Referat bajardi: Quvondiqov Furqat Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish



Yüklə 42,62 Kb.
səhifə8/9
tarix19.05.2023
ölçüsü42,62 Kb.
#111484
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Referat bajardi Quvondiqov Furqat Moliyaviy Rejalashtirish va t

Moliyaviy Rejalashtirishni Moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bо‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bо‘lgan Moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan kо‘ra bilish va Moliyaviy Rejalarning kо‘rsatkichlarini asoslashga Moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda Moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:
о‘rta muddatli (5-10 yillik) Moliyaviy bashoratlash;
uzoq muddatli (10 yildan ortiq) Moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy bashoratlash Moliyaviy Rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bо‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag’ishlangan Moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bо‘lishi mumkin bо‘lgan Moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar Moliya tizimi organlariga Moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, Moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va myetodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, Moliyaviy bashoratlar Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning о‘zida muhim bosqichi bо‘lib hisoblanadi. Ular yordamida Moliya tizimining barcha sub’yektlari oldida turgan sosial-iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal qilishning) turli ssyenariyalari ishlab chiqiladi.

Moliyaviy bashoratlash turli myetodlarning qо‘llanilishini taqoza etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bо‘lishi mumkin:
iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog’liq ravishda Moliyaviy Reja kо‘rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonomyetrik modyelni qurish (yaratish);
korryelyasion-ryegryession tahlil;
bevosita ekspyertli baholash myetodi.
Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli-maqsadli yondaShuvdan foydalanadigan Moliyaviy Rejalashtirishning myetodi sifatida Moliyaviy dasturlashtirish quyidagilarning bо‘lishini kо‘zda tutadi:
yо‘nalishlar bо‘yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini belgilash (о‘rnatish);
davlat mablag’lari sarflanishining samaradorligini oshirish;
muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda Moliyalashtirishni tо‘xtatish.


Yüklə 42,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə