«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3



Yüklə 460,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix10.11.2023
ölçüsü460,31 Kb.
#132665
1   2   3   4   5   6
matematika-fanining-rivojlanishi-va-sonlarning-paydo-bo-lishi

206
 
sonli simvolikani ishlab chiqish va rivojlantirish bilan birga hindlar cheksiz katta sonlar 
haqida ham tasavvurga ega bo’lganlar. Jumladan Bxaskara Akarya 0 а ko’rinishdagi 
ifodaga izoh berib, uni son ekanligini, lekin unga qanday katta sonni qo’shganimizda 
yoki ayirganimizda ham o’zgarmaydi deb tushuntiradi. Xitoyda matematik 
tushunchalarni paydo bo’lishi Xitoy matematika tarixchisi Li Yanning tasdiqlashiga 
ko’ra e.o. XIV asrga to’g’ri keladi. Dastlabki matematikaga oid ma’lumotlar chjoubi 
(quyosh soati) va matematikaga oid 9 kitob (matematika v devyati knigax) asarlardir. 
Bu asarlar eramizning boshida (e.o. 152 y. olim Chjan Tsan) paydo bo’lib, bungacha 
bo’lgan Xitoydagi matematikaga oid barcha ma’lumotlar jamlangan. Jumladan bu 
asarda ieroglifli simvolika bilan berilgan o’nli sanoq sistemasi haqida ham ma’lumotlar 
bor. Sonlar sinflarga bo’linib, har birida to’rttadan razryad bor. Nol esa yo’q bo’lib, 
faqat XII asrda paydo bo’lgan (hindlardan o’zlashtirilgan bo’lsa kerak). Arifmetik 
amallar esa sanoq taxtasida bajarilib, nolni o’rni bo’sh qoldirilib ketgan. Misrda
matematikaga oid bo’lgan ma’lumotlar 1858 yili Raynda (Rhind) papirusining 
o’qilishidir. U Londonda saqlanayotgan bo’lib, taxminan uzunligi -5,5 metr eni - 32 sm 
bo’lib, 84 ta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan masala jamlangan. Ikkinchi katta yodgorlik 
Moskvada bo’lib, Axmes papirusi deb ataladi. Uzunligi o’shanday bo’lib, eni 8 sm ga 
teng, 25 ta masala bor. Birinchisi e.o. 1650 yilga tegishli bo’lib, 1882 yili V.V.Babinin 
ruscha sharxini bergan. Ikkinchisi e.o. 1850-yilga tegishli bo’lib, sovet akademiklari 
B.A.To’raev va V.V.Struve tomonidan o’qilgan va o’rganilgan. Ma’lum bo’lishicha 
Misrliklar e.o. 4000 yillar davomida matematikani amaliy ishlari bilan shug’ullanganlar. 
Ularga o’nlik va 60 lik sanoq sistemalari tanish bo’lgan. Jumladan o’nli sanoq sistemasi 
ieroglifli bo’lib, bog’lovchi sonlar 10k larga maxsus belgilar qo’yilgan. Algoritmik 
sonlar esa bog’lovchi sonlarning kombinatsiyasi asosida tuzilgan. Umuman olganda 
o’nli sanoq sistemasini paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishi turli xalqlarda 
turlicha kechdi.
XULOSA 
O’nli sanoq sistemasining bundan keyingi rivoji ko’p jixatdan Islom dinining 
vujudga kelishi va 641 yili Bag’dod xalifaligini o’rnatilishi bilan bog’liq. Taxminan 
773 yili al - Fazari xindlarning “Siddxanti” (300 – 400 yillar) asarini arab tiliga tarjima 
qiladi (saqlanib qolgan “Surьya” qismi). Islom davri matematikasi turli - tuman kuchlar 
ta’siri ostida rivojlandi. Ayniqsa xalifa Abbosiylar davrida: al - Mansur (754 - 775), 
Xorun - al - Rashid (786 - 809), al – Ma’mun (813 - 833). Al-Ma’mun Bog’dodda 
kutubxonasi va observatoriyasi bo’lgan katta madrasa qurdiradi. Bu yerda ko’plab sharq 
olimlari ishlab ijod qilganlar. Xivalik Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy (825 yili) 
Xindistonga qilgan safaridan so’ng yozgan “Xind sonlari haqida” asari (XII asrda Lotin 
tiliga tarjimasi saqlangan) paydo bo’lgandan so’ng o’nli sanoq sistemasi tez tarqala 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Yüklə 460,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə