Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

türkmänî til
atamasi ostida turkiyning o‘g‘uz lahjasini ko‘zda 
tutgan. 
O‘tmishda o‘zbek xalqi va uning tilini anglatgan 
atamalardan boshqa biri 
sart
dir. 
Sart
(sartha
) so‘zi 
Yusuf Xos Hojib va Mahmud Koshg‘ariy asarlarida 
“savdogar” ma’nosini bildirgan. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da: 
Nekü ter ešitkil bu sartlar bašï (Bu savdogarlar boshi nima 
deydi, eshitgin) (QB.474). Yoki: Sartnïŋ azuqï arïğ bolsa, yol 
üzä yer (Savdogarning moli toza bo‘lsa, yo‘l ustida yoyadi. 
So‘zma-so‘z: Savdogarning ozig‘i halol bo‘lsa, yo‘l ustida 
yeydi) (MK.I.97). 
Ushbu so‘z etnonim sifatida keyingi davrlardan boshlab 
ishlatilgan. U boshlab forsigo‘ylarni, keyinchalik turkiy o‘troq
ulusga nisbatan ham qo‘llanilgan. 
“Muhokamatu-l-lug‘atayn”da Alisher Navoiy forsiy tilda 
so‘zlovchilarni 
sart
(
sart, sart ulusï, sart eli
) hamda 
fārsîgoy
otlari bilan tilga oladi. Ularning tilini esa 
sart tili, sart lafzï, 
fārsî
(
fārsî, fārsî til, fārsî alfāz
) deb ataydi. 
Bu so‘zning “Boburnoma”dagi ma’nosi e’tiborga molik. 
Zahiriddin Bobur Marg‘ilon (Marğïnān)ni ta’riflar ekan, uning 
eli sartlar ekanini ta’kidlaydi. U yozadi: Eli sarttur va muštzan-
u puršaru šor eldür. Jaŋaralïq rasmï Māvarāunnahrda šāye‘dur. 
Samarqand-u Buxārāda nāmdār jaŋaralar aksar marğïnānidur 
(BN.7). 
Kobul viloyatining ta’rifida sartlarni tojik va atrok (turklar) 
bilan qorishtirmaydi; ayri oladi. U shunday yozadi: 
Julgasïda 
va tüzläridä atrāk-u aymaq va ’arābdur. Šahrïda va ba’zi 
kentläridä sartlardur. Yana ba’zi kentläridä va vilāyatïda 
pašāyi-vu parāji va tājik-u baraki va afğāndur
(BN.120). 
Ushbu viloyatda yashovchi ellarning tili xususida yozadi: 
On 
bir-on ikki lafz bilä Kābul vilāyatïda talaffuz qïlurlar: ’arabî, 
fārsî, türkî, moğulî, hindî, afğānî, pašāyî, parājî, gabrî, barakî, 
lamğānî. Munča muhtalif aqvām-u muğāyir alfāz ma’lum 
emäs-kim, heč vilāyatta bolğay
(o‘sha joyda).


15
“Boburnoma”dan olingan misollarga e’tibor berilsa, muallif 
Kobul viloyatidagi xalqlarning tili to‘g‘risida ma’lumot berar 
ekan, sart yoki tojik tilini eslamaydi, u arabiy, forsiy, turkiy, 
mug‘uliy va boshqa tillarni eslaydi, xolos. Yana Bobur 
Marg‘ilon elini ham 
sartlar
deb ataydi. Chamasi, marg‘ilonlik 
sartlar deyilganda ustachilik bilan shug‘ullanuvchi (o‘troq 
hayot kechiruvchi) toifa ko‘zda tutilgan ko‘rinadi. Bulardan 
anglashiladiki, 
sart
atamasi o‘sha chog‘lar ham forsiy, ham 
turkiy tilli o‘troq, shahar aholisiga nisbatan qo‘llanilgan. 
Muhammad Solih ham “Shayboniynoma”sida Samarqand 
qamalini ta’riflab, uning xalqini 
sart
deb tilga oladi:
Sartlar 
asru zabun boldïlar
(ŠN.125). Bu o‘rinda ham 
sart
atamasi 
o‘troq, shahar eliga nisbatan qo‘llanilgan. 
XVII asr tarixchisi Abulg‘oziy asarlarida ham 
sart
atamasi 
bor. Shuningdek, XIX asr Qo‘qon tarixchilarining asarlarida-da 
bu ot tez-tez uchrab turadi. Bu kezlar XIII asrda O‘rta Osiyoga 
kelib o‘rnashgan o‘zbek qavmidan boshqa tub aholi (turkiy va 
tojiklar) 
sart
deyilgan, chamasi. Shu sabab bo‘lib, XIX asrning 
ikkinchi yarmida rus tilshunoslari o‘z grammatikalarida o‘zbek 
tilini 
sart tili
(сартовский язык) deb ataganlar. 
Endi 
özbek
atamasi to‘g‘risida ikki og‘iz. Bu atamaning 
kelib chiqishini turlicha talqin qiladilar. Ba’zi olimlar bu 
atamani Oltin O‘rda xoni O‘zbekning (1312–1342) otiga 
bog‘laydilar. Ularning fikricha, O‘zbekxon qaramog‘idagi ulus 
keyinchalik 
özbek
otini olgan. Boshqa bir olimlar bu qarashni 
qo‘llamaydilar. Ularning ta’kidlashicha, XIV–XV asrlarda Oq 
O‘rdadagi turk-mo‘g‘ul qavmlari shu ot bilan yuritilgan. 
O‘zbekxon esa Ko‘k O‘rdaning xoni bo‘lib, o‘zbek qavmlari 
unga bo‘ysunmaganlar (qarang: Аҳмедов 1992,10–11). 
Özbek
atamasi XIII–XIV asrlarda yaratilgan forscha va 
arabcha manbalarda (jumladan, Juvayniy, Rashididdin, 
Xondamir va boshqalarning asarlarida) ham uchraydi. Ularda 
bu atama Dashti Qipchoqda yashovchi turk-mo‘g‘ul qavmiga 
nisbatan qo‘llanilgan. Hatto ayrim manbalarda To‘xtamishning 


16
o‘zbek xoni ekanligiga ishora bor (qarang: o‘sha joy va keyingi 
betlarda). 
Keyingi davr manbalarining guvohlik beruvicha, bu 
atamaning ma’nosi kengayib, urug‘lar uyushmasini ham 
anglata 
boshlagan. 
Chunonchi, 
Mas’ud 
ibn 
Usmon 
Ko‘histoniyning 
yozishicha, 
o‘zbeklarning 
tarkibiga 
yigirmadan ortiq turk-mo‘g‘ul qavmlari kirgan. Yoki 
Ro‘zbekaxon (XVI asr) o‘zbeklarning uch toifadan iborat 
ekanini ta’kidlaydi: ular Shaybon ulusiga qarashli barcha 
qabilalar, qozoqlar va mang‘itlardir (Аҳмедов 1992,13–14). 
Keyinchalik Dashti Qipchoqdagi o‘zbeklar uyushmasiga 
kirgan qavmlarning muayyan qismi o‘sha yerdagi qozoq, 
qoraqalpoq, boshqird va b. tarkibiga qo‘shilib ketganlar. 
Muayyan qismi Shayboniyxon qo‘shini bilan birga O‘rta 
Osiyoga kirib kela boshladilar va shu yerda turg‘un yashab 
qoldilar. 
Shayboniyxon 
cherigining 
katta 
qismi 
ham 
o‘zbeklardan edi. 
XIII asrga qadar Mavoraunnahr va Xuroson turklari 
o‘zlarini 
özbek
demaganlar. Bora-bora bu o‘lkaga kelib 
o‘rnashgan o‘zbeklarning 
mavqei orta boradi; davlat 
boshqaruvi ham ko‘proq shularning qo‘liga o‘ta boshlaydi. Ana 
shunday tarixiy jarayon ta’sirida yerli turklar ham 
özbek
deb 
atala boshladi. Shunisi diqqatga sazovorki, kelib o‘rnashgan 
qavmlar burun qaysi urug‘-qabilaga tegishli bo‘lsalar, 
keyinchalik ham, hatto XX asr boshlarigacha ajdodiy-qabilaviy 
bo‘linish-belgilarini 
saqlab 
keldilar. 
Yaqin-yaqingacha 
o‘zbeklar orasida “qo‘ng‘irot urug‘i”, “nayman urug‘i”, 
“mang‘it urug‘i” singari otlarning saqlanib kelganligi bejiz 
emas. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan hozirgi o‘zbek xalqi XIV 
yuzyillikda Dashti Qipchoqda yuzaga kelgan, degan mutlaqo 
g‘ayri ilmiy xulosa kelib chiqmasligi kerak. O‘rta Osiyoda 
qadimdan yashab kelgan turkiy tub aholi hozirgi o‘zbek 
xalqining ota-bobolaridir. Dashti Qipchoqdan “o‘zbek” nomini 


17
olgan qavmning kelib o‘rnashishi hozirigi o‘zbeklarning to‘liq 
tarkib topishidagi keyingi bosqichlardan biri, xolos. Ularga 
qadar yerli turkiy xalq boshqa otlar bilan atalar edi. Hozirgi 
otini esa, keyinchalik, o‘zlariga kelib qo‘shilgan o‘zbeklardan 
oldilar. Demak, atama tarixi xalq tarixiga mutlaqo teng emas. 
Shu o‘rinda ta’kidlash kerak, hozirgi o‘zbeklarning 
shakllanuvida Dashti Qipchoqdan kelgan turkiy ulusning 
ta’sirini mutloq inkor etib ham bo‘lmaydi. Hozirgi o‘zbek xalqi 
uzoq tarixiy taraqqiyot ta’sirida, turli elat-urug‘larning 
birikuvidan tashkil topgan. Buni o‘zbek shevalarining o‘ta 
xilma-xilligida ham ko‘rish mumkin. 
Özbek
atamasi etnonim sifatida XIV asrdan boshlab 
qo‘llanilgan bo‘lsa-da, tilga nisbatan kech amal qilgan. 
Chunonchi, o‘sha kezlar o‘zbek qavmining shevasi 
özbek tili
deb emas, 
türkî, qïpčaq tili
deb atalgan. Qipchoq shevalari 
keyinchalik hozirgi tilshunosligimizda “eski o‘zbek adabiy tili” 
deb atalayotgan yozma tilga ham ta’sir eta boshlagan. Lekin u 
eski o‘zbek adabiy tilining tayanch dialektiga aylangan emas. 
Ya’ni adabiy til situatsiyasida keyin qo‘shilgan ulusning 
dialekti u qadar hal etuvchi o‘ringa ko‘tarila olgani yo‘q. 
Chunki bu davr Mavoraunnahr va Xuroson adabiy muhitida 
qadimgi va eski turkiy adabiy til an’analari va ta’siri ustuvor 
edi. Binobarin, XIII–XVI yuzyilliklardagi klassik adabiy til 
(“chig‘atoy turkiysi”) shu an’ana ta’sirida shakllangan. O‘zbek 
adabiy tilining keyingi davrlardagi taraqqiyoti ham bevosita 
ayni adabiy til davomida turadi. Bu tadrijiy jarayonni XVII 
asrdan XX asr boshlarigacha yashab o‘tgan Abulg‘oziy, 
Mashrab, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va b. o‘nlab mumtoz 
adabiyotimiz namoyandalarining asarlari tilida yaqqol kuzatish 
mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tili juda uzoq tarixga ega 
bo‘lib, uning hozirgi oti til tarixini o‘zida tugal aks ettirmaydi. 
Xuddi shunday holni boshqa turkiy (masalan, uyg‘ur, qozoq va 
b.) tillarda ham kuzatamiz. Bu hodisa turkiy tillarning, shular 


18
qatori, o‘zbek tilining o‘ta murakkab jarayonni bosib 
o‘tganidan dalolat beradi. 
O‘zbeklar hozirgi otini keyinchalik qabul qildi va uzoq asrli 
tilini ham shunday atay boshladi. Bunga qadar o‘zbek tili 
türkčä, türk tili, türkî, čïğatay tili
va boshqa nomlar bilan atab 
kelingan. 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə