Referat mavzu: Tijorat banklari faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari Bajardi: Urumbayev d toshkent -2023


Tijorat banklari faoliyatining tamoyillari



Yüklə 107,42 Kb.
səhifə2/7
tarix11.12.2023
ölçüsü107,42 Kb.
#145546
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bank hisobi,tahlili va audit

2 Tijorat banklari faoliyatining tamoyillari
Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko'rsatish asoslari ular faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o'z ifodasini topadi.
1 Tijorat banklarinig kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanib ishlash tamoyili;
2 Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag'lar chegarasida xizmat ko'rsatish;
3 Bank faoliyatining to'la iqtisodiy mustaqilligi;
4 Banklar faoliyatining tijorat tavsifi;
5 Mijozlar manfaatini himoya qilish;
6 Banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag'lar doirasida kredit resurslarni tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo'yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo'ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan va qo'yilgan mablag'lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag'lardan unumli foydalanishga asos yaratadi.
Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud bo'lgan mablag'lar chegarasida xizmat ko'rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to'lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit xizmatini ko'rsatish va vakillik hisob varag'ida qolgan qoldiq chegarasida naqd pullik operasiyalarni bajarishi mumkin.
Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag'lar chegarasida faoliyat ko'rsatishi deganda, bankning nafaqat o'z resurs va kredit qo'yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag'lari o'rtasidagi mutanosibligini ta'minlashi tushuniladi. Bunda avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. Binobarin, agar bank mablag'larni qisqa muddatga jalb etgan bo'lsa va bu mablag'larni uzoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo'yicha to'lovlarni o'z vaqtda amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan bog'liq bo'lishi, bu esa o'z navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Bank aktivida risk darajasi yuqori bo'lgan ssudalar miqdorining ko'payishi, bankning resurslari hajmida o'z mablag'lar xissasining oshirilishini taqazo qiladi. Shunga ko'ra, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy normativlarni aniqlashda bank aktivlarining passivlarga mutanosib bo'lishini inobatga olish lozim.
Bank qonun doirasida o'z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanishi mumkin, lekin uning aktiv operasiyalari hajmini ma'muriy taqiqlov usullari bilan chegaralash mumkin emas.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag'lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozitlar jalb qilishga bo'lgan qiziqishini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo'yicha raqobat muhiti yuzaga kelishiga asos bo'ladi.
Undan tashqari jalb etilgan va qo'yilgan mablag'larning mutanosibligi tamoyili banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag'lardan unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarni likvidligini oshirishga yordam beradi.
Uchinchi tamoyil bu bankning to'la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga asosan bank o'z va jalb etilgan mablag'lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o'zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o'rnatishi va o'zgartirishi,daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko'zda tutiladi. Banklar faoliyati to'g'risidagi amaldagi huquqiy-me'yorlarga asosan barcha tijorat banklari o'z fond va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin.
Majburiyatlari bo'yicha tijorat banki o'z mablag'lari va mol-mulki bilan javob beradi. Tijorat banki o'tkazadigan operasiyalarning riskini o'z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil asosida tijorat bank va mijoz munosabatlari yotadi, ya'ni bank ssuda berayotgan bozor me'zonlaridan daromad, risk va likvidlik darajalaridan kelib chiqqan holda beradi.
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to'rtinchi tamoyili bank faoliyatining tijoratlashuvi bo'lib, bunda banklarning tijorat obyekti vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'lari hisoblanadi. Bu pul mablag'lari bankka tegishli bo'lmagan bo'lsada, faoliyati davomida bank ularni o'z nomidan joylashtiradi.
Bank tijorati kam investisiya qilib ko'proq daromad olish tamoyiliga asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo'lishi kerak. Tijorat banki kredit berish va investisiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji boricha ko'p daromad olishni mo'ljallaydi.
Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o'zaro qiziqishlariga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini ta'minlashni birinchi o'ringa qo'yishi lozim.
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko'rsatadigan xizmatlar va operasiyalarning universallashuvi va diversifikasiyasi bo'lib, banklar foliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat'iy nazar ularning faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi.


Yüklə 107,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə