S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

talbiqiy dasturiy ta ’minot
hisoblanuvchi, ya’ni muayyan 
tatbiqiy masalalami yechishga mo‘Ijallangan MBBT awal boshdan 
tizimli funksiyalarini bajargan - tizimli dasturiy ta’minotning fayl 
tizimi imkoniyatlarini kengaytirgan. Umuman MBBT amalga oshi- 
ruvchi quyidagi fimksiyalami ajratish mumkin:
- ma’lumotlami mantiqiy strukturasini (ma’lumotlar bazasi 
sxemalarini) tashkil etish va madadlash;
- tashqi xotiradagi ma’lumotlaming fizik strukturasini tashkil 
etish va madadlash;
- ma’lumotlardan foydalanishni tashkil etish va ulami asosiy 
va tashqi xotirada ishlash.
Ma’lumotlaming mantiqiy strukturasini (ma’lumotlar bazasi 
sxemalarini) tashkil etish va madadlash 
ma’lumotlarni tashkil etish
modeli
(“ma’lumotlar modeli”) vositaiari yordamida ta’nrmlanadi.
Ma’lumotlar modeli
ma’lumotlami tashkil qilish usuli, yax- 
litlikning cheklanishlari va ma’lumotlami tashkil qilish obyektlari 
ustida joiz amallar to ‘plami orqali aniqlanadi. Ma’lumotlar modeli 
uchta tarkibiy qismga - 
strukturali, yaxlitli
va 
manipulyatsion
qismlarga ajratiladi.
7


Ma’lumotlami tashkil etishning quyidagi uchta asosiy modellari 
mavjud:
- ierarxik;
- tarmoqli;
- relyatsion.
Ma’lumotíami tashkil etish modeli, aslida, avtomatlashtirilgan 
axborot tizimini amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan ma’lumotlar 
bankining 
ichki axborot tilini
belgilaydi. MBBT orqali madadlanuv- 
chi ma’lumotlar modeli MBBTni tasniflashda ko‘pincha mezon si- 
fatida ishlatiladi. Unga binoan 
ierarxik MBBT, tarmoq MBBT
va 
relyatsion MBBT
farqlanadi.
MBBTning boshqa muhim fimksiyasi - tashqi xotiradagi 
ma’lumotlaming fizik strukturasini tashkil etish va madadlash. 
Ushbu fimksiya ba’zida 
ma 'lumotlar bazasining fayllar formati
deb 
ataluvchi m a’lumotlar bazasi fayllarining ichki strukturasini tashkil 
etadi va madadlaydi hamda ma’lumotlardan samarali va tartibli 
foydalanish uchun maxsus strukturalami (indekslami, sahifalami) 
yaratadi va madadlaydi. Ushbu jihatdan bu fimksiya MBBTning 
uchinchi funksiyasi —ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tishkil 
etish bilan uzviy bog‘langan.
Tashqi xotiradagi ma’lumotlaming fizik strukturasini tashkil 
etish va madadlash fayllar tizimining shtatga oid vositalari asosida 
hamda tashqi xotira qurilmalarining MBBTni bevosita boshqarish 
sathida amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lurnotlardan foydalanishni va ulami asosiy va tashqi xo- 
tirada ishlashni tashkil etish tranzaksiya deb ataluvchi jarayonlarni 
amalga oshirish orqali bajariladi. 
Tranzaksiya
- ma’lumotlar bazasi­
ning joriy holatiga nisbatan alohida ma’noli qiymatga ega amal- 
laming ketma-ket majmui. Masalan, ma’lumotlar bazasidagi alohida 
yozuvni olib tashlash tranzaksiyasi quyidagilami o‘z ichiga oladi: 
ko‘rsatilgan yozuv bo‘lgan ma’lumotlar fayli sahifasini aniqlash; 
mos sahifani o‘qish va asosiy xotira buferiga uzatish; asosiy xotira 
buferidagi yozuvni olib tashlash; olib tashlangandan so‘ng bog‘la- 
nishlar va boshqa parametrlar bo‘yicha yaxlitlikni tekshirish; ma’lu­
motlami mos sahifasining yangi holatini ma’lumotlar bazasi faylida 
qaydlash.
3


Tranzaksiyaning ikki xilini ajratish qabul qilingan - tranzak- 
siya tugallanganidan so‘ng ma’lumotlar bazasi holatini o‘zgartiruv- 
chi va ma’lumotlar bazasi holatini vaqtincha o‘zgartiruvchi (tran- 
zaksiya tugallanganidan so‘ng dastlabki holat tiklanadi). MBBTning 
tranzaksiyalami tashkil etish va boshqarish bo‘yicha funksiyalari- 
ning niajmui 
tranzaksiya monitori
deb ataladi.
Ma’liimotlar bazasiga nisbatan tranzaksiyalar ma’lumotlar ban- 
ki foydalanuvchilari harakatlariga tenglashtiriluvchi tashqi jarayon- 
lar bilan ishtirok etadi. Bunda tranzaksiyalaming manbai, boshlab 
beruvchisi bitta yoki birdaniga bir nechta foydalanuvchi bo‘lishi 
mumkin. Ushbu mezon bo‘yicha 
bitta odam foydalanuvchi MBBT
va 
ko 'pchilik foydalanuvchi MBBT
farqlanadi. Odatda, bitta odam 
foydalanuvchi MBBTlarida tranzaksiyalar monitori MBBTning alo- 
hida funksional elementi sifatida amalga oshirilmaydi. Ko‘pchilik 
foydalanuvchi MBBTlarda tranzaksiyalami monitorlashning asosiy 
vazifasi - birdaniga bir nechta foydalanuvchilaming umumiy ma’lu­
motlar ustida tranzaksiyalaming birgalikda samarali bajarishlarini 
ta’minlash.
Aksariyat MBBTlarda ma’lumotlardan foydalanish va ulami 
ishlash asosiy xotirada operatsion tizimning shtatga oid vositalari 
yoki tizimning vositalari yordamida 
asosiy xotira buferlarini
tashkil 
etish orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlardan foydalanish va ulami 
ishlash vaqtida ma’lumotlar bazasi faylining alohida tashkil etuv- 
chilari asosiy xotira buferlarida joylashtiriladi. Shu sababli, MBBT­
ning ma’lumotlardan foydalanish va ulami ishlashini tashkil etish 
bo‘yicha funksiyasining boshqa bir tarkibiy qismi 
asosiy xotira
buferlarini boshqarish
hisoblanadi.
MBBTning ma’lumotlardan foydalanish va ulami ishlashini 
tashkil etish bo‘yicha funksiyasining yana bir muhim tarkibiy qismi 
ma’lumotlar bazasining barcha joriy o‘zgarishlarini jumallashtirish 
hisoblanadi. 
Jumallashtirish
ma’lumotlaming bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan yanglishishlar va buzilishlarda but saqlanishini ta’minlovchi 
asosiy vosita hisoblanadi. Aksariyat MBBTlarda bunday tahdidlami 
neytrallash uchun saqlash va joylashtirishning o‘zgacha rejimli 
ma’lumotlar bazasining o‘zgarishlari jumali tashkil etiladi.
9


Ma’lumotlar bazasining o‘zgarishlar jumalining zaxirali nusxa- 
si, odatda, ma’lumotlar bazasining asosiy faylidan alohida eltuv- 
chilarda joylashtiriladi.
Quyida MBBT komponentlarining o‘zaro bog‘lanish sxemasi 
keltirilgan.
Ma’lumot-

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə