Reja Ijtimoiylashuv tushunchasi jarayoni,vositalari 2


Reja Ijtimoiylashuv jarayoni



Yüklə 8,73 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü8,73 Kb.
#154173
1   2   3
101-guruh

2 Reja
Ijtimoiylashuv jarayoni
Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigienik yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari-muloqot, o‘yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyati, sport bilan shug‘ullanishi kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy, formal va noformal sanksiyalarni man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari: muloqot (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport). Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan.
Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanish jarayonida, u bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush o‘rtog‘i, hamkasblari ham qo‘shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan.
o‘zlashtirishi muhitning salbiy ta’siri oqibatida noto‘g‘ri yo‘nalishda ketib qolishi mumkin. Buning natijasida bola me’yoriy ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib, maxsus yordamga muhtoj bo‘lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya orqali amalga oshadi. Biroq buning uchun har bir toifa bolalarning ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish lozim.
Umuman olganda, tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol ko‘nikishi yoki salbiy omillarning oqibatlarini yengishdir
Shunday qilib, bolaning jamiyatda o‘sishi, rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir bo‘ladi. Agar bu jarayon sodir bo‘lmasa, uning aksi-dezadaptatsiya kuzatiladi. Bunday holatda bolaning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ehtiyoj tug‘iladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi mikroomillarning ta’sirida, tengdoshlari va kattalar (oila, qo‘shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o‘zaro munosabatlarida ro‘y beradi. Ijtimoiy tarbiya bir tomondan jamoalarda amalga oshiriladi, boshqa tomondan esa bolalar va o‘smirlar jamoa hayotiga ob’ektiv zaruriyat sifatida kirib boradi.
Jamoa tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g‘oya juda qadimda paydo bo‘lgan, uning nazariy asoslari esa XIX asrdan boshlab pedagogik nuqtai nazardan jadallik bilan ishlab chiqilgan. Jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichida real hayotdagi inson ijtimoiylashuvi muammolari va insonning o‘zgarib turuvchi dunyoga kirishi jamoaviy tamoyilni ijtimoiy tarbiyaning yetakchi tashkiliy asosi deb hisoblashga zamin yaratadi.
Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga ko‘ra ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa jamiyatga ko‘nikish tajribasini qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Yüklə 8,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə