www.pedagoglar.uz
45-son 7–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 102
SHARQ OLIMLARINING MATEMATIKA FANINI RIVOJLANISHIDA
O‘RNI
Sherdanaev Rustamjon Xolmuminovich
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani 1-son kasb-hunar maktabi
matematika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqola Matematika faning inson hayotidagi ahamiyati,
kelib chiqish tarixiga nazar soladi. Shuningdek,
maqolada
matematika fanining
rivojlanishiga hissa qo’shgan sharq olimlari va ularning yaratgan yangiliklari
keltirilgan.
Kalit so`zlar:
zamonaviy akademiya, “Baytul Hikmat”, Zamonaviy kibernetika,
observatoriya, tadqiqot, algoritm, algebra, p-darajali ildiz.
О‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri
fan va madaniyat rivojlanib
kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika,
tibbiyot, kimyo, tarix,
falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, tо‘qimachilik,
kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir О‘zbekiston
olimlari uzoq о‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol о‘rganib,
о‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib
hissa qо‘shmoqdalar. IX-X asrlarda О‘rta Osiyo (butun Markaziy Osiyo) zamonaviy
akademiyalarga о‘xshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan
Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi. XI asrda Urganch
Xorazm
poytaxti, obod, yuksak madaniyatga ega shahar bо‘lgan. Xorazmshoh Abul
Abbos ibn Ma’mun madaniyat va ilmga qiziquvchan hukmdor bо‘lgani uchun
olimlar, shoirlar,
musiqachilar, xattotlar, arxitektor va rassomlarni har tomonlama
qо‘llab-quvvatlagan. Urganchdagi Xorazmshohlar saroyida
tibbiyot xodimi Abu Ali
ibn Sino (Avitsenna), aniq fanlar vakili Abu Rayhon Beruniy, tarixchi ibn