Reja: Ta’lim tizimi



Yüklə 30,43 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü30,43 Kb.
#147175
4-mavzu


Mavzu: Matematika darslarida foydalaniladigan interfaol metodlar.


Reja:

  1. Ta’lim tizimi.

  2. Matematika darslarida foydalaniladigan interfaol metodlar.


Ta’lim tizimida o’quvchilarni bilim olishi birinchi o’rinda turishini hamma yaxshi biladi. O’quvchi o’qituvchi bergan har bir bilimini yaxshi o’zlashtirishi uchun turli xil metodlarni qo’llash lozim. Yangicha metod yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish haqida gap borganda interfaol usullarning o’quv jarayonida qo’llanilishi tushuniladi. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning interfaol metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Faqatgina o’qituvchi emas, balki o’qituvchi bilan birgalikda o’quvchi ham faol bo’lishi hozirgi kunning talabi hisoblanadi. Bolalarga dars jarayonlarini turli xil ko’rnishdagi metodlar o’yinlar orqali ularga tushuntirib ularni psixikasiga mos dars jarayonlarni tashkil qilamiz. Dars jarayonida bolalarni zerkitib qo’ymaslik uchun ularga turli xildagi metodlar asosida dars jarayonni tashkil qilamiz. Hattoki, ma’lum bir kitobni o’qiganda, sahifalarida turlicha mazmun kashf etishni ko’ramiz. Masalan: L.N.Skatkinning “Metodika” kitobini varaqlaganda, kitobning boshida metodikaning umumiy masalalariga daxldor bo’lgan, boblarida avtorning tilida ko’plab metod so’zi uchraydi. Lekin, xususiy masalalariga bag’ishlangan boblarida avtor “metod” so’zi o’rniga “usul” so’zi ishlatilgan. O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchining soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quvmoddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi. Interfaol metodlar deganda- ta’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Interfaol metodlar orqali o’quvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy izlanuvchanligini oshiriladi. Interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil etilsa, o’quvchi darsga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi va ta’lim sifati yaxshilanadi. Interfaol usullar orqali o’tilgan darslar o’quvchini ijobiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlar orqali o’tiladigan darslarda an’anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki mazmunni o’zaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya’ni o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har bir ishning maqsadi bo’lgani kabi interfaol usullarni qo’llashdan maqsad bo’ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi o’quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o’quvchilarning faol, erkin fikr yuritishga muhit yaratishdir. U o’zining intelektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etibgina qolmay, balki o’quv sifatini va samaradorligini oshiradi, ta’minlaydi. Matematika darslarida interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars ham qiziqarli, ham mazmunli o’tishi mumkin. Chunki, biz bilamizki, boshlang’ich sinf o’quvchilar juda o’yinqaro bo’lishadi. Shuning uchun ham darslarni rangbarang metodlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Misol uchun “Ko’paytirish jadvali”ni tushunishida o’quvchi qiynaladi. Agar bu mavzularni tushuntirishda interfaol metodlar orqali tushuntirilsa, o’quvchining xotirasiga ham qolishi osonroq bo’ladi. Hozirgi yuksalish va yangilanish davrida yashar ekanmiz biz o’qituvchilar interfaol metodlar asosida dars jarayonalarini tashkil qilamiz. Oddiygina o’qitish metodini olsak, bu tushuncha didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining ko’pchiligida o’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari, bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malaka va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning qobilyatlari rivojlanadi. Darsda o’quvchilar faolligini oshiruvchi vositalardan biri-interfaol metodlardir. Bu uslublar maktab pedogikasi uchun yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan. Qachonki, bu metodlar samarali natija bera oladi: -Dars va mavzuning maqsadlari to’g’ri aniq tanlanganda; -Mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa; -Bir metod butun dars davomida qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni qamrab olsa; -Tanlagan metod o’quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa, o’quvchi mavzuni nima haqidaligini tezgina tushuna oladi. Biz dars jarayonida metodlarni qo’laymiz dedik, bu bilan o’quvchilarning dars materiallarini o’zlashtirish darajasini ancha yuqori bo’ladi. Biz dars jarayonida bolalarni yoshiga va bilim darajasiga qarab, interfaol metodlardan foydalanib dars o’tamiz. So’ngi yillarda pedagogika faoliyatda turli axborot vositalari (kopyuter, televideniya, radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalardan o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Biz o’qituvchilar darslarni turli xil innavotsion metodlar orqali tushuntirib, yoritib bolalarga yetkazib berishga harakat qilishimiz kerak.
O`quvchilar matematikadan bilimlarni o`zlashtirishlaridan tashqari hisoblash, o`lchash, grafik o`quvlar va malakalarni egallashlari va masalalar yechishni o`rganishlari zarur. Bunda albatta nazariy materialdan foydalanishni o`qituvchi beradi.Keyingi paytlarda o`qitish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi ta'sirli metod sifatida o`quvchilarning mustaqil ishlariga ko`proq e'tibor berilmoqda. O`quvchilarning mustaqil ishlari o`qitishning hamma bosqichlarida qo`llaniladi.Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasini har xil ta'riflanadi. B.P. Yesipov bergan ta'rif eng to`g`ri deb tan olingan: O`quvchilarning o`qitish jarayonida mustaqil ishlari – bu o`qituvchining bevosita qatnashuvsiz, maxsus ajratilgan vaqt davomida aniq topshiriqlar bo`yicha bajariladigan ishdir: bunda o`quvchilar topshiriqda qo`yilgan maqsadga erishishga o`z kuchlarini sarflaydilar, aqliy yoki jismoniy harakatlar natijasini biror formada ifodalab, ongli ravishda intiladilar. Mustaqil ishlar quyidagilarga ko`ra o`zaro farq qilinadi: a) didaktik maqsad bo`yicha. Bu ishlar o`quvchilarni yangi materialni qabul qilishga (idrok) tayyorlashga, yangi bilimlarni o`zlashtirishga, mustahkamlashga, ilgari o`tilgan materialni takrorlashga yo`naltirilgan bo`lishi mumkin: b) o`quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo`yicha: darslik, didaktik material, bosma asosli daftarlar bilan ishlash. b) o`quvchilardan talab qilinadigan faoliyat xarakteri bo`yicha: bu nuqtai nazardan ishlarni berilgan namuna bo`yicha, qoida bo`yicha farq qilinadi.
g) Tashkil qilinish usuli bo`yicha: umumiy sinf ishi, bunda sinfning hamma o`quvchilari bitta ishning o`zini bajaradi; gruppaviy ish, bunda o`quvchilarning har xil guruhlari har xil topshiriqlar ustida ishlashadi, individual ish, bunda har bir o`quvchi maxsus topshiriq ustida ishlaydi.[5] Ta'limning Interaktiv metodlari. Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlaga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi bu erda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat. Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o’qituvchi o’quvchining fikrini xech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to’g’ri xulosani aytib o’tib ketadi, natijada o’quvchi xatosini o’zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi xolatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro hurmatga asoslanadi. O’qituvchi qanday bo’lmasin o’quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o’quvchilarni birbirlarini tinglashga o’rgatadi. etirozlar, qo’shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo’shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so’zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o’quvchi o’zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda xech qanday tayziqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o’rganadi.Interaktiv metodlar o’quvchilarda doimiy faollikni taminlaydi. O’quvchilar dars davomida bo’sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo’ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. Interaktiv meiodlardan foydalanishda o’qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim. Darsni texnologik loyixalash uchun esa o’qituvchi interaktiv metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo’lishi lozim. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir.[4] Zamonaviy dars berish metodlaridan asosiysi “interaktiv” metod bo’lib, hozirda uning chala tarjimasi ko’p hollarda “interfaol” deb yuritiladi, “interaktiv” atamasi aslida inglizcha “interaktiv” so’zidan olingan bo’lib, “o’zaro tasirlashish” manosini bildiradi va biror faoliyat yoki metodda o’zaro baxs munozara, fikrlash asosida faoliyat yoki hamjixatlik bilan hal etish tushuniladi. Ammo biz ayrim o’quv qo’llanmalarini varaqlaganimizda “o’qitishning interaktiv metodlari” termini qo’llanishini ham guvoxi bo’ldik. Ta'lim berish jarayoni bevosita o’qitish metodi bilan uzviy bog’liqdir.
Metodika sizning qanday texnik vosita yoki kitoblardan foydalanayotganinggiz emas, balki sizning ta'limingiz qanday tashkil etilishidadir. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodi ta'lim oluvchi va o’qituvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa shaklidir. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi jarayon aslida o’quvchini u yoki bu bilim ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko’rsatib turadi. Agar keng ko’lamda oladigan bo’lsak, o’qitishning birinchi kunlaridan to shu kungacha o’qituvchi va o’quvchi orasidagi keng manoda uch hil bog’lanish shakllangan bo’lib, u o’z tasdig’ini topgan. Ko’rinib turibdiki, uslubiy yondashuvda o’qituvchining barcha metodini uch guruhga bo’lishiimiz mumkin: 1. Nofaol metod. 2. Faol metod. 3. Interaktiv metod[3] Ko’rsatib o’tilgan har bir uslubiy yondashuv o’ziga xos xususiyatga ega. Quyida biz uslubiy yondashuvlarni ko’rib chiqamiz. Shu bilan birga asosiy diqqatimizni o’qituvchining interaktiv usullariga qaratamiz. Nofaol uslubiy yondashuv-bu o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi bog’liqlik shaklidir. Bunda o’qituvchi darsning asosiy xarakatlanuvchi figurasi hisoblanadi, o’quvchilar esa nofaol eshituvchi sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur metod darslardagi tezkari mustaqil savol-javoblarda, nazorat ishlarida, test va boshqa usullarda aks etadi. Nofaol metod o’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirishlaridagi eng samarasiz usul hisoblanadi, lekin uning o’ziga xos ijobiy tomoni mavjud. Bu hildagi darslarga ko’p mehnat talab qilinmaydi. CHegaralangan vaqt oralig’ida katta miqdordagi o’quv materialini topishga imkon beradi. Bu dars turi oliy o’quv muassasalarida keng tarqalgan bo’lib, keng yoyilgan shakli maruzadir. Faol uslubiy yondashuvda o’qituvchi bilan o’quvchi bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchi nofaol tinglovchi emas, balki darsning faol ishtirokchisiga aylanadi. Agar nofaol darsmetodida asosiy xarakat qiluvchi figura o’qituvchi bo’lgan bo’lsa, bu metodda o’quvchi va o’qituvchi teng xuquqqa egadir. Nofaol darslar o’qitishning avtoritar uslubiga ega bo’lgan bo’lsa, faol metodlar demokratik uslubga egadir. Faol va interfaol yondashuvlarda esa umumiylik ko’proq ko’zga tashlanadi. Umuman olganda interaktiv metodni ko’proq zamonaviy faol metodlarning shakli sifatida ko’rishimiz mumkin. Faol metodlardan farqli o’laroq, interaktiv metodlar o’qituvchi va o’quvchining o’zaro aloqasini, balki o’qitish jarayonida ularning o’zaro bir-biri bilan faol munosabatda bo’lishlariga yo’naltirilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Interaktiv darslarda maqsadga erishish uchun yetarli zamin yaratadi. O’qituvchi dars rejasini tuzadi (qoida bo’yicha interaktiv mashq va topshiriqlar o’quvchi o’zlashtirayotgan material bilan o’zaro bog’liq bo’ladi). O’quvchilar bajaradigan interfaol darsdagi interaktiv mashq va topshiriqlar uning asosiy tarkibi hisoblanadi. Oddiy mashq va topshiriqlardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni bajarish jarayonida o’ragilgan material nafaqat mustaxkamlanadi, balki yana yangilari ham olinadi. Shuningdek, bu mashq va topshiriqlar interaktiv yondashuvga mo’ljallangan bo’lib, zamonaviy pedagogikada ham uning boy zahirasi to’plangan, shulardan quyidagilarni ajratib olamiz: 1. Ijodiy topshiriq.[2] 2. Kichik guruhlar bilan ishlash. 3. Ta'limiy o’yinlar (rolli, maqsadli va bilim beruvchi o’yinlar). 4. Jamiyatdagi zahiralardan foydalanish (mutaxassis taklif etish, ekskursiyalar). 5. Ijtimoiy loyihalar va auditoriyadan tashqari beriladigan ta'lim metodlari (ijtimoiy loyihalar, radio va gazetalar, fil’mlar, saxna asarlari, qo’shiq va ertaklar). 6. Razminka. 7. Yangi materialni o’rganish va mustaxkamlash (interfaol maruza, ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, video va audio materiallar, “o’quvchi-o’qituvchi rolida”, “har bir kishi har bir kishiga o’rgatadi”), mozayka (ajurali arra) savollardan foydalanish, buqrotli diolog). 8. Murakkab va muzokara talab savol va muammolarni echish (“fikr maktabi”, “pozitsiyani egalla”, “POPS” loyihalashtirilgan texnikalar, “bir o’zing, ikki kishi birgalikda”, “pozitsiyani o’zgartir”, “karrusel’”, “televizion tok shou uslubida munozara”, debatlar, simpozium). 9. Muammo-yechim (“yechimli daraxt”, “aqliy xujum”, “kazuslar tahlili”, “kelishuvlar va mediatsiya”) va xokozo.[1] Ijodiy topshiriqlar deganda biz shunday topshiriqlarni tushunamizki, bunda ishtirokchilardan nafaqat oddiy axborotni qabul qilish, balki unga ijodiy yondoshish ham talab etiladi. Chunki, berilgan topshiriqlar katta yoki kichik xajmdagi o’rganilmagan elementga qoidaga ko’ra bir necha yondashuvni talab etadi. Xulosa, hozirgi zamon ilm-fan, texnika rivojlanib borayotgan bir paytda ta'lim sohasida ham tub o’zgarishlar sodir bo’lishi tabiiiydir. Bu talimda sifat va samaradorlikka erishishning bosh omilidir. Interfaol-insonning kompyuter bilan o’zaro bog’lanib ishlashiga, inson mashina o’rtasida diologga o’xshash sifat. Bunday bog’lanish va diologda interaktiv fikrlash va o’quv materialining interaktivligi deyiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. M.Ochilov, N.Ochilova “Oliy maktab pedagogikasi” T.-2008
2. B.X.Xodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” T.-2017
3. R.Mavlonova, N.Voxidova va N.Raxmonqulova “Pedagogika nazariyasi va tarixi” T.-2010
4. Jumayev M.E .Boshlang‘ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi Toshkent2004[1]
5. Yo'ldashev J.T. Boshlang'ich sinflarda matematika darslarida foydalaniladigan asosiy qoidalar.Qarshi-2020[2]
6. Yo'ldashev J.T. Boshlang'ich sinflarda matematika darslarida sinfdan taahqari ishlarni tashkil etish.Qarshi-2020[3]
7. Yo'ldashev J.T. Matematika darslarida divergent tafakkurni shakllantirish.Qarshi2019[4]
Yüklə 30,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə