Sana : Sinf: 9 Fan: Kimyo



Yüklə 14,18 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü14,18 Kb.
#30579

Aim.uz

Sana : ________

Sinf: 9

Fan: Kimyo
Mavzu: Kimyoviy elementlarning toifalanishi.

Darsning maqsadi.



a.) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga kimyoviy elementlarning toifalanishi haqida ma’lumotlar berish.

b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

d) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’rganish, o’z – o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

Darsning jihozi: dars konspekti, darslik, 8 – sinflar uchun o’quv ko’rgazmalar , kadoskop, davriy jadval

Dars tipi: Aralash

Dars turi: Noan’anaviy.

Dars o`tish metodi: “Aqliy hujum”, “Guruhlar bilan ishlash”,

.Darsning borishi: a) Darsning tashkil etilishi. b) Salomlashish, davomatni aniqlash.

c) O’quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish. d) Guruhlarga bo’lish



O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzu bayoni:



  • .

  • Kimyoviy elementlarni dastlabki toifalashda ularning ko‘zga tashlanadigan

  • belgilari asos qilib olingan.

  • Deyarli barcha metallar o‘ziga

  • xos yaltiroq, elektr va issiqlikni

  • o‘tkazadigan, bolg‘alanuvchan bo‘lib,

  • metalmaslar esa bunday xossalarga

  • ega emas. Barcha metallar (simobdan

  • tashqari) qattiq, metalmaslar esa qattiq (oltingugurt, uglerod, kremniy,

  • yod), suyuq (brom), gaz (kislorod, vodorod, xlor) holatda bo‘ladi.

  • Metallar hamda metalmaslar kimyoviy xossalari bilan ham farqlanadi.

  • Tipik metallarning gidroksidlari asos, metalmaslarning gidroksidlari

  • esa kislota.

  • Metallarning gidridlari qattiq moddalardir. Metalmaslarning gidridlari

  • esa uchuvchan birikmalardir.

Asos xossalarini ham, kislota xossalarini ham namoyon qiluvchi

gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi.

Amfoter gidroksidni hosil qiluvchi oksid ham amfoter xossasiga ega.

Amfoter oksid, amfoter gidroksid hosil qiluvchi elementlar amfoter

elementlardir.

Ayrim kimyoviy elementlarning quyi valentli oksidlari asosli xossaga,

yuqori valentli oksidlari kislotali, oraliq valentli oksidlari esa amfoter

xossaga ega bo‘ladi.

Masalan, xrom (II)-oksid CrO – asosli, xrom (III)-oksid Cr2O3

– amfoter, xrom (VI)-oksid CrO3 – kislotali oksidlardir



Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Tipik metallarning fizik xossalari qanday? Tipik metalmaslarni-chi?

2. Metallarning kimyoviy xossalari metalmaslarning xossalaridan qanday farq

qiladi?


3. Amfoter elementlarning xossalari qaysi jihatdan metallarga o‘xshaydi? Qaysi

jihatdan metalmaslarga o‘xshaydi? Izohli javob bering

4. Quyidagi amfoter oksidlarga mos keluvchi amfoter gidroksidlarning formulasini

yozing: ZnO, BeO, Al2O3, Cr2O3, PbO;

5. 0,1 mol berilliy gidroksidi Be(OH)2 ga qizdirib turib natriy gidroksidning mo‘l

miqdori ta’sir ettirilsa, necha gramm va necha mol natriy berillat hosil bo‘ladi



O’quvchilarni baholash:

Uyga vazifa: Mavzuni darslikdan o’qish, “Savol va topshiriqlar” ni bajarish.


Aim.uz


Yüklə 14,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə