Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Uyushmalarning sutkalik va mavsumiy o’zgarishlari



Yüklə 84,04 Kb.
səhifə26/27
tarix07.02.2023
ölçüsü84,04 Kb.
#100356
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
0abc4e61c1de900faadea3e2cd37a95f Hayvonlar ekologiyasi

2. Uyushmalarning sutkalik va mavsumiy o’zgarishlari
Ko’pgina uyushmalarning xususiyatlari shundan iboratki, ularning tarkibi va ayrim turlarning munosabatlari turli mavsumlar davomida, hatto sutkaning ma’lum soatlarida qonuniy ravishda o’zgarib turadi.
U yoki bu turning joy almashtirishi yoki faolligining o’zgarishi tufayli ma’lum vaqt davomida uyushma hayotidan chetga chiqadi. Masalan, biologik jarayonlarning sutkalik davriyligi (o’zgarib turishi) va “kunduzgi” va “tungi” turlarning mavjudligi ma’lum darajada uyushmada mustaqil, bir-birini almashtiruvchi (aspektni) holatni shakllanishiga olib keladi. Ushbu holatlar nafaqat uyushmaning murakkablashuviga, balki unda yashovchi organizmlarning muhitdan to’la foydalanish imkoniyatini ham yaratadi.
Uyushmalardagi mavsumiy o’zgarishlar undagi organizmlarning (ayrim turlarning) bir qismini yozgi yoki qishki uyquga ketishi va qish yoki qurg’oqchilik tufayli ayrim turlarning migrasiyasi bilan ifodalanadi.
Uyushmadagi (biosenozdagi) turg’un turlar uning asosini tashkil etadi. Mavsumiy turlar esa biosenozning ayrim davrlardagi (mavsumlardagi) qiyofasini aniqlaydi (shakllantiradi). Bunday turlarning paydo bo’lishi uning nafaqat ko’rinishini, balki yana uyushma a’zolarining o’zaro munosabatlari ham o’zgaradi.
Yer sayyorasining turli kengliklarida biologik mavsumlarning davri va uning cho’zilishi (davom etishi) turli oylarga to’g’ri keladi. Masalan, tropik kengliklarda vegetasiya davri yilning 12 oyini ham qamrab oladi, vaholanki, bunday davr Arktikada 2-3 oy, ba’zan bir oy davom etadi. Tropik dengizlarda plankton organizmlarning bahor mavsumi qishga to’g’ri kelsa, shimoliy muz okeanida esa bu mavsum avgustda kuzatiladi. Tropik kengliklarda biologik qish deyarli bo’lmaydi, yuqori shimoliy kengliklarda esa qish qariyb 10 oy davom etadi. Shunga binoan, tropik dengizlarda va Arktikada plankton organizmlarning mavsumiy dinamikasida faqat 1 ta maksimum qayd qilinsa, mu’tadil iqlimli kengliklardagi dengizlarda esa 2 ta kuzatiladi. Issiq, iliq va sovuq iqlimli dengizlarda organizmlar yil davomida sodir bo’ladigan generasiyalar (avlod qoldirishi) bilan ham farq qiladi. Masalan, Arktika sharoitida plankton holda hayot kechiruvchi ko’pgina eshkak oyoqli qisqichbaqasimonlar (Copepoga-Calanus) bitta, ayrim hollarda 2 ta generasiya beradi, mu’tadil iqlim sharoitida ular 4-6 ta, tropikda esa yil davomida ko’payadi.
Chuchuk suv havzalarida ham plankton va bentos hayvonlari dengiz plankton va bentos hayvonlari kabi o’zgarish xususiyatlariga ega.
Bir tipdagi uyushmaning boshqasi bilan almashinuvi suksessiya deyiladi. Suksessiyalar muhitning o’zgarishlari oqibatida sodir bo’lsa, uning amalga oshishi esa tashqi va ichki sabablarga bog’liq bo’ladi. Agar uyushmada tub o’zgarishlarga sabab bo’lgan ta’sir etuvchi omillar vaqtincha bo’lsa, uyushmaning dastlabki holati qayta tiklanadi. Bordi-yu, ta’sirni yuzaga keltiruvchi omillar uzoq vaqt davomida ta’sir etib tursa, uyushma ham dastlabki ko’rinishiga qaytmasdan, o’zgargan holatda faoliyatini davom ettiradi. Shunga binoan, uyushmalardagi yirik (katta) o’zgarishlar, odatda, kichik, miqdoriy o’zgarishlar tomonidan tayyorlanadi.
Ancha yaxshi o’rganilgan suksessiyaga misol tariqasida ignabargli o’rmonning qayta tiklanishini ko’rsatish mumkin. Yong’in tufayli yoki kesib olingandan keyin hosil bo’lgan uchastkada dastlabki 1-3 yil davomida butalarning yosh novdalari va o’tchil o’simliklardan qushqo’nmas, (ivanchay) qizil qon o’simligi va boshqalar o’sib chiqadi. Ushbu joyda gumus juda ko’p bo’lgani sababli o’simliklar o’zi uchun juda qulay joy topadi, lekin keyinchalik tog’ terak va qayin nihollari ko’plab o’sib chiqib, ularning tagidan esa qora qarag’ay va qarag’ay rivojlanib keladi. Ushbu daraxtlarning tez o’suvchi yosh nihollari kuygan maydonni qoplab oladi va o’tchil begona o’simliklarni bosib, uning o’rniga yo’sin va boshqa turli o’tlarni paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Qayin va tog’ terak yosh daraxtlari asosiy ignabargli daraxtlarning o’sishiga to’siq bo’lib turadi. Bu esa ignabargli daraxtlar o’rmoni o’rniga tog’ terak va qayinli o’rmon paydo bo’ladi. Ayrim hollarda ularga ignabargli daraxtlar ham aralashgan bo’ladi. Qayin va tog’ terak daraxtlarining yoshi 10-20 yillik bo’lgandan so’ng, daraxtlar oralig’ida siyraklashish va nisbatan yorishish paydo bo’lgandan keyin ignabargli daraxtlarning rivojlanishi uchun sharoit paydo bo’ladi.
Ignabargli daraxtlarning o’sib borishi esa yorug’lik sevuvchi daraxtlar turlari (qayin, tog’ terak va tilog’ochli daraxtlar) siqib chiqariladi va uzoq davom etgan jarayondan so’ng ignabargli daraxtlardan tashkil topgan o’rmon tiklanadi.
Bu jarayonga parallel ravishda hayvonlar ham o’zgarib boradi, ya’ni tarkib oldin “begona-yaylov” o’simliklarga mos hayvon turlari, buta o’simliklariga mos hayvonlar, qayin va tog’ terakka moslashgan hayvonlar va nihoyat ignabargli o’rmonga moslashgan hayvonlar faunasi paydo bo’ladi. Hayvonlar faunasi “qayin va tog’ terak” fazasida ancha kambag’al (kam) bo’ladi. Masalan, qarag’ayli o’rmonning dastlabki paydo bo’lish davrida qushlar 13 turni tashkil qilsa, ushbu o’rmon to’la voyaga yetgandan keyin qushlar 30 turni tashkil qiladi. Bunday holatni qoraqarag’ayli o’rmonda ham bo’lishini ko’rish mumkin.
Shuni aytish lozimki, ma’lum bir maydonda yoki hududda o’rmonning yoki biosenozning (suksessiyaning) tiklanishi shu joydagi atrof-muhit omillari (sharoiti)ga bog’liqdir. Masalan, bo’z yerda mayda kemiruvchilarning ko’payib ketishi burganning o’sishini to’xtatib qo’yadi, yoki ma’lum uchastkada suksessiyaning almashinuvida hayvonlarni to’xtovsiz boqish tufayli bug’doyiq o’simligining ko’payib ketishi bilan ifodalanadi. Xuddi shuningdek, tuyoqli hayvonlarni bir uchastkada uzluksiz haydab boqish shu joyda o’simliklarni oyoq osti bo’lib ezilishi, tuproqda chirindi qatlamining barbod bo’lishi, tuproqning ustki qatlamlarini zichlanishi va uning strukturasini buzilishiga olib keladi.



Yüklə 84,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə