Yuklamalar dinamikasining moslashtirilgan muvozanati tamoyili.
Bu tamoyildan uchta asosiy qoida kelib chiqadiki, ularga muvofiq jismoniy
tarbiya bosqichlari doirasida umumiy yuklama dinamikasining tipik shakllari
aniqlangan.
Jismoniy tarbiya jarayonida foydalaniladigan umumiy yuklama miqdori
shunday bo„lishi kerakki, uning qo„llanilishi sog„liqda salbiy o„zgarishlarni keltirib
chiqarmasligi lozim. Ushbu qoida yuklamalarning kumulyativ samarasini
muntazam nazorat qilishni ko„zda tutadi.
Qo„llaniladigan yuklamaga moslashib borgan sari, ya‟ni moslashishli
o„zgarishlar barqaror holat bosqichiga o„tgan sayin umumiy yuklama
o„lchamlarining navbatdagi oshirilishi bajarilishi kerak.
Erishilgan tayyorgarlik darajasi qancha yuqori bo„lsa, yuklama parametrlari
shuncha katta oshiriladi.
Jismoniy
tarbiyada
umumiy
yuklamalar
miqdoridan
foydalanish
mashg„ulotlar tizimining ayrim bosqichlarida uning vaqtinchalik kamayishi, yoki
barqarorlashishi, yohud vaqtinchalik oshishini nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |