Reja: G`amlama rezervuarining vazifalari va tuzilishi


Elektropnematik tormozlar haqida tushuncha



Yüklə 264,57 Kb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü264,57 Kb.
#136304
1   2   3   4   5   6   7
Elektropnematik

Elektropnematik tormozlar haqida tushuncha.
Tormozlarning pnevmatik yuritmalarini ishlash prinsipi. Pnevmatik yuritmali tormoz tizimi og'ir yuk ko'taruvchi avtomobillarda va katta avtobuslarda qo'llaniladi. Pnevmatik yuritmada tormozlash kuchi havo yordamida hosil qilinadi, shuning uchun haydovchi tormoz pedalini uncha katta bo'lmagan kuch bilan, ya'ni tormoz mexanizmlariga havo yuborishni boshqarishga yetarli bo'lgan kuch bilan bosadi. Gidravlik yuritmaga qaraganda pnevmatik yuritmada butun tizimning germetikligiga qo'yilgan talablar unchalik qattiq emas, chunki oz-moz havoning chiqib turishi dvigatel ishlaganda kompressor yordamida to'ldirib turiladi. Lekin pnevmoyuritmadagi asboblar konstruksiyasining murakkabligi, ularning o'lchamlari va massasi gidroyuritmadagiga qaraganda ancha yuqori. Ayniqsa, ikki konturli yoki ko'p konturli chizmalarga ega bo'lgan avtomobillarning pnevmoyuritma tizimlari murakkablashgan bo'ladi. Bunday pnevmoyuritmalar, masalan, MAZ, LAZ, KaMAZ va ZIL-130 (1984-yildan boshlab) avtomobillarida ishlatiladi.
MAZ avtomobillari pnevmoyuritmasidagi ikki konturli chizmaning mohiyati shundan iboratki, pnevmoyuritmaning barcha asboblari, oldingi va orqa g'ildiraklar uchun alohida bo'lgan, ikkita mustaqil tarmoqqa ulangan. Shuningdek, LAZ avtobuslarida ham bitta pedaldan ikkita tormoz krani orqali oldingi va orqa g'ildiraklarning tormoz mexanizmlariga alohida ta'sir etuvchi ikki konturli yuritma ishlatilgan. Bu bilan pnevmoyuritmaning ishonchliligi hamda biron-bir kontur ishdan chiqqanda harakatlanish xavfsizligi ortadi.

126-chizma. ZIL-130 avomobilidagi tormoz pnevmoyuritmasining shartli tasviri.

ZIL-130 avtomobilining 1984-yilgacha chiqarilgan chizmalaridagi tormoz pnevmoyuritmalari ancha sodda chizmaga ega (126-chizma). Yuritma tizimiga kompressor (1), manometr (2), siqilgan havo uchun ballonlar (3), orqa tormoz kameralari (4), tirkamaning tormoz tizimini ulashga mo'ljallangan biriktirish kallagi (5), ajratuvchi kran (6), tormoz krani (8), biriktiruvchi quvuryo'llar (7) va oldingi tormoz kameralari (9) kiradi.


Dvigatel ishlayotgan paytda kompressorga havo filtri orqali kirib kelgan havo siqiladi hamda ballonlarga yo'naltiriladi va u yerda bosim ostida jovlashadi. Havo bosimini kompressorda joylashgan bosim rostlagich o'rnatadi va bosim belgilangan qiymatga yetganda kompressorning salt ishlashini ta'minlaydi. Agar haydovchi tormoz pedalini bosib, tormozlashni amalga oshirsa, bunda u ballonlardan g'ildirak tormozining kameralariga havo yuboruvchi tormoz kraniga ta'sir ko'rsatadi. Tormoz kameralari kolodkalarni keruvchi kulachokni buraydi, natijada kolodkalar kerilib, g'ildirak barabanlariga siqiladi va tormozlanish amalga oshadi.
Pedal qo'yib yuborilganda tormoz krani siqilgan havoni tormoz kameralaridan atmosferaga chiqarib yuboradi, buning natijasida tortuvchi prujinalar kolodkalarni barabandan bo'shatadi, keruvchi kulachok boshlang'ich holatiga qaytadi va tormozlanish sodir bo'lmaydi. Kabinaga o'rnatilgan manometr haydovchiga pnevmatik yuritma tizimidagi havo bosimini kuzatib turishga imkon beradi.
1984-yildan boshlab ZIL-130 avtomobilidagi tormoz tizimining konstruksiyasiga o'zgartirishlar kiritilgan bo'lib, ular harakatlanish xavfsizligining zamonaviy talablarini qanoatlantiradi. Shu maqsadda pnevmatik tormoz yuritmasida KamAZ avtomobilining tormoz tizimi­dagi asboblar va apparatlardan foydalanilgan. Yuritma, avtomobil tormoz tizimining ishchi, to'xtab turish va ehtiyot tormozi sifatida ishla­shini ta'min etadi. Shuningdek, to'xtab turish tormozini avariyali (halokatli) bo'shatishni, tirkama g'ildiraklaridagi tormoz mexanizmlarini boshqarishni va avtomobilning boshqa pnevmatik tizimlarini havo bilan ta'minlashni amalga oshiradi.
Zamonaviylashtirilgan pnevmatik yuritmaning chizmasi (shartli tasviri) (127-chizma) quyidagi mustaqil konturlardan iborat: oldingi g'ildiraklar tormoz mexanizmlarining yuritmasi; orqa g'ildiraklar tormoz mexanizmlarining yuritmasi; to'xtab turish va ehtiyot tormoz tizimlarining (orqa g'ildiraklarga ta'sir etuvchi) yuritmasi hamda tirkama g'ildiraklari tormoz mexanizmlarining yuritmasi; to'xtab turish tormoz tizimini avariyali (halokatli) bo'shatish yuritmasi; avtomobildagi boshqa pnevmatik asboblarning yuritmasi.
Barcha konturlarda siqilgan havo bosimini avariyali pasayishini yorug'lik bilan daraklovchi, pnevmoelektrik datchiklar o'rnatilgan. Manometrlar (25) bilan ishchi tormoz tizimidagi havo bosimi nazorat qilinadi. Barcha havo ballonlarida kondensatni to'kib turish uchun kranlar ko'zda tutilgan.
Avtomobil harakatlanayotganda siqilgan havo rang bilan (127-chizmada) ajratilmagan magistrallar va asboblarda joylashadi. Bu holatda ishchi tormoz tizimining pedali bosilmagan va yuqorigi vaziyatda bo'ladi, to'xtab turish tormoz tizimi kranining (6) dastasi esa chetki oldingi vaziyatda joylashadi.
Tormoz pedali bosilgan zahotiyoq, tormoz kranining (25) bo'linmalariga siqib yuborilgan havo uning yuqorigi bo'linmasidan tormozlovchi kuchlar rostlagichi (16) orqali orqadagi g'ildiraklarning tormoz kameralariga (13, 18) kirib keladi. Kranning pastki bo'linmasidan esa havo bosimni cheklovchi klapan (26) orqali oldingi g'ildiraklarning tormoz kameralariga (29,31) kirib keladi. Shu bilan bir paytda havo, tirkamaning ikki shoxobchali tormoz tizimidagi boshqarish klapanini (21) boshqaruvchi magistralga ham kirib keladi. Agarda avtomobil, ikki shoxobchali yuritmaga ega bo'lgan tirkama bilan ishlayotgan bolsa, u holda tirkamaning havo taqsimlagichi ishga tushadi va tirkama ballonlaridan havoni tormoz kameralariga o'tkazadi.
Bir shoxobchali yuritma bilan jihozlangan tirkamali avtomobillarni tormozlashda, asboblarning ishga tushish ketma-ketligi shunday bo'ladi: boshqarish klapani (21), boshqarish klapani (23), shataklagich va tirkamani tutashtiruvchi magistral, tirkamaning havo taqsimlagichi, tirkama g'ildiraklarining tormoz kameralari.
Tormoz pedalini qo'yib yuborish bilan avtomobilni tormozlanishi to'xtatiladi. Bu vaziyatda tormoz kranining bo'linmalari atmosfera chiqarmalari bilan ulanadi va siqilgan havo oldingi kameralardan klapan (26) orqali, orqadagi kameralardan rostlagich (16) orqali o'tib, shu yerdan tashqariga chiqib ketadi. Oldingi va orqa g'ildiraklar tormozla­nishdan ozod bo'ladi. Shu bilan bir paytda klapanni (21) boshqaruvchi magistraldagi havo bosimi ham pasayadi, magistral atmosfera chiqarmasi bilan ulanadi, bu esa tirkama g'ildiraklarini tormozlanishdan xalos bo'lishiga olib keladi.

127-chizma. ZIL-130 avtomobili tormozini zamonaviylashtirilgan pnevmoyuritmasining shartli tasviri:
1-kompressor; 2-bosim rostlagich; 3-muzlab qolishdan saqlagich; 4-kondetsatni ajratish uchun ballon; 5-ikki yoqlama himoya klapani; 6-to'xtab turish tormozining krani; 7-to'xtab turish tormozining avariyali bo'shatish krani; 8-uch yoqlama himoya klapani; 10-to'xtab turish tormoz tizimining havo balloni; 11-bir qavatli himoya klapani; 12,19,20-biriktiruvchi kallaklar; 13,18-prujinali energoakkumulyatori bo’lgan tormoz kameralari; 14,17,27-nazorat-chiqarish klapanlari; 15,-22-ikki magistralli klapan; 16-tormozlovchi kuchlar rostlagichi; 21-tirkamaning ikki shahobchali tormoz tizimining boshqarish klapani; 23-tirkamaning bir shahobchali tormoz tizimini boshqarish klapani; 24-ishchi tormoz tizimini klapani; 25- ishchi tormoz tizimining krani; 26-bosimni cheklovchi klapan; 28-ishchi tormoz tiztmining havo balonlari; 29, 31-oldingi g’ildiraklarning tormoz kameralari; 30-manometrlar.

Shunday qilib, ishchi tormoz bilan tonnozlash rejimida yuritma tizimi avtomobil g'ildiraklaridagi tormoz mexanizmlarining ishlashini, shuningdek, uchinchi konturdagi tirkama tormoz yuritmasining ishchi tormoz konturi bilan boshqariladigan qismining ishlashini ta'minlaydi.


Ishchi tormoz yuritmasining yoki tirkama yuritmasining biron-bir konturi ishlamay qolsa, qolganlari mustaqil ravishda ishlay oladi, lekin tormozlash jadalligi pasayadi.
Avtomobilni to'xtab turgan joyida tormozlash, to'xtab turish tizimidagi kran (6) dastasini orqadagi tutib turish holatiga o’tkazish bilan amalga oshiriladi. Bunda tezlatuvchi klapan (24) boshqaruvchi magistral atmosfera chiqarmasi bilan tutashadi va tormoz kameralaridagi (13, 18) energoakkumulatorlardan havo tashqariga chiqib ketadi. Energoakkumulator prujinalari kerilib avtomobilning orqa g'ildiraklaridagi tormoz mexanizmlarini ishga tushiradi. Shu bilan bir paytda, agarda avtomobil tirkama bilan ishlayotgan bo'lsa, tirkama g'ildiraklarining tormoz mexanizmlari ham ishga tushadi. Avtomobilni to'xtab turish tormozidan bo'shatish, tormoz kranining dastasini oldingi tutib turiladigan holatga qaytarish bilan amalga oshiriladi.
Pnevmatik yuritmaning asosiy asboblari tuzilishi. Ikki silindrli porshenli kompressor (128-chizma), shamolparrak (ventilator) shkividan ponasimon tasmali uzatma vositasida harakatga keltiriladi. Kompressorning asosiy qismini karter (1), silindrlar bloki (4) hamda haydash (6) va kiritish klapanlari joylashtirilgan kallak (5) tashkil qiladi. Kompressorning silindr-porshen guruhidagi ishqalanuvchi detallarga moy, dvigatelning moylash tizimidan quvuryol (7) orqali yetkazib beriladi, kompressorni sovitish ham dvigatelning sovitish tizimidagi suyuqlik vositasida amalga oshiriladi.
Kompressor ishlaganda siqilgan havo undan bosim rostlagichga kirib keladi. Bosim rostlagich tizimdagi bosimni zarur chegaralarda tutib turadi, pnevmoyuritma asboblarini ifloslanishdan himoya qiladi va maksimal ishchi bosimga erishilganda kompressorning haydash quvuryo’lini atmosfera bilan tutashtirib, kompressorning yuksizlantiruvchi qurilmasi vazifasini ham bajaradi. Bulardan tashqari, rostlagich saqlash klapani vazifasini ham bajara oladi.

128-chizma. ZIL-130 avtomobilining kompressori:


1-karter; 2-yuritma shkiv; 3-porshen; 4-silindrlar bloki; 5-kallak; 6-haydash klapani; 7-moylash tizimining quvuryo’li; 8-shatun: 9-tirsakli val

Yüklə 264,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə