Qarshi innovatsion ta`lim universiteti boshlang`ich ta`lim fakulteti sirtqi bst -22-111 guruh talabasi omonova ma`rifatning tibbiy bilim asoslari fanidan mustaqil ishi



Yüklə 10,04 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü10,04 Kb.
#156322
  1   2
aniseptika.aseptika.skastlanish.jaraohatlanish taning turli sohalariga bo`glam quyish  

QARSHI INNOVATSION TA`LIM UNIVERSITETI BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI SIRTQI BST -22-111 GURUH TALABASI OMONOVA MA`RIFATNING TIBBIY BILIM ASOSLARI fanidan MUSTAQIL ISHI


aniseptika.aseptika.skastlanish.jaraohatlanish taning turli sohalariga bo`glam quyish  
REJA:
 
1.Antiseptika.
2.Aseptika.
3.Shikastlanish, jarohatlanish haqida tushuncha.
4.Shikastlanish (jarohatlanish) turlar:
a) Yopiq shikastlanish.
b) Ochiq shikastlanish.
Antiseptika - jarohatga tushgan mikroblarga qarshi kurashishdir. Antiseptikaning mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullari bo`ladi:
1.Mexanik usul - jarohatning atrofi toza suv bilan yuviladi, uning nobud bo`lgan to`qimalari kesib olib tashlanadi;
2.Kimyoviy usul - jarohat yod, spirt, lyugol, vodorod peroksidi, margansovka, furatsilin, rivanol kabi dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar bilan yuviladi, ular jarohat atrofiga surtiladi;
3.Fizik usul - ultrabinafsha, kvarts va boshqa nurlar bilan jarohat maydoniga ta`sir qilinadi;
4.Biologik usul - antibiotiklar, antitelasi bor zardoblar jarohatga sepiladi.
Aseptika – barcha tibbiy muolajalarda qo`llaniladigan tibbiy asboblar va buyumlar, ya`ni skalpel, qaychi, shprits, igna, xalat, maska, qo`lqop, choyshab, bint va boshqa asbob, buyum hamda jihozlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirshdir.
Aseptika uch usulda amalga oshiriladi:
1.Mexanik usul - qoqish, changini artish, yuvish yordamida zararsizlantirsh;
2.Fizik usul - qaynatish, bug`lash, ultrabinafsha, kvarts nurlari ta`sirida zararsizlantirsh;
3.Kimyoviy usul – 70-90є lik etil spirti, sulema, lizol va boshqa dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar bilan yuvish, ular ichiga ma`lum vaqtga botirib qo`yish yordamida zararsizlantirsh.
Shikastlanish (jarohatlanish). Tashqi zarba ta`sirida odam tanasi to`qimalarining butunligi va ish faoliyati buzilishidir.
Sabablari. 1.Mexanik sabablar: avtotransport hodisalari, yiqilish, urilish, chopilish, tirnalish, o`q tegish, sanchilish, kesilish.
2.Fizik sabablar: kuyish, sovuq urish, elektr tokidan shikastlanish, nurlar ta`siri.
3.Kimyoviy sabablar: kislota, ishqorlar ta`siri.
Shikastlanish turlari. Shikastlanish 2 turda bo`ladi:
a) Yopiq shikastlanish.
b) Ochiq shikastlanish.
Yopiq shikastlanishlarteri butunligi buzilmagan holda, uning ostidagi to`qima va a`zolarning zararlanishi tushuniladi.
Yopiq shikastlanishlarni quyidagi turlari farqlanadi:
1.Lat yeyish.
2.Pay va muskullarning cho`zilishi.
3.Uzoq vaqt bosilish sindromi.
4.Bosh miya chayqalishi.
Lat yeyishda teri butunligi buzilmagan holda to`qima va a`zolar shikastlanadi. Urilganda, yiqilganda qon va limfa tomirlari yoriladi, to`qimalarga qon quyilib, gemotoma (shish) hosil bo`ladi.
Belgilari. Shikastlangan sohada kuchli og`riq, shish, harakatning susayishi, bo`g`im sohasiga qon quyilishi (gemartroz), shu soha shaklining o`zgarishi (deformatsiya) kuzatiladi.
Lat yeyish, pay va muskullarni cho`zilishida tibbiy yordam.
1.Shikastlangan joyga sovuq suvda namlangan sochiq, yoki ro`mol, muzli xaltacha qo`yiladi.
2.10-20 minutdan so`ng, ularni olib, qisuvchi bog`lam qo`yiladi.
3.Og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin, baralgin, demidrol ichiriladi, yoki muskul orasiga in`yeksiya qilinadi.
4.Travmatologiya yoki jarrohlik bo`limiga yuboriladi.
Uzoq vaqt bosilish sindromi. Ayrim tana qismlarining uzoq vaqt davomida og`ir yuk ostida bosilib turishi, siqilishi natijasida, yumshoq to`qimalarning yopiq shikastlanishiga xos belgilar paydo bo`ladi. Bu bosilish yoki ezilish sindromi, deb ataladi. Bunda teri osti yog` to`qimasi, muskullar, tomirlar, nerv tolalari zararlanadi. Uzoq vaqt bosilish natijasida muskullar, yumshoq to`qimalarning qon bilan ta`minlanishi buziladi. Natijada bu to`qimalar nekrozga uchraydi. Nekrozga uchragan, ya`ni chirigan to`qimalar o`zidan zaharli modda (toksin) ajratadi va toksin qonga so`rilib organizmni zaharlaydi. Bunga travmatik toksikoz deyiladi.
Belgilari. Bosgan jismning og`irligiga, bosilgan joyining hayotiy muhimligiga ko`ra bemorning ahvoli yengil, o`rtacha yoki og`ir bo`lishi mumkin. Shu soha terisi avval oqaradi, so`ngra qizg`ish-ko`kimtir rangga kiradi. Bir necha soatdan keyin bu joyning terisida ichi suyuqlikka to`lgan pufakchalar hosil bo`ladi. Shikastlangan qo`l-oyoqda shish paydo bo`ladi, harakat buziladi. Bosilishning og`ir turida bemorning umumiy ahvoli og`ir bo`ladi, ya`ni tana harorati 39-40є gacha ko`tariladi, nafas olish, yurak-tomir, buyrak faoliyati buziladi.

Yüklə 10,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə