Reja: Yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari


Yer tuzishda geodezik ishlar fanining tarixi



Yüklə 212,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix10.06.2023
ölçüsü212,03 Kb.
#116493
1   2   3
1-amaliy (5)

2. Yer tuzishda geodezik ishlar fanining tarixi 
Ma’lumki, Yer tuzishda geodezik ishlar ham boshqa fanlar kabi hayotiy talablar 
asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan tobora 
rivojlanib borgan. Inson qadimdan o‘zi yashagan joyni hayot talabiga ko‘ra har 
tomonlama bilishga qiziqqan va o‘rgangan. Geodeziya
Injenerlik geodeziyasi tarixi ham 
shunday boshlanadi. 
Arxeologlarning aniqlashicha, Qadimiy Misr, Mesopotamiya, Xindiston, Xitoy, 
Gresiya, O‘rta Osiyo va boshqa mamlakatlar xalqlari o‘z ehtiyojlari uchun dehqonchilik 
qilish va sug‘orish kanallarini qazish, turli bino va inshootlarni qurish, ekin maydonlarini 
o‘zaro taqsimlash kabi masalalarni yechishda geodezik o‘lchashdan foydalangan. 
Masalan, miloddan 4000 yil ilgari Misrdagi Nil daryosi havzasida yerni o‘lchash 
ishlari olib borilgan. Nil daryosini Qizil dengiz bilan qo‘shish maqsadida kanal qurilishi 
miloddan VI asr ilgarigi vaqitga taalluqlidir. U vaqtlarda s’yomkaning bazi bir 
usullarigina ma’lum edi. Yunonistonlik olim Eratosfen miloddan 230 yil ilgari Yer 
sharining o‘lchamlarini aniqlagan va Geodeziyadan maxsus kitob yozib, meridianlar va 
parallellar ko‘rsatilgan karta tuzgan. Ptolomey tomonidan proyeksiyalash usullari joriy 
qilinib, Yevropa va Osiyo kartalarini tuzishda ulardan foydalanilgan. Miloddan 7 - 6 asr 
ilgari hozirgi Iroq janubida yashagan holdeylar Yerni shar deb faraz qilib, uning radiusi R 
uzunligini hisoblab chiqdilar. Miloddan 6 asr ilgariyoq Pifagor Yerni shar shaklida deb 
aytganligi fanga ma’lum. IX asrda Arabistonda madaniyat ancha taraqqiy etib, 
Bag‘dodda „Hikmat uyi“ nomli ilmiy markaz tuzildi. Unda O‘rta Osiyolik „Yer surati“ 
nomli asar muallifi algebra fanining asoschisi Al-Xorazmiy hamda Al-Farg‘oniy, Al-
Marvoziy, Al-Marvarudiy kabi olimlar ham ishladi. Xalifa Xorun Al-Rashid o‘g‘li Al-
Ma’mun farmoyishiga binoan, 827 yili „Hikmat uyi“ a’zolaridan ikkita ekspeditsiya 
tuzildi. Yer o‘lchamlarida bo‘lgan tafovutni bartaraf qilish uchun ularga „gadus o‘lchash 
usuli“ ni ishlatib, Yer o‘lchamlarini aniqlash ishi topshirildi. Ular meridianning bir 
gradus yoy uzunligini o‘lchab, ishni 56,0 milya (110,5 km) va 56,66 milya (111,82 km) 
natija bilan yakunladilar va hisoblashlar uchun 111,82 km natija olindi Geodeziya fani 
matematika, astronomiya, elektronika, geografiya, geomorfologiya gidrogeologiya va 
boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. 
Xorazmlik ulug‘ olim 

Yüklə 212,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə