Aylanma mablag`lar va ulardan foydalanish
Ishlab chiqarish jarayoni samarali olib borilishida asosiy fondlar bilan bir qatorda aylanma mablag`larning ahamiyati cheksizdir. Ular ishlab chiqarish jarayonining albatta bo`lishi lozim bo`lgan shartlaridan biridir. Aylanma fondlar bir ishlab chiqarish siklida ishtirok etadi. O`zining qiymatini tayyor mahsulotga to`liqligicha bir ishlab chiqarish jarayonida o`tkazadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, o`z fizik ko`rinishini qisman, aksariyat holda esa butunlay o`zgartiradi. Ana shunday talablarga javob bergan fondlar aylanma fondlar deb yuritiladi. Aylanma fondlar, xo`jalikning hisob raqamlarida mavjud bo`lgan pullari, sotilgan, lekin hali puli kelib tushmagan mahsulot uchun mablag`larini qo`shib hisoblaganda, aylanma mablag`lartushunchasi kelib chiqadi. Aylanma mablag`lar – ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotni sotish maqsadida zarur aylanma fondlarni va muomila fondini tashkil etish uchun avanslashtirilgan pul mablag`lari yig`indisidir. Biror bir ishlab chiqarish aylanma mablag`larsiz yuz berishi mumkin emas. Ularning turkimini quyidagi chizma orqali ko`rish mumkin. (3-chizma)
3 – chizma. Aylanma mablag`larning tarkibi.
Aylanma mablag`lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi:
1). Aylanma mablag`larning aylanish koeffitsiyenti:
Bunda: R – ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan va ko`rsatilgan hizmat evaziga olingan pul tushumi, so`m;
M – asosiy podaga o`tkazilgan yosh chorva mollarining qiymati, so`m;
S – asosiy podani sotishdan tushgan pul tushumi, so`m;
O – aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`i, so`m.
2) Aylanma mablag`larning o`rtacha bir aylanish muddati yilning 360 kunini aylanma mablag`larning aylanish koeffitsiyentiga bo`lish orqali hisoblanadi.
3) 1 so`mlik pul tushumiga to`g`ri keladigan aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`i.
4) 1 so`mlik aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`iga to`g`ri keladigan sotilgan mahsulot hajmi.
Aylanma mablag`lar manbasiga ko`ra, o`z mablag`lari va chetdan jalb etilgan mablag`larga bo`linadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 19b.
O`zbekiston Respublikasining «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 16b.
O`zbekiston Respublikasining «Davlat Yer fondining kadastri to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 13b.
O`zbekiston qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me`yoriy hujjatlar to`plami. _ T.: «O`zbekistonqituvchi», 1998. - 231 b.
“Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada ekinlashtirish sohasidagi ustivor yo`nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil.
“Tadbirkorik subyektlarini huquqiy himoya qilish tiziini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 16 iyun 2005 yil.
“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil.
“Mikrofirmalar va kichik korxonalani rivojlantirishni rag`batlantiish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 20 iyun 2005 yil.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |