
Kerakli Jihozlar va asboblar: sekundomerli soat, santimetrli olchov tasmasi.

Ishni bajarish tartibi:

- o'quvchi kiyimining beldan yuqorisini yechib, stulga o'tiradi;

- tinch nafas olayotgan o‘quvchining ko'krak qafasi va qornining holati, bir

minutda nafas olishi soni aniqlanadi;

- o'quvchi o‘rnidan turib tinch holatda nafas olganida va nafas chiqarganida

uning ko'krak qafasining aylanasi orqa (kurakning ostidan) va oldingi

(ko'krak bezi usti) tomondan olchanadi;

- o‘quvchi chuqur nafas olganida va chuqur nafas chiqarganida ko‘krak

qafasining aylanasi o‘lchanadi;

- tinch nafas olinganida va nafas chiqarilganida, chuqur nafas olinganida va

nafas chiqarilganida ko‘krak qafasi aylanasi o‘rtasidagi farq aniqlanadi.
2. Nafas bilan chiqadigan havodagi karbonat angidridni anlqlash.

Kerakli jihozlar va asboblar: ikki dona probirka, shisha naycha, paxta,

distillangan suv, ohakli suv (1 stakan suvga 20-30 g ohak solib tayyorlanadi).

Ishni bajarish tartibi:

- probirkaning biriga distillangan suv, ikkinchisiga ohakli suv quyilib,

shtativga joylashtiriladi;

- o‘quvchi chuqur nafas olgandan so‘ng distillangan va ohakli suv solingan

probirkalarga navbat bilan puflaydi;

- chuqur nafas olish va puflash 8-10 marta takrorlanadi;

- probirkadagi ohakli suvning rangi loyqalanib qolishi, distillangan suv

rangining o'zgarmaganligi kuzatiladi;

- ohakli suv rangining o‘zgarishi, o'pkadan chiqayotgan havo tarkibidagi

karbonat angidrid (C02) ning ohakli suv tarkibidagi kalsiy ishqori Ca(OH)2

bilan birikib, ohaktosh CaC03 hosil qilgani tushuntiriladi.
Uyga vazifa: Nafas olish organlari mavzularini takrorlab o‘qish.
Dars yakuni: : Guruhlar ishi yakunlanib, rag`batlantirilib, kamchiliklar eslatilib, xayrlashiladi.
Yüklə 11,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə