Reja Erkin saylovlarni o’tkazishda ommaviy axborot vositalarning roli haqida umumiy malumotlar



Yüklə 31,74 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü31,74 Kb.
#136585
Reja Erkin saylovlarni o’tkazishda ommaviy axborot vositalarning


Reja
1.Erkin saylovlarni o’tkazishda ommaviy axborot vositalarning roli haqida umumiy malumotlar
2.saylov o’tkazish vaqtida ommaviy axborot vositalarni ishtirok etishi
3.Saylov o’tkazish jarayonida saylovni yorib borishda ommaviy axborot vositalarini roli

So'z va fikr erkinligi hamma fuqarolarga tegishli. Ayni chog'da, saylov jarayonlari bilan bog'liq holda tahlil etadigan bo'lsak, ham milliy, ham xalqaro amaliy taj-ribaga muvofiq, ana shu muhim ijtimoiy-siyosiy voqeaga tayyorgarlik, uni o'tkazish davrida aholining uch qatlami so'z va fikr erkinligi huquqiga ega bo'lishi ayniqsa jiddiy ahamiyat kasb etadi. Bular:

  1. umumiy aholining muayyan qismi hisoblanuvchi saylovchilar;

  2. ommaviy axborot vositalari;

  3. saylanadigan o'rinlar uchun kurashayotgan yoki ovoz berish natijalariga ta'sir ko'rsatadigan siyosiy kuchlar.

Saylovchilarning bu boradagi erkinliklari ta'minlanishi, shak-shubahasiz, ularning to'la va aniq axborotga ega bo'lish huquqi nechog'li ijobat etilishida namoyon bo'ladi. Siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining bunday erkinliklari esa o'z qarashlarini erkin, hech qanday soxtalashtirishlarsiz bayon eta olish, shuningdek, bu fikrlar saylovchilarga tushunarli bo'ladigan darajada etarli vaqtga ega bo'lish layoqatiga bog'liqdir.
Demokratik saylovlarni erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Negaki, ular fuqarolarning siyosiy partiyalar faoliyati, ularning saylovoldi dasturlari, deputatlikka ko'rsatayotgan nomzodlari, saylov jarayonining barcha bosqichlari haqida axborot olish huquqini ta'minlashi lozim. Shunday qilib, ommaviy axborot vositalari demokratik saylovlarni ochiqlik, oshkoralik va transparentlik asosida o'tkazishda muhim vosita bo'lib, fuqarolik jamiyatining saylovda faol ishtirok etishiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. 
Mamlakatimiz saylov qonunchiligida ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlik ko'rish jarayoni va saylov qanday o'tayotganini yoritib borishi mustahkamlangan. Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda ommaviy axborot vositalari teng shart-sharoit va imkoniyatlar printsipiga amal qilgan holda, deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalar vakillariga o'z efir vaqti va nashr maydonini qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi. Bundan tashqari, ular fuqarolik jamiyati institutlaridan biri sifatida saylov jarayonida jamoatchilik nazorati vazifasini bajaradi.
Mamlakatimiz milliy saylov qonunchiligini tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ommaviy axborot vositalarisaylov jarayonida axborot berish, xabardor qilish (saylov kampaniyasi ham OАV orqali eʼlon qilinishi saylovni o‘tkazishning muhim shartidir); jamoatchilik nazorati sifatida kuzatish, saylovoldi tashviqot va saylovga oid huquqiy targ‘ibot vositasi bo‘lib xizmat qiladi.Saylov kampaniyasidagi barcha muhim voqea va yangiliklarni fuqarolar ommaviy axborot vositalari orqali biladilar. Аgar o‘tgan 2016 yilgi saylovlardan misol keltiradigan bo‘lsak, saylovni 615 ta milliy va 272 ta xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan 315 ta xorijiy va milliy Internet nashrlari yoritib borgan. Mamlakatimiz va chet elning 1 400 nafardan ortiq jurnalistlari ishtirokida saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan 180 ta matbuot anjumani va onlayn brifinglar o‘tkazilgan. 22 700 dan ziyod maqola va axborot materiallari eʼlon qilingan, ko‘rsatuv hamda eshittirishlar efirga uzatilgan.Saylov kodeksining 36-moddasiga asosan Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. 57-moddaga asosan muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti ham saylovchilarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.Saylov kodeksining 54, 58-moddalariga asosan uchastka saylov komissiyasining raisi ovoz berish boshlanganligini ham, tugaganligini ham ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida eʼlon qiladi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlariga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasining qarori ham uning rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 11 sentyabrdagi qarori bilan Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazi va uning mintaqaviy bo‘linmalari tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasi yetakchi ommaviy axborot vositalari bilan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar imzoladiOmmaviy axborot vositalarining saylov jarayonidagi yana bir muhim ishtiroki ularning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish huquqi bilan bog‘liq. Saylov kodeksining 8, 35-moddalariga asosan ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqiga ega.Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy saylov komissiyasi akkreditatsiyadan o‘tkazadi. Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi qarori bilan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.Ommaviy axborot vositalari vakillari saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman eʼlon qilingan kundan boshlab, qoida tariqasida, saylovga kamida o‘n besh kun qolgunga qadar MSK, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilishlari mumkin.Saylov jarayonining barcha tadbirlari ommaviy axborot vositalari nigohida bo‘lishi saylovlarimizni ochiq va oshkora, erkin va adolatli o‘tkazilishiga, jamoatchilik nazoratini taʼminlanishiga xizmat qiladi.Ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.Bepul efir vaqtidan siyosiy partiyalar vakillari va deputatlikka nomzodlar ommaviy debatlar, munozaralar, matbuot anjumanlari, intervьyu, chiqishlar, saylovchilar yig‘ilishlari, nomzod to‘g‘risida roliklar joylashtirish va hokazolar uchun foydalanishi mumkin.Saylovga oid huquqiy targ‘ibot vositasi sifatida ommaviy axborot vositalari aholining saylov qonunchiligiga oid bilimini oshirishga qaratilgan maqolalar, tok-shoular, ijtimoiy roliklar, ko‘rsatuvlar va eshittirishlar tashkil qiladilar.
Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan hamma foydalana oladigan telekommunikatsiya tarmoqlarida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarni yoritish jarayonining monitoringini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladiSaylov jarayonining barcha bosqichlari ochiqligi, oshkoraligini ta'minlash, jamoatchilikni saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida OAV orqali o'z vaqtida xolis xabardor qilish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2014 va 2015 yilgi saylovlarni yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazi tashkil qilindi. Ushbu markaz Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasining asosiy bosqichlariga bag'ishlab o'tkazadigan brifinglar, matbuot anjumanlarini tashkil etadi, mamlakatimiz va chet el OAV vakillarini mazkur muhim demokratik jarayon bilan bog'liq zarur axborot materiallari bilan ta'minlaydi. Jurnalistlarni Markaziy saylov komissiyasining www.elections.uz saytida e'lon qilingan akkreditasiyadan o'tkazish tartibiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasiga xorijiy va milliy OAV vakillari bilan qaytma aloqalar o'rnatildi. 
Ommaviy axborot vositalari erkin demokratik saylovlarni o'tkazishning muhim bo'g'ini hisoblanadi. Erkin va adolatli saylovlarning mazmun-mohiyati faqat maqbul muhitda o'z ovozini berishdan iborat emas, balki saylov jarayonlarida barcha saylovchilarga saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar, ro'yxatga olingan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturi, shuningdek, saylov jarayonining mohiyati haqida to'liq axborot olish shart-sharoitlari ta'minlanishi lozim. Buning natijasida saylovchilar to'liq va etarli axborot asosida o'zlari ongli ravishda munosib nomzodni tanlab ovoz berish imkoniga ega bo'ladi.
Mamlakatimiz saylov qonunchiligida ommaviy axborot vositalarining saylov kampaniyasini yoritib borish, saylovlarning adolatli hamda qonuniy o'tishiga bilvosita ko'maklashish imkoniya­ti huquqiy kafolatlangan. Binobarin, ushbu kafolatlar ommaviy axborot vositalarining mamlakatimiz saylov to'g'risidagi qonunlarida nazarda tutilgan huquq va erkinliklari, maqsad va vazifalari, burch hamda mas'uliyati bilan o'zaro uyg'unlik kasb etadi.
Mamlakatimizdagi barcha omma­viy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o'tayotganligini keng yoritishlari ular faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylangan. Erkin va adolatli saylovlar nafaqat muayyan muhitda fuqarolarning o'z ovozlarini berish imkoniyati ta'minlanganligi, balki ularning tegishli nomzodlar va umuman butun saylov jarayoni to'g'risidagi axborotlarga doir huquqlarni kafolatlash bilan ham amalga oshiriladi. Zero, har bir saylovchi o'zining muayyan nomzodga bo'lgan ovozini ushbu nomzod haqida to'liq ma'lumotlarga ega bo'lgan taqdirdagina ishonchli va asosli berishi mumkin. Shu jihatdan olganda, demokratik saylovlarni erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Saylovlar jarayonida omma­viy axborot vositalari tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati saylovchilarning huquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan kafolatlanganligini, balki davlat organlari faoliyatida ularning ustuvor bo'lishini ham muayyan darajada ta'minlaydi.
Ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati vakillik organlari saylovi jarayonida saylovchilarni xabardor qilishda xolis va haqqoniy bo'lishlari, nomzodlar va partiyalarning teng­ligi tamoyilini buzmasliklari kerak. Aynan ushbu holat ommaviy axborot vositalarining mazkur jarayonda amalga oshiradiganfaoliyatining xususiyati hisoblanadi.
Saylovda ishtirok etadigan barcha nomzodlar, siyosiy partiyalar, qonunlarga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, o'z tashviqotini olib borishi uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanishlari, radioeshittirish, teleko'rsatuvlarda saylovoldi dasturlari bilan chiqishlari uchun teng va adolatli shart-sharoit yaratiladi. Tashviqot faoliyatini yuritishda ommaviy axborot erkinligi suiiste'mol qilinishiga, shu jumladan, davlatning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan, xalqning sog'ligi va ma'naviyatiga tajovuz qiladigan, urush, milliy, irqiy va diniy adovatni targ'ib etadigan, konstitusiyaviy tuzumni zo'rlik bilan o'zgartirishga, fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitishga qaratilgan da'vatlarga yo'l qo'yilmaydi.
Amaldagi Qonunchilik talablariga ko'ra, Markaziy saylov komissiyasi qarorlari ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinmoqda. Matbuot markazining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillarini saylovga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazish bo'yicha tegishli rasmiy ma'lumotlar, zarur materiallar bilan ta'minlashdir. Bu erda OAV vakillarining professional faoliyati uchun barcha zarur shart-sharoit mavjud, Internet hamda aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.Bugun jamiyat hayotining barcha jabhalariga axborot-kommunikasiya texnologiyalari, xususan, Internet faol tatbiq qilinmoqda. Ayni shu nuqtai nazardan, saylovchilarning katta qismi internetdan keng foydalanadigan yoshlar hisoblanadi. Shu bois saylov jarayoniga oid barcha axborotlar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy sayti (www.elections.uz)ga joylashtirilib, doimiy ravishda yangilab borilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi sayti orqali fuqarolardan kelib tushayotgan saylovga tayyorgarlikning borishi va qonunchilikdagi yangiliklar haqida so'rovlarga ham o'z vaqtida javob qaytarilmoqda
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi xozirgi kunda takomillaShuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo‘lishi uchun etakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tadbiq etish mexanizmidir. Shuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni bilan birga amalga kiritish mexanizmlarini ham mukammal darajada takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tarixiy hususiyatlari va saylovlarni o‘tkazishda ilgari to‘plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik, ilg‘or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari ustivorligiga erishish g‘oyatma’suliyatli vazifadir.1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-moddasida “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, “O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi” deyilgan muhim konstitutsiyaviy qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari sifatida mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi”. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar”, deb belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 77-moddasida O‘zbekistonda saylovlar ko‘ppartiyalik asosida o‘tishi ko‘zda tutilgan1.Eng asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bag‘ishlangan maxsus bobning mavjudligi O‘zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Uning XXIII bobi “Saylov tizimi” deb nomlanib, 117-moddada “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolaridavlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi” deyilgan muhim konstitutsiyaviy tamoyillar o‘z aksini topdi. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda saylovlarning mustahkam o‘rnini belgilash maqsadida Konstitutsiyaga alohida “Saylov tizimi” deb nomlanuvchi XXIII bobni kiritilishi, bir tomondan saylov tizimining asosiy prinsiplarining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi saylov huquqi bo‘yicha umumiy tan olingan xalqaro andozalarga rioya qilinishini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, mazkur konstitutsiyaviy qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o‘tadi. Mustaqqillik davrida O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablar, ilg‘or xorijiy yuridik tajriba va milliy-tarixiy an’analar hamda konstitutsiyaviy prinsiplar asosida milliy saylov qonunchiligi tizimi yaratildi. Uning asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maxsus XXIII bobida, Shuningdek alohida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi (1991 yil 18 noyabr), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi (1993 yil 28 dekabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi (1994 yil 5 may), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994 yil 5 may), “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi (1998 yil 30 aprel) qonunlarda o‘z aksini topdi. Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning uzviy tarkibiy qismi bo‘lib, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qo‘yilgan qadamdir.Saylov tizimi huquqiy asoslarining yaratilishi, rivojlanishini va saylov amaliyotini bizning fikrimizcha quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:Birinchi bosqich (1991-1995 yy.) – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, bir palatali Oliy Majlisni ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish davrini o‘z ichiga oladi.Bu davrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi (1991 yil 18 noyabr), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi2 (1993 yil 28 dekabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi (1994 yil 5 may), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994 yil 5 may) qonunlarning qabul qilinishi umume’tirof etilgan taomoyillar asosida ko‘ppartiyali, muqobil saylovlarni tashkil etishning huquqiyasosini yaratdi.Bu bosqichda 1994 yil 5 mayda muhim hujjat – “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish va ularning o‘z xohish-istaklarini erkin ifodalash mexanizmini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.Yangi saylov qonunchiligi amaliyotda 1994 yilda ko‘ppartiyalilik asosida o‘tkazilgan parlament saylovlarida sinab ko‘rildi. Uning natijasida birinchi chaqiriq Oliy Majlis uchta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, tashabbuskor guruhlar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar asosida saylangan deputatlardan shakllandi. Shu asosda, konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlar orqali yagona partiyaning “etkachilik roli”ga asoslanuvchi “sho‘ro” siyosiy tizimidan demokratik shakllangan, ko‘ppartiyaviylikka tayanadigan milliy parlament vujudga keldi.Ikkinchi bosqich (1995-2000 yy.)– milliy saylov qonunchiligining birinchi bosqichda o‘tkazilgan parlament saylovlarida to‘plangan amaliy tajribaga muvofiq saylov tizimining demokratik asoslarini mustahkamlash va qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.Jumladan, bu bosqichda saylovlarni tashkil etish va natijalarini aniqlashda xolislik hamda ehtiroslarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashga qodir mustaqil organ – Markaziy saylov komissiyasi tuzish talabidan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi (1998 yil 30 aprel) qonun qabul qilindi va mamlakatimiz tarixida ilk bor demokratik yo‘l bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzildi. Bundan tashqari, deputatlikka mustaqil nomzodlarni ilgari surishni kuchaytirish, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik va siyosiy fikrlar xilma-xilligini kuchaytirishga keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida saylov qonunchiligidan “besh foizlik to‘siq” haqidagi qoida chiqarib tashlandi va saylovchilar tashabbuskor guruhlarini bevosita nomzod ko‘rsatish huquqlari mustahkamlandi. Shuningdek, 1999 yil 19 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda xalq deputatlari, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarga bir qator jiddiy to‘ldirishlar va o‘zgartirishlar kiritildi.Saylov jarayoning muhim sub’ektlari sanalgan siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunni 1996 yilning dekabrida qabul qilinishi 1999 yilda o‘tkazilgan parlament saylovlariga yangi huquqiy zamin yaratdi3. Siyosiy partiyalarda Oliy Majlisda o‘z siyosatini uyushgan holda o‘tkazish uchun parlament fraksiyalarini tashkil etishning qonuniy kafolatlari vujudga keldi. Eng muhimi, siyosiy partiyalar saylov tartib-qoidalariga rioya qilinishini nazorat etish bo‘yicha vakolatlari kengaydi va nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiya har bir saylov uchastkalariga o‘z kuzatuvchilarini tayinlash huquqiga ega bo‘ldi. 1999 yilda o‘tkazilgan parlament saylovlarida fuqarolar ikkinchi marotaba bir nechta nomzod orasidan o‘zlariga ma’qullarini saylashdi, ularning har biriga tegishli baho berishdi. Bu saylovlarda raqobat yanada kuchli, saylovchilarning nomzodlarga talablari esa yanada yuqori bo‘ldi. Uchinchi bosqich (2000-2009 yy.)faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo‘lib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishda muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi.Bu davr bevosita ikki palatali Oliy Majlis tizimiga o‘tish bilan bog‘liq saylov qonunchiligi tadrijiy taraqqiyoti uchinchi bosqichning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2000 yil 25 mayda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasidagi “O‘zgarish va yangilanish – hayot talabi” ma’ruzalarida: “... hayot o‘zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va ma’naviy ongi ulg‘ayishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy. Shu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifini kiritmoqchiman”4 deb, ilgari surgan mazkur g‘oyalari bu davrda qabul qilingan qonun ijodkorlik faoliyati dasturida markaziy bo‘g‘in bo‘ldi5. Bunda asosiy e’tibor quyi palata – qonunchilik palatasini shakllantirishning bosh prinsipi asosan partiyaviy vakillik prinsipi bo‘ldi. Bu siyosiy partiya vakillarining o‘z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini va saylovlar manfaatlarini ifodalash uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Parlamentning yuqori palatasi – Senat teng huquqli hududiy vakillik organi sifatidagi vakolatlari hamda u pog‘onali saylovlar asosida shakllanishi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlab qo‘yildi.Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va yangilash hamda erkinlashtirish sharoitida Prezident vakolati muddatini o‘zgartirilishi va uning ayrim vakolatlarini Senat va Bosh vazirga o‘tkazilishi, ikki palatali parlament barpo etilishi o‘z-o‘zidan saylov to‘g‘risidagi qonunlarning o‘zgarishiga olib keldi. Shu bois 2003 yilning 29 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar6 hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. Shunday qilib, ikki palatali parlamentga saylovlar uchun zarur normativ-huquqiy baza amalda yaratildi. Unda saylov huquqining xalqaro standartlari va saylov tizimlarini rivojlantirish tajribasi, Shuningdek mamlakatda parlamentarizm taraqqiyotining milliy xususiyatlari e’tiborga olindi. Masalan, 2004 yilgi saylovlarga qadar saylov qonunchiligiga joriy etilgan eng muhim yangiliklar qatorida – mahalliy Kengashlarning deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi bekor qilinganligi, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatganida xotin-qizlar uchun kvota belgilangani, Shuningdek saylovoldi tashviqotini olib borishda partiyalar faoliyatini moliyalashtirish masalasining hal etilganligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonun esa partiyalarga saylovoldi kurashini faol va saylovchilar uchun qiziqarli tarzda o‘tkazishlariga qo‘shimcha imkon yaratdi7.
Bundan tashqari, 2008 yil 19 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun saylov jarayonining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirdi.Ushbu qonunga muvofiq, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari sonini 120 tadan 150 taga oshirildi. Bunda 135 ta o‘rinni siyosiy partiyalardan ko‘ppartiyaviylik asosida bir mandatli okruglarda saylanadigan deputatlar egallaydi. O‘zbekiston ekologik harakatidan esa Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadigan bo‘ldi. Shuningdek, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan real jarayonlarda siyosiy partiyalarning roli kuchayib borayotganligi inobatga olinib saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish instituti bekor qilindi. Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafarga oshirildi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini yanada kuchaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan bir qator yangi tartib-qoidalar joriy etilmoqda.Uchinchi bosqich (2010dan h.d.)mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish qilish davridir. Ushbu davr O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrdagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ning e’lon qilinishi bilan boshlandi. Ushbu Konsepsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar asosida qonunchilik tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan «Saylov erkinligini yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni 2012 yil 1 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2012 yil 5 dekabrda Senat tomonidan ma’qullandi hamda 2012 yil 19 dekabrda Prezident tomonidan imzolangan holda 2012 yil 20 dekabrda matbuotda e’lon qilindi8.Mazkur yangi qonunning qabul qilinishini O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligini takomillashtirilishining yangi bosqichi sifatida e’tirof etish mumkin. Kelgusida ushbu Qonunning amalga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi natijasida fuqarolarning saylov huquqi erkinligi yanadata’minlanishiga erishiladi.Yuqorida qayd qonunlarda saylov tizimi va uning mazmun-mohiyati, saylov tizimining asosiy tamoyillari, saylash va saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish, o‘tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining kafolatlari, saylovlarni moliyalashtirish va Shu kabi o‘ta muhim masalalarni huquqiy tartibga solish mezonlari belgilandi.Yangi qonun orqali «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi va «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga 4 tadan, jami 8 ta yangi qo‘shimcha prim moddalar va 16 ta turli mazmundagi qo‘shimchalar kiritildi. Saylov jarayonida ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi fuqarolarning so‘z va axborot erkinligini, o‘z fikrini erkin bildirish, axborot olish huquqlarini taʼminlashga, saylov qonunchiligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, pirovardida esa chinakam demokratik fuqarolik jamiyati barpo etishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Parlament saylovi: milliy qonunchilik va xorijiy tajriba: ilmiy-amaliy qo‘llanma // М.Abdusalomov va boshqalar; Маs’ul muharrir prof. Sh.Х. Fayziyev; – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoring institute nashriyoti, 2009. 26-bet.
2.Jo‘raev Q.A. Saylov tizimini erkinlashtirish – demokratik taraqqiyot omili. Adolat. 2011 yil 6 may № 20 (825)
3.Saidov A. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va saylov tizimi. - T.: TDYuI nashriyoti, 2005. – 44 b.
3. “O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonuni // O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining axborotnomasi. – 1994. – № 10. – 250-modda.

4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “2002 yil 27 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi referendumi yakunlari bo‘yicha qonunchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori // O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining axborotnomasi. – 2002. – № 4–5. – 61-modda.





1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Тoshkent: “O‘zbekiston”, 2012. – 40 B.

2


3


4



5


6



7


8


Yüklə 31,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə