Reja: "Smart" atamasi haqida



Yüklə 275,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü275,91 Kb.
#143753
  1   2
Turdiyeva Dilobarxon



SMART – O’QITISH MUHITI ELEMENTLARI 
Reja: 
1.
“Smart” atamasi haqida
2.
Smart – o’qitishning afzaligi 
 

SMART
” atamasi dastlab 1954 yilda olim, iqtisodchi, publitsist, pedagog Piter 
Ferdinand Druker tomonidan kiritilgan, 1965 yilda Paul J Meyer, 1981 yili esa George 
T. Doran o‘z ilmiy ishlarida qo‘llagan [149]. 
SMART - “Specific” (aniq, o‘ziga xos), “Measurable” (o‘lchovli), “Attainable” 
(erishiladigan), “Relevant” (muvofiq, resurs), “Time- bound” (vaqt bo‘yicha chegaralar, 
aniq muddatli) inglizcha so‘zlarining bosh harflari bilan ifodalangan [47]. 
Texnologiya – (ingl: technology, rus: texnologiya) muayyan ishlab chiqarish 
sohasidagi usullar va jarayonlar majmuasi [50]. 
Respublikamiz etakchi olimlaridan A.A. Abduqodirovning ta’kidlashicha, Smart–
texnologiyalar – o‘zaro ta’sir va tajriba almashish negizida protseduralarga uzatiladigan, 
avvallari axborot va bilimlarga asoslangan texnologiyalardir..... «Smart» ning tayanch 
xossasi atrof - muhit bilan o‘zaro ta’sir etish va unga moslashish qobiliyatidir. Uning 
ushbu xususiyati mustaqil qiymatga ega va shahar, universitet, ta’lim, texnologiya, 
jamiyat va ko‘pgina boshqa kategoriyalarga qo‘llanishi mumkin [47]. 
SMART – bu tizim yoki jarayonning hususiyati bo‘lib, atrof - muhit bilan o‘zaro 
munosabatlarda o‘zini namoyon qiladi va tizimga 
qobiliyatini qayta ishlashga, tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga darhol javob qaytarish, 
o‘zgaruvchan sharoitga moslashish, mustaqil taraqqiyot va o‘zini o‘zi boshqarish, 
natijalarni samarali bajarishga imkon beradi [74]. 
Bugungi kunda SMART–texnologiyalarning asosiy vositalarini IoT (Internet of 
things) – buyumlar interneti tashkil etmoqda. Buyumlar interneti IoT (Internet of things) 
bu - maxsus elektronika, dasturiy ta’minot, sensorlar, qabul qiluvchi va uzatuvchi 
qurilmalarning o‘zaro ma’lumot almashinuvidan iborat tarmoq tizimi bilan jihozlangan 
sun’iy intellekt yordamida masofadan boshqariluvchi maishiy texnikalar, transport 
vositalari va boshqalar. IoT texnologiya tadqiqotchilariga kamroq quvvat sarflaydigan 
va deyarli har qanday turdagi qurilmaga ulanishi mumkin bo‘lgan kichikroq va arzonroq 


simsiz tizimlarni ishlab chiqish uchun kuch beradi. 
“Internet – buyumlar” (ba’zan “buyumlar interneti” yoki “internet ashyolari” 
degan atama ham ishlatiladi) ingliz tilidagi Internet of Things so‘zlaridan olingan bo‘lib, 
bir-biri yoki tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuv uchun ichiga joylashtirilgan 
texnologiyalar bilan jihozlangan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni qayta qura oladigan 
hodisa kabi tarmoqlarni tashkil etishni ko‘rib chiqadigan, harakat va operatsiyalar 
ichidan inson ishtiroki zaruriyatini inkor etadigan, fizik jarayonlar hisoblash tarmog‘i 
konsepsiyasi hisoblanadi [108]. 
Internet ashyolarni, bizni o‘rab turgan barcha predmetlar va qurilmalar (uy 
asboblari va jihozlari, kiyim-kechak, mahsulotlar, avtomobillar, sanoat qurilmalar va 
boshqalar) miniatyurali (kichik o‘lchamli) identifikatsion va sensorli (sezgir) qurilmalar 
bilan jihozlangan deb tasavvur qilish mumkin. U holda ular bilan zarur aloqa kanallari 
bo‘lganida nafaqat bu ob’ektlarni va ularning parametrlarini fazoda va vaqt bo‘yicha 
kuzatish, balki ularni boshqarish, ular haqidagi ma’lumotlarni umumiy – “Aqlli planeta” 
ga kiritish mumkin bo‘ladi. Boshqacha aytganda, Internet ashyolar bu kompyuterlar, 
datchiklar (sensorlar) va ijrochi qurilmalarning (aktuatorlarning) IP (Internet Protocol) 
internet protokoldan foydalanish orqali o‘zaro bog‘laydigan global tarmoq hisoblanadi 
[112]. 
Cisco IBSG - tarmoq jihozlarini va dasturlarini ishlab chiqaruvchi jahonda 
etakchi AQSHning kompaniyasi hisobotiga ko‘ra internetga ulangan buyumlar soni 
2015 yilda 25 milliardga etgan bo‘lsa, 2020 yilga borib esa bunday buyumlar soni 50 
milliardga etishi kutilmoqda [20]. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda “Buyumlar interneti” inson 
faoliyatining ko‘plab sohalarida qo‘llanilmoqda. «Aqlli muzlatkichlar», «Uyni aqlli 
yoritish» va boshqa «aqlli» sifati bilan ataluvchi maishiy texnikalar hayotimizni yanada 
engillashtirib, tashvishlarimizning bir qismini ular zimmasiga yuklashga imkoniyat 
yaratadi. Hozir bunday qurilmalarda telefondagidek oddiy sim-kartadan foydalaniladi. 
Mikroelektronikani rivojlantirish, mikrokontrollerlar yuqori ish faoliyatini ta’minlash va 
energiya sarfini kamaytirish, mikrosxema narxini pasaytirish – bularning barchasi yangi 
echimlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish imkonini beradi. Bu 
texnologiyalar ta’lim tizimiga bir qator rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Xitoy, 
YAponiya, Shvetsiya va h.k.) keng joriy etilmoqda. 
YUNESKO tashkiloti tomonidan e’lon qilingan XXI asrda «Life Long Learning» 
ya’ni - «Butun hayot davomida o‘rganish», «Ta’lim - hamma uchun» ta’lim 
tamoyillarini amalga oshirish uchun SMART- ta’lim orqali shart-sharoitlar yaratiladi. 
SMART-ta’lim «har doim, har joyda va istalgan vaqtda» ta’lim olish imkoniyatlarini 
yuzaga keltirmoqda. SMART - jamiyat oliy o‘quv muassasalari oldiga zamonaviy 
fikrlash va ishlash imkoniyatiga ega kreativ salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash kabi 
global vazifalar qo‘ymoqda. Buning uchun ularda quyidagi amaliy ko‘nikmalarni 


shakllantirish lozim: ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish, foydali axborotlarni izlash va 
tanlash, elektron manbalar bilan ishlash, o‘quv jarayoni muhitini o‘zgartirishni talab 
etuvchi shaxsiy ma’lumot bazasini yaratish. 
Axborotlashgan ta’lim jarayonining zamonaviy tendensiyasi tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, jamiyatda o‘qitishning an’anaviy modelidan elektron ta’limga o‘tish, 
so‘ngra esa “smart – inson”ning shaxsini shakllantirish va ta’lim oluvchida yangi 
bilimlarni generatsiya qilishga ijozat beruvchi samarali texnologiyalari mavjud, qaysiki 
qidirish, axborotni tahlil etish va innovatsiyalar yaratish uchun takomillashgan axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalariga ega bo‘lgan SMART – ta’limga o‘tishni taqazo etadi 
[89]. 
SMART – ta’lim (education) – mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir; butun 
jahon bilimlarni foydalanish va passiv kontentdan faol kontentga o‘tish uchun 
o‘qituvchi, mutaxassis va talabalarning kuchlarini, ya’ni ta’lim faoliyatini 
birlashtirishdir. Smart – o‘quv jarayoni - innovatsiyalar va internetdan foydalanish 
asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonidir; u tizimli ko‘p o‘lchovli ko‘rish va ko‘p 
aspektliligi va yangilanishining uzluksizligini e’tiborga olgan holda predmetlarni 
o‘rganish asosida kasbiy kompetensiyalar egallashga imkoniyat beradi [48]. 
Biz o‘z tadqiqotlarimizda A.A.Abduqodirovning ushbu fikrini SMART – ta’lim 
uchun ishchi ta’rif sifatida qabul qildik. 
V.P.Tixomirov bugungi ta’lim taraqqiyotining asosiy o‘rni haqida juda aniq izoh 
bergan: «Ta’limning eski tizim parametrlari kishilarni SMART-jamiyatda yashashi va 
ishlashi uchun tayyorlay olmaydi. SMART-texnologiyalarisiz innovatsion faoliyat 
mumkin emas. Agarda ta’lim tizimi ushbu taraqqiyot yo‘nalishdan ortda qolsa, u holda 
to‘xtab qoladi» [119]. 
Ta’lim sohasida SMART - texnologiyalar deganda quyidagilar tushuniladi: aqlli-
doskalar, aqlli-o‘quv qo‘llanmalari, aqlli-proektorlar, interaktiv va kommunikativ 
xarakterdagi elektron o‘quv materiallarini yaratish va tarqatishning dasturiy ta’minotlari. 
“SMART–ta’lim” ta’limni axborotlashtirishni rivojlantirishning yangi paradigma 
bo‘lib hisoblanadi. U ta’limni individuallashtirishni talab bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va 
ochiq ta’lim muhitini qo‘llab - quvvatlaydi. 
Oqilona ta’limning mohiyati aqlli texnologiyalarni qo‘llash orqali aqlli muhitni 
yaratishdir, shuning uchun aqlli pedagogikada shaxsiylashtirilgan ta’lim xizmatlarini 
taqdim etish va o‘quvchilarning qobiliyatini kuchaytirish, shuningdek, qiymatni 
yaxshiroq baholash, yuqori fikrlash sifati va yanada kuchli xulq-atvorga ega bo‘lgan 
donolik qobiliyatini kuchaytirish mumkin. 
SMART-ta’limning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: 
1.
Ta’lim dasturlarida ko‘zda tutilgan o‘quv masalalarini hal etishda dolzarb 
axborotlardan foydalanish: har qanday kasbiy faoliyatga doir ta’limning axborotlar 
oqimi tezligi va hajmi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda, bu esa o‘z navbatida 


talabalarni amaliy muammolarni hal etishga tayyorlash uchun amaldagi o‘quv 
materiallarini real vaqtdagi ma’lumot bilan to‘ldirishni taqazo etadi. 
2.
Talabalarning mustaqil bilim olishini, tadqiqotchilik va loyihalovchilik 
faoliyatini tashkil etish. Ushbu tamoyil talabalarning muammolarni hal etishda ijodiy 
izlanishlar va ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib 
hisoblanadi. 
3.
O‘quv jarayonini tarqalgan keng o‘quv muhitida amalga oshirish. Ta’lim 
muhitini o‘quv muassasasi hududiy yoki masofaviy ta’lim tizimi chegaralari bilan 
cheklash kerak emas. Ta’lim jarayoni doimiy bo‘lishi kerak. 
4.
Ta’lim yo‘nalishlarining moslashuvchanligi va ta’limni individuallashtirish, 
ya’ni shaxsga yo‘naltirish. Ta’lim berish faoliyatining xilma-xilligi talabalarga ta’lim 
dasturlari va kurslarini o‘qitish, o‘quv jarayonida asbob-uskunalardan foydalanish, 
ularning sog‘lig‘ini saqlash imkoniyatlari, moddiy va ijtimoiy sharoitlarga mos ravishda 
keng imkoniyatlar berishni talab qiladi. N.P. Kapustinning ta’rifiga ko‘ra moslashish 
(lot. adaptatio- adaptiv, moslashish) - bu “ta’lim oluvchining tug‘ma iste’dodi, 
qobiliyatiga mos ravishda intellektual rivojlanishni optimal darajaga ko‘tarish imkonini 
beruvchi ta’lim tizimi. Egiluvchanlik, ochiqlik kabi xususiyatlarga ega moslashuvchi 
o‘qitish tizimlari ta’lim oluvchining ehtiyojiga moslashgan holda uning yashirin 
imkoniyatlarini rivojlanishning bir muncha yuqori darajasiga olib chiqadi” [85]. 
Bugungi kunda dunyoning bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlarida (Janubiy Koreya, AQSH, Singapur, Angliya, Rossiya va h.k) SMART-
universitetlar va Smart Campus paydo bo‘lmoqda. “SMART – ta’lim” texnologik 
innovatsiyalar va Internet orqali amalga oshiriladi, bu esa talabalarda tizimli keng 
tafakkur va ixtisoslikka oid kasbiy malakalarini shakllantirish imkonini beradi. 
SMART- universitetda o‘qitish talabaning imkoniyatiga imkon qadar 
moslashtirilgan va bugungi kunda hammaga ma’lum bo‘lgan texnologiyalarga 
asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun esa SMART- universitetlar quyidagi talablarga 
javob berishi kerak: moslashuvchanlik, muvofiqlashuvchanlik, innovatsiyalar. Ta’limda 
SMART-texnologiyalar juda katta ahamiyatga ega, bir tomondan ular o‘quv muassasasi 
moddiy- texnika ta’minoti uchun xarajatlarini optimallashtirishga, boshqa tomondan, 
ta’lim xizmatlari va mahsulotlarning sifatini yangi darajaga ko‘tarishga imkon beradi. 
Smart Campus - bu faol ta’lim dasturiga ega bo‘lgan hamkorlik markazi bo‘lib, 
Yevropa Komissiyasi tomonidan qo‘llab- quvvatlanadigan asosiy foydalanuvchilar 
(talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar) bilan hamkorlik orqali o‘quv muassasasi 
tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunalar va energiya manbalarining samaradorligini 
oshirishga qaratilgan loyiha [29]. 
Smart Campus da ko‘plab imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha uchta 
asosiy kategoriyalarga ajratish mumkin: Smart Living, Smart Learning va Smart Safety 


& Security. Buning barchasi talabalarning diqqatini jalb etishi, ta’lim muassasasining 
hayot tarziga 
kirishiga ko‘maklashishi va kerakli yutuqlarga erishish uchun ularga barcha zaruriy 
resurslarni olishlarida yordam beradi [113]. 
Ta’lim tizimi sohasida Smart Campus yangi o‘quv va o‘qitish modellarini amalga 
oshirish uchun har bir talabaga yakka personal hisoblash vositalarini yaratadi. Smart 
Campus texnologiyasi talabalarning an’anaviy ta’lim olish usullarini o‘zgartirishlari 
mumkin. Davomat, ovoz berish va o‘quv binolariga kirishni avtomatlashtirish uchun 
qo‘llaniladigan Smart ID kartalari talabalar ma’lumot tizimlari bilan birlashtiriladi. 
Talabalar va o‘qituvchilarni jismoniy bo‘shliqdan xalos qilgani kabi, ular vaqt o‘tishi 
bilan ko‘proq moslashuvchanlik va erkinlikka ega bo‘ladilar. Barcha ma’ruzalarni yozib 
olish va arxivlash orqali, kasal talaba darsni o‘tkazib yuborganida yoki shunchaki 
nazoratdan oldin ko‘rib chiqishni xohlaganida, har bir ma’ruzaning har soniyasini 
ko‘zdan kechirishi mumkin. Smart Campus dasturlarida ishtirok etadigan ko‘plab 
texnologiyalar mutlaqo yangi emas - ular yangi usulda qo‘llaniladi. Smart Campus 
platformasi uchun juda muhim bo‘lgan narsa - bu ochiq API (ochiq interfeys). Ochiq 
API - bu turli xil qurilmalar va tizimlarni, hatto turli xil kirish usullaridan foydalanganda 
ham, real vaqt rejimida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qilish uchun bog‘lovchi vosita bo‘lib 
hisoblanadi. 
I. G. Borisenko SMART - ta’limning konsepsiyasi haqida so‘z yuritar ekan:”Bu 
konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi [67]: 
1.
Ta’lim jarayonida ishtirokchilarning kompetentligini doimiy rivojlanishi 
uchun intellektual muhit yaratish, shu jumladan, rasmiy va norasmiy ta’lim tadbirlarini 
tashkillashtirish, yangi kompetensiyalarni qo‘llash yo‘lida ko‘rsatilayotgan tartib-qoida 
o‘zgarishlari natijalari. Bunday ta’limni amalga oshirishning texnik bazasi talabalar va 
ta’lim muassasalariga tegishli bo‘lgan quyidagi qurilmalar hisoblanadi: oddiy statsionar 
kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, smartfonlar, tarmoq qurilmalari va boshqalar. 
2.
Maqsad - raqamli jamiyat va aqlli iqtisodiyot sharoitida muvaffaqiyatli 
faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni ta’minlash. 
V.P.Tixomirov va N.A.Tixomirova ta’limdagi “SMART– texnologiya” 
quyidagilarni o‘z ichiga olishini ta’kidlagan [119]: 
1.
Ta’lim tarmoqlari (Elektron universitetlar konsorsiumi); 
2.
Smart e-learning; 
3.
Elektron ta’limning sifati (E-metrix, standartlashtirish va sertifikatlash); 
4.
Tez boshlash. 
G.A. Pollak ta’lim oluvchilar uchun “SMART – ta’lim” uzluksiz ta’lim tizimi 
(maktab, oliy ta’lim muassasalari, korporativ ta’lim) uchun quyidagilarni taklif etgan 
[109]: moslashuvchan ta’lim dasturlari, portfolio; talabalar faoliyati to‘g‘risida kengroq 


ma’lumotlar; hamkorlik ta’lim texnologiyalari - bilimlarni yaratish; o‘quv jarayoniga 
qurilmalar orqali mustaqil kirish; inson faoliyatining ko‘pgina funksiyalarini 
kompyuterlarga o‘tkazish; ta’limni yangi darajada individuallashtirish. 
A.A.
Aletdinova va A.A. Melnichenko SMART -ta’lim tushunchasini ilmiy 
tahlil qilar ekan, quyidagi yo‘nalishlarni belgilab bergan (1.1.1 -rasm): SMART - 
ta’limiy kabi intellektual vosita; SMART - birlashgan o‘quv muassasalari va professor-
o‘qituvchilar tuzilmasi; SMART - yangi ko‘rinish kabi, ya’ni, ta’limga yangicha 
yondashuv, yuqori natijalarga erishishga imkon berish yoki ko‘proq samarali usullar; 
SMART yangi smart-kompetentlikni shakllantirish mazmunida inson shaxsiyatining 
takomillashuvi [49]. 
 
Horijiy mamlakatlarda bugungi kunda SMART–texnologiyalar va IoT - 
“buyumlar interneti” ning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi haqida to‘xtalib o‘tamiz. 
Singapur politexnika universitetida “Aqlli kampus” mavjud bo‘lib, unga kirgan 
har bir talaba elektron konserj tomonidan identifikatsiya qilinadi. Elektron konserj – bu 
Internet xizmati tizimi bo‘lib, turli sohalar bo‘yicha tezkor ma’lumotlar olish, 
so‘rovlarga javoblar, navigatsiya va boshqa xizmatlarni bajaradi. Bu tizim talabalarni 
universitetdagi yangiliklar, professor - o‘qituvchilar tomonidan tavsiya etilayotgan 
adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi. Ma’lumotlar tahlili mukammal tizimlashgan 


bo‘lib, hatto, kurs ishlarini o‘z vaqtida topshira olmaydigan talabalarni oldindan aniqlab, 
ular haqida fan o‘qituvchilarini xabardor qilishga imkon beradi [20]. 
Avstraliyaning Jon Kertin nomidagi universitetida buyumlar internetidan 
foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim yordamida olingan ma’lumotlar asosida 
auditoriya va kutubxonalar bandligi, davomat hamda professor - o‘qituvchilar va 
talabalar kundalik hayoti to‘g‘risida xulosalar qilinadi [15]. 
Malayziya texnologik universitetida esa sun’iy intellekt asosida ta’limning 
boshidan to oxiriga qadar talabalar haqida ma’lumotlar yig‘adi. Bunday kuzatuv 
yordamida ularning mashg‘ulotlardagi ishtiroki o‘rganiladi va bu ma’lumotlar keyingi 
qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Sun’iy intellekt orqali o‘tilgan dars 
mashg‘ulotlar tahlil etib, uni sifatini yanada oshirish yo‘llari haqida maslahatlar beradi 
[38]. 
Yaponiyada o‘quvchilar virtual reallikning to‘la komplektidan foydalanib, 
“virtual maktab” ga qatnashishlari, smartfonlar uchun chiqarilgan maxsus dastur 
yordamida o‘qituvchilarni tinglashlari va testlar topshirishlari, alohida tashkil etilgan 
platforma orqali boshqa maktab o‘quvchilari bilan muloqot qilishlari mumkin. 
O‘quvchilarga alohida o‘qituvchilar biriktirilgan bo‘lib, o‘quvchilar ulardan o‘z 
savollariga telefon yoki elektron pochta orqali javob olishlari, zarurat tug‘ilganda 
o‘qituvchi bilan uchrashishlari ham mumkin [146]. 
AQSH ning Kaliforniya shtati San-Fransisko shahridagi SweetRush tizimi 
(
http://www.sweetrush.com/
) elektron va mobil ta’lim uchun ta’lim echimlarini ishlab 
chiqadi va sinovdan o‘tkazadi. O‘qituvchi – yo‘riqchi rahbarligida real vaqt rejimida 
qayta muloqot qilish imkonini beradigan individual ta’lim olish mumkin. Kurs 
musobaqali o‘yinlar va audio - video animatsiyalar kabi vositalardan tashkil topgan 
bo‘lib, ular ishtirokchilarni ko‘plab jalb qilishga yordam beradi. 
AQSHning Vashington shahrida BLACKBOARD tizimi K-12 va undan keyingi 
ta’lim bosqichlari uchun “Bog‘langan ta’lim malakasi va qo‘llab-quvvatlash tarmog‘i” 
deb ataluvchi tizimni yaratgan. Raqamli ta’lim muhiti shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni 
shakllantirsa, virtual sinflar texnologiyasi o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini 
kengaytiradi. Maxsus veb saytlar ota-onalar va talabalarga oxirgi olingan baholar, 
yangiliklar va tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etadi. Blackboard Mobile Credential 
kompaniyasi talabalarga talaba ID larini iPhone va Apple Watch lardagi maxsus 
dasturdan ro‘yxatdan o‘tkazish bilan kampus binosiga kirish va ovqatlanish hamda 
boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yordam beradi[148]. 
Buyuk Britaniyaning Ueymut shahrida Magicard tizimi talabalar uchun turli 
xildagi smart kartalar ishlab chiqaradi. Ushbu kartalar IoT (Internet of things)[149] lar 
yordamida talabani autentifikatsiya qiluvchi nazorat tizimlariga ulanadi. IoT lar 
yordamida talabalar turli xil manbalarga (kurs ishlari, masofaviy ta’lim uchun elektron 
resurslar va boshqalarga kirishga va ulardan foydalanishga ruxsat oladilar, turli 


xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiradilar. 
Shunday qilib, “SMART–ta’lim” bo‘lajak mutaxassis shaxsi rivojlanishi 
imkoniyatlarini kengaytirib, ularda zarur bo‘ladigan ijodiy salohiyatini shakllantiradi. 
Bunda SMART–texnologiyalar va "buyumlar interneti" (IoT) ta’limda o‘qitishning 
asosiy yordamchi vositalari bo‘lib hizmat qiladi. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda 
SMART– texnologiyalar va IoT–buyumlar interneti vositalaridan ta’lim tizimida 
foydalanish bo‘yicha konsepsiya va ilmiy tadqiqotlarga asoslangan aniq metodik 
tavsiyalar hali ishlab chiqilmagan. 
Zamonaviy oliy ta’limning ajralib turadigan xususiyatlari bu moslashuvchanlik, 
samaradorlik va amaliy yo‘naltirish ekanligi sababli, bunday bilimlar almashinuvi 
an’anaviy bilimlarni reproduktiv uzatishdan ijodiy ta’lim shakliga o‘zining innovatsion 
usullari, shakllari va vositalari bilan o‘tishini anglatadi. Bu ham Web2.0 
texnologiyalarining rivojlanishi tufayli mumkin bo‘ldi. Aqlli ta’lim moslashuvchan 
ta’limning paydo bo‘lishining asosiy sharti bo‘lib, u dunyo miqyosida jamoat mulki 
bo‘lgan tarkibdan foydalangan holda interfaol ta’lim muhitida ishlaydi [100]. 
Shakllanayotgan Smart – ta’lim tizimidan: kunduzgi ta’limda – talabalarning 
mustaqil ishlarini sifatli va samarali tashkil etishda; masofali o‘qitishda; 
mutaxassislarning malakasini oshirishda; aholining umumiy norasmiy ta’lim tizimida 
muvafaqqiyatli foydalanilishi mumkin[48]. 
 
SMART - ta’lim platforma (asos) sini umumiy ta’riflaydigan bo‘lsak, SMART 
ta’lim bu – mafkura, o‘z navbatida u uchta bo‘g‘indan iborat. Bular: 
1)

Yüklə 275,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə