Reja: "Notiqlik san'ati"ning predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 30,84 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü30,84 Kb.
#160137
referat


Mavzu:Notiqlik va nutq madaniyati – pedagog kasb ma’naviyatidagi muhim vosita sifatida
Reja:

  1. “Notiqlik san'ati”ning predmeti, maqsad va vazifalari.

  2. “Notiqlik san'atf’ning boshqa fanlar bilan aloqasi.

  3. Alisher Navoiy notiqlik haqida.

  4. Nutqqa tayyorlanish va nutq ustida ishlash

“Notiqlik san'ati”ning predmeti, maqsad va vazifalari Notiqlik san'atining predmeti hali tuzilmagan, chiroyli sayqal bilan tuzilishi lozim bo'lgan so'z asaridir. Jozibali, teran so'z va gaplaming jonli nutq orqali ifodalanishi Notiqlik san'atining predmeti sanaladi. Har bir nutq egasining nutqini kuzatish va tekshirish, undagi yutuq va nuqsonlarni aniqlash, har bir ijodkor shoir yohud yozuvchining asarlaridagi badiiy notiqlik mahoratini kuzatish, shu yozuvchi yoki shoirning og'zaki ommabop nutqidagi notiqqa xos yutuqlami ko'ra bilish mazkur fanning predmet ob'ekti sanaladi. Notiqlik san'atining turlari ko'p. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy notiqlik, bunda asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan 9 yiginlarda so'zlanadigan ma'ruza, akademik nutq, bunda ilmiy yo'- nalishdagi ma'ruzalar, auditoriya notiqligi. talaba va o'quvchilar uchun o'qiladigan ma'ruzalar. ijtimoiy-maishiy nutq, turli ladbirlarda so'zlanadigan nutq kabilaming ham nutqiy kamchiliklarini va yutuqlarini (ham og'zaki. ham yozma shaklini) tekshirish jarayoni ham notiqlik san'ati predmeti doirasiga kiradi. Notiqlik san'atining tekshirish ob'ekti notiq nutqidagi gap qurilmalari, u nutqida ishlatgan so'zning qudrati, jozibasi, go'zal ifodasi va maftunkorlik hislatlarini aniqlashga qaratilgan bo'lishi lozim, Notiqlik san'ati amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til normalari, nutqning sifatlari, nutqiy uslubning nozik tomonlarini his etish va notiq nutqida uchrashi mumkin bo'lgan nuqsonhtr va talaffuzga doir muammolami hal etish yuzasidan baxs yuritadi. Eng muhimi, notiqqa o'z bilimi va dunyoqarashiga suyangan holda to'g'ri va chiroyli so'zlash yo'llarini o'rgatadi. Notiqlik san'atining og'zaki, yozma shakllari mavjud bo'lib, har bir notiqning nutqi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu holat esa notiqning o'ziga xos uslubi bilan o'lchanadi. Notiqlik san'atining asosiy vazifasi notiq bo'lishga undovchi qonuniyatlarni o'rgatishdan iborat. Biroq hamma ham notiq bo'lavermaydi. Buning uchun bo'lajak notiqda qobiliyat va iste'dod bo'lishi kerak. Chunki u - san'at. Shuning uchun ham ba'zi notiqlar material' ni chuqur bilgani holda o'z fikrini erkin nutqi bilan etkazib beroliuasligi, natijada tinglovchilar uni tushunmasligi mumkin. Mohir notiqlar nutqini esa tinglovchilar yaxshi tushunadi. U voqea-hodisa haqida aniq-ravshan va jonli ma'lumot berishi orqali tinglovehi ongiga ta'sir etishi. ularni kuldirishi, yiglatishi va hayolat olamini zabt etishi mumkin. Notiqlik san'atining maqsad va vazilalaridan asosiylari ham ana shunday no'noq notiqlar kamchiliklarini amqlash va mohir notiqlar yutuqlarini kuzatish va yo'Uyo'riq ko' rsatishdan iborat. Shu 10 ma'noda notiqlik san'ati notiq bo'lishga undovchi qonuniyatlarni o'rganadigan fandir. Chunki, nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish, notiqlik san'ati zimmasidagi umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan ijtimoiy-siyosiy vazifalardan sanaladi. Shu ma'noda birinchidan notiqlik san'atini etarli darajada egallash har bir jamiyat a'zosining madaniylik darajasini ham belgilaydi. Ikkinchidan, O'zbekiston mustaqiligiga ko'z olaytirayotgan har qanday yot unsurlardan himoya qilishda mafkuraviy kurash keskinlashgan holatda yashayapmiz. Notiqlik esa mafkuraviy kurashning asosiy quroli sifatida faoliyat ko'rsatmoq'i lozim. Notiqlik san'atining har qachongidan ham o tk ir va keskir bo'lmogi bugungi kunning muhim talabi. Yuqoridagi jiddiy sabablardan kelib chiqib notiqlik san'atini kamolot sari yuksaltirishga muntazzam gamho'rlik qilish lozim bo'ladi. Notiqlik haqidagi ta'limot uzoq o'tmishiga ega. U avvalo, qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo'lsa ham, ungacha Misrda, Assuriyada, Vavilon va Hindistonda paydo bo'lganligi notiqlik tajribasidan ma'lum. U zamonlarda davlat arboblarining obro'-e'tibori va yuqori lavozimlarga ko'tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog'liq bo'lgan. Notiqlik san'ati sarkardalik san'ati bilan teng qo'yilgan. Bunga Demosfen va Sitseronlar hayoti yorqin misol. Bizning ota-bobolarimiz yashagan hududlarda, avvalo xalq og'­ zaki ijodi, “Avesto”, “O'rxun-enasoy” yodgorliklari, Turon zaminning miloddan oldin yozilgan Alp er To'ng'a (VII asr eramizdan oldin) haqidagi dostoni va boshqa yozma yodgorliklari xalqimiz tarixi. ijtimoiy iqtisodiy hayoti, madaniyati, tilini o'rganishda muhim manba bo'lish bilan birga, Notiqlikka undovchi materiallarga boyligi bilan qimmatga ham egadir. Xullas, bu soha bugunning dolzarb muammosi ekanini anglash vaqti keldi. Ko'pgina hollarda (teleko'rsatuvlarda, o'zaro suhbatlarda, o'quvchi va talabalarning mavzu yuzasidan savollarga bergan 11 javoblarida) yoshlarimizning chaynalib, o'z fikmi ravon aytolmasliklarining guvohi bo'lamiz. Nega? Chunki nutqimizda nuqson ko'p. Agar rus bolalarining, hatto bog'cha yoki maktab o'quvchisining televizor orqali bo'ladigan savol javoblarini kuzatgan bo'lsangiz, ular nutqida tutilmaydi, dovdiramaydi, bu nimadan? Bizning yoshlardagi qusurga kim sababchi?, degan savollarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish uchun esa oiladan tortib bog'cha va maktablarda ham bolalarimiz nutqidagi kamchiliklarga e'tibor berish zarur. Birorta so'zni noto'g'ri talaffuz qilsa yoki noo'rin ishlatsa, albatta, erinmasdan ulardagi shu kemtiklikni to'g'rilash lozim. Har qanday odamni gapidan, muomalasidan ko'z qarashidan, o'zini dadil tutib, gapirishidan bilib olish mumkin. “Ish bilguncha gap bil” degan ibora bekorga aytilmagan. Albatta, gap bilgan odam ishni ham biladi. Ishni bilmasa, u o'sha ish haqida filer bildirolmaydi. Bizning ota-boboiarimiz azaldan odamiylikni, qadr-qimmat va mehr oqibatni har qanday zaru oltinlardan, ma'danu boyliklardan afzal bilgan. Odamiylik, mehroqibat birinchi galda so'zlarimiz orqali amalga oshiriladi. Insonga Alloh bergan Ulug' ne'matlardan biri ham shu so'z va so'zlash ne'matidir. Buning qadriga yetish muhim fazilat. “Notiqlik san'atf’ning boshqa fanlar bil “Notiqlik san'atf’ning boshqa fanlar bilan aloqasi va “Nutq madaniyati”dan farqi “Notiqlik san'ati” azaldan mavjud ekan, u albatta boshqa fanlar bilan munosabatda bo'lib kelmoqda. Notiqlikning asosiy quroli yozma nutqda ifodalanadigan so'z san'ati - badiiy adabiyot bo'lib, u hozirgi o'zbek adabiy tili va o'zbek shevalariga asoslanib ish ko'radi. Chunki nutqning va talaffuzning hamda ohangning to'g'riligi uning asosiy fazilatidir va u grammatika qonuniyatlariga asoslanadi. Notiqlik san'ati hamma vaqt inantiq va ruhshunoslikka suyanadi. Mantiqqa murojaat qilmasdan turib aniqlik va mantiqiylikni 12 ta'minlash ham, baholash ham mumkin emas. Mantiq so'zlar butun bir gapdan kelib chiqadigan hukm va tushunchalarni belgilaydi. Ya'ni u mantiqiy hukmlar va tushunchalar bilan ish ko'radi. Agar so'zda tushuncha ifodalansa, gapda hukm va fikrlar o'z mavqeiga ega. Mazkur so'z va gaplar bir-biriga qarama-qarshi bo'lmasligi zarur. So'zlardagi ko'p ma'nolilik ham turlicha tushunchalarga sabab bo'ladi. Ba'zan hukm bilan gapda bir-biriga moslasholmaslik holati ham kuzatiladi. Masalan, “Notiq bo'lishni kim xohlamaydi, deysiz?” gapi so'roq gap, inkor shaklida, biroq unda tasdiq hukmi bor. Talaffuz va ohang orqali ham bunday holatni kuzatish mumkin: O'qishga kirdi. - darak gap; O'qishga kirdi? - so'roq gap; O'qishga kirdi! - undov gap. Sinonim so'zlarni ishlatishda ham tushuncha o'zgamdi. Masalan, visol, jamol, oraz, chehra kabi so'zlar tushunchasida ijobiy holat. bashara, turq. aft kabi so'zlar tushunchasida salbiy holat kuzatiladi. So'zlaming ma'nosi va ifodalanayotgan tushuncha o'rtasidagi munosabatni mantiq tekshiradi. Mantiq - so'zlar, gaplar, birikmalar orasidagi ma'no aloqalarini ta'minlaydi. Nutq qurilishi o'rinli yoki o'rinsiz bo'lib ko'rinadigan holatlarda ruhshunoslikka murojaat qilishga to'g'ri keladi. Notiqlik bilan ruhshunoslik aloqasida notiq o'z fikrlarini bayon qilishda auditoriyani kuzatishi, har bir tinglovchining kayfiyatini hisobga olib nutq so'zlashi lozim. Notiq va tinglovchi o'rtasida samimiy muomala asosiy vazifa bo'lishi kerak. Notiq zarur va muhim gaplami aytishdan oldin butun tinglovchilarning diqqatini o'ziga qarata olsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Tinglovchilar hamma gapni ham qabul qilavermaydi. Ba'zan noo'rin gaplardan ehtiyot bo'lish, auditoriyani qiziqtiradigan gapni topib gapirish notiqning mahoratiga bog'liq. Ayniqsa boshqa mavzu va voqea-hodisalarga o'tib ketmasligi kerak. Tilning о rinsiz qo'llanadigan u yoki bu vositasi tinglovchilar mhiy holatini qay darajada vayron etishini rahshunoslik aytib bera oladi. Shu 13 ma'noda ruhshunoslik notiqning o'z malaka va mahoratini kengaytirishi va mukammallashuvini o'rganishi orqali “Notiqlik san'ati”ga yordam berishi mumkin. Bulardan tashqari “Notiqlik san'ati” nafosat haqidagi fan bo'lib, estetika bilan, badiiy adabiyot, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid bilan ham aloqadordir. Oliy va o'rta maxsus ta'lim o'quv dargohlarida 90-yillardan buyon “Nutq madaniyati” fanini o'rgatish ko'zda tutib kelinmoqda. Bunday o'quv reja asosida Notiqlik san'ati va nutq madaniyati aralash-quralash o'rgatilmoqda. Biroq bu ikkala fan bir-biriga yaqinday tuyulgani bilan aslida o'zaro farqlanadi. Bu holatni ulaming fan sifatida shakllanishi jarayonini kuzatish orqali ham o'z oldilariga qo'ygan vazifalari, m^qsadi , predmeti, tasvirlash ob'ektlariga xos bo'lgan xususiyatlarida ham kuzatish mumkin. Notiqlik qadimiy davrdan beri alohida mahorat, san'at sifatida muayyan aniq shaxsdagi noyob qobiliyatdir. Shu ma'noda Notiqlik va nutq madaniyati orasida bog'liqlik bo'Isada har qaysisi o'ziga xosligi bilan farqlanadi. Bu haqda professor E.Begmatovning (Qung'urov R., Begmatov E., Tojiev Yo., “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari"’ Toshkent: O'qituvchi 1992y.) fikrlarini keltirib o'tish o'rinlidir: 1. Nutq madaniyati, chinakam ma'noda adabiy til bilan bog'liq hodisadir. Uning paydo bo'lishi lisoniy asosi, talab va mezonlari adabiy til va uning mezonlari bilan bog'liqdir. Notiqlik san'ati uchun bular asosiy belgilar emas. Notiqlar orasida adabiy til talablariga to'la amal qilmaydiganlar, ma'lum lahja yoki shevada ham chinakam Notiqlik san'atini namoyish qiluvchilar uchraydi. So'zga chechanlik, notiqlik til materialining xarakteriga qarab emas, nutqning ta'sirchanligiga, nutqiy san'atga qarab belgilanadi. 2. Notiqlik - bu nutqning og'zaki shaklidir. Notiqlik san'ati - og'zaki nutq san'atidir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og'zaki, ham yozma shakli uchun taalluqli tushunchadir. 14 .3. Nutq madaniyati jamiyat a'zoiarining umumiy nutqiy faoliyatini ko'zda tutadi. Nutq madaniyali sohasining maqsad va provard or/usi barchaning, butun xalqning nutqini madaniylashtirishni mo'ljallaydi. Klassik ma'nodagi notiqlik esa. alohida shaxslarning nutqiy mahoratini san'atini ifodalaydi. Notiqlik. asosan, nutq vositasida kishilarga muayyan g'oya va maqsadlarni etkazishni, ularni ma'lum maqsadga safarbur qilishni ko'zda tutadi. Ya'ni, Notiqlik san'atida tinglovchilarni ma'lum maqsadga jalb qilish asosiy o'rin tutadi. Shu sababli ham professor V.D.Kudryavtsev Notiqlik nutqiga shunday izoh beradi: “Har qanday og'zaki nutq Notiqlik nutqi bo'lib. u nimanidir tushumirish va isbotiasnnigina emas. baiki lingiovchilai tushuncbasiga ta'sir etishini ham maqsad qilib oladi" (Kudryavtsev V.L). Osnova oratorskogo iskustva. Irkutsk. 1966. S.3). 4. San'atkor notiq nutqi. asosan kopchilik tinglovchiga. keng auuitoriyaga mo'ijaiiangan bo'ladi. Noiiqui birdan oriiq shaxsiar tinglaydi. Nutq madaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka kishi«a qarutilgan nutqlami ham o'z ichiga qamravdi. 5. Har bir kishi ona tilining imkoniyat va boyliklarini yaxshi egallagan, nutq madaniyati talablanga javob beradigan so'zamol shaxs bo'lishi mumkin. Ammo har bir shaxs ham san'atkor ma nosidagi notiq bo'lmasligi. bo'la olinasligi mumkin. Lekin adabiy tildan foydaianuvchi har bir notiq nutq madaniyatidan xabardor bo'lishi shart. Bu o'rinda T.A.Degterevaning ushbu fikrlarini keltirib o'tish o'rinlidir: “U (maktab - H.B.) kclajak so'z san'atkorlarida nutq madaniyati asoslanni shakilanliradi. Birorta yozuvchi ham, birorta siyosiy va ilmiy asarlar muallifi ham. Notiqlik san'atinmg birorta dahosi ham yo'qki, nutq madaniyalinmg maktab beruvchi tayyorgarligidan o'tmagan bo'lsin" (Dcgtereva Г.А. Stanovlenie norm htoraturnoga yazo' ка. - М. 1963. S. 170). 15 6. Nutq madaniyati ko'pchilikni, keng xalq ommasini .ko'zda tutib ish ko'ruvchi sohadir. Bu ma'noda nutq madaniyati keng omma uchun mo'ljallangan talabdir, ammo “Notiqlik - bu avvalo qobiliyat, shaxsiy qobiliyatdir” (Jalolov H.S. M.Kirovning, Notiqlik mahorati. Toshkent: O'zbekiston, 1981). Alohida san'atkorlik ma'nosidagi Notiqlik (klassik ma'noda) nutqiy san'atni, nutqiy go'zallikni hisobga oladi. Nutq madaniyati esa kishilaming barchasini san'atkor notiq qilishni ko'zda tutmaydi. U, asosan, ona tilida yoki o'zga bir tilda to'g'ri, madaniy gapira olish va yoza olish faoliyatini tarbiyalashni maqsad qilib oladi. Shu sababli to'g'ri va mazmunli so'zlovchi barcha kishi ham hali san'atkor Notiqlikni da'vo qila olmaydi. Fikrimizning dalil uchun A.N.Kunitsinning “Lektoming Notiqlik san'ati haqida” nomli asaridan A.V.Lunacharskiyning Notiqlik qobiliyati haqida hikoya qilingan ushbu o'rinlarni keltiraylik: “ 1925 yili Rossiya fanlar akademiyasi yubiley sessiyasiga butun ilm olamidan vakillar keladi. U (Lunacharskiy - E.B.) bular oldida rus fanining shuhratini ko'z-ko'z qildi. Maorif xalq komissari Lunacharskiy 1917 yildan keyingi etti yarim yil davrida Rossiyada erishilgan fan yutuqlari haqida ma'ruza qildi. U bilardiki, ma'ruzani turli millat vakillari eshitishadi. U o'z ma'ruzasini rus tilida boshlaydi, nemis, ingliz, fransuz, italyan tillarida davom ettiradi va sof klassik lotin tilida tugallaydi. Hamma hayratda qolgan edi. Tinglovchilaming hech biri buning uddasidan chiqa olmasdi. Parij gazetalaridan biri keyinchalik bu haqda shunday yozdi: ’’Dunyoda eng ma'rifatli maorif ministri Rossiyadadir” (Kunitsin A.N. Ob oratorskom isskustve lektora. - L., 1969. S .ll). 7. Nutq madaniyati - bu faqat nutq haqidagi nutqiy faoliyatga tegishli tushuncha va soha emas, u til madaniyati bilan ham, ya'ni adabiy tilni va uning normalarini o'rganish va bu normalami qayta ishlash ishi bilan ham shug'ullanadi. Notiqlik san'ati esa bunday ilmiy-normativ faoliyatni ko'zda tutmaydi. 16 8. Notiqlik, ko'proq nutqning mazmuniga, mantiqiy asoslariga, mundarijaviy tuzilishga e'tibor qiladi, nutq madaniyati sohasi esa ko'proq nutqning til qurilishi - lisoniy tuzilishiga e'tibor qiladi. 9. Notiqlik, asosan, aniq bir shaxs - notiq yoki guruhlar - notiqlar nutqi haqida qayg'uradi. Bunda u notiqni tinglayotganlar, ya'ni keng ma'noda tinglovchilar ommasi nutqini ham ko'zda tutmaydi. Nutq madaniyati esa bundan farqli ravishda umuman kishilaming nutqiy faoliyatini, nutq madaniyatini ko'zda tutadi. Shu sababli nutq madaniyati maqsadiga ko'ra va nutqiy faoliyati nuqtai nazaridan keng maqsadli soha, Notiqlik esa tor sohadir. 10. Notiqlik san'ati notiq uchun oldindan qanday so'zlash sxemasi va rejasini bermaydi va bu tip nutq doimo ham oldindan tayyorlangan, tayyorgarlik ko'rgan nutq emas, nutq madaniyati sohasi esa jamiyat a'zolarini ona tili, ya'ni adabiy til boyliklari va vositalaridan maqsadga muvofiq, sharoit va uslub taqozasi talabiga ko'ra o'rinli foydalana olish ko'nikmasini beradi. Bunday ko'nikma, aslida, har qanday san'atkor notiq uchun ham zarur. 11. Notiqlik va notiqlik san'ati haqidagi fan ancha qadimiy tarixga ega, nutq madaniyati ilmiy muammo va ilmiy soha sifatida hali yangi va yoshdir. Professor E.Begmatovning yuqoridagi fikrlariga hayrihoh bo'lganimiz holda har ikkala fanning bir-biriga yaqinligidan tashqari, alohida xususiyatlarga ham ega ekanligi, ulaming alohida-alohida fanlar sifatida faoliyat ko'rsatishiga imkoniyat beradi. Notiqlik san'ati va nutq madaniyatida yaqinlik va farqlami etika va estetika fanlariga qiyoslash mumkin. Qadim zamonlardan beri jamoat oldida so'zga chiqib, odamlarga o'z fikrini tushuntirish, ular ongiga ta'sir etib, o'z ortidan ergashtirist sh va Qadimgi Yunon va Rim notiqligi tarixi
Alisher Navoiy notiqlik haqida O'zbek xaiqining buyuk mutafakkiri, insonparvar shoiri Alisher Navoiy o'z ijodini hamisha ijtimoiy faoliyat bilan birga qo'shib olib bordi. Alisher Navoiy o'zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining asoschisi bo'lishi bilan birga barcha turkiy xalqlar adabiyoti va adabiy tili rivojiga ulkan hissa qo'shganligi shubhasizdir. Navoiy turkiy tilda go'zal nutq tuzish va bu tilda ajoyib o'lmas asarlar yozish 57 mumkinligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan isbotladi. Alisher Navoiyning “Muhokamat ul lug'atayn”, “Mahbub ul — qulub”, ‘ Nazmul-javohir” va boshqa qator asarlari o'zbek tilida nutq tuzishning go'zal namunalari bo'lish bilan birga, tilning yuksalishiga ham katta hissa qo'shdi. Bizning ota-bobolarimiz qadimdan odamiylikni, qadr-qimmat va mehr-oqibatni har qanday zaru oltinlardan, madanu boyliklardan, duru gavharlardan ustun qo'yib kelishgan. Alisher Navoiyning: Odami ersang, demagil odami, Onikim yo'q, xalq g'ami din g'ami - misralari ham bu fikrimizning dalili sanaladi. Hazrat Alisher Navoiy Husayn Boyqaroni “Sohibqiron” deb Ulug'lagan bo'lsalar, Husayn Boyqaro ham Alisher Navoiyning turkiy tilda bitilgan 'Hamsa”sini o'qigach ‘ So'z sohibqironi” deb ataydi va Navoiyga bag'ishlangan risolasida buni qayd etadi: Erur so'z. mulkining qahramoni Erur gar chin desang sohibqironi. Navoiy so'z qadrini benihoya ulug'lagan va uning qudratini o'z davridayoq, hayotlik chog'idayoq sinab ko'rgan ulug' siymo edi. Shu bois ham hazrat Navoiy yozadilar: So'zdirki, nishon berur o'likka jondin, So'zdirki, berar jonga xabar jonondin. Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo'q ondin. Demak, odamning drikligidan nishona ham so'z, oshiq-mashuqlar qalbidagi ishq-muhabbat tuyg'ularini taranr.um etuvchi ham so'z, hayvonat olamidan odamni ajratib turuvchi ham so'z ekanligini uqtirarkan, undanda go'zal narsa yo'qligiga ishontiradi. Navoiy so'z gavharini, uning qadr-qimmati va go'zalligini, inson ruhida jon kabi muhimlini ta'kidlaydi. Ulug' Navoiyning "Ey so'z, ne halo ajib guharsen, Gavhar ncki, bahri mavjvarsen, Derlar seni, dur, savob 58 emas, bu, Sen javharu ruhu dur quruq suv”, kabi so'z shaniga aytgan gaplarini, “Muhokamat ul-lug'atayn” asarida tilimiz boyligini namoyish etganini, “Majolis un-nafois” asarida so'zdan unumli foydalanish mahorati haqidagi fikrlarini ko'z oldimizga keltiraylik. So'zning, notiqlikning qudrati beqiyos ekanligini zamondoshimiz, O'zbekiston qahramoni Abdulla Oripov Alisher Navoiy ijodi misolida shunday xulosaga keladi: Temur tig'i etmagan joyni Qalam bilan oldi, Alisher. A.Oripov xulosasining to'g'riligini hazrat Navoiy o'z ijodida ham tasdiqlagan. Bu o'rinda taniqli olim Nusratilla Jumaevning (Istiqlol va ona tilimiz. Toshkent: “Sharq”. 1998, 46-47-betlar) fikrlarini keltiramiz: “Alisher Navoiyning: Olibmen taxti farmonimga oson Cherik chekmay Xitoydan to Xuroson, degan so'zlarida ham shunday hikmat bor. Cherik - bu lashkar. Shoir lashkar tortmasdan Xitoydan Xurosongacha bo'lgan sarhadni zabt etganligi haqida faxrlanib so'zlamoqda. Ma'lumki, Alisher Navoiyning ta'sir doirasi va darajasi har qanday sarkardadan ham ustun bo'lgan. Nutq va tafakkur salohiyati uni vaziri a'zam darajasiga ko'targan edi”. Bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning til va nutq, nutq odobi, notiqlik san'ati haqidagi fikrlari aynan haqiqatligiga shubha bo'lishi mumkin emas. Misollarga murojaat qilaylik: Yaxshi so'zlay olish (nutq) - san'atdir, noyob hunardir. Uni egallashga intilgan: Erdin so'z hunar, enchidin bo'z hunar («Mahbub ul-qulub». 82-bet). Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so'zi, nutqidir: Suvning mazasi muz bila, oshning mazasi tuz bila, odam yaxshilig'i so'z bila. (Mahbub ul - qulub, 79- bet) 59 So'z zohir etar zamir ishi ko'prigidin, Til muxbir erur kungil pihon emgcigidin, Faxm ayla kishi holini so'z demagidin, Kim berdi xabar hadisi ko'ngtidagidin. (Nazm ul-javohir. 41- bet) Kishining so'zi(nutqi) uning aqliy kamolotidan darak beradi: Odamki demak birla kiromiydiru bas, So'z durri ishining intizomidaru bas, Sihhat onchaki, ahli aql komidu.ru. bas. Aqliga dalil aning kalomiduru bas. (Nazm ul javohir. 25-bet) So'zlaganda diling bilan tiling bir bo'lsin, chunki dildagi tilga chiqadi: O'aq seni sevgay el bila bo'lsang, Tilu ko'nglingni bir qilib birro'y, Nuqta sursang shukuftau xandon, Zist qilsang, kushodou xushro'y. (Arbain, 59-bet) Demonkim ko'ngli роки ham ko'zi pok. Tili роки so'zi роки o'zi pok. (Hamsa, 175-bet) Tilki fasih va dilpazir bo'ig'ay — xo'broq bo'lg'ay, Agar kungul bila bir bo'lg'ay. (Mahbub ul-qidub. 60-bet) So'zlaganda o'ylab so'zla, tushunib bilib gapir: So 'zni ko 'nglungda pishqannuguncha tilga kelturma, O'amakim ko'nglungda bo'lsa tilga sumui. {Mahbub ul-qulub. 83-bet.) Xushmuomala, shirin so'z bo'l. Tiling bilan kishilarga ozor benna: 60 Har kimki chuchuk so'z elga izhor aylar, Har neki ag'yor durur у or aylar, So'z qattig'i el kunguliga ozor aylar, Yumshog'i ko'ngullarni giriftor aylar. (Nazm ul-javohir. 43 bet) Tilni, so'zni qadrla, uni hurmat qil: Donau dur so'zini afsona bil, So'zni jahon bahrida durdona bil. ( “Hamsa ”, 34-bet) Oz gapirmoq - hikmatga sabab; oz emoq - sog'likka sabab. Og'ziga kelganini demoq - nodonning ishi va oldiga kelganni emoq - hayvonning ishi. Ko'p demak birla bo'lmagil nodon. Ко'p emak birla bo'lmagil hay von. (Mahbub ul - qulub. 83-bet) Chin, to'g'ri so'zla, nutqingda halol bo'l. Yolg'on so'z baxtsizlik keltiradi. Chin so'z mo"tabar, yaxshi so'z muxtasar... (Mahbubul — qulub. 63-bet) Yaxshi, ezgu so'z (nutq) kishiga obro', baxt keltiradi. Ezgu so'zli bo'l: Kim istasa mazhari karomai bo'lmoq, H arnav' ishda istiqomat bo'lmoq, So'zdir anga mujibi haromat bo'lmoq. Til zabtidadur anga salomat bo'lmoq. (Nazm ul-Javohir. 30 bet) Tilingni tiy. Ko'p so'z, ezma va vaysaqi bo'lma. Bu zararlidir. Befoyda so'zni ko'p aytma va foydalig' so'zni ko'p eshiturdin qaytma. Oz degan oz yanchilur, oz egan oz yiqilur. (Mahbub ul-qulub. 82-bet) 61 Til ildumidin bo'lur haromat hosil,- Yuz nav' nadomatu malomat hosil. Oz so'zlagandin istiqomat hosil. Sag 'itligidin vale salornal hosil. (Nazxn ul - Javohir. 31 bet) So'zlaganda sharoitni, suhbatdoshingni hisobga o!, beo'rin so'z aytina... I Mahbub ul-qulub. 84-bet) Gapirganda qaytariqlnrdan qoch, cliunki ular fikming ta'sirini susaytiradi: Bir deganni ikki demak xiisk emas, So ': chu takror ropti diikash onus. illamsa. 434-bet) Til — shuncha shurajl bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma qul bo'lib chiqsa - tilning ofatidir. (Mahbub ul-qulub. 72-bet) Til shiriniigi - ko'ngilga yoqimlidir; Muloyimiigi esa - foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansr. ko'pchilikka ziarari tegadi; Qanddan may tayyorlansa harotn bo'ladi. (Mahbub ul—qulub. 72-bet) Muloyim so'z - vahshiylami uit'atga aylantiradi; sehrgar - chang bilan afsun o'qib, iionni inklan chiaaradi. Bayi: Xusn -jam oli yo'q odam shirin so'z bo'lsa, Go'~o! va shirin so'zi bilan barchani qo'lga oladi. ("Mahbub ul-qulub” dan 7i-bet) Demak, shirinsuxaniik, chiroyli gapirishga iniilish, notiqlik qadimiy tarixga ega ekan, bizning ham ajdodlanmiz intilgan qoidalarga amal qilishimiz lozim bo'ladi. Alisher Navoiygi) qadur va unga zamondosh bo'lgan allomalarimi/ asarlarida va o'git nasihatlarida Й 2 inson-uchun manaviy zebu ziynat bo'lgan shirin muomala, chiroyli va muloyim so'zlash, Notiqlik san'atini egallashga chaqiriq, da'vat tarix o'zanidan bizgacha kelib bog'lanadi. Bu muammoni hal etish esa har birimi^ning qo'limizda, chidam va iroda bilan harakat qilsak, albatta, erishish mumkin. Alisher Navoiy hazratlari “Mahbubulqulub” asarining birinchi qism 21-bandida “Nasihatgo'y va va'zxonlar to'g'risida” shunday yozadilar: “Voiz haq so'zini targ'ib qilishi, payg'ambar so'zidan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o'zi haq va payg'ambar yo'liga kirishi, so'ngra esa nasihat bilan elni ham shu yo'lga solishi lozim. O'zi yurmagan yo'lga elni boshlamoq - musofimi yo'ldan adashtirib, biyobonga tashlamoq va sahroda uni yo'qotmoqdir. O'zi mastning elni xushyorlikka chaqirishi - uyquchi kishining odamlami bedorlikka da'vat etganiga o'xshash bir narsadir. Uyqusida so 'zlagan kasal odamdir, Unga quloq osgcm esa tentakdir. Va'z - murshidlar, pirlar, hushyor kishilaming ishidir va ulaming nasihatini qabul etgan maqbul kishidir. Avvalo, uning o'zi bir yo'lga tushib olgan bo'lishi, keyin esa boshqa odamlarni o'sha tomon boshlab borishi kerak. Yo'lga bilmay kirgan yo'qoladi va maqsadidan boshqa erga etadi. Va'zxon shunday bo'lishi kerakki, uning majlisiga bo'sh kirgan odam to'lib chiqsin; to'la kirgan odam esa engil tortib chiqsin, xoli qaytsin. Voiz olim va halol ish ko'ruvchi bo'lsa, uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo'ladi. Agar u boshqalarga buyursa-yu, o'zi qilmasa, uning so'zlari hech kimga ta'sir etmaydi va foyda keltirmaydi. O'z yordamchilari orqali nasihat qiluvchi voiz - o'zi qolib, shogirdini kuylatuvchi qo'shiqchidir (Mahub ul-qulub. 31-32-betlar). Alisher Navoiy ijodini dengizga qiyos qilish mumkin. Unda duru gavharlar behisob, biz ulug' mutafakkirlaming so'zga, nutqqa va 63 Notiqlik san'atiga qaratilgan fikrlarini yortishga harakat qildik. Bu hali hammasi emas. Mazkur mavzu katta ilmiy ishlarga manba, material berishiga aminmiz. Navoiydek ulug' alloma so'z qudratiga shunchalik e'tiborlarini qaratgan ekan, bizning burchimiz uning fikrlarini o'qimoq va uqmoqdan iborat bo'Jib qolmasdan, qo'limizdan kelgancha unga amal qilish insoniy burchimiz ekanligini esdan chiqarmaylik.
Nutqqa tayyorlanish va nutq ustida ishlash Notiqlik san'ati, avvalo, og'zaki nutq orqali amalga oshadigan jarayon hisoblanadi. Og'zaki nutq esa avvalo ikki ko'rinishda sodir bo'ladi. Birinchi ko'rinishi oddiy so'zlashuv orqali, ikkinchisi esa adabiy til normalariga qat'iy amal qilish borasidagi adabiy so'zlashuv nutqi ko'rinishida bo'ladi. Oddiy so'zlashuv - sheva ta'sirida bo'lgan kundalik so'zlashuvning o'zi. Bu so'zlashuvda nutq bazasini adabiy til tashkil etmaydi. Adabiy so'zlashuv nutqi - adabiy til madaniyatiga adabiy til normalariga asoslanib nutq so'zlashdir. Adabiy tilda so'zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha murakkab kechadi. Bunga sabablar quyidagicha: og'zaki nutqda albatta shevaning ta'siri bo'ladi, juda 83 bo'lmaganda notiqning talaffuzida seziladi; og'zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o 'у lab fikr yuritish imkoniyat vaqti kam bo'ladi. Chunki og'zaki nutq tezkor jarayon, boshni qashlab o'tirishga vaqt yo'q; og'zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalaridan foydalansa bo'ladi; og'zaki nutqning muvaffaqiyatli chiqishi notiqning kayfiyatiga, sog'ligiga, auditoriyadagi vaziyatga juda bog'liq; notiq so'zlayotganda yozma nutqidagidek etarli e'tibor berolmaydi. Ko'ryapsizmi notiqning nutqi mukammal bo'lishi uchun u ishni nutqining yozma ko'rinishi ustida ko'proq mehnat qilishi va uni o'zlashtirib olishi hamda notiqlik mahoratini ishga solib ijroga kirishishi lozim. Notiq muayan mavzu asosida nutqi uchun kerakli materiallami to'plash, izlab topishi va ulardan saralashi lozim. To'plangan adabiyotlardan (materiallardan) kerakli joylarini o'qishi va uqib olishi darker. So'ngra mavzu yo'nalishini to'g'ri belgilashi, fikmi nimadan boshlab qanday yakunlanishini aniq tasavvur etishi lozim. Keraksiz fikr va gaplami nutq yozish jarayonida tushirib qoldirish, imkoniyati darajasida, aqli etganicha o'qib tushungan fikrlami o'z so'zlari bilan qog'ozga tushirgani ma'qul. Tayyor bo'lgan ma'ruza matnini qaytaqayta o'qib o'zlashtirishi, kerak bo'lsa gapirish jarayonida o'zining tashqi ko'rinishini, holatini o'zi kuzatishi uchun oynaga qarab, o'ziga o'zi nutq so'zlashish lozim. Ovozining ohangini va talaffuziga e'tiborini qaratib tovush yozish texnikasiga yozib olib, o'z nutqining to'­ g'ri va aniq chiqayotganiga o'zini o'zi ishontirsin (ashulachi san'atkorlar bekorga ovoz yozish studiyasiga qatnamaydida). Notiqlik ham san'at ekanligini ayniqsa notiq unutmasligi kerak. Shunday qilib, birinchi bosqichda to'plangan materialni o'zlashtirib, aniq reja asosida matn yoki tezis tayyor bo'lgach, ikkinchi bosqichda, -o'zi tayyorlangan matn yoki tezisni ovoz chiqarib, o'qib yoki gapirib ko'rgach, uchinchi bosqichda tinglovchilar oldida nutq so'zlashi lozim bo'ladi. Mana shu uchta bosqich nutqqa tayyorlanish va nutqning ustida ishlash va uni amalga oshirish jarayoni hisoblanadi. 84 Notiqning nutq matni ustida tayyorgarlik ko'rishi, nutqi ustida jiddiy ishlashi asosida tayyorlangan to'liq matn, tezis yoki konspekt (matnning yozma shakli) albatta tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Shu mehnat jarayonida notiq muayyan mavzu materiallarini o'z ongiga singdirib oladi. Notiq uchun adabiy til normalarini egallash hamda o'zining notiqlik mahoratini oshirishda badiiy adabiyot namunalarini o'qish, o'rganish, taniqli notiqlarning nutqlarini kuzatish va o'rganish, teleradio nutqiga e'tibor berish, gazeta va juranallar tiliga amal qilish ham notiq nutqining go'zallashuviga, tinglovchilar e'tiboriga tushishiga sabab bo'ladi. Notiq o'z mahoratini shu kabi yo'llar bilan oshirib boradi. M uallim ning insoniylik t'azilati va notiqlik mahorati Avvalo, muallim tarbiyachi va ta'lim beruvchi inson. Shu ma'noda muallim ma'naviy-axloqiy jihatdan qalbi pok, ilmi etuk inson bo'lishi kerak. Muallimning tili va dili bir-biriga mutanosib bo'lm og'i, so'zi va amaliy faoliyatida muntazzam muvofiqlik bo'lmogi juda muhim. Tashqi ko'rinishi yoqimli, istarasi issiq, yuzida nim tabassum sezilib turishi lozim. Har bir so'zida mayinlik, gapirgan gaplarida muloyimlik va shirinlik sezilib turmog'i darkor. U doimo ozoda va shinam kiyinishi muhimki, pala-partish kiyinish, soch-sog'ollarini o'stirib yurishi muallimga yarashmaydi. Chunki undan ta'lim va tarbiya olayotgan shogirdlari unga katta ishonch bilan qarab, uning ko'p jihatlarga havas bilan qaraydi va unga taqlid qila boshlaydi. O'z navbatida muallim ham o'zi ta'lim-tarbiya berayotgan shogirdlariga mehribon va talabchan bo'lishi kerak. Agar muallimning shogirdlari qizlar bo'lsa, o'zining qiziday ko'rishi, shogirdlari o'g'il bolalar bo'lsa, o'zining o'g'illariday ко'rib muomala qilishi, shogirdlariga hech qachon ta'magirllk ko'zi 85 bilan yoki qiz shogirdlariga noto'g'ri ko'z bilan qaramasligi muallim qalbining pokligidan darak beradi. Muallimning boyligi shu shogirdlari ekanligini esdan chiqarmasligi kerak. Nainki, u shu shogirdlariga ma'naviy oziq bermoqda, kelajak avlod uchun ulardan hosil kutmoqda. Shogirdlarini biridanbirini kamsitmasin, dilini og'ritmasin. ‘T oyni toy dema-toy ham bir kun ot bo'ladi”, - deydi xalqimiz. Dehqon uchun dalasi, dalasida o'stirayotgan paxtasi uning rizqiro'zi, boyligi. Dehqon dalasidagi paxtasining hamma nihollari, navlari bir hilda o'smasligi mumkin. Ba'zi birlari egri yoki nimjon o'sishi mumkin, bunda dehqon hech qachon nimjon yoki egri paxta niholni sug'irib otib yubormaydi, uni qo'lidan kelganicha parvarishlaydi, undan hosil kutadi. Muallim shogirdlarining ham zehni bir xil bo'lmaydi, zehni pastlari, tarbiyasi sal chatoqlari ham bo'ladi. Ularni sening zehning past, o'zlashtirolmayapsan — deb davradan chiqarib haydab yuborishi insoniy insofdan emas, u bilan qattiq, astoydil ishlash kerak. Dehqon o'zining paykalidagi nimjon yoki hosili kam niholga muomala-mehnat qilganday munosabatda bo'lish muallimning insoniy burchi. Chunki muallim ham shu shogirdlariga ta'lim tarbiya berish hisobidan haq olib o'z bola-chaqasini bog'adi, ro'zg'orini tebratadi. O'ylashi kerak, “shu shogirdlar bo'lmasa, uning muallimligi kimga kerak. Demak, shular uning rizqi, obro'si, kelajagi. Bu yo'lda xatoga yo'l qo'ygan muallimni Alloh kechirmaydi. Muallim o'zi o'qitadigan fanini yaxshi bilishi, o'z xalqining milliy mafkurasini anglashi, o'z millatining tilini va adabiyotini, tarixini yaxshi bilishi zarur. Dunyoqarashi, fe'l-atvori keng bo'lib, o'z ona tilida ravon va aniq nutq so'zlashi, katta so'z boyligiga ega bo'lishi kerak. O'zi ta'lim va tarbiya berayotgan o'quvchilarni, talabalami har taraflama yaxshi bilishi muhim. Ular bilan muomalamunosabatda chegara oraliq saqlay olishi zarur. Muallim nutqiy kamchiliklardan mutloqo holi bo'lishi, bosiq, og'ir, ayniqsa salobatli 86 bo'lishi kerak. Agar muailimda haybat va salobat bo'lmasa Sayfi Saroiy aytganidek: Hay bat li bo'lmasa, ey muallim у or, Saqolindin tortqilab o'g'lonlar o'ynar - holati sodir bo'lishi mumkin. Qadimgi ota bobolarimiz ustoz-muallimga katta ishonch va umid bilan qarashib, izzat va hurmatlarini joyiga qo'yishgan. Ular qo'liga farzandlarini olib borib topshirganlarida “Eti sizniki, suyagi bizniki” deyishlari bejiz emas. Ana shunday ulug' ehtirom va hurmatni joyiga qo'yolmagan muallim bu nomga loyiq emas. Muqaddas kitob sanalgan “Avesto”da yomon muallim haqida shunday deyilgan: “Rostini aytsam, yomon ustoz hayotni g'amgin qiladi, johillarni ulug' sanab, buyuk ayolu erkaklarni Yazdon ne'- niatlariga etishishdan mahrum etadi. Bunday ustoz I ar o'z nodurist ta'limi bilan xalqni eng yaxshi yumushlardan bezdiradilar, noto'g'ri pandlar bilan xalqni tirikchilik yo'lidan urib, yomon yo'lga boshlaydilar... Hayot chirog'ini so'ndiradilar. Johillarni buyuk bilib, eng mo"tabar ayolu erkaklarni Tangri yo'lidan qaytaradilar. O'z nodonliklari bilan xalqni eng yaxshi xislatlardan yuz o'girtiradilar. jahon xalqlari hayotini yolg' on gaplar bilan parishon qiladilar”. Kitobning boshqa bir o'mida Zardushtning mana shu tarzdagi iltijosi ham bor: “Noshud, yomon muallim o'quvchi qalbida xiradmandlikni yo'qotar ekan, ey Yazdon, yomon ustoddan o'zing asra!”. Professor Jo'ra Yo'ldoshev Mirzo Ulug'bekning bu boradagi qarashlarini o'rganar ekan quyidagilami yozadi: “Ulug'bek mudarrislaming insoniy xislatlariga, bilimi va mahoratiga katta ahamiyat bergan... Talabalaming o'qishdan sovib ketishiga o'qituvchining razolati sabab deb hisoblagan. U davlat ishlari bilan o'ta band bo'lishiga qaramay, mudarrislaming darslarini tahlil qilishga, ilmiy munozaralarda ishtirok etishga doimo vaqt ajrata olgan. U Qozizoda Rumiy, Mavlono Koshiy, Alig'o'shchi, Avaz Kirmoniylarning dars87 laridagi mahoratlarini yuksak qadrlagan. Ayni paytda u mudarrislaming dars berishdan tashqari ilmiy ladqiqotlarda faol ishtirok etishlarini talab etgan. Ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar olib borishga o'quvsiz mudarrislami ishdan bo'shatgan” (Ko'chirmalar professor N.Mahmudovning “Ma'rifat manzillari” kitobidan olindi. Т.: “Ma' naviyat” 1999,24-bet) O'qituvchining asosiy quroli uning notiqligidir. Agar muallimda notiqlik qobiliyati sust va past bo'lsa, u o'z fani sohasidagi bilimini shogirdlari ongiga singdirolmaydi. Ikki o'rtada ham ustoz, ham shogird qiynaladi. Agar muallim notiq bo'lsa barcha bilganlarini talabalar va o'quvchilar qalbiga yo'naltiradi va bundan o'zi ham tinglovchilar ham rohadanadi. Ba'zi bir o'qituvchilar darsga kirib “charchab chiqdim” desa, ba'zi bir o'qituvchilar dars o'tib “dam olib chiqdim”, deydi. Dam olib chiqdim degan muallim, o'z bilimini o'z ona tilida, Notiqlik mahoratini ishga solib mehnatidan rohatlangan. Charchab chiqqani esa buning aksi sifatida notiqlikda no'noq. U albatta charchaydida, chunki tinglovchilar uni yaxshi qabul qilmagan, fikrlarini ko'ngildagidek qilib etkazolmagan. Uning nutq quroli nosoz, uni charhlash va moylash kerak. Buni o'sha muallimning o'zi ham yaxshi biladi.
Yüklə 30,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə