Reja: O’rta Osiyo – sharqning yuksak ma’naviyat va yirik tafakkur


Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix26.10.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#132370
1   2   3
Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali
qo’lga kiritiladi. Bilim, ma’rifat inson hayotining ajralmas tomonidir.
Ibn Sino “Solomon va Ibsol” qissasida rostgo’ylik, sadoqat, pok muhabbat, 
irodaning makr ustidan g’alabasini tasvirlaydi.
Mutafakkir kishilarni do’stlik va haqiqatga, do’stlikning qadriga etishga
chaqiradi. Insonni esa olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot, deb 
qaraydi.
Shunday qilib, Ibn Sino o’rta asr Sharq va Evropa madaniyati va ma’rifati
taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.


2.XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy-ma’rifiy tafakkur taraqqiyoti
ikki yo’nalishda bordi. Birinchisi O’rta Osiyoning o’zida ro’y berdi. Ikkinchisi
Hindistonda Boburiylar davridagi O’rta Osiyolik mutafakkirlarning ijodida
namoyon bo’ldi (Bobur, Humoyun, Akbar, Shohjahon va boshqalar).XVII 
asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida O’rta Osiyo ma’naviy-
ma’rifiy qarash rivoji Boborahim Mashrab (1653-1711) nomi bilan chambarchas
bog’liq. Mashrabdan boy ma’naviy badiiy meros qolgan. Mashrab o’sha vaqtda
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik
oqimiga e’tiqod qilib, o’zining isyonkorona she’rlari bilan jamiyatdagi
adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga harakat qilgan. O’z g’azallarida
axloqiy, ma’naviy poklikka erishish, hayotdagi illatlarga qarshi kurashni
kuylaydi.
U o’zi yashagan davr hokimlaridan adolatni kutadi. Hatto ularga murojaat
qilib, xalq to’g’risida g’amxo’rlik qilishni, ularning arz-dodiga quloq solishni
so’raydi. Mashrab kishilarni boylikka hirs qo’ymaslikka, o’zgalarga yaxshilik
qilishga, sahiylikka, halol bo’lishga, o’z mehnati evaziga yashash, nafsni
tiyishga chaqiradi.
Mashrab o’z ijodida xulq-odob masalalariga katta e’tibor berib, odamlarni
yaramas hatti-harakatlardan, takabburlik va yolg’on so’zlashdan saqlanishga
undaydi. Uning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashida farzandning ota-onani
hurmat qilishi, ularni yuksaklikka ko’tarish g’oyasi muhim o’rin tutadi. 
Xususan, farzanddan otaning rozi bo’lishi lozimligi, aks holda yomon
oqibatlarga olib kelishi haqida yozadi. Mashrab ijodidagi bunday g’oyalarning
mustaqil O’zbekiston yoshlarini ma’naviy kamolga etkazishda ahamiyati katta.


XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida ijod qilgan O’rta Osiyolik
mutafakkirlardan biri Mirza Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Undan juda boy 
ma’naviy meros qolgan. Unga Sharq Gegeli degan unvon, tavsif berilganki, bu
uning zamonasining hamda Sharqning buyuk va yuksak ma’naviyat-ma’rifat egasi
bo’lganligini ko’rsatadi.
Bedil o’z asarlarida avvalo inson haqida, mirishkor dehqon haqida alohida mehr, 
hurmat va ehtirom bilan gapiradi. U insonni irqiy, milliy va diniy e’tiqodlaridan
qat’iy nazar hurmat va ehtiromga sazovor oliy zot deb biladi. Bu haqida shunday
deydi: “Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal’undir”. Qanday ajoyib
fikr. Ushbu fikr har qanday davr uchu ham adolatli va oliyjanobdir. Inson borliqning, 
olamning toji. Inson o’z baxtini o’zi yaratadigan zot deb qaraydi. “Odam abadiy yashashi
mumkinmi?” – degan savolga mutafakkir ijobiy javob beradi.
Bedil insonga ikki xil abadiylik xosligini aytadi. Birini umumiy abadiylik – hamma
narsaga, shu jumladan odam tanasiga ham xos moddiy abadiylik.
Ikkinchis xususiy abadiylik – o’z faoliyati, mehnati, yaxshi ishi bilan insonlarga
manfaat etkazgan kishilarga xos. Bedil tiriklining ma’nosini – daraxt o’tkazish,
ekin
ekish
, ularni parvarishlash, bechoralarga xayr-sahovat ko’rsatish, ojizlaroga yo’l
ko’rsatish, bemorlarni borib ko’rish va boshqalardan iborat deb qaraydi.
Insonning abadiyligini belgilovchi omillardan biri ilmdir deydi mutafakkir. Inson
umrining boqiyligi, adabiyligi haqidagi bunday qarashlar tahsinga sazovor. Zero, 
tarixda abadiy nomi qolgan ma’naviy tirik siymolar faqat ilm-ma’rifat va o’zlarining
yaxshi ishlari bilan o’z nomlarini abadiyatga muhrlab ketganlar. Ular yoqqan ilm-
ma’rifat shamlari mnecha asrlar bo’yicha insoniyat yo’lini yoritib kelmoqda va yana
necha asarlar yoritgusidir. Bunday siymolar qatoriga dunyoviy va diniy ilmlar
sohiblari kiradi.


XVII-XIX asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida Turdi, Huvaydo, Gulhaniy, 
Mahmur, Nodirabegim, Uvaysiy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Feruz va boshqalarning
o’rni va roli ham beqiyosdir.
XIX asrda O’rta Osiyoda ma’naviyat va ma’rifat rivoji Ahmad Donish (1827-1897) 
ijodi va ma’rifatparvarlik faoliyati bilan chambarchas bog’lanib ketganligini
alohida qayd etish lozim. U inson turli fanlarni egallab, dunyo sirlaridan voqif
bo’la oladi, deydi.
“Biz – dunyoni gullab-yashnatish uchun, er osti boyliklarini topish uchun, 
dunyoning ajoyib sirli tomonlarini tadqiqetish uchun, uning hamma qit’alarini va
aholisini bilish uchun tug’ilganmiz”deydi Ahmad Donish. U ilmni, ma’rifatni
rivojlantirish, xalqni savdoxon qilish orqali qoloqlikdan qutilish mumkin deb 
ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. O’zbek ma’rifatchiligi Muqumiy, Furqat, 
Avaz O’tar, Zavqiy va boshqalar ham alohida o’rin tutadi.
Ma’rifatparvarlik g’oyalari Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulqodir
Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurrauf Fitrat, Abdulhamid
Cho’lpon, Abdulla Qodiriylar kabi jadidchilar faoliyati va ijodida, millat ozodligi
uchun kurash bilan bog’lanib ketganligini alohida qayd etish lozim.
Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko’rinishidir. Ma’rifatning lug’aviy
ma’nosi bilim demakdir. Ma’rifatni hayotgan singdirish esa maorif tizimi orqali
amalga oshiriladi. Ma’rifat bilim va madaniyatning mazmuni bo’lib, maorif esa
ushbu mazmunni yoyish qurolidir. Ma’rifat asosan umumiy va o’rta maxsus bilim
beruvchi maktab va o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ma’rifat tushunchasi
maorif tushunchasidan keng bo’lib, bilim va madaniyatni yoyish va
yuksaltirishning barcha turlarini va shakllarini o’z ichiga oladi. Insoniyatning bir
jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o’tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi.


Jadid so’zi arabchadan yangilanish, yangi usul ma’nolarini anglatadi. U yangi, 
zamonaviy maktab, matbuot,
milliy taraqqiyot usullari
, yo’llari va
tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari
quyidagilardan iborat: Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qoloqlik, 
xurofotlardan tozalash, millatni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, 
milliy davlatni bunyod etish, konstitustion, parlament va prezident idora
usulidagi ozod jamiyatni qurish, turkiy tillarga davlat maqomini berish, milliy
qo’shin tuzish va h.k.lardan iboratdir.
Turkistondagi jadidchilik harakati milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga
kelgan tarixiy ijtimoiy harakatdir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu
harakatning tarixiy ahamiyati katta bo’lgan, bu davrda jamiyatning ma’naviy
inqirozi chuqur ildiz otgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umuminsoniy
qadriyatlarni o’zlashtirmasdan turib, ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga
qo’ymasdan turib ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin
emas edi. Jadidchilar millatni qoloqlik, hurofot botqog’idan oilb chiqish uchun
harakat qilishi bilan birga shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va
madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy bilimlar berish asosida isloh
qilish g’oyalarini ilgari surganlar va buni amalda ko’rsatib berganlar. 
Jadidchilik harakati milliy uyg’onish va milliy ong yuksalishida katta ahamiyat
kasb etgan.
Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy va ma’rifiy qarashlari
xalqimizning boy ma’naviy merosining ajralmas qismi sanaladi. O’rta Osiyo
xalqlari ma’naviy va ma’rifiy qarashlarida inson va uning fazilatlari, ta’lim-
tarbiya, axloq muammolari markaziy o’rinni egallab keldi. Unda komil inson
muammosi o’ziga xos ravishda o’z ichimini topganligini alohida qayd
etishimiz mumkin.


E’tiboringiz uchun rahmat

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə