Tayanch iboralar
: Qon, qon aylanishi, qon aylanish doirasi, yurak, yurak avtomatizmi,
yurak qisqarishi, elektr hodisalar, antropometrik, yurakni sistolik va minutlik hajmi, harakatdagi
qon, arteriya, elektrokardiogramma.
1. Qon.
Odam organizmida qon va limfa ichki muhit hisoblanadi. Qon kuchsiz
ishqoriy reaktsiyaga ega bo`lgan suyuqlik bo`lib, solishtirma og`irligi 1,054-1,066
ga teng. Odam tanasida jami 5 litr qon bor va u tana og`irligini 7-8 % ni tashkil
qiladi.
Qon bir qator muhim hayotiy funktsiyalarini bajaradi. A) qon ichaklardan
shimilib o`tgan oziq moddalarni butun kanal bo`ylab tarqatadi. Qon plazmasi
to`qimalar va hujayralararo bo`shliqda bo`lishi sababli barcha oziq moddalar
hujayra ichiga tez o`tib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyinchalik bu oziq
moddalar hujayra ichida parchalanib, organizm ehtiyoji uchun sarf bo`ladi. B)
Qon barcha to`qimalarga kislorod olib borib va u yerda moddalar almashinuvi
natijasida hosil bo`lgan karbonat angidridni o`pkaga olib keladi. O`pka
kapilyarlarida o`tayotgan qon u yerda kislorodga boyiydi va korbonat angidridni
o`pkadan chiqayotgan havoga qo`shib yuboradi. V) qon organizmning asosiy
himoyachisi hisoblanadi, u har xil yot va zaharli moddalarni parchalab
zararsizlantiradi. Organizmga chetdan kiradigan turli xil yot mikroorganizmlar oq
qon tanachalari-leykotsitlar tomonidan zararsizlantiriladi. G) qon tana
temperaturasini bir xil saqlab turadi. U barcha chetki organlarga oqib borib, o`zi
bilan birga issiqlikni ham olib boradi. Qon teri orqali intensiv ravishda harakat
qilib turganligi uchun oshiqcha temperatura muhitga berilib organizm o`ta qizib
ketishdan saqlanadi.
Qonning doimiy harakat qilib turishi tufayli organizm moddalar almashinuvi
natijasida hosil bo`lgan keraksiz qoldiq moddalardan tozalanadi, ya`ni ular qon
bilan buyrak va terigacha oqib kelib, u yerdan ajratib chiqarib yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |