Reja pachuklarning ishlash prinsipi



Yüklə 64 Kb.
tarix08.07.2023
ölçüsü64 Kb.
#119406

11-Mavzu: Pnevmatik aralashtirgichlar.
REJA

  1. Pachuklarning ishlash prinsipi.

  2. Pachuklarning tuzilishi.

  3. Reaktorlarining harakatlanish tezligi.

Aralashtirib eritish, sizdirib eritishdan ko’ra samaralidir. Aralashtirib sianlash jarayoniga kelayotgan bo’tana yuqori qovushkoklikka ega bo’ladi, bu esa sian ionlari va eritmada erigan kislorod molekulalari orasidagi diffuziyani qiyinlashtiradi. Bundan tashqari sulfidli rudalar eritmada erigan kislorod yordamida tez oksidalanadi va kislorod bosimini kamaytiradi. Bu ham o’z navbatida oltin erishini qiyinlashtiradi. Mayda zarrachali bo’tanalarni sianlash asosan aralashtirish va uzluksiz havo kislorodi bilan tuyintirishga asoslangan.
Jarayonda sian eritmasining 0,02-0,05 %li eritmasi va oxakning 0,01-0,03 %li eritmalari (pH=9-11) ishlatiladi. Aralashtirish jarayonining asosiy ko’rsatgichlaridan biri bu suyuqlik va qattiqlik nisbatidir. Odatda kvarsli oltin rudalarini boyitishda S:Q = 1,2:1(1,5:1), gil saqlagan rudalarni boyitishda esa S:Q=2:1(2,5:1).
Aralashtirib sianlash jarayoni davriy va uzluksiz bo’lishi mumkin.
Davriy ravishda aralashtirib sianlash alohida-alohida parallel ravishda ishlaydigan boyitish dastgohlarida olib boriladi. Ma’lum vaqt aralashtirishdan so’ng oltinni eritmaga o’tishiga yetguncha bo’lgan vaqtdan so’ng bo’tana chandan chiqariladi, eritma yig’uvchi changa yuboriladi, changa esa yangi bo’tanalar yuklanadi.
Uzluksiz aralashtirib sianlashda bo’tana ketma-ket ulangan zanjir ko’rinishidagi dastgoxlarga kelib quyiladi. Kaskadda bo’tananing bo’lish davri quyidagi formula bilan topiladi:
τ= V/Q, soat
Bu yerda V- zanjirdagi dastgoxlarining xajmlar yigindisi m3.
Q- bo’tananing oqimi, m3/s.
Bundan kurinib turibdiki τ oltinni tulik erib utishi uchun yetarli bo’lishi kerak. Dastgoxlarning soni 4-6 tadan kam bulmasligi kerak. Dastgoxlarning soni qanchalik kam bo’lsa uning davri shunchalik kam bo’ladi, bu esa oltinni to’lik erishiga imkon bermaydi.
2. Davriy ravishda sianlashga nisbatan uzluksiz ravishda sianlashning qulay tomonlari shundaki, 1) Dastgoxlarning kamligi va to’liq avtomatlashtirish; 2) ishchilar sonining kamligi: 3) chanlarning samarali ishlatilishi 4) kichik quvvatli elekrdvigalellarning ishlatilishi. Shu sababdan zamonaviy amaliyotda ko’p hollarda to’xtovsiz rejimda ishlovchi jarayondan qo’llaniladi.
Aralashtirib sianlash jarayonida ishlashiga qarab chanlar quyidagi turlarga bo’linadi:
a) mexanik aralashtirish bilan ishlaydigan chanlar;
b) pnevmatik aralashtirish bilan ishlaydigan chanlar;
v) pnevmomexanik aralashtirish bilan ishlaydigan chanlar.
Birinchi turdagi dastgoxlarga aralashtirgichli chanlar kiradi. Bu dastgoxning asosiy yutug’i yuqori darajada bo’tanani aralashtirish va aeratsiya holatini hosil qilishdan iborat. Kamchilik tomoni yuqori elektrenergiyani sarf bo’lishi.
Empeller aralashtirgichli chan – markazida diffuzor sirkulyator bilan joylashgan. Diffuzyor orqali empellerli val o’tadi.
Uzluksiz va davriy tartibda ishlovchi dastgohlarning zanjir sxemasi.

Bo’tana

1

2

3

а)


b)
1-rasm. a – Davriy tartibda ishlovchi tanlab eritish: 1- aralashtirib sianlash chani; 2- yig’uvchi chan; 3- filtir.


b – To’xtovsiz rejimda ishlovchi dasgohlar: 1- aralashtirib eritish uchun chan; 2 – filtr.
3. Pnevmatik aralashtirgichli dastgohlarga hozirgi kunda keng qo’llaniladigan markaziy aeroliftli pachuklar kiradi. Pachuk baland silindirsimon chandan va konussimon asosdan iborat. Channing balandligi uning diametridan 3-4 marta katta bo’ladi. Channing markizida aerolift o’rnatilgan, unga truba orqali siqilgan havo beriladi. Aerolift ichida bo’tana havo bilan aralashadi va xavo-bo’tanali aralashma hosil qiladi, bu aralashmani zichligi oddiy bo’tana zichligidan kam bo’ladi. Shu uchun ham aralashma aeroliftni ustidan chiqib ketadi, pastidan esa kam havo saqlagan bo’tana keladi. Shu holda dastgoxda uzluksiz sirkulyatsiya jarayoni yuzaga keladi. Jarayonni buzilishi oqibatida, ya’ni havo berilishini to’xtatilishi oqibatida dastgohning pastki qismiga qattiq zarrachalarning to’planishi oqibatida tiqilishi mumkin.

Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə