Reja: Mehnatni boshqarishning xarakteri



Yüklə 408,92 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.04.2022
ölçüsü408,92 Kb.
#86271
fdSRpN82H7NSOAhpUf0JhVTm2K6xMM4Wo0d3sz2e



Mehnatni boshqarish usullari


Reja:

Mehnatni boshqarishning xarakteri. 

Iqtisodiy o’sishning har xil 

bosqichlarida mehnatni  boshqarish 

turlari.

Mehnatni innovatsion boshqarish.  

Mehnatni innovatsion boshqarishga 

o’tishning asosiy omillari va shartlari. 




Mehnat tushunchasi fiziologik nuqgai nazardan 

aytilganda bu 

— organizmda yig‘ilib qolgan hayot 

energiyasi tufayli sodir bo‘ladigan asab va 

mushaklar harakati hamda oqsil moddalarning 

mexanik ishga kirishuv jarayonidir.

Ayni vaqtda mehnat - bu murakkab ijtimoiy-

psixologik jarayon bo‘lib, u kishilarning yashashi 

uchun shart bo‘lgan abadiy tabiiy zaruriyatdir. 

Mehnat inson bilan tabiat o‘rtasida sodir bo‘ladigan 

shunday jarayonki, unda inson o‘zining faoliyati 

bilan o‘zi va tabiat o‘rtasidagi moddalar 

almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi 

va nazorat qiladi.




Mehnat - bu  insonning 

maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali 

faoliyatidir. Dastlab inson o‘z 

harakatlarining maqsadini 

aniqlaydi. Maqsadning mavjud 

bo‘lishi ongli mavjudot bo‘lgan 

insonning mehnatini, masalan, ot 

yoki mashina bajaradigan ish 

tushunchasidan ajratib turadi. 

Maqsadga ega bo‘lgan inson 

tabiat in’omi — bug‘doy yoki 

javdar, yog‘och yoki loy, paxta 

tolasi, jun yoki teridan foydalanib

yangi mahsulot yaratadi, ya’ni o‘z 

organizmining jismoniy va aqliy 

quvvatidan foydalanib, mehnat 

harakatlarini ongli ravishda va 

izchillik bilan bajaradi.




Mehnat insonning aqliy-

fiznologik faoliyati bo‘lib, unga to‘g‘ri 

keladigan  ish bu jarayonning ob’ektiv natijasi hisoblanadn. 

Biror mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat va 

ish miqdorini bir xil o‘lchovda, ya’ni kilogrammometrda 

aniqlanganda ishning miqdori mehnat sarfining bir 

qisminigina, yoki aniqroq qilib ayotganda 20 

— 30 % ini, 

ayrim hollarda esa undan ham ancha kam miqdorini tashkil 

etishi mumkin. Bajarilgan ishning miqdorini, jamiyat a’zolari 

tomonidan mehnatning sarflangan miqdoriga tenglashtirish 

yoki  bir xil o‘lchovda o‘lchash  ham  noto‘g‘ri  bo‘ladi. 

Faoliyag jarayonida mexanik harakatlar qilinib katta 

hajmdagi ish mikdori bajarilishi mumkin, lekin bu faoliyat 

inson mehnatining mahsuli bo‘lganligi uchun mehnatga 

nisbatan tor va chegaralangan faoliyatdir. Mehnat va ish 

tushunchasi bir-biri bilan solishtirilganda, ish mehnatning 

mahsuli degan xulosaga kelamiz. Shu bois uning son  va 

sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish mumkin.



Inson kuch-quvvatining 

sarflanish darajasi 

faoliyat turiga va 

ishlatiladigan mehnat 

vositalariga bog‘liq 

bo‘ladi. Shunday qilib, 

agar mehnat jarayonini 

tasvirlaydigan  bo‘lsak,  

u  uchta asosiy tarkibiy 

qismni o‘z ichiga oladi:

xomashyo materiali 

(mehnat predmetlari);

mehnat vositalari;

jonli mehnat sarflari.




Mehnat reduktsiyasi 

– murakkab mehnatni 

oddiy mehnatga aylantirishdir, bundan 

maqsad turli murakkablikdagi mehnatga 

haq to‘lash o‘lchovlarini aniqlashdir. 

Jamiyat rivojlanganligi bilan murakkab 

mehnat ulushi ortib boradi. Bunga sabab 

korxonaning texnika bilan qurollanish 

darajasi oshganligi, xodimlarning ma’lumoti 

va rivojlanishiga qo‘yiladigan talablarning 

ortganligidir.



Murakkab mehnat oddiy mehnatdan farq qilib

bir qator xususiyatlarga ega bo‘ladi:

xodimning harakatlarini rejalashtirish, tahlil 

qilish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish kabi 

aqliy mehnat funksiyalarini bajarish;

xodimning faol fikrlashni bir joyga to‘plashi va 

aniq maqsad bilan intilishi;

qarorlar qabul qilish va harakatlardagi izchillik;

xodim organizmining tashqi ta’sirlarga aniq va 

to‘g‘ri aks-sado berishi;

tez, chaqqon va xilma-xil mehnat harakatlari;

mehnat natijalari uchun javobgarlik.




Mehnat mazmunini tahlil qilish vaqtida mehnat 

jarayonida quyidagi funksiyalar amalga oshirilishi 

hisobga olinadi:

zarur mehnat operatsiyalari tizimining maqsadi va uni 

tayyorlash bilan bog

‘liq bo‘lgan mantiqiy funksiya;

ijro etuvchilik funksiyasi - ishlab chiqaruvchi kuchlarning 

holatiga bog

‘liq ravishda mehnat vositalarini turli usullar 

bilan harakatga keltirish va mehnat predmetlariga 

bevosita ta

’sir ko‘rsatish;

qayd etish va nazorat qilish funksiyasi - texnologiya 

jarayonini, belgilangan dasturni bajarishning borishini 

kuzatish;

tartibga solish funksiyasi - berilgan dasturni tuzatish, 

unga aniqlik kiritish.



«Mehnatni tashkil qilish» tushunchasining paydo bo‘lish 

tarixiga to‘xtalgandi, albatta, ushbu masalaning asoschisi 

sifatida F. Teylorning (1856-1915) nomi tilga olinadi. F. 

Teylor mehnatni «ilmiy boshqarish» muammosini amaliy 

jihatdan asoslab bergan bo‘lib, u iqtisodiyotda muhim 

o‘rin tutadi. Ammo, F. Teylor ko‘zda tutgan fan sohasini 

iqtisodiyotda haddan tashqari toraytirib qo‘ygan. 

«Oqilonalashtirish» atamasi mazkur fanni to‘g‘ri nomlash 

muammosini murakkablashtirdi, bu atama dastlab 

Germaniyada qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik u muayyan 

darajada boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Mazkur 

atama shu qadar noaniq va umumiy tusdagi mazmunga 

egaki, uni har qanday yaxshilanishga nisbatan qo‘llash 

mumkin. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan xorijiy 

mamlakatlarda hozirgi vaqtda «mehnatni ilmiy tashkil 

etish» yoki «mehnatni tashkil etish» atamalari deyarli 



qo‘llanilmayapti.


Mehnat faoliyatining asoslari

Yüklə 408,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə