Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Amaliy darslarni uyushtirish bo‘yicha ko‘rsatma va



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

Amaliy darslarni uyushtirish bo‘yicha ko‘rsatma va 
yo‘llanmalar 
 
Ko‘k turk yozuvida bitilgan To‘nyuquq, Kul tigin, Bilga xoqon, 
O‘ngin bitiglaridan misollar olib, ularni leksik-grammatik jihatdan 
tahlil qilish. Uyg‘ur xoqonlig‘i davridan qolgan Mo‘yun-cho‘r, 
Tariat yodgorliklaridan misollar ishlash. Yenisey bitiglaridan 
misollar ishlash. “Irq bitigi” va uning tahlili. Uyg‘ur yozuvli 
yodgorliklar. “Maytri simit no‘m bitig”, “Xuastuanift”, “Oltun tusli 
yorug‘”, “Syuan-szan kechmishi” asarlaridan misollar olib, ularni 
grammatik jihatdan tahlil qilish. Qadimgi turk she’riyatidan 
namunalar tahlil qilish.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida 
keltirilgan to‘rtliklar, xalq maqollaridan misollar ishlash. Yusuf Xos 
Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonidan misollar olib, ularni 
grammatik tahlil qilish. Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-


363
haqoyiq” asaridan misollar tahlil qilish. “Turkiy tafsir” va uning 
tahlili. Nasiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”, Qutbning 
“Xusrav va Shirin”, shuningdek, “Nahju-l-faradis”, Xorazmiyning 
“Muhabbatnoma” asarlaridan misollar olib, matnlarni semantik, 
grammatik jihatdan tahlil qilish. 
Mavlono Lutfiyning tuyuq va g‘azallaridan misollar ishlash. 
Alisher Navoiy g‘azallari tahlili. G‘azallar semantikasi. 
Navoiyning ruboiy va tuyuqlari. “Farhod va Shirin”, “Sab’ai 
sayyora”, “Saddi Iskandariy”, “Lisonu-t-tayr” dostonlaridan misollar 
olib, ularni lingnvistik tahlil qilish. 
Navoiyning nasriy asarlaridan misollar olib, grammatik jihatdan 
tahlil qilish. “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarini o‘qib o‘rganish. 
“Munshoot”dagi maktublarni o‘rganish. Zahiriddin Bobur lirikasi. 
“Boburnoma” asaridan misollar olib, grammatik jihatdan tahlil 
qilish.
Boborahim 
Mashrab, 
Xuvaydo, 
Shermuhammad 
Munis, 
Muhammad Sharif Gulxaniy, Amiriy, Jahon otin – Uvaysiy, 
Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy, Muhammad Aminxo‘ja 
Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat she’rlaridan olib, 
ularni 
lingvistik 
jihatdan 
tahlil 
qilish. 
Adiblarning 
til 
imkoniyatlaridan foydalana olish mahoratini baholash. 
Til tarixi, tarixiy grammatik ko‘rsatkichlar, ularning tarixiy 
takomilini aks ettiruvchi rasmlar, chizmalar tahlili. 
Turkiy 
yozma 
yodgorliklar, 
o‘zbek 
mumtoz 
adabiyoti 
yodgorliklarining faksimil nashrlari, ko‘k turk, uyg‘ur, arab 
yozuvlaridagi nashrlari, transkripsion nashrlaridan olib ulardan 
tarqatma materiallar, slaydlar tayyorlash va amaliy mashg‘ulotlar 
chog‘ida ulardan foydalanish. 
Internet saytlaridan turkologiya bo‘yicha e’lon qilingan 
matnlarni izlab topish va ulardan dars davomida foydalanish.

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə