Reja Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o‘rganishning metodologik asoslari. Madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va vazifalari. Madaniyat va sivilizatsiya. Tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 232,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix07.04.2023
ölçüsü232,96 Kb.
#104484
1   2   3   4   5   6   7
1 madaniyatshunoslik

Umuminsoniy qadriyatlar – 
odamzod uchun, kishilik jamiyati uchun eng qadrli bo‘lgan 
narsalar, hodisalar, faoliyat va boshqalarning umumijtimoiy qadrini, ahamiyatini ifodalash 
maqsadida qo‘llaniladigan tushunchadir. Umuminsoniy qadriyatlar kategoriyasining mazmunini to‘liq 
anglab etish uchun, avvalo, umuminsoniylik tushunchasining ma’nosini bilmoq zarur. 
Umuminsoniylik
deganda odamlar uchun umumiy bo‘lgan mezonlar, obyektiv va subyektiv 
holatlar, xususiyatlar, shartsharoitlar va boshqalar tushuniladi. 
Umuminsoniy qadriyatlar 
deganda, umumjamiyat, butun insoniyat uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan, insoniyatning mavjudligi, o‘tmishi, buguni va kelajagini, yashashning 
asosiy yo‘nalishlari, qonunqoidalari, talab va tartibotlarini, odamlarning eng azaliy orzuumidlari 
va g’oyalarini o‘zida aks ettiradigan qadriyatlar nazarda tutiladi. Butun insoniyat uchun umumiy 
foydalanish imkonini beradigan universal texnologiyalar, ishlab chiqarish, boshqarishni tashkil 
etish, kosmonavtika, kibernetika, axborot texnologiyalari umuminsoniy qadriyatlar jumlasiga 
kiradi. Umuminsoniy qadriyatlarga madaniyat, ma’naviyat, fan, din, san’at, huquq, siyosat, ijtimoiy 
ong shakllari bilan bog‘liq yutuqlar, kashfiyotlar, yaratilgan boyliklar, ma’naviy kamolotning 
yo‘nalishlari, vositalari kiradi. Inson, uning hayoti, yaxshilik, go‘zallik, adolat, haqiqat, erkinlik, 
tenglik, do‘stlik, muhabbat, baxtsaodat va hokazolar umuminsoniy qadriyatlarning eng oliysi, 
ideal qadriyatlardir. 
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida madaniyatning milliy o‘ziga xosligini saqlash 
dolzarb muammolar jumlasiga kiradi. Negaki, ko‘p hollarda dunyoda sodir bo‘layotgan 
globallashuv, iqtisodiy va siyosiy modernizatsiyalashuv jarayoni ta’siri ostida dunyo 
standartlashish va birxillashish tomon bormoqda, milliy o‘ziga xoslik, milliy madaniyatga xos 
jihatlar yo‘qolib ketadi, degan fikrmulohazalar ustunlik qilishga harakat qilmoqda. Amaliy hayot 
esa bunday qarashlarning asossiz ekanligini ko‘rsatmoqda, inkor etmoqda. Aksincha, hayotiy 


tajribalar ko‘rsatmoqdaki, xususan, milliy belgilarning xilmaxilligi jahon madaniyatining 
barqarorligini va rivojlanishini ta’minlamoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1998yil 6noyabrda YUNESKO Ijroiya 
Kengashi sessiyasida so‘zlagan nutqida shunday ta’kidlaydi: «Men umuminsoniy qadriyatlar 
rivojini har bir xalq madaniyati va o‘ziga xosligining o‘zaro uyg‘unlashuvi deb bilaman. 
Madaniyatlarning shu tarzdagi uyg‘unlashuvigina umuminsoniy madaniyat va butun 
sivilizatsiyaning go‘zalligi va qadrqimmatini yaratadi. Zero, umumiy sivilizatsiya turli xalqlarning 
madaniyatlaridan shakllanadi» (Asarlar, T.7, 194bet). 
Hozirgi taraqqiyotning tendensiyasi madaniyma’naviy merosning roli va ahamiyatini qayta 
anglashdan, milliy an’analarni hozirgi hayotga faol qo‘llashdan iborat. Bu muammo ayniqsa 
O‘zbekiston uchun nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Negaki, mustabid sovet hokimiyati 
davrida o‘zbek xalqining milliy madaniyati, ma’naviy merosi poymol qilindi, ularni unutish, ona 
tilimiz – o‘zbek tilini qadrsizlantirish yo‘li tutilgan edi. Bu davrda madaniyat mafkuralashtirildi, 
kommunistik mafkuraga mos kelmaydigan tomonlari yo‘q qilindi, turli fikr yuritishlar inkor 
etildi, ong ustidan hukmronlik qilindi, asrlar davomida shakllangan an’anaviy axloqiy va estetik 
qadriyatlarga eskilik qoldiqlari sifatida qaraldi. 
Shu boisdan O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlab, jahon 
madaniyatining tarkibiy, ajralmas qismi hisoblangan, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy 
madaniyma’naviy merosimizni tiklash yo‘lidan bordi. Bu yo‘l O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarildi. 
Istiqlol yillarida O‘zbekistonda madaniyma’naviy merosni tiklash va yanada rivojlantirish 
borasida katta yutuqlarga erishildi. Bu milliy ongning o‘sishida muhim ahamiyatga ega. Madaniy 
merosning tiklanishi quyidagi muhim jihatlarda namoyon bo‘lmoqda: 
– xalqimizning qadimiy madaniyma’naviy merosiga, qadriyatlari va ideallariga qayta nazar 
solish, yangicha anglash, tiklashning zarurligi va muhimligi e’tirof etildi; 
– merosimizni tiklashga saralash nuqtayi nazardan yondashildi, milliy madaniyatning 
umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan, jamiyatimizni yangilash va insonparvarlashtirishga 
xizmat qiladigan eng muhim, ahamiyatli yutuqlari, jihatlari tiklanmoqda; 
– keng xalqaro aloqalar rivojlanmoqda, umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘unlashib 
borilmoqda; 
– o‘z tafakkuri bilan mustaqillik ruhini belgilab beradigan ziyolilarning yangi avlodi 
shakllanmoqda; 
– shaxs va ijtimoiy ongda yangicha dunyoqarash, gumanistik tafakkur shakllanib 
bormoqda. 
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda umuminsoniy demokratik qadriyatlarga mos 
fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda. Imom alBuxoriy, Imom atTermiziy, Bahovuddin 
Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Ahmad alFarg‘oniy, Amir Temur, Burxoniddin 
Marg‘inoniy, Moturudiy kabi ko‘plab, nafaqat bizning milliy madaniyatimiz, balki butun jahon 
sivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning nomi, xayrli ishlari 
o‘z o‘rnini topdi, ularning unutilgan asarlari nashr etildi, etilmoqda. Xalq qahramonlari, buyuk 
shaxslar nomlari oqlandi, ular xotirasini namoyon etuvchi yodgorlik majmualari, haykallar 
bunyod etildi. 
Milliy madaniyatimizning tiklanishida madaniyatshunoslik muhim o‘ringa ega. Aynan shu fan 
madaniyma’naviy sohalardagi unutilgan qarashlarni, zo‘ravonlarcha poymol etilgan qadriyatlarni 
aniqlash, qayta tiklash va yangi ma’nomazmun bilan boyitish kabi faoliyatga ko‘maklashadi. 
Bugungi kunda gumanistik ideallarni, madaniyma’rifiy qadriyatlarni tiklash umumbashariy 
ahamiyatga ega. Shu ma’noda Prezident Islom Karimovning «Kirib kelayotgan XXI asrda dunyoni 
madaniyat va ma’naviyat qutqaradi» -degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir (Asarlar T.7, 194bet).
Madaniyatning nazariy muammolari va tarixiga umuminsoniy qadriyatlar nuqtayi nazardan, har bir 
davr va har bir xalq madaniyatiga hurmat nuqtayi nazardan yondashuvchi madaniyatshunoslik fani 
«madaniyatlararo muloqot»ni amalga oshirishga, gumanistik g‘oyalarning uyg‘onishiga yordam beradi. 
Bu jarayonda ta’limtarbiya sohasi muhim rol o‘ynaydi. 


Ta’limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashib borishi O‘zbekistonda 
amalga oshirilayotgan ta’lim islohotining muhim yutug‘idir. Negaki, amalga oshirilayotgan 
islohotlarimizning pirovard natijasi iqtisodiyotga, davlat boshqaruviga, jamoat tashkilotlari va 
boshqa sohalarga qanday mutaxasislarning kelishiga bog‘liq, albatta. Shu boisdan bugungi kunda 
talabalarimizning madaniy va ma’naviyaxloqiy saviyasi o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. 
Xususan, Oliy ta’lim muassasalari oldidagi asosiy vazifa, bitiruvchilarni ijtimoiy hayotning 
mustaqil subyekti sifatida shakllantirishga erishishdir. Buning mazmuni shundan iboratki, har bir 
bitiruvchi siyosiy, ma’naviyma’rifiy, axloqiy, iqtisodiy, dunyoviy va boshqa sohalarda mustaqil, 
tushunib yetgan holda qarorlar qabul qilishga yetilgan bo‘lishi zarur. Talabalarda bunday 
malakalarni shakllantirishda madaniyatshunoslik fani muhim o‘ringa ega. 
Xulosa qilib aytganda, madaniyatshunoslik yangicha fikrlashni, insonparvarlik va 
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiruvchi fan sifatida O‘zbekistonning milliy tiklanishida, 
ta’limtarbiya tizimida muhim rol o‘ynaydi.
Savol va topshiriqlar 
1.
Madaniyatshunoslik fanining predmeti, o‘rganish obyekti nimalardan iborat? 
2.
Madaniyatshunoslikning boshqa gumanitar fanlar bilan bog‘liq tomonlarini tushuntirib 
bering. 
3.
Madaniyatshunoslik fani qanday metodologik tamoyillarga tayanadi? 
4.
Madaniyat so‘zining kelib chiqishi haqida nimalarni bilasiz? 
5.
Madaniyat so‘zi qanday ma’nolarni bildiradi? 
6.
Madaniyat insoniyat hayotida qanday vazifalarni bajaradi? 
7.
Shaxsning barkamol inson bo‘lib yetishishida madaniyatshunoslik fanining 
ahamiyati nimalardan iborat? 
8.
Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy madaniyat deganda nimalarni tushunasiz? 
9.
Axloqiy, estetik va ekologik madaniyat so‘zlarining ma’nosi nima? 
10.
Sivilizatsiya deganda nimani tushunasiz? 
11.
 
Madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasidagi umumiylik nimalarda namoyon bo‘ladi 



Yüklə 232,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə