R е j a: Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish tizimi



Yüklə 82 Kb.
səhifə7/7
tarix27.04.2023
ölçüsü82 Kb.
#107304
1   2   3   4   5   6   7
FUTBOL BO\'YICHA MUSOBAQALARINI TASHKIL QILISH VA O\'TKAZISH QOIDALARINI O\'RGATISH

Jarima va erkin zarbalar - Zarbalar jarima yoki erkin zarbaga bo‘linadi. Jarima zarbasidagi kabi erkin zarbada ham to‘p zarba bajarilayotganda harakatsiz holatda bo‘lib, zarbani bajarayotgan o‘yinchi esa to‘p boshqa o‘yinchiga tegmaguncha ikkinchi marta to‘pga tegishga haqqi yo‘q.
Jarima zarbasi.
- agar to‘p jarima zarbasidan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri, qarama-qarshi jamoa darvozasiga tushsa,gol hisoblanadi.
- agar to‘p jarima zarbasidan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z darvozasiga tushsa qarama-qarshi jamoa burchak to‘pini tepishni qo‘lga kiritadilar.
E rkin zarba - Hakam qo‘lini boshi tepasiga ko‘targan holda erkin zarba haqida signal beradi. U qo‘lini shu holatda zarba bajarilib to‘p biron bir o‘yinchiga tegmaguncha yoki o‘yindan chiqmaguncha ushlab turadi.
To‘pning darvozaga tushishi - To‘p faqat hisoblanishi mumkin, agar zarbadan so‘ng va darvozaga tushishdan oldin boshqa o‘yinchiga tegsa.
- agar erkin zarbadan to‘p to‘g‘ri qarama-qarshi jamoa darvozasiga tushsa, darvozadan zarba tayinlanadi.
- agar erkin zarbadan to‘p to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘z darvozasiga tushsa qarshi jamoa burchak zarbasini bajarish xuquqini oladi.
Jarima va erkin zarba bajarilish joyi - Himoyalanuvchi jamoa tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
- raqib jamoa o‘yinchilari to‘pdan kamida 9,15m masofada joylashadi.
- to‘p o‘yinga kirmaguncha raqib jamoaning hamma o‘yinchilari jarima maydoni tashqarisida turadi.
- qachonki to‘p jarima maydonidan tashqariga chiqsa, to‘p o‘yinda hisoblanadi.
- darvoza maydoni doirasida bajarilishi kerak bo`lgan jarima yoki erkin zarba uning har qaysi nuqtasida bajarilishi mumkin.
Hujumdagi jamoa tomonidan bajariladigan erkin zarba.
- raqib jamoaning hamma o‘yinchilari to‘pdan kamida 9,15m (10 yard) masofada joylashadi.
- to‘pga zarba berilgach u harakatda bo‘lsa to‘p o‘yinda hisoblanadi.
- darvoza maydonida bajarish uchun tayinlangan erkin zarba, darvoza chizig‘iga parallel bo‘lgan darvoza maydoni chizig‘ida qoida buzilgan joy yaqinida amalga oshiriladi.
Jarima maydoni tashqarisida bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
- raqib jamoaning hamma o‘yinchilari to‘p o‘yinga kirmaguncha to‘pdan 9,15 m masofa uzoqlikda joylashadi.
- to‘pga zarba berilgach u harakatga kelsa to‘p o‘yinda hisoblanadi.
jarima yoki erkin zarba qaerda qoida buzilgan bo‘lsa o‘sha joydan bajariladi.
Qoida buzilishi va jazo.
Agar jarima yoki erkin zarba bajarilayotganda raqiblardan biri to‘pga ruxsat berilgan masofadan ko‘ra yaqinroqda bo‘lsa.
- zarba qaytariladi.
Himoyalanayotgan jamoaning o‘z jarima maydonida bajarayotgan jarima yoki erkin zarbasidan so‘ng to‘p to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘yinga kirmasa.
- zarba qaytariladi.
Maydon o‘yinchisi tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba .
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘pga boshqa biror o‘yinchi tegmasdan oldin ikkinchi marta to‘pga tegsa: (qo‘li b\n emas).
- qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini qo‘lga kiritadi.
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘pga boshqa o‘yinchi tegmasidan oldin ataylab to‘pni qo‘li bilan o‘ynasa .
- qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini qo‘lga kiritadi.
- agar qoida buzilishi zarbani bajargan o‘yinchi jamoasi jarima maydoni doirasida yuz bersa, 11m zarba tayinlanadi .
Darvozabon tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
- agar, to‘p o‘yinga kirganidan so‘ng darvozabon to‘pga boshqa biror o‘yinchi tegmasidan oldin (qo‘li bilan emas) qaytadan to‘pga tegsa.
Agar to‘p o‘yinga kirganidan so‘ng darvozabon to‘pga biror o‘yinchi tegmasidan oldin ataylab to‘pni qo‘li bilan o‘ynasa .
- qarshi jamoa jarima zarbasini bajarish huquqini oladi, agar qoida buzilishi shu darvozabon jarima maydoni tashqarisida yuz bergan bo‘lsa, zarba qoida buzilgan joydan bajariladi.
- qarshi jamoa jarima zarbasini bajarish huquqini oladi, agar qoida buzilishi shu darvozabon jarima maydoni ichida yuz bersa, zarba qoida buzilgan joydan bajariladi .
11-metrlik zarba - To‘p o‘yinda bo‘lgan vaqtda o‘yinchilar o‘z jarima maydoni doirasida jarima to‘pi tayinlanadigan 10 ta qoidaning birortasini buzsa shu jamoa darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi tayinlanadi, 11 metrlik jarima zarbasidan kiritilgan gol hisoblanadi. Har qaysi taym tugashida, asosiy yoki qo‘shimcha vaqtdan qat’iy 11 metrlik zarba uchun vaqt qo‘shib beriladi.
To‘p va o‘yinchilarning joylashishi.
To‘p 11 metrlik nuqtaga joylashtiriladi va zarbani bajaruvchi o‘yinchi kerakli tarzda aniqlanadi. Himoyalanuvchi jamoa darvozaboni to‘pga zarba berilmaguncha darvoza chizig‘ida ikki ustun oralig‘ida zarbani bajarayotgan o‘yinchiga yuzma-yuz turgan holatda qoladi. Zarbani bajarayotgandan boshqa o‘yinchilar maydon doirasida, jarima maydonidan tashqarida, 11 metrlik nuqta orqasida, 11 metrlik nuqtadan kamida 9,15 m uzoqlikda turishadi.
Hakam.
Hakam o‘yinchilar yuqoridagidik joylarini egallamaguncha, 11 m zarbani bajarish uchun signal bermaydi. O‘yinchilar joylarini egallagach 11m zarba bajarish haqida qaror qabul qiladi.
Zarbani bajarish tartibi.
11 m zarbani bajaruvchi o‘yinchi to‘pga zarba berib uni to‘g‘riga yo‘naltiradi. To‘p biror bir o‘yinchiga tegmaguncha u to‘pga ikkinchi marta tegmaydi. To‘pga zarba berilib u oldinga harakat qilsagina, u o‘yinda hisoblanadi. Hakam 11 m zarbani bajarish uchun signal berganda, to‘p o‘yinga kirgunga qadar zarbani bajaruvchi o‘yinchi o‘yin qoidasini buzsa: hakam zarbani bajarish uchun imkon beradi. Agar to‘p darvozaga kirsa zarba qaytariladi, to‘p darvozaga kirmasa zarba qaytarilmaydi. Darvozabon o‘yin qoidasini buzsa hakam zarbani bajarish uchun imkon beradi, to‘p darvozaga kirsa gol hisoblanadi. Maboda to‘p darvozaga kirmasa zarba qaytariladi. Agar zarbani bajaruvchi o‘yinchining jamoadoshi jarima maydonchasiga kirsa, yoki 11 metrlik nuqtadan oldinga o‘tsa yoki nuqtaning 9,15metrlik doirasida bo‘lsa, hakam zarbani bajarish uchun imkon beradi, to‘p darvozaga kirsa zarba qaytariladi.
Agar to‘p darvozabonga, darvoza to`siniga yoki darvoza ustuniga tegib sapchib ketsa va to‘pga shu o‘yinchi tegsa hakam o‘yinni to‘xtatadi va erkin zarba bilan yangidan boshlash huquqini qarshi jamoaga beradi. Darvozabonning jamoadoshi jarima maydoniga kirsa yoki 11 metrlik nuqtadan oldinga o‘tsa yoki nuqtaning 9,15m doirasida bo‘lsa unda hakam zarbani bajarish uchun imkon beradi. Agar to‘p darvozaga kirsa gol hisoblanadi, kirmasa zarba qaytariladi. Himoyalanuvchi va hujumga o‘tuvchi jamoa o‘yinchilari o‘yin qoidasini buzsa zarba qaytariladi. 11metrlik zarba bajarilgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘p biror o‘yinchiga tegmasidan oldin ikkinchi marotaba to‘pga tegsa, qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini oladi. Zarbani bajruvchi o‘yinchi to‘pga boshqa o‘yinchi tegmasidan oldin qo‘li bilan ataylab o‘ynasa qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini oladi. To‘p oldinga harakatlanayotganda unga begona buyum tegsa zarba qaytariladi. To‘p darvozabon, ustun yoki darvoza to`sinidan sapchib maydonga qaytsa, undan so‘ng begona buyum yoki biror shaxs tegsa hakam o‘yinni to‘xtatadi. To‘pga begona buyum yoki biror shaxs tekkan joydan, «baxsli to‘p» bilan o‘yin yangilanadi.
To‘pni tashlash.
To‘pni tashlash o‘yinni yangidan boshlash usuli. To‘g‘ridan to‘g‘ri to‘pni tashlashdan so‘ng urilgan gol hisoblanmaydi. To‘pni tashlash tayinlanadi.
- Qachonki to‘p to‘liq yon chiziqni yerdan yoki havodan kesib o‘tsa.
- To‘p yon chiziqni kesib o‘tgan joyda.
- To‘pga oxirgi tekkan o‘yinchining raqib jamoasiga. 
To‘pni tashlash holati.
To‘pni tashlash vaqtida o‘yinchi: maydonga yuzi bilan qaragan holda bo‘ladi; tovonning bir qismi yon chiziqda bo‘ladi yoki yon chiziqning tashqarisida. To‘pni tashlashni ikki qo‘llab amalga oshiradi ya’ni to‘p bosh orqasidan harakatga keltirib tashlaydi. To‘p tashlashni bajargan o‘yinchi to‘pga boshqa o‘yinchi tegmasidan oldin yana tegishi mumkin emas. To‘p maydonga tushishi bilanoq o‘yinda hisoblanadi.
To‘pni o‘yinchi tomonidan tashlanishi:
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng to‘p tashlashni amalga oshirgan o‘yinchi to‘p boshqa biror o‘yinchiga tegmasdan oldin (qo‘l bilan emas) yana to‘pga tegsa: - Qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqi beriladi;
-Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng to‘p tashlashni amalga oshirgan o‘yinchi to‘p boshqa biror o‘yinchiga tegmasidan oldin ataylab qo‘li bilan o‘ynasa, qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqi beriladi.
-Agar qoida buzilishi to‘p tashlashni bajargan o‘yinchi jarima maydonida yuz bersa, 11 metrlik zarba tayinlanadi.
Adabiyotlar


1.Futbol. Pod.redaksiya dotsenta N.V. Semashko, M:FIS 2016 yil
2.Futbol. Tuzuvchilar dotsent A.SH. Kosimov, dotsent O.T. Rasulov ,
X.A. Ismatullayev, Toshkent – O’qituvchi ‑2019 yil
3. “Xalqimizning yo’li mustaqillik ozodlk va tup islohatlar
yo’lidadir”. Toshkent‑O’zbekiston 2016 yil.
4.“Barkamol avlod orzusi” O’zbekiston milliy ensklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti.Toshkent 20017 yil.
5.Material sentalnogo gosudarstvennogo arixiva. Uz.
Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə