Reja: Buz tuproklar poyasining tuproklari



Yüklə 83,44 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü83,44 Kb.
#40721

Bo`z tuproqlar poyasi (kamari)ning tuproqlari

Reja:




  1. Buz tuproklar poyasining tuproklari.

  2. Relyefi tog` jinslari.

  3. Iqlimi.

  4. O`simliklar.

  5. Sug`oriladigan botqoqlashgan-o`tloqi tuproqlar

Bo`z tuproqlar poyasining tuproqlarini dastlab A.Middendorf (1882) va N.Teyx (1881) o`rgandilar. Bu tuproqlarni N.A.Dimo "och tuproq", S.S.Neustruyev "bo`z tuproqlar" deb atashni taklif qildilar. A.N.Rozanov keyinchalik ko`p yillik izlanishlar samarasi o`laroq "O`rta Osiyo bo`z tuproqlari" kitobini yozdi (1951).

Bo`z tuproqlar poyasi tog`larning yuksakligi 250-400 metr dan 1400 metrgacha, janubda 1500-1600 metr absolyut yuksakliklarini ishg`ol qiladi. Biologik va iqlimiy sharoitlarning ifodalanishiga ko`ra bu tuproqlarning yuqori chegarasi hamma joyda har xil yuksakliklardan o`tadi.

Keyingi yillarda toshkentlik tuproqshunoslar N.V.Kimberg, B.V.Gorbunov, A.Z.Genusovlar tomonidan olib borilgan tekshirishlar natijasida bo`z tuproqlar poyasi bilan cho`llarning biologik va iqlimiy sharoitlari orasida muhim farqlar borligi va bu farqlar bir-biridan ajralib turadigan tuproqlar paydo bo`lganligi aniqladi.

Relpefi tog` jinslari. Bo`z tuproqlar Tyan-Shan, Pomir-Oloy va Kopetdog` tog`larining etaklaridagi qiya tekisliklarda, tog` daryolarining terrasalarida va tog`oldi murakkab relpefli joylarda tarqalgandir. Bo`z tuproqlar tarqalgan joylarda to`rtlamchi davr g`ovak jinslari (Toshkent vohasi va Mirzacho`dda lyosslar, lyossimon jinslar), konus yoyilmalarida shag`al aralash turli granulometrik tarkibli jinslar hosil bo`lgan. Tog` etaklaridan yuqoriga ko`tarilgan sari lyoss tarkibidagi il jinslarining miqdori ortib boradi. Lyoss tarkibida yirik chang miqdori ko`p, g`ovak, mikroagregatli, SaSO3 ga boy, kolloidlarga va almashinuvchi kationlarga kambag`al.

Turkiston lyosslari allyuvial, allyuvo-prolyuvial va delyuvo- prolyuvial jarayonlar taosirida hosil bo`lgan degan nazariya bor.

Bo`z tuproqlarda sizot suvlari chuqurda bo`ladi, ammo baozi joylarda bu suvlar yer yuziga yaqinlashganda (3-5 m) tuproq gorizontlari bo`ylab kapillyarlar orqali ko`tarilayotgan nam o`tma tuproqlarni hosil qiladi. Sizot suvlari yanada yuzada joylashgan yerlarda esa bo`z tuproqlar zonasining gidromorf tuproqlari-sho`rxoklar va o`tloqi tuproqlar hosil bo`ladi.

Iqlimi. Bo`z tuproqlar poyasining iqlimi Turkiston cho`llarning iqlimidan aridlik va kontinentalligining ozligi bilan farqlanadi.

Tog`lari uchta yuksaklik iqlim poyasiga bo`linadi: arid, subgumid, gumid-subnival. Har bir poyas maolum geomorfologik rayonlarga muvofiq keladi: arid-tog`oldi qiya tekisliklari va past tog`lar, subgumid-o`rtacha yuksaklikdagi tog`lar, gumid-subnival-yuksak tog`lar. Bo`z tuproqlar yuqorida eslatib o`tilganidek 1600 m yuksaklikkacha bo`lgan joylarni egallaydi. Bo`z tuproqlar poyasining o`rtacha yillik temperaturasi zonaning shimolida 9-11°, markazida (Toshkent, Samarqand oblastlari) 12-13,6° va janubida (Tojikiston Turkmaniston va Janubiy O`zbekistonda) 14-15° ni tashkil qiladi. Yillik yog`in miqdori yuqoridagilarga muvofiq 200-300, 250-500 va 250-600 mm ni tashkil qiladi. Zonaning shimolida yog`in asosan qishda va bahorda bo`lib, bahorgi yog`inlar maksimumi mai oyiga to`g`ri keladi, Markazda yog`ining asosiy qismi baqorda mart-aprel oylarida bo`ladi. Janubda qish yumshoq, yanvarning o`rtacha temperaturasi 0° dan yuqoridir.

Absolyut yuksaklik ortgan sari yillik yog`in miqdori ortab, yillik o`rtacha temperatura ozayadi. Suv yuzasidan bo`g`lanishi 1000-1500 mm ni tashkil qiladi yog`in miqdoridan 4-5 marta ortiqdir.

O`simliklar. Bo`z tuproqlar poyasining quyi och bo`z tuproqlar tarqalgan tog`oldi qiya tekisliklarida efemeroidlar, ulardan keng tarqalgani rang (Calex pachystylis) va qo`ng`irbosh (Poalubosa) iliq va nam bahor oylarida zich yashab chim hosil qiladi. Yozda esa qurib-qovjirab qoladi. Efemeroidlar orasida efemerlar keng tarqalgandir (Papaver pavonium, Delphinium persicum, Alyssum desertorum, Malsomlia turcestanica va boshqalar). Gipslashgan skeletli melkozem ustida esa asosan shuvoq va uncha siyrak rang, qo`ng`irbosh assotsiatsiyasi qo`shilib o`sadi.

Bir metrli qatlamdagi jami biomassa gektariga 8-10 tonnaga


teng. Shunday qilib och bo`z tuproqlar poyasida efemerli mezofil
o`simliklarining hosil bo`lishi, mezotermik fazada qalin o`sib
yuqori o`n santimetrli qatlamda chim hosil qilishi bilan cho`l
zonasining siyrak o`simliklaridan farq qiladi.

Tipik bo`z tuproqlar tarqalgan joylarda efemer-efemeroidli


o`simliklarga yozda vegetatsiya qiladigan o`simliklar qo`shilib o`sadi.
Bular zontiksimonlarning baozi turlari (Saligeria allioides, S. transcaspica), flomislar (Phlomis tapsoides, Ph.bucharica) juziniya (Cousinia reanosa), kapalakgullilar (Proralea drupacla) va boshqalardir. Bu tuproqlarning bir metrli qatlamqdagi jami biomassa gektariga 20 tonnadan ortiqdir.

To`q tusli bo`z tuproqlar tarqalgan joylarda o`simliklarning bo`yi yanada balandlashadi va qalinlashadi. Asosiy o`simliklari bug`doyiq (Agrorurum triuchophorum) va piyozboshlilar (Hordeum bulboum), baland bo`yli o`t o`simliklari - kamola (Ferula Jaeschkeana sovina), devyasila (Codonocephalum), yugana (Prahgos pabularia) qo`shilib o`sadi. Bug`doyiq asosiy fonni tashkil qilganidan bu mintaqani bug`doyik-yirik o`tli tog` quruq dashti deb ham yuritiladi.

O`zbekistonlik olimlar tomonidan (Genusov, Gorbunov, Kimberg) ishlab chiqilgan tuproqlar tasnifining geomorfologik rayonlarga munosib ravishda tog`oldi va past tog`larda bo`z tuproqlar, o`rtacha yuksakliklardagi tog`larda jigarrang va tog` o`rmon qo`ng`ir tuproqlari hamda yuksak tog`larda o`tloqi-dasht och qo`ng`ir tuproqlari tarqalgan.

Tekisliklardagi sigari yuksaklik mintaqalarqda ham sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashgan yerlarda gidromorf tuproqlar, gidromorf va avtomorf tuproqlar orasida elyuvial-gidromorf


tartibotdagi o`tma tuproqlar hosil bo`lgan. Bo`z tuproqlar. poyasi
atalgan tog`oldi qiya tekislaklar va past tog`larda quyidagi
tiplari tarqalgan.

X. Bo`z tuproqlar.

XI. O`tloqi tuproqlar.

XII. Botqoq tuproqlar.

XIII. SHo`rxoklar.

Avtomorf sharoitda bo`z tuproqlar, elyuvial-gidromorf sharoitda solonetslar, gidromorf sharoitda o`tloqi, botqoq va sho`rxoklar hosil bo`lgandir.

XIV. Bo`z tuproqlar poyasining bo`z-voha tuproqlari.

XV. Bo`z tuproqlar poyasining o`tloqi-voha tuproqlari.

XVI. Bo`z tuproqlar poyasining botqoq-voha tuproqlari.

X. Bo`z tuproqlar.

Bo`z tuproqlar Tyan-Shan, Pomir-Oltoy va Kopetdog`ning tekisliklar bilan kontakt zonadan boshlanib barcha qiya tekisliklarni, o`rtacha yuksakliklardagi tog`larni ishg`ol qiladi. Bu poyas arid iqlimi va efemer-efemeroidli o`simliklar qoplamidan iborat. Tog`oldi qiya tekisliklaridan past tog`larning yuqori qismida ko`tarilgan sari iqlimning aridlik xususiyati ozaya boradi, o`smlikalarda kech vegetatsiya qiluvchi shakllari ko`payadi va qalinlashadi. Tuproqlarning chirindisi ortadi, tuproq kesmasi uzayadi, karbonatlar va gips ko`proq yuvila boradi. Bo`z tuproqlardagi bu o`zgarishlar ularning tipchalarga ajratishni taqozo qiladk. Tog` ostidan yuqoriga ko`tarilgan sari och tusli, tipik va to`q tusli tuproq tipchalar ajratiladi.

X.1. Och tusli bo`z tuproqlar cho`l zonasi bilan vertikal poyasning kontakt zonasida absolyut yuksakligi 300 metrdan 600 metrgacha bo`lgan yuksakliklarda - Qoratov etaklari, Mirzacho`l, Farg`ona vodiysining adirlarida va KObtyc yoyilmalarida, Zarafshon, Surxondaryo va Vaxsh vodiylarining yuqori terrasalarida, Kopetdog` etagida, Korabel va Badxiz yuksakliklarida tarqalgan. Konus yoyilmalari va tog`oldi qiyaliklari turli shag`allar va mayin jinslar aralashmasidan iborat bo`lib, jinslarning tarkibi quyiga tomon og`irlashib boradi. Adirlarda esa to`rtlamchi davrining Mirzacho`l va Toshkent yaruslariga mansub bo`lgan lyosslar va lyossimon jinslar ustida hosil bo`lgan.

Och tusli bo`z tuproqlar tarqalgan joylarning iqlimi quruq va issiq, yog`ingarchilik yiliga 200-300 mm ga teng. Yog`inning ko`pi qish va bahor oylariga to`g`ri keladi. Tuproqning ustki 10-15 sm qismigina qish sovuq kelgan yillari muzlaydi, yozda 10 sm chuqurlik 65° gacha, 100 sm chuqurlik 25° gacha isiydi. Qish va bahordagi seryog`in paytda tuproq 1 metr chuqurlikkacha namladi. Tuproq namligi qish-bahor oylari yuqoridagi 1 metr qatlam dala nam sig`imi darajasida (20-21 %), bahor oxirida 14-15 %, yozda esa maksimal gigroskopiklik darajasigacha (4-6 %), yuqori gorizontlarda esa so`lish koeffitsiyentidan ham past darajasigacha (1-2 %) ozayadi. Namlashining kontrastligi bahorda efemerli mezofil o`simliklarning yaxshi rivojlanishiga va mikroorganizmlarning bahorda keng rivojlanishiga olib keladi. (1 g tuproqda 1,5 mlrd. mikroorganizmlar mavjud).

Qisqa muddatli bahorgi seryog`in pallada tuproqning yaxshi


yuvilmasligi va pastga harakatlanayotgan suvning yuqoriga qarab qayta
ko`tarilishi tuproq yaratilishi jarayonida ishtirok etuvchi moddalarning tuproq kesmasi bo`ylab yaxshi yuvilmasligiga olib keladi.

Och tusli tuproq quyidagi morfologik tuzilishga ega:

0-5 sm. Och bo`z tusli, chim qatlami tangachasimon-kesaksimon strukturali yengil soz jinslardan iborat.

5-16 sm. Och bo`z rangli (ammo yuqoridagi gorizontdan ochroq) ildizlarga boy, chidamsiz kesaksimon strukturali.

16-55 sm. Och qo`ng`ir rangli, chidamsiz uvoq strukturali, o`rta soz jinslardan iborat, mayda xol-xol shaklida karbonatlar va yer pillalar ko`p.

55-87 sm. Yuqoridagi gorizontdan ochroq, qo`ng`ir rangli karbonat dog`lari bor, chidamsiz uvoqli strukturaga ega.

87 sm dan quyida. Sarg`ish, yumshoq g`ovak, changsimon, yengil soz, yuqori qismida karbonatlar, quyida esa gips (oq dog`lar) uchraydi, po`panak, konkretsiyalar dog` shaklida hosil bo`lgan. Yer kovlab hayot kechiruvchi qurt-qumursqalarning inlari bor.

Och tusli bo`z tuproqlarning granulometrik tarkibi har xil, og`ir sozdan qumoqqacha o`zgaradi. Bu tuproqning 30-60 sm chuqurligida gidrotermik sharoit tufayli birlamchi minerallarning yemirilishidan sozga aylanish jarayoni sodir bo`ladi va uni analiz qilish yo`li bilangina aniqlash mumkin. Shuning uchun bu jarayonni A.N.Rozanov "yashirin sozga aylanish" deb nomlagan. Och tusli bo`z tuproqlarda kolloid zarralar miqdori 9-16 % ga teng, ularda temir va alyuminiy oksidlari ko`pdir. Kolloidlarning 30-80 % ti montmorillonit va nantronit, 10 % ti gidroslyuda gruppasidagi minerallar, 1-7 % ti kremnezyomdir.

Chimli qatlamda chirindi miqdori tuproqning granulometrik tarkibiga bog`liq holda 2 % atrofida, pastda esa ozayib boradi, umuman chirindi qatlamining chuqurligi 70-80 sm ga yetadi. Chirindining umumiy zahirasi gektariga 50-60 tonna, azot chimli qatlamda 0,14-0,16 %, quyida 0,1-0,08 %, fosfor 0,24-0,1 %, kaliyning umumiy zahirasi 1-1,72 % ga teng. Harakatchan fosfor 10 mg/kg dan 40-60 mg/kg gacha, jami fosfor 1-2 % ga teng. Yuqori gorizontdan pastga tomon karbonatlarning miqdori 15-25 % gacha ortib boradi va ular mog`or, primazka va konkretsiya shakllarida uchraydi. Karbonatlarning ko`pligi onalik jinsga bog`liq bo`lib, karbonatsiz ustida yaratilgan, och tusli bo`z tuproqlarda bu miqdor 0,5 % ni tashkil etadi xolos. Shuni taokidlash lozimki, karbonatlar lyosslarda tuproqdagiga nisbatan birmuncha ozdir.

Och tusli bo`z tuproqlar sho`rlashgan va sho`rtoblashgan och tusli bo`z tuproqlarga bo`linadi. SHo`rlanish och tusli bo`z tuproqlardagi suvda eriydigan tuzlar va gips qishqi-bahorgi yog`inlar tufayli deyarli yuvilib ketishi tufayli ko`pgina hollarda sho`rtoblashgan och tusli bo`z tuproqlar hosil bo`ladi. Och tusli bo`z tuproqlarning yuqori qatlamlarida suvda eriydigan tuzlar miqdori 0,1 % ni, 1 metr chuqurlikda esa 1,0 % ni, tashkil qiladi.

Och tusli-bo`z tuproqlarning singirdish sig`imi 8-10 mg/ekv ni tashkil qiladi. Yuqori gorizontlarda singdirilgan kationlar orasida kalpsiy eng ko`p (80 %), magniy esa ozroq (10-15 %) bo`lib, pastga borgan sari magniyning xissasi ortadi va kalpsiy 50 % gacha ozayib boradi, natriy esa ortadi. Bu jarayon tuproqning yuqori gorizontlarida kalpsiy va kaliyning biogen yo`li bilan to`planishini isbotlaydi (3-chizma).

Och tusli bo`z tuproqlar tipchasi och tusli buz tuproqlar, yupqa och tusli bo`z tuproqlar va gipslashgan och tusli bo`z tuproqlar oilalariga bo`linadi.

X.2. Taqirsimon bo`z tuproqlar. Ular bo`z tuproq tipiga kiruvchi tipcha sifatida o`rganiladi. Taqirsimon bo`z tuproqlar bo`z tuproqlar poyasi bilan cho`l zonasining kontakt zonalarida Kopetdog` tog` osti qiyaligida, Sirdaryoning qayir usti ikkinchi terrasasida va boshqa joylarda tarqalgandir. Taqirsimion bo`z tuproqlar qadimgi taqirlardan suvo`tlari o`rniga qo`ng`irbosh, rang`ut va shuvoq kabilarning o`sishi va seryog`in yillari qalin chim hosil qilishi tufayli hosil bo`ladi. Lekin xali tuproqning usti poligonal yorilgan qirrali qatqaloq shakllari saqlanib turadi. Bu tuproqlar cho`l zonasi .uchun xarakterli bo`lgan taqirlar va taqirsimon tuproqlar singari strukturaga ega bo`lsa ham chirindisi ko`p, chirindili qatlam qalin, singdirilgan xajm ham ko`pdir. Ammo, bu tuproqlar och tusli bo`z tuproqlarchalik hosildor emas.

X.3. O`tloqi-bo`z tuproqlar. Bu tuproqlar bo`z tuproqlar tipiga mansub bo`lgan tuproq tipchasi bo`lib, ilgarigi o`tloq jarayonining o`zgarishi tufayli sizot suvlari sathining chuqurlashuvi tufayli hosil bo`lgandir. O`tloqi bo`z tuproqlarda bo`z tuproqlarga xos o`simliklar rivojlanayotgan va sizot suvlari chuqurda bo`lsa ham ilgarigi o`tloq jarayonining qoldiqlari - chirindining ko`pligi, chirindili qatlamning qalinligi, botqoqlanish izlarining mavjudligi sezilib turadi. Tuproq tarkibida sulpfatli tuzlar ko`p bo`lib xloridlar yuvilib ketgandir.

Sirdaryoning qayir usti ikkinchi terrasasida, Mirzacho`l,
Chordara dashtida, Qashqadaryo va Vaxsh vodiylarida va tog`larning
quyi etaklarida uchraydi.

X.4. Bo`z-o`tloqi tuproqlar. Bu tuproqlar bo`z tuproqlar tipining tipchasidir. Qadimgi och tusli bo`z tuproqlar o`rnida turli sabablarga ko`ra sizot suvlari sathining ko`tarilishidan paydo bo`ladi. Bo`z-o`tloqi tuproqlarda sizot suvlari yaqin, o`tloq o`simliklar formatsiyasi rivojlangan bo`lib, qadimgi bo`z tuproqlarning qoldiqlari - karbonatli gorizont va yomg`ir chuvalchanglarining izlari saqlanib qolganligi bilan farq qiladi. Bu tuproqlardagi yana bir diagnostik belgi shundan iboratki, tuproqda xlorli tuzlar sulpfatli tuzlardan ko`pdir. Demak bu tuproqlar ikkilamchi sho`rlanishga tortilgandir.

X.5. Tipik bo`z tuproqlar. Tipik bo`z tuproqlar och tusli bo`z tuproqlardan so`ng yuqori poyasda absolyut yuksakligi 400-500 metrdan 600-800 metrgacha bo`lgan Aris, Chirchiq va Oxangaron daryolarining yuqori terrasalarida, O`rta Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Kofirnihon, Vaxsh va Qizilsuv daryolarining yuqori terrasalarida, Kopetdog` va Farg`ona vodiysida tarqalgandir.

Bu tuproqlar tarqalgan poyasning jinslari asosan lyossdan hamda prolyuviylar, delyuviylar va elyuviylardan iborat galka, shag`al va mayin jinslar aralashmasi ustida hosil bo`lgai. Och tusli bo`z tuproqlardagidan birmuncha seryog`in (300-400 mm), qishki-bahorgi seryog`in palla uzoqroq davom etadi va o`rtacha yillik temperaturasi pastroqdir (12°-13,5°). Tuproq ancha chuqur (170 sm) gacha namlanadi. O`simliklari och tusli bo`z tuproqlarning o`simliklaridan va unga qo`shilib o`suvchi boshqa ko`p yillik o`simliklardan iborat bo`lib, nisbatan qalin chim hosil qiladi.

To`q tusli bo`z tuproqlarning morfologik tuzilishi och tusli bo`z tuproqlardagidan genetik gorizontlar mufassalroq ajralib turishi bilan farq qiladi.

Eng yuqori 4-6 sm qalinlikda chim qatlami bo`lib, uning ostida (12-16 sm qalinlikda) qo`ng`ir dog`i chirindili akkumulyativ qatlam mavjud. Tipik bo`z tuproqlarning morfologik tuzilishi quyidagicha:

0-5 sm. Bo`z rangli qo`ng`ir dog`li zich kukunsimon mayda kesakli strukturaga eta bo`lgan chim qatlami.

5-18 sm. Bo`z rangli qo`ng`ir dog`lari bor, biroz zichlashgan mayda ildizlar ko`p, donador-kesaksimon strukturali ayrim mayda karbonat qo`zoqchalari bo`lgan chimosti qatlami.

18-31 sm. Bo`z-qo`ng`inr, og`ir soz, ildizlar ko`p, hayvonlarning inlari ko`p va ular yerpillalar, karbonat mitsellalar bilan to`lgan, salgina kesaksimon (yaxshi ifodalanmagan) strukturali qatlam.

35-70 sm. Sur dog`lari bo`lgan sarg`ich qo`ng`ir rangli ildizlar pastga tomon ozayib boradi, chuvalchang izlari ko`p va gumbaklar bor. Yirik kesaksimon (yaxshi ifodalanmagan) strukturali, po`panak va dog`lar holida karbonatlar bor.

70-115 sm. Sarg`ich qo`ng`ir rangli ildizlari oz, yumshoq va noaniq yirik kesaksimon strukturali, karbonat yangi yaratmalari oz.

115 dan chuqurda sarg`ich-qo`ng`ir rangli mayda teshikchali karbonatlar oqish dog`lar shaklida bilinib turadi. Bahorgi yomg`ir suvi tuproqni 1,90 metrgacha namlaydi.

Tipik bo`z tuproqlarning chimli qatlamlaridagi chirindi miqdori 4 % ga yetadi, quyida esa keskin ozayadi. Chirindi moddalarning gruppaviy tarkibi analiz qilinganda 20 % gumin kislota, 23-31 % fulpvokislota, 5-7 % bitum, 30 % ishqorda erimaydigan moddalardan iborat ekanligi aniqlangan.

Karbonatlar yuqori chimli va chim osti qatlamlarida 4-6 %, quyida esa 8-10 % ni tashkil qiladi. Tuproq juda kuchsiz sho`rlanishga ega bo`lib, faqat bir metrdan chuqurdagina suvda eriydigan, tuzlar miqdori 0,5 % ga teng. Jami fosfor yuqori qatlamlarda 0,3 % quyida esa 0,1 %, shundan 2-5 % gina harakatchan fosfordir. Shuning uchun qishloq xo`jalik ekinlari fosforli o`g`itlarga muxtojdir. Kaliy tipik bo`z tuproqlarning singdiruvchi kompleksiga ko`proq kirganligidan tuproqqa kaliyli o`g`it solish talab etilmaydi. Bu tuproqlarda singdiruvchi xajmning 100 gramm tuproqdagi miqdori 13-15 mg/ekv.ni tashkil etadi.

B.V.Gorbunovning tekshirishlari shuni ko`rsatadiki singdiruvchi kompleksda kalpsiy ko`p bo`lib, u quyi qatlamlarga tomon kamayadi, ammo magniy miqdory maolum chuqurlikkacha ortib boradi. Kaliyning miqdori maolum chuqurlikkacha (deyarli B1 qatlamgacha) bir xil boradi so`ngra kamaya boradi.

Tipik bo`z tuproqlar absolyut balandligi yuqori joyda hosil bo`lganidan eroziya kuchli tarqalgan joylarga to`g`ri keladi. Shuning uchun kuchli yuvilgan va yuvilmagan uchastkalarning tuprog`i bir-biridan ajratiladi. Kuchli yuviladigan tuproqlarni o`zlashtirishda "Nerozin" va "K-9" preparatalarning taosiri sinab ko`rilib effektivligi aniqlanmoqda.

Tog`larning g`arbiy va sharqiy yonbag`irlarida plato yoki tekisliklardagi yuviladigan suv tartiboti sharoitda tipik bo`z tuproqlar, xuddi shunday yuksaklikdagi janubiy yonbag`irlarning dag`al skeletli jinslari ustida yupqa tipik bo`z tuproqlar hosil bo`lgandir.

X.6. To`q tusli bo`z tuproqlar tog`larning 800 metrdan 1200-1400 metr absolyut yusakliklarida tarqalgan. Baozi tog`larda, chunonchi, Nurota va Zarafshon tizmalarida esa 1500 metr yuksaklikkacha yetib boradi. Tuproq yaratuvchi jinslar lyoss, shag`al va tub jinslardan iborat.

Iqlimi tipik bo`z tuproqlar poyasndan sernam, yozi salqin bo`lishi bilan ajralib turadi. Yeg`ingarchilik 400-600 mm bo`lib yog`inning asosiy qismi qish bahor oylarida yog`adi. O`simliklari g`allasimonlar, piyozboshlilar va baland bo`yli o`simliklardan iborat, bo`yi o`rtacha 80 sm ni tashkil qiladi. Bu o`simliklar qalin o`sib chim hosil qiladi. Yog`inlar taosirida karbonatlar ancha ichkariga yuviladi.

To`q tusli bo`z tuproqlar quyidagi morfologik tuzilishga ega:

0-4 sm. To`q bo`z rangli yaproqsimon-tangachasimon strukturali bo`lib, ildizlar qalin chim hosil qiladi.

4-14 sm. Qo`ng`ir dog`li bo`z rangda, zich va tik darzlar bor, kukunsimon-kesaksimon-palaxsali strukturaga eta, ildizlar ko`p.

14-45 sm. Sur-qo`ng`ir olachipor rangli, mayda va yirik kesaklarga bo`linib ketadi, chuvalanch izlari yerpillalar, kaprolitlar va ildizlar ko`p.

45-65 sm. Zang dog`lari bo`lgan och-qo`ng`ir rangli po`ranaklar ko`p, karbonat donachalari ham bor, yerpillalar kaprolitlar, yer kovlovchi xayvonlarning izlari ko`p, ildizlar ozaya boradi.

65-140 sm. Zang dog`lari bo`lgan och-qo`ng`ir (qo`ng`ir-sariq) rangli zich qo`zoqchalar va mitsellalar shaklidagi karbonat yangi yaratmalari ko`p, ammo hayvon izlari va yerpillalar kamayadi.

140-165 sm. Yuqoridagi gorizontga o`xshash rangli bo`lib zich, karbonat yangi yaratmalari yo`q, ildizlar kam.

165 sm (225 sm). Sarg`ich rangli changsimon og`ir soz jinlsar-lyoss.

To`q tusli bo`z tuproqlar tipik bo`z tuproqlarga nisbatan chirindisining (3-4,5 % gacha) va azotning (0,39 % gacha) ko`pligi, A+V gorizontlarning qalinligi, karbonatlar chuqurda joylashganligi bilan farq qiladi. Kolloid zarralar ham ko`p bo`lib ayniqsa organik kolloidlar singdiruvchi xajmining katta bo`lishiga olib keladi (100 gramm tuproqda 17 mg/ekv. gacha). Singdiruvchi kationlardan kalpsiy ko`p bo`lsa-da quyi gorizontlarda ozayadi, magniy va natriyning xissasi quyida ortadi, kaliy esa pastga tomon ozayib boradi.

3-jadval.

Bo`z tuproqlarning singdiruvchi kationlari.




Тупроқ кесмаси

Чуқурлиги, cм.

Жами сингдирувчи катионлар

%ҳисобида

Са

Mg

К

Na

Мирзачўлнинг оч тусли бўз тупроқлари

5-14

40-50


210-220

8,05

8,29


7,64

79

60

40



10

27

51



10

8

3



1

5

6



Қашқадарё водийсининг типик бўз тупроқлари

0-5

50-60


170-185

9,90

7,72


5,68

84

74

49



7

16

43



8

8

4



1

2

4



Ангрен водийсининг тўқ тусли бўз тупроқлари

0-4

50-60


210-220

14,58

10,21


9,83

84

79

18



6

17

78



9

3

2



1

1

2



Singdiruvchi kompleksdagi magniyning miqdorini quyi gorizontlarga tomon ortib, natriy miqdorini ozayib borishini birinchi marta B.V.Gorbunov 1942 yili aniqlagan edi.

Keyinchalik bu fikrni 1972 yili A.Z.Genusov va boshqa olimlar O`zbekiston tog` etaklarida, 1969 y. Aranbayev Kopetdog` etkalarida to`la-to`kis isbotladilar. Yalpi fosforning miqdori och va-tipik bo`z tuproqlardagiga nisbatan to`q tusli bo`z tuproqlarda ko`p bo`lib (deyarli deqqonchilik uchun yetishmaydi) chimli-akkumulyativ qatlamda maksimal darajaga yetadi (0,209 %). Bu hol fosforning biogen yul bilan to`planishini ko`rsatadi. Harakatchan fosfor tipik va to`q tusli bo`z tuproqlarda 87-117 mg/kg ga yetadi.

Yalpi kaliy miqdori och tusli bo`z tuproqlarning chimli qatlamida 2,0 %, to`q tusli bo`z tuproqlarda 2,4 % gacha, o`simlik o`zlashgira oladigan kaliy muvofiq ravishda och tusli bo`z tuproqlarda 240 mg/kg, to`q tusli bo`z tuproqlarda esa 750 mg/kg ni tashkil etadi. Quyi qatlamlarda esa kaliy ozayib boradi.

Makroagregaglar (>1 mm) och tusli bo`z tuproqlarning chirindili qatlamida 15 % ni, to`q tusli bo`z tuproqlarda esa 50 % ni tashkil qiladi. Och tusli bo`z tuproqlarning g`ovakligi 47-50 % bo`lsa, to`q tusli bo`z tuproqlarda bu miqdor 55-59 % ga yetadi. Bo`z tuproqlardagi gigroskopiklik, so`lish namligi, tuproqning eng oz nam sig`imi og`ir soz jinslarda ko`p bo`lib, tuproqning quyi gorizontlaridan yuqoriga tomon ortib boradi.

XI. O`tloqi tuproqlar.

Bo`z tuproqlar kamarining o`tloqi tuproqlari konus yoyilmalari-ning chekkalarida (agar bo`z tuproqlar poyasiga kirsa) daryo vodiylarida o`tloqi tuproqlar va botqoqlashgan o`tloqi tuproq tipchalari sifatida uchraydi. Ular och tusli bo`z tuproqlar zonasida bo`lsa har xil darajada sho`rlashgan, tipik va to`q tusli bo`z tuproqlar orasida bo`lsa sho`rlashmagandir.

O`tloqi tuproqlar. Bu tuproqlar qayir-allyuvial, allyuvial va soz tartibotlarida hosil bo`lgandir. Qayir-allyuvial tartibotdagi o`tloqi tuproqlar daryo suvi toshib turadigan qayirlarda hosil bo`lgan va fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatdan cho`l zonasining xuddi shunday tuproqlariga o`xshaydi.

Allyuvial tartibotdagi o`tloqi tuproqlari Qoradaryo, Norin, Chirchiq, Oxangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Kofirnihon, Vaxsh, Chu daryo vodiylarining bo`z tuproqlar poyasidan oqib o`tayotgan joylarida hosil bo`lgan. Qatlamlashgan turli jinslar 0,5-2,0 m chuqurlikda galechnik bilan almashinadi. Sizot suvlari yaqin joylarda o`tloqlar qalin chim hosil qiladi, sho`rlangan gruntlarda esa siyrak o`tlar o`sib yotadi.

O`tloqi tuproqlar morfologik tuzilishi quyidagicha. 12-25 sm qalinlikda chimli qatlam bo`lib, to`q bo`z rangli, ildizlar qalin chim hosil qiladi, mustahkam mayda kesakli strukturaga ega. O`tma garizont qo`ng`ir-bo`z rangli chidamsiz kesaksimon strukturali, sarg`ich dog`lar uchraydi. Quyida qo`ng`ir dog`lari bo`lgan gleylashgan bo`z rangli qatlam keladi. Chirindili qatlam 60-80 sm chuqurlikda. Soz tartibotidagi o`tloqi tuproqlar karbonatli qattiq sizot suvlari taosirida hosil bo`lganligidan karbonatlarga boy (40-50 % gacha), sizot suvlari sothining stabilligidan chirindi ko`p to`planadi va bu bilan allyuvial rejimdagi o`tloqi tuproqlardan ajralib turadi. Chirindining oz-ko`pligiga ko`ra o`tloqi tuproqlar to`q tusli o`tloqi tuproqlar va och tusli o`tloq tuproqlarga bo`linadi. Chirindi miqdori 1,5-2,5 %, 3-4 % (chuqurga tomon kamayadi), azot 0,08 % 0,25 %, fosfor 0,13-0,15, >0,25 mm agregatlar 60-70 % bo`lib, suvni yaxshi o`tkazadi. Bu tuproqlar deyarli qishloq xo`jaligi oborotiga kiritilgandir.

Allyuvial tartibotdagi botqoklashgan-o`tloqi tuproqlar bo`z tuproqlar poyasidagi daryolarning o`zan usti terrasalarida sizot suvlari yer yuziga yaqin joylarda (70-100 sm) hosil bo`lgan. Granulometrik tarkibining og`irligi, chim osti qatlamida anaerob jarayon xukumronlik qiluvchi ko`k-yashil rangdagi qatlamning mavjudligi bilan bu poyasning o`tloqi tuproqlaridan ajralib turadi. Yuqori gorizontda namlanish tartiboti o`zgarib turganligadan o`tloq jarayon yaxshi rivojlangan bo`lib, o`t o`simliklari o`tloqi tuproqlardagidan qalin o`sadi. Gleyli qatlamda moddalar ammiak, serovodorodgacha tiklanib turadi.

O`t o`simliklarining qalin o`sishi chimli qatlamda ko`plab chirindi hosil qilgan (8,0 % gacha), azot va fosfor moddalari ham ko`p, ammo fosfor temir bilan birikib erimaydigan shaklga o`tgan.

XII. Botqoq tuproqlar.

Bu poyasdagi botqoq tuproqlar o`tloqi va botqoqlashgan-o`tloqi tuproqlar orasidagi pastqamliklarda, sizot suvlari yozgi suv ko`tarilishi davrlarida yer yuziga yaqinlashib keladigan joylarda hosil bo`ladi. Sizot suvlari ozayganda 20-50 sm chuqurlikka yaqinlashadi. O`simliklari qamish va qo`g`adan iboratdir. Sizot suvlarining uzoq vaqt tuproq ustiga chiqib yotishi tufayli torf qatlami hosil bo`ladi va ular torflashgan botqoqlar deb yuritiladi. Ularning tarkibida chirindi (10-22 %), azot va fosfor moddalar ko`p. Sizot suvlari tezda pasayib ketadigan joylarda esa illashgan-botqoq tuproqlar hosil bo`ladi. Illashgan-botqoq tuproqlarda chirindi (1,5-2 %), azot va fosfor moddalari ozdir.

Botqoq tuproqlar deyarli o`zlashtirishga tortilgan bo`lib, qo`riq holda juda oz uchraydi.

XIII. SHo`rxoklar.

Bu tuproq tipik sho`rxok, o`tloqi sho`rxok va botqoqli sho`rxok kabi tipchalarga bo`linadi va xuddi shunday tipchalardan iborat cho`l zonasining sho`rxoklariga o`xshaydi. Ammo bo`z tuproqlar poyasida yog`ingarchilikning maksimal miqdori bahor va qishda bo`lishi sho`rxoklar tarkibidagi suvda eriydigan tuzlarni sizot suvlari sathigacha yuvib tushadi. Bunday paytlarda sho`rxoklarning yuqori gorizontlarida tuz miqdori 1,5-2,0 % ga tushib qoladi. Kech bahor, yoz va kuzdagi yog`insiz davrda kuchli bug`lanish tuproq kapillyarlari orqali suvda eriydigan tuzlarni yuqori gorizontlarga olib chiqadi va turli sho`rxoklar hosil bo`ladi.

Bo`z tuproqlar poyasida sho`rxoklar oz maydonlarni egallaydi. SHo`rxoklar aksariyat adirorti tekisliklari, adirlar va tog`oldi bilan tutashgan joylaridagi yonbag`irlarda minerallashgan sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashgan yerlarda hosil bo`lgan.

O`zlashtirishning keng quloch yoyishi tufayli Mirzacho`l, Vaxsh vodiysi va boshqa och tusli bo`z tuproqlar poyasida qazilgan kanallar, sug`orish shoxobchalaridan sizib o`tgan suvlar taosirida ko`plab ikkilamchi sho`rxoklar hosil bo`lmoqda. Tegishli meliorativ tadbirlar ko`rilmasa bu jarayon keng avj olishi mumkin.

XIV. Bo`z-voha tuproqlari.

Bo`z-voha tuproqlari, tog`oldi qiya tekisliklari va daryolarning


terrasilarida bo`z tuproqlarni o`zlashtirish natijasida hosil
bo`ladi.

Sug`orish taosirida mikro iqlimdagi kontinentallik ozayadi, yuvilmaydigan suv rejimi davriy yuviladigan tartibotiga aylanadi, madaniy o`simliklar tuproq ichki bug`lanishini kuchaytiradi, agroirrigatsion yotqiziqlar kelib qo`shila boradi, mikroorganizmlar tuproqqa chuqurroq kiradi va aktivligi ortadi, tuproqni ishlash, sug`orish, o`g`itlash - bularning hammasi yig`ilib yangi tuproq tipi - bo`z-voha tuproqlarining paydo bo`lishiga olib keladi. Bo`z tuproqlarni o`zlashtirish natijasida avval sug`oriladigan bo`z tuproqlar so`ng bo`z-voha tuproqlari hosil bo`ladi. Och tusli bo`z tuproqlar o`zlashtirilishi natijasida sug`oriladigan och tusli bo`z tuproqlarga, tipik bo`z tuproqlar esa sug`oriladigan tipik bo`z tuproqlarga aylanadi. Hamma sug`oriladigan bo`z tuproqlar rivojlanib tuproq tipi bo`z-voha tuproqlariga aylanadi.

Sug`oriladigan bo`z tuproqlar morfologik jihatdan ham bo`z tuproqlarga o`xshaydi. Ularning kesmasi qisqa, karbonatli gorizont mavjud bo`lib, kimyoviy, fizik xossalari jihatidan ham bo`z tuproqlarga o`xshaydi. Bo`z-voha tuproqlarda esa 2 metrga yaqin agroirrigatsion qatlam hosil bo`ladi, tuproq kesmasi bir gorizontdan ikkinchi gorizontga sekinlik bilan o`tib boradi. Bo`z-voha tuproqlari quyidagi morfologik tuzilishga ega (X.Abduqodirov):

0-27 sm. Bo`z rangli chidamsiz changsimon, kesaksimon strukturali haydov qatlami.

27-48 sm. Bo`z rangli zich, chuvalchang izlari, kaprolitlar, ildizlar, ko`mir va sopol qoldiqlari ko`p bo`lgan haydov osti qatlami.

48-72 sm. Qo`ng`ir dog`li bo`z rang, zich kesaksimon strukturali, chuvalchaig izlari, kaprolitlar, ildizchalar ko`p.

72-115 sm. Bo`z-qo`ng`ir, chuvalchang izlari, kaprolitlar ko`p, karbonat mitsellalar paydo bo`ladi, sopol idish qoldiqlari topilgan.

115-155 sm. Bo`z qo`ng`ir (ko`plab dog`lar paydo bo`ladi) rangli, ildizchalar oz, kaprolitlar ko`p, pastroqda yer pillalar uchraydi.

155-205 sm. Qo`ng`ir-chipor pillalar ko`p, siyrak ildizchalar bor.

205-215 sm. Bo`z rangli mayda teshikchali lyoss. Suvda eriydigan tuzlar lalmikor tipik bo`z tuproqlarda 2 metr chuqurlikkacha yuviladi.

Sug`oriladigan tipik bo`z tuproqlar 8 metr chuqurlikkacha, bo`z-voha tuproqlari esa 15 m cha yuvilib ketadi, suvda eriydigan tuzlar miqdori 0,07 % dan ortmaydi, xlor juda oz - 0,004 %.

Bo`z-voha tuproqlarida chirindili qatlam oz bo`lsa-da umumiy zaerfasi katta - 140-170 t/ga. Tekshirishlar natijasida yangi o`zlashtirilgan yillari bo`z tuproqlar organik moddalarning keskin ozayishi, keyinchalik o`g`itlash, sug`orishdan hosil bo`ladigan loyqa, yerga ishlov berish natijasida bu moddalar miqdori stabillashuvi va hatto ko`payib borishi, jumladan umumiy azotning zahirasi ortishi aniqlangan.

Fosforli o`g`itlarning 20 % ni o`simliklar o`zlashtiradi, qolganlari qiyin eriydigan uchkalpsiyli fosfor shaklida to`planadi.

Bo`z-voha tuproqlari hosil bo`lish jarayonida - ugleammoniy, uglekislota va uksus kislotadan ajratib olinadigan harakatchan fosforning miqdori orta boradi. Uksus kislotada ajratib olinadigan fosforning miqdori bo`z-voha tuproqlarining chuqur gorizontlarida ham ko`plab to`planishi aniqlagan. Bu jarayon bo`z tuproqlarda uchramaydi. Fosforning erimaydigan qoldig`i aksincha ozayib boradi. Harakatchan kaliy miqdori bo`z va bo`z-voha tuproqlarida deyarli bir xil bo`lsa-da keyingi yillarda harakatchan kaliyning miqdori ozayib borayotganligi aniqlangan.

Singdiruvchi kationlar miqdori jihatidan bo`z tuproqlarga o`xshash bo`lib, Mg miqdori bo`z-voha tuproqlarida birmuncha ko`proqdir. Sug`orish taosirida il (<0,001 mm) jinslari ortib mikroagregatlar ozayadi, agregatlar buziladi, tuproqning fizik xossalari yomonlashadi, xajm og`irligi ortadi, zachlashadi, g`ovakligi ozayadi.

Bo`z-voha tuproqlarining yupqa o`rtacha qalinlikdagi va qalin agroirrigatsion gorizontli xillari ajratiladi. Yupqa agroirrigatsion qatlamli bo`z-voha tuproqlarida bu qatlam haydov qatlamiga to`g`ri kelsa, o`rta qalinlikdagi xillarida bu qatlam 1 metr chuqurlikkacha yetib boradi. Qalin agroirrigatsion qatlami bo`z-voha tuproqlarida uning qalinligi 1 metrdan ortadi.

Gidromorf va avtomorf tuproq yaratilishi jarayonlarining kontakt zonasida o`tloki bo`z tuproqlar yaratiladi. Bu tuproqlarda sizot suvlari chuqur (4-6 m) bo`lishiga qaramay o`tloqi jarayonning izlari mavjuddir. O`tloqi bo`z tuproqlar hozir deyarli o`zlashtirib yuborilgan va sug`oriladigan o`tloqi-bo`z tuproqlariga aylantirilgan. Ularning uzoq yillar davomida o`zlashtirilishi bilan agroirrigatsion qatlamning qalinlashuvi natijasida sug`oriladigan o`tloqi bo`z-voha tuproqlari hosil bo`ladi.

XV. O`tloqi-voha tuproqlari.

Bo`z tuproqlar poyasining sizot suvlari yer yuziga yaqin bo`lgan joylarida o`tloqi tuproqlar hosil bo`ladi. Sizot suvlarining tartibotiga ko`ra allyuvial va soz tartibotidagi o`tloqi tuproqlarga ajratiladi. Ammo bu tuproqlar hozir o`zlashtirish natijasida deyarli sug`oriladigan o`tloqi, o`tloqi-vaqa va boshqa tuproqlarga aylanib ketgan.

Sug`oriladigan o`tloqi tuproqlar bilan o`tloqi-voha tuproqlari bir-biridan shartli ravishda ajratiladi. Bu esa sug`orma suvning tarkibidagi loyqaga va daryo yotqiziqlariga bog`liqdir. Sug`orma suv tarkibidagi loyqa ko`p bo`lsa, agroirrigatsion yotqiziqlar tez to`planadi, qalinligi ortadi, aksincha, tiniq suv bilan uzoq vaqt sug`orilishiga qaramay agroirrigatsion qatlam yupqa bo`ladi.

O`tloqi-voha tuproqlarining morfologik belgilari quyidagicha: 30 sm chuqurlikda qo`ng`ir dog`lari bo`lgan to`q bo`z rangli haydov qatlami yirik donador, kesaksimon strukturaga ega bo`lib, hamma joyda ko`mir va sopol qoldiqlari uchraydi. Uning ostida (100 sm) qora-qo`ng`ir, sarg`ich dog`lari bo`lgan chipor rangli V1 va yanada quyida sarg`ich va to`q jigarrang dog`lari bo`lgan sargich-qo`ng`ir V2 gorizontlari mavjud, 100 sm chuqurlikka yetib boradi. Antropogen yaratmalar esa 50 sm chuqurlikkacha uchraydi. Bir metrdan pastda qora va qizil dog`lari bo`lgan chipor-qo`ng`ir-bo`z rangli S gorizonti paydo bo`ladi.

Bu tuproqlarning morfologik tuzilishidagi temir oksidlaridan iborat sarg`ich-qo`ng`ir, qora-qo`ng`ir dog`lar gidromorfik belgilaridir. Sizot suvlarining tartibotiga ko`ra bu tuproqlar allyuvial o`tloqi-voha va soz o`tloqi-voha tuproqlariga bo`linadi. Allyuvial o`tloqi-voha tuproqlari daryolarning yuqori terrasalarida hosil bo`lganligidan sho`rlanmagan bo`ladi.

Umuman bo`z tuproqlar poyasining o`tloqi-voha tuproqlari cho`l poyasidagidek sho`rlanmagandir. Lekin Farg`ona vodiysi sharqiy qismidagi adiroldi tekisliklari singari minerallashgan sizot suvlari yer yuziga bo`rtib chiqqan joylarda bu tuproqlar maolum darajada sho`rlashgan bo`ladi.

O`tloqi-voha tuproqlari chirindiga boy va ayniqsa "ko`milgan tuproqlar" evaziga chirindi ancha chuqurlikka tushib boradi (o`tmish qoldig`i). Yalpi azot 0,12-0,16%, yengil gidrolizlanadigan azot miqdori ko`p (80-150 mg/kg). Yalpi fosforning, ayniqsa uning harakatchan shaklining miqdori fosforli o`g`itlarni qo`llashga bog`liqdir (Chirikov bo`yicha fosforning kalpsiy va magniy karbonatlari bilan bog`liq bo`lgan II-gruppa tarkibi va oksidlar bilan bog`liq bo`lgan III-gruppa tarkibi ko`pdir).

Bu tuproqlarda almashinuvchi va suvda eruvchi kaliy ham ko`p (300 mg/kg). Singdirish kompleksi bo`z-voha tuproqlaridagidek bo`lib, I.N.Felitsiant bo`yicha Zarafshon geoximik provinsiyasida Mg ko`pdir. O`tloqi-voha tuproqlarida yirik chang ham (40%) il miqdori ham (18-20%) ko`p. Sug`oriladigan o`tloqi-bo`z tuproqlar xuddi qo`riq tuproqlarning o`zlashtirilishi natijasida hosil bo`lganligidan o`tmishda gidromorf sharoitning avtomorf sharoit bilan almashinishi natijasida (sizot suvlari birmuncha pastda bo`lishiga qaramay) gidromorf xususiyatlar yaxshi saqlanib qolgan. Bu tuproqlarning uzoq davr o`zlashtirilishi natijasida qalin agroirrigatsion qatlamga ega bo`lgan o`tloqi-bo`z-voha tuproqlari hosil bo`ladi. Bular o`tloqi-voha tuproqlarning tipchalaridir.

XV-1. Sug`oriladigan botqoqlashgan-o`tloqi tuproqlar. Sug`oriladigan botqoqlashgan-o`tloqi tuproqlar allyuvial va soz tartibotdagi xuddi shunday qo`riq tuproqlardan hosil bo`ladi. Allyuvial tartibotdagi sug`oriladigan batqoqlashgan-o`tloqi tuproqlari sizot suvlari 0,5-1,5 m chuqurlikda bo`lgan sharoitda, gleylashgan bo`lib, o`tmish qo`riq sharoit belgilari yaxshi saqlanib qolgan. Bu tuproqlarni xuddi shunday cho`l tuproqlaridan chirindisining salgina ortiqligi va strukturasining yaxshiligidangina farqlash mumkin.

Soz tartibotdagi sug`oriladigan botqoqlashgan-o`tloqi tuaproqlar chirindisining juda ko`pligi (Farg`ona vodiysida 6-8%) o`tmishdagi qo`riq tuproq qoldig`i bo`lib, yaxshi saqlangan haydov osti qatlami gleylashgan. SHo`rlanish oz yoki sulpfat tuzlari mavjud.

XV-2. Botqoqlashgan-o`tloqi-voha tuproqlari. Botqoqlashgan-o`tloqi-voha tuproqlari allyuvial va soz tartibot sharoitlaridagi qo`riq tuproqlardan hosil bo`lgan. Allyuvial tartibotdagi botqoqlashgan-o`tloqi-voha tuproqlari soz tartibotdagi shunday tuproqlardan chirindisining ozligi bilan farq qilsa, umuman bu tuproqlar yuqorida taoriflangan tuproqlardan kam chirindili ekanligi bilan ajralib turadi. Sizot suvlari 0,5-1,5 m chuqurlikda bo`lganligidan gleylanish jarayoni kuchli, ammo agroirrigatsion qatlam birmuncha qalindir.

XVI. Botqoq tuproqlari.

Bu tuproqlar bo`z tuproqlar poyasidagi sizot suvlari yer yuziga juda yaqin, xatto ayrim joylarda yer yuziga chiqib yotgan yerlarda paydo bo`ladi. Bunday maydonlar oz bo`lib, eski sholipoyalargina yuqoridagi tuproqlarni hosil qiladi. Botqoq-voha tuproqlari tipi ikkita tipchadan iborat

1. Sug`oriladigan botqoq tuproqlar.

2. Botqoq-voha tuproqlari.

Sug`oriladigan botqoq tuproqlar o`z navbatida allyuvial tartibotdagi sug`oriladigan illashgan-botqoq tuproqlar, allyuvial tartibotdagi sug`oriladigan torfli-botqoq tuproqlar, soz tartibotdagi sug`oriladigan torfli-botqoq tuproqlarga bo`linadi.

Botqoq voha tuproqlari esa allyuvial va soz tartibotlaridan iborat.


A D A B I YO T L A R

1. Betextin A.V. Mineralogiya kursi. -T.: "Ukituvchi" nashriyoti, 1969.
2. Bochever F.M., Garmonov I.V., Lebedev A.B., SHestakov V.M. Osnovi gidrogeologicheskix raschetov. -M.: Izdatelstvo "Nedra", 1969.
3. Goldberg V.M., Gazda S. Gidrogeologicheskiye osnovi oxrani podzemnix vod ot zagryazneniya. -M.: "Nedra", 1984. 262 s.
4. Jivago N.V.,Piatrovskiy V.V. Geomorfologiya s osnovami geologii. -M.: "Nedra", 1974. 
5. Ivanova M.F. Obshaya geologiya. -M.: "Visshaya shkola", 1974.
6.Injenerno-geologicheskiye issledovaniya pri proyektirovanii i stroitelstve gidroenergeticheskix soorujeniy.- M.:-L.: Gosenergoizdat, 1954.
7. Kats D.M. Kontrol rejima gruntovix vod na oroshayemix zemlyax. -M.: "Kolos", 1967.
8. Kats D.M. Osnovi geologii i gidrogeologii. -M.: "Kolos", 1981.


9. www.ziyonet.uz

10. www.QMII.UZ
Yüklə 83,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə