Qarshi davlat universiteti


Nutqning jinsga ko`ra xoslanganligi



Yüklə 294,51 Kb.
səhifə2/5
tarix26.09.2017
ölçüsü294,51 Kb.
#1913
1   2   3   4   5

1.2.Nutqning jinsga ko`ra xoslanganligi.
Til har bir inson, har qaysi millatning botinidagi yog`du. Shu yog`du millatning kelajagining yo`lini ravshan qilad. Bugun ba`zi qoshu ko`zi qora, yosh navqiron millatdoshlarimizning ona tilimizni oliftalik bilan o`zga tillarga qorishib yuborishi ensamni qotiradi. Shunday gapirsam , zamonaviy bo`laman deb o`ylaydi. Ust kiyimning bir yengini kesib tashlab, bir yengini kiyib ko`ylak ustidan belqars bog`lab yursangiz, do`ppining ustidan kepka ham qo`ndirib olsangiz, masxarabozdan farqingiz qolmaydi – ku! …

Ruscha – inglizcha – o`zbekcha turlicha qorishmada so`zlashga urunish zamonaviylik emas, balki o`ta madaniyatsizlik, saviyasizlikdan o`zga narsa emas.

“Bir kishi donodan so`radi: - falon obid haqida na deya olursanki, o`zgalar aning o`zidan ta`na qilib, ko`p so`z ayturlar. Dono u obid bilan sira suhbat qurmagan edi, shu bois dedi: - Zohirida hech ayb ko`rmasmen va botinida ne aybi borin bilmasmen” . Ya`ni tashqi ko`rinishda kamchilik yo`q, ammo so`zlarni tinglana turib, uning hamdi haqida fikr bildirish amri maholdir. Tug`ilgan odam vaqti soati yetgach, albatta o`ladi. Undan hech bir nishona qolmaydi. Lekin uning so`zlari oqil, ezgu bo`lsa, boshqalar yuragidan joy olib ulgursa, uning nomi mangu qoladi. Inson ikki narsa tufayli qarilik nimaligini bilmaydi: biri – xush qirq, ya`ni biri – oqil so`zlamaklik. Odamdan qoladigani ham oqil so`z. Hamisha ochiq, samimiy so`zlovchi odam mardona yashab, mardona o`ladi.

Xalqimiz fitratida latif so`zlamoqlikka intilish bor. Latif so`zlash barcha davrlarda qadrlanadi. Qo`pol ifodadan barcha nafratlanadi. Ma`lum bir holatni ifodalovchi so`z quloqqa qo`polroq eshitilgani uchun ramzlardan foydalaniladi. Masalan: “ falonchi o`ldi”, yoki “falonchi o`lib qolibdi – da ” deyilmaydi, “Qaytissh qildi”, “Omonatini topshirdi” yoki “bandalik”da deyiladi. “Tug`on” deyish ham qo`pol eshitilganligi sababli “ko`zi yoridi” yoki erkalagansimon “qo`ziladi” deb ham qo`yiladi. Har qnday xunuk xabarni ham dono odam chiroylu tarzds ifoda etib berishi mumkin. Buning uchun odam aytadigan so`zining ma`nosini yaxshi bilishi kerak. So`zning ta`sirini avval o`zi his qilishi shart. Keyingi yillarda bizda so`zni his qilmaslik, so`zni tushunmay ishlatish ancha ko`payganga o`xshayapti. Bu holat choyxonadagi suhbatlarda uchrasa ranjimasak ham bo`lar. Ammo matbuot, radio va televideniyadagi yosh hamkasblarimiz faoliyatida tilga e`tiborsizlik tez – tez uchrayaptiki, bu g`oyat achinarli. Bir kuni teleboshlovchi ko`rsatuvlar rejasini e`lon qilgach, “maza qilib hordiq oling”, desa ajablanibman. Chunki “hordiq” – charchoq demakdir va hordiq olinmaydi, balki chiqariladi. Agar boshlovchining so`zlarini tarjima qilsak, “ ko`rsatuvlarimizni tomosha qilib, maza qilib charchang” , degan ma`no chiqadi. Ehtimol, boshlovchi adashmagandir, ko`rsatuvlarni tomosha qilgan chindan ham charchar, yana Xudo biladi! Televideniya reklamasida bir gazeta maqtalib, “Maroqli hordiq olasiz”, - deyilyapti. Charchashning maroqlisi qanday boo`lishini tasavvur qilib ko`raylik. Shunga o`xshash savod olinmaydi, savod chiqariladi. Chunki “savod” – “qora” demakdir, ya`ni “hajar ul - asvod” - “qoratosh” demakdir. Mumtoz she`riyatda “ko`z qarosi”, “ko`z savodi” tarzida ham qo`llaniladi.

“ Ko`z sabvodin ayladi kiprikllaring Parvezni Ne ajab bo`lsa jamoling shavqidin gulbez (gul hidini sochuvchi) ko`z”

Qalbi ma`rifatidan xoli, qorong`ulik asoratidagi odamni “ savodxon’’ deyish kerak, biz esa nechundir bilimlarni nazarda tutamiz. Aslida esa kishi qalbidagi qorong`ulik haydab chiqarilib, ilm nuri bilan yoritiladi. Ya`ni savod haydaladi, chiqariladi, ziyo esa olinadi. O`zbek tiliga e`tiborni kuchaytirish maqsadida Yevropadan kirib kelgan so`zlar o`rniga yangilari qidirib topila boshladi – ku, bu kulgili hollarni ham yuzaga chiqardi. Masalan, “ adres” – “turarjoy” o`rniga “ manzilgoh’’ deb yozish boshlandi. Bitta chet so`z o`rniga ikki – arab va forscha so`zlar qo`shildi. O`zbekchaga tarjima qilsak – “joy,joy” degan ma`no kelib chiqadi. Shunga o`xshash “ axborot” atamasini olsak, “ xabar” birlikshaklida, ko`plik shaklidagi “xabarlar” arabchada “axbor” deyiladi.

Ya`ni unga ko`plik qo`shimchasi qo`shilyaptiki, bu “ xabarlar’’ degan ma`nodadir. “Suxandon ”, “diktor” ma`nosini bermaydi. “diktor” – aniq va tiniq talaffuzi odam. Suxandon gapga usta, gapdon odam. “Dastur” atamasi – “pragramma” ma`nosini bermaydi. “Dastur” – “qo`llanma” demakdir.Behayo va be`mani qoshiqlarda sizni o`rinsiz ishlatish hollari shunchalar ko`pki, aytib ado qilib bo`lmaydi.

Bu haqida gapirishning o`zi ortiqcha chunki be`mani qo`shiqlar selini to`suvchi to`qon buzib tashlangan. San`atda so`zni o`rnida ishlatmaslik, ma`noni buzish – nafosatni bo`g`ib o`ldiradi. Qo`shiq san`atidagi nafislik, latiflik, latiflik bo`g`ilib, o`lim talvasasida yotibdi. Muxbirlarning, xususan, sport shaxrlovchilarning gaplari ham tahlil doirasiga sig`maydi. “falonchi to`pni boshi bilan tepib kiritdi” – “burchak to`pi amalga oshirildi” degan gaplarga “ axmoqona” deb ta`rif bersak ham haqqimiz ketmaydi. Chunki aqlli odam to`p bosh bilan emas, oyoq bilan tepilishini biladi. “Burchak to`pi” , “jarima to`pi” degan sifatlar qanday aql bilan kashf etilgan, bilmaysiz. Shu kabi xotoliklar ko`pki, ularni bartaraf qilish har bir qadam ahlining burchi hisoblanadi. “Xato qilmoqlik bordir, tuzatmaslik esa ordir” deganlaridek yoshlarda kamchiliklar uchrab turishi tabiiy. Kaminada ham shunday xatoliklar bo`lgan ( ehtimol hozir ham bordir , buning uchun uzr so`rayman, xatoyimni aytganlarg minnatdorchilik bildiraman.)

Biz “lutfan” degan so`zni ishlatishni yaxshi ko`ramiz. Taklifnomalarda “to`yga lutfan taklif etamiz” deb yozamiz. O`zimizcha chiroyli shaklda taklif qilgandekmiz, So`zning ma`nosini bilgan odam esa bu taklifnomadan g`ashlanishi mumkin. Chunki lutfan lutfan taklif qilishimiz, “asli sizni to`yimizga aytishga arzimaydigan odamlardan emassiz-ku, lekin bizning marhamatimiz kengligi tufayli istisno sifatida taklif qilyapmiz”, degan ma`noni anglatadi. Agar shu chiroyli so`zni o`z o`rniga qo`yib, “To`yimizga lutfan tashrif buyuring”, desak go`zal ma`noni bayon qilgan bo`lamiz.Ya`ni, “marhamatingizni ayamay, to`yimizga tashrif buyurib bizlarni quvontiring” degan bo`lamiz. Islomda murojaat qilinayotgan odamning hurmatini ado etish, martabasini balandroq qo`yish odati bor. Shu bois ham birodarimizga “taqsir” deb murojaat qilamiz. Taqsir so`zining ma`nosi nima? Ba`zan ko`pchilikka “taqsirlar” deb murojaat qilishchi? Bu do`stim, sizning martabangiz menikidan balandroqdir degan ma`noda va bu kamtarlik belgisidir. Kishining kishi til, shirin so`z orqali bo`ladi. “Sen” ham “Siz” ham bir og`izdan chiqadi deydilar. Xalqimiz “Siz” ga odatlangan. Shu bois ham Rasululloh (s.a.v.) nomlari tilga olganimizda ehtirom bilan sizlaymiz.

Ruslarda, arablarda, turklarda, hatto, ota – onalarini ham sensirash odati borki, shu bois ham Payg`ambarimizga (alayhissalom) nisbatan ham “sen” shakli qo`llaniladi va bu ularda ayb sanalmaydi. Bizda hurmatsizlik hisoblanadi. Ayrim tarjimonyurtdoshlarimiz shu masalaga e`tabor qilishlari kerak. Hayotda barchani sensiraydiganlar ham uchrab turadi. G`oyo sizlasa, amal otidan tushib qolganday tuyulsa kerakda. Sensirash bizda manmanlikni namoyish qiladi, xolos.

Vodiy tomonlarda go`zal odat bor. Farzandlarini ham sizlaydilar. Toshkentda kishining o`zi bo`lmasa – da, sizlab hurmatlanadi. Masalan: “adang uydami?” deb so`radi. Javob ham shunga yarasha: “Adang ishda emas”, “Adang ishdalar”. Farzandimizni oqil so`zlashga o`rgatmoqlik ayni shu holatdan boshlanadi. “ o`qituvching nima dedi?” emas, “Maktabda o`qituvching nima dedilar?” desak farzandlarimizni chiroyli tarbiya qilgan bo`lamiz. Chiroyli va oqil so`zlovchilarning ota – onasiga rahmat! Deb duo qilinishi bejiz emas. Oqil so`zlamakni bola ko`chada yoki maktabda emas, dastlab uyda o`rganadi.

Hikoyatki, ikki shoir odil podshoh No`shiravonning ziyofatida hozir bo`ladilar. Biri baland ovozda bayt o`qidi:

Yaxshiligim qaytsin, desangiz,

Yaxshilik qil, yaxshi o`y o`yla!

Navbat ikkinchi shoirga kelganda bu baytni o`qidi:

Yomonligim qaytmasin desang,

Yomon bo`lma, yomon o`y qilma.

Bu baytlarni eshitgan No`shiravon xushhol bo`lib, birinchi baytni o`qigan shoirga ming dirham, ikkinchi shoirga besh yuz dirham bermoqlikni amr qildi. Shunda vazirlardan biri ajablanib so`radi:

-Ey odil amirim, ularning baytlari bir ma`noda bo`lgani holda ne uchun har xil tuhfa berdingiz?

No`shiravon shunday javob qildi:

-Rost, ma`no bir. Biroq, so`zda tafovat bor. Birinchisining so`zi boshdan oyoq yaxshilik haqida bo`ldi. Ikkinchisiniki esa kishiga faqat yomonlikni eslatdi. Boshqa zamonda va boshqa bir mamlakatda shunga o`xshash voqea sodir bo`lgan ekan. Podshoh bir begunohni o`ldirmoqqa amr etdi. Ul bechora noumidlik kabi so`zlar aytib, podshohga dashnom berdi, andoqkim debdurlar: “har kishikim jonidan kechar, ko`nglidan har na so`z bo`lsa, oni qo`rqmay izhor etar”. Podshoh bu odamning dashnomiga tushunmay, vazirlardan “ ul na so`z aytur?” deb so`radi. Oqil vazir dediki:

-Ey podshohim, ul bechora ayturki: “har kishi qahru g`azabin yutub, xalqning gunohin o`tub, ehson qilsa, haq taolo uni do`st tutar va jami gunohidan o`tar”. Podshohga bu gap xush kelib, ayblanuvchining gunohidan o`tdi, o`lim hukmini bekor qildi. Alloh, yana bir g`ofil vazir bor edikim, oqli vazirga qarab dedi:

-Podshohning suhbatida sandin va mandin yolg`on so`z aytmoq munosib emasdur. Bu kishi podshohga dashnom qildi. Sen bu so`zlaringni yolg`on aytursan! Podshohga go`filning so`zi noxush kelib, undan yuz o`girib dedi:

-Sening bu rast so`zingdan uning yolg`on so`zi manga yaxshi ko`rinur, nedinkim, uning bu so`zi amniyat va maslahat binosiga istehkom berur va sening so`zing fasod va sharorat turg`uzmoqni taqozo qilur. Andoqkim, xiradmandlar aytibdurlar: “maslahatomuz yolg`on so`z fitnangiz rost so`zdin yaxshiroqdir”.

Bu vaziyatda podshoh “har bir so`zni haqiqat deb so`zlaverish xato, ammo haq so`zni tinglash va unga amal qilish – farzdir” degan hikmatga amal qilgan edi.

Nutq madaniyati haqida gap ketar ekan … , avvalo, til va nutq tushunchalarining mohiyatini farqlay olish lozim. Til va nutq bir – biri bilan chambarchas bog`liq, ammo ayni paytda bir biridan farqlanishi kerak bo`lgan hodisadir. Tilsiz nutqning, nutqsiz tilning mavjud bo`lishi mumkin emas. O`zbek adabiy tilining asoschisi ulug` Alisher Navoiy “Mahbub ul – qulub” asarida so`zning sharafli sifatlari haqida so`zlash asnosida til va nutq munosabati xususida quyidagi nazariy fikrni bayon qiladi: “Til muncha sharaf bila nutqning olati (quroli) dur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo`lsa, tilning ofatidur”.

Demakki, til nutq uchun qurol, bu quroldan foydalanib, nutq tuziladi. Nopisandlik, e`tiborsizlik qilinsa, nutq maqbul bo`lmaydi va bu tiling ofati bo`ladi. Til va nutqning bir – biri bilan bog`liqligi, biri ikkinchisiga hamisha ta`sir etishini til qonuniyatlarini teran bilgan bobomiz A. Navoiy sezgan. Yevropa tilshunosligida til va nutqni farqlash zaruriyatini asoslash, til va nutq tushunchalarining mohiyatini belgilash, bu ikki hodisaga xos xususiyatlarni ilmiy – nazariy jihatdan tadqiq etish, avvalo, mashhur shvetsar tilshunosi Ferdinand de Sossyur nomi bilan bog`liqdir. Uningcha, “til tushunchasi nutqiy faoliyat tushunchasi bilan teng emas: til – nutqiy faoliyatning muayyan bir, albatta, eng muhim qismi”, til so`zlovchining faoliyati emas, u tayyor mahsulo, ijtimoiy hodisa, nutq esa individual faoliyat, so`zlovchining o`z fikrini ifodalash maqsadida til belgilaridan foydalanilgan holda rejalashtirilgan kombinatsiya mahsulidir. Til shu qadar mutlaqo o`ziga xos narsadirki, so`zlash qobilyatini yo`qotgan odam ham tilni saqlaydi, ya`ni u eshitadigan til belgilarini bemalol tushunaveradi.

Uning ongida til yaxlitligicha turaveradi, shu tilda o`ylayveradi, faqat nutqni reallashtirish uchun nutq organlarining tegishli harakati yo`qolgan bo`ladi, xolos. F.Sossyurning quyidagi fikrlari ham alohida diqqatga sazovor: “ nutqiy faoliyatni o`rganish ikki qismga bo`linadi, ulardan birining, asosiysining o`rganish predmeti tildir, ya`ni mohiyatan ijtimoiy va individga bog`liq bo`lmagan narsadir, bu sof psixik fan, boshqasining, ikkinchi darajalisining o`rganish predmeti nutqiy faoliyatining individual tomonlari, ya`ni nutq (fanatsiya – tovush chiqarish bilan birga); bu fan psixofizikdir.

Shubxasizki … bu ikki predmet (ob`yekt) bir – biri bilan chambarchas bog`liq va biri ikkinchisini taqozo etadi: til nutq tushunarli va shu asosda foydali bo`lishi uchun zarur; nutq o`z navbatida tilning shakllanishi uchun zarur; tarixan nutq fakti hamisha tildan oldindir. Agar tushunchaning so`zli (fonetik) obraz bilan assotsiyasi oldindan nutq fakti voqe bo`lmagan bo`lsa, bunday assotsiya qanday qilib mumkin bo`la oladi? Boshqa tomondan qaraganda, faqat boshalarni eshitib, biz o`z ona tilimizni o`rganamiz; sanoqsiz tajribalar natijasidagina til bizning ongimizda saqlanib qoladi. Nihoyat, tilning taraqqiyoti aynan nutq hodisalari bilan bog`liq; bizning til ko`nukmalarimiz boshqalarni eshitganda olingan taasurptlarga bog`liq holatda o`zgaradi. Shunday qilib, til va nutq o`rtasida bir – biriga bo`g`liqlik o`rtaga chiqadi : til bir paytning o`zida nutqni ham quroli, ham mahsulidir. Ammo bularning barchasi til va nutqning mutlaqo farqli narsalar bo`lishiga moneylik qilmaydi”.

Ko`rinadiki, til tugalmas imkoniyat, nutq esa ana shu imkoniyatning real voqealanishidir. F.de Sossyur til – nutq dixotomiyasini shaxmat o`yini qoidalari misolida tushuntirib berishga harakat qilgan edi. Haqiqatdan ham, shaxmat taxtasidagi 64 ta katak teng holatda ikki xil rangda ikki guruhga 32 tadan ajratilib, qarama – qarshi qo`yiladi, har ikki guruhdagi guruhdagi donalar vazifa va qiymat jihatidan bir – biriga teng, donalarning o`ziga xos joylashish tartibi va yurish qoidalari bir xil. Harakatlari til, shaxmat kombinatsiyasi nutqdir.

Nutqiy muloqotning tarkibiy qismlarini tashqi omil va ichki omillarga ajratish mumkin. Muloqotda har bir belgi (xoh lisoniy bo`lsin, xoh nolisoniy bo`lsin) shakl va mazmunda assimetrik emas, semitrik bog`langan bo`ladi. Bitta shakl aniq holatda bitta mazmunni ifodalaydi va bir mazmun faqat bitta muloqot tizimidagina qo`llanilishi mumkin.Masalan:

Oyposhsha o`ng qo`lini ko`ksiga qo`yib,sal bukilib:

- Assalomu alaykum usta,-dedi

-Valeykum assalom Oyposhshaxon

CHap qo`lidagi cho`pni erga tashlagancha:

-O`g`lim Umarjonni ko`rmadizmi?

Muloqotning lisoniy birliklar: so`z, so`z birikmalari, undov va hokazolar muloqotning ichki omili sifatida lisoniy vositasi sanaladi. Bu vositalar bir necha paradigmalarni o`z ichiga oladi. Masalan:

"Salomlashish" lisoniy vositasi quyidagicha o`z paradigmasiga ega:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu!

Assalomu alaykum!

Assalom!

Salom!


Hello!

Prevet!


Salyut!......

"Salomga javob berish" lisoniy vositalar paradigmasi:

Salom!

Valeykum salom!



Valeykum!

Valekum assalom!

Valeykum assalom va rahmatullohi va barakotuhu

Salyut! ……………………….


Salomlashish jarayonidagi nolisoniy omilning kinetik ko`rinishini bir necha ichki tizimchalargà bo`lish mumkin. CHunonchi, "qo`l holati va harakati" paradigmasi:

O`ng qo`lni ko`ksga qiya qo`yib

Ikki qo`lni ustma-ust ko`ksga qo`yish

Ikki qo`lni qorin ustiga qo`yish

O`ng qo`lining kaftini yoyib baland ko`tarish……….

"Bosh holati va harakati" paradigmasi:

Boshni oldinga, quyiga egilish

Boshni orqaga tashlab iyakni yuqoriga ko`tarish

Boshni irqash

Boshni quyiga tomon so`ng to`la ko`tarib harakatlantirish….........

"qomadning holati va harakati" paradigmasi:

qaddini sal bukish

qaddini g`oz tutish

qaddini batamom egish

Tiz cho`kish

Oyoqa yiqilish

Muloqot jarayonida ichki omillar (lisoniy, kinetik va ularning ichki ko`rinishlari) bir-biri bilan muvofiqlashishi kerak. Masalan: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu" lisoniy vositasi quyidagi kinetik vositalar: ikki qo`lni ko`ksiga qo`yish, boshni quyi solish, qomatni sal egish kabilar bilan birga mumtozona kiyinishi (kavsh, tufli, mahsi, yoki etik kiygan, to`n, chakmon, yaktak yopingan, boshida milliy bosh kiyim yoki salla bo`lishi) va nutq tovushlarini burro talaffuz etilishi bilan hamkorlikda voqelanadi. Bu ichki omillarning muvofiqlashuvidir.

NMning tashqi omil asosida voqelanadigan tarkibiy qismlari ga quyidagilar kiritilishi mumkin: muloqotning maqsadi , nutqiy holat va nutqiy vaziyati, milliy(etnik) -madaniy (etik)lari kabi.

M a q s a d inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran o`ylangan natijasidir. Hodisalar rivojining ob`ektiv qonunlarini va istiqbolini to`g`ri tushunish natijasida aniq maqsad yuzaga keladi. O`z oldiga aniq maqsadni qo`ya bilish esa faqat insonga xos. Muloqot jarayonining samarali bo`lishining birinchi sharti: maqsadni to`g`ri belgilab olishdir. Nuqt aktining ishtirokchilari - so`zlovchi (kommunikator, informant), tinglovchi (adresant) va ishtirokchilar bo`lishi mumkin ekan, ularning ma`lum bir aniq amaliy ahamiyatli umumiy maqsadi bo`ladi. CHunonchi, aloqa o`rnatish, fikr almashinish. Kontakt munosabatni ro`yobga chiqarishda so`zlovchida va tinglovchida aynan bir xil maqsad bo`lishi mumkin emas, ammo ularning maqsadlarida uyg`unlik bo`lishi kerak. Aks holda muloqot samarasiz bo`ladi yoki ta`sirsiz uziladi.

- Aytdim.

- Aytganing yo`q, dedim. Aytganing yo`q.

- Aytdim.

- Aytganing yo`q.

- Aytdim.

- Aytganing yo`?.

- Bor-e. qiz bolasan-da, bo`lmasam...

- Nima qilarding?

- O`zim bilardim.

- Bilmaysan!

- Bilaman!

- Bilmaysan!

- Bilaman.

- Bilmaysan dedim, bilmaysan!

- Bor-e…

Aloqa-aralashuv jarayonidan maqsad - nimadir xususidagi axborotni etkazish va odamlarning ruhiyati, axloqiga ta`sir etish. Masalan, CHunochi, N.D. Artyunova ning fikricha: "har qanday nutqiy hodisa ma`lum bir maqsad asosida namoyon bo`ladi. Odamlar nimadir haqidagi o`z muhokamalarini bayon qilish niyatida maslahat berish, va`da berish yoki taklif etish kabi tinglovchini biror bir narsaga ishontirish maqsadida so`zlaydilar"

Nutqiy muloqotda so`zlovchi va tinglovchining o`rni benihoya katta ekan, har ikkala tomon ham o`z-o`zicha mustaqil maqsadga ega bo`ladi. So`zlovchi har qanday Nutqiy muloqotda nimanidir aytishni maqsad qiladi, bu maqsad tinglovchi tasavvurida nima uchun va nima niyat bilan so`zlanilayotganini his etishdan iboratdir. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirra (so`zlovchi va tinglovchi)ning qanchalik o`zarî mosligi, bir - birini to`ldirishga bog`liq. So`zlovchi ma`lum bir aborotni tinglovchiga quyidagicha etkazishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yishi mumkin:

1. Biror fakt haqida axborot etkazish

2. Tinglovchiga qaratib iltifot (konotiv) ko`rsatish

3. Boshkaruv (regulyativ)

4. Xitob (apelyativ)

5. Ta`sir etish

6. hayajon

7. Maslahat,undash

8. Tabriklash …. va h.

Tinglovchining maqsadi esa tinglashdir. Mashhur amerikalik notiq psixolik Deyl Karnegi "Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir", degan aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo`lishini nazarda tutgan edi.

Tinglash xam kommunikantlar maqsadida uyg`unlik mavjud bo`lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Suhbatdoshlar orasida maksad uyg`unligi bo`lmasa, yo, xalk iborasi bilan aytganda, suhbat kovushmaydi yoki uziladi, ya`ni muloqot jarayoni m aq s a d g a erishmaydi. Prof. S.Mo`minov shu xakda fikr yuritib choyxonada uta ta`sirchanlik va kuchli hissiyot bilan Yusufjon qiziq uchun mutlaqo maqbul bulmagan mavzuda - qudalaridan shikoyat qilib "dardi ni to`kayotgan" kishi suhbatiga chek kuytsh uchun turib itga salom berganligi lavxasin keltirgan .

Kommunikantlar maksadida uygunlik bo`lmasa, - juda kup xollarda adresant maksadini adresat kabul kilmasa - yukorida kurganimizdek, muloqot buziladi, maksadiga erishmaydi da uziladi. Kommunikantlarning madaniy saviyasi, ijtimoiy-ma`naviy dunyosi va yana juda kup omillarni xisobga olgan xolda muloqot turli kurinishlarda uziladi. CHunonchi, S.Mo`minov tasvirlagan xolatda adresat adresant maksadidan tamoman boshka mavzuga yoki faoliyatga utadi ("dard"ini to`kayotgan kishi iztiroblariga mutlaqo befarkligini namoyish kilish uchun tamoman boshka ishga - suhbatdoshini kuyib, urnidan turib itga salom beradi).

SHuni alohida aytish mumkinki, NM tushunchasi mohiyatan so`zlovchining maqsadi bilan bog`liq ekan, so`zlovchi o`z faoliyatini tinglovchiga moslashtira bilishi, tinglovchi esa so`zlovchi saviyasini bilishi, tinglashga tayyor bo`lishi kerak. SHundagina muloqot maqsadli va uzluksiz bo`ladi.

Nutqiy vaziyat ko`chada, telefonda, uyda, avtobus (mashinada) va yozma nutqda (xat) kabi ko`rinishlarga ajratiladi.

Muloqoti o`ziga xos qonun-qoidalarga - me`yorlarga ega va biz bir holatdan ikkinchi holatga o`tar ekanmiz, onglimi-ongsizmi shu holat uchun me`yor bo`lgan muloqot normalariga bo`ysunamiz, o`zimizni har daf`a yangi bo`lgan holatimizga moslashtiramiz, o`zgarib turamiz. Nutqiy vaziyatga moslashamiz.

Nutqning xarakteri so`zlovchi va tinglovchining madaniy saviyasi bilan ham uzviy bog`liq. SHuning uchun muloqot shakl va tarzini belgilashda, tasnif etishda kommunikantlar saviyasi muhim asoslardan bo`lib xizmat qila oladi.

Bu muloqot shakli, mazmuni va vositalarini tanlashda (resp. muloqotni tasniflashda) nafaqat kommunikantlarning saviyasi, balki ularning jnnsi - ayol yoki erkak jinsiga mansubligi ham ahamiyatlidir.

NMning tashqi tarkibiy qismlariga milliy (etnik) va madaniy (etik)lar o`z ta`sirini ko`rsatmay qo`ymaydi. CHunki, kishi muloqot jarayonida bevosita o`zi foydalanayotgan til qoidalariga, nutqning aniqligi, sofligi, mantiqiyligi, ifodaliligi, ta`sirchanligiga e`tiborni qaratadi. Bu uning yuqori madaniy saviyadagi kishi ekanligini namoyon etsa, o`zi yashab turgan jamiyat va atrof-muhit, sharoit, urf-odat ta`sirida shakllangan va qabul qilingan nutqga, kiyinishga rioya qilsa uning milliyligi ko`zga tashlanadi.

NMning qanaqaligida kommunikantning barcha xususiyatlari, ko`rib o`tganimizdek, relevantdir va NM u yoki bu xususiyatini belgilovchi omildir. SHuning uchun har bir badiiy asar muallifining oldida personajni NMga kiritishdan oldin uning NM uchun ahamiyat kashf etadigan tomonlarini ochib berish, ular bilan kitobxonni tanishtirish masalasi turadi. SHunda adib imkoniyat, zarurat va badiiy maqsadlarda, asosan, ikki usuldan birini tanlaydi:

1) uzilmagan, yaxlit tavsif usulida - personaj, uning tabiatining NM uchun relevant qirralarini yaxlitlikda (bir-biridan uzilmagan holda) badiiy qahramonni kitobxon bilan tanishtirish bosqichida ocha berish;

2) uzilgan, qism-qism tavsif usulida - personaj, uning tabiatining NM uchun relevant qirralarini bosqichma-bosqich - muayyan NM uchun zarur va ahamiyatli bo`lgan tomonlarini ochib berish.

SHubhasizki, har ikkala usulning o`ziga xos qulaylik va noqulayliklari, samarali (resp. ta`sirchan) qo`llanilish o`rinlari bor. Real borliqda muloqotning

a) to`liq-simmetrik;

b) to`liq- asimmetrik;

v) noto`liq- simmetrik;

g) noto`liq- asimmetrik

kabi ko`rinishlari badiiy tasvirda ikki usulda berilish mumkinligini nazarda tutsak, badiiy tasvirda NMning quyidagicha tasvir usullarini ajratish mumkin:

1) to`liq-simmetrik-uzilmagan;

2) to`liq-simmetrik-uzilgan;

3) to`liq-asimmetrik-uzilgan;

4) to`liq-asimmetrik-uzilmagan;

5) noto`liq-simmetrik-uzilmagan;

6) noto`liq-simmetrik-uzilgan;

7) noto`liq-asimmetrik-uzilgan;

8) noto`liq-asimmetrik-uzilmagan

Ammo badiiy kinofil'da NMning quyidagicha tasvir usullari simmetrik va asimmetrik ko`rinishlardà bo`ladi, xolos. Masalan, "Abdullujon" kinofil'midagi quyidagi parchaga e`tiborni qarataylik:

-hi,hi,hi.Zdraste,-boshini old tomonga sal qimirlatib, o`ng qo`lini ko`ksiga qo`yguncha Bozorboy ikki bukilib:-Assalomu aleykum... aziz... meh-mon... bizni qishlog`imizga xush kepsiz!.- dedi Bozorboy, boshi kal, ko`zi, yuzi qizargan kishiga qarab so`zini davom etdi: - haligi...-dedi Bozorboy mamnunlik bilan - Kalxozdayam, idoradayam sizni kutishyapti. Mehmon... kamtarlik bilan- Bizni uyimizga ham mehmon bo`lasiz-a?

-Yarim soatdan buyon ochiq havoda dam olishga qo`yishmaydi, nastraenamni buzdilaring.Nima balo tanimadingmi? Yo`ldoshman-u-dedi haligi boshi kal, ko`zi, yuzi qizargan qishloqdoshi.

Yuqoridagi parchadan ko`rinib turibdiki, Bozorboy qishloqning sodda, ishonuvchan odamlaridan. U o`zga sayyoralik qishlog`imizga kelibdi degan xayol bilan unga o`zbekona ikki bukilib salom beradi. Bu muloqotning simmetrik ko`rinishiga misol bo`la oladi.

-Tak,kak eto skazat'....,- dedi Sardor boshini ?ashib

- O`zbekcha gapiravo`ring,man o`zbekcha bilaman,-dedi Diana jilmayib

- Rostanmi?! - bir tomonda hayron qolgan Sardor, ich-ichidan suyinib ketdi.CHunki u Dianani qiyla bilan (garov o`ynagan) o`ziga xotin qilish rejasida edi.

Bu muloqotdan ko`rinib turibdiki, nasl -nasabi rus bo`lgan Diana o`zbek tilida qiynalmay gapira olyapti. Bu esa muloqotning assimetrik ko`rinishiga misol bo`la oladi.

Yoki:

To`y kunidan keyingi kun "Kelin salom" marosimi o`tkaziladi. Bu urf fa?at o`zbek millatiga xos. "Super kelincha" kinofil'mida rus millatiga mansub, umuman o`zbeklarning urf-odatidan bexabar Diana shunday chiroyli, iboli "kelin salom " qiladiki, hatto labini burib: "Ýgilib salom bera olarmikan?!" deb turgan qo`shnilar labini tishlab qoladi.qaynonasi bu ta`zimni ko`rib hayron qolib istar-istamas iste`zoli ohangda kelinchakka yaqin kelib uzun tirnoqlarini ko`rib shunday deydi:



- Tirnoqlaringni yashir,ilon! qaerdan o`rgangansan?

Diana beg`araz va quvnoq ohangda dedi: -Internet-d-a-an.

Yoki:

- Devushka otkogo pryachemsya?- dedi savdo ?ilib turgan kartoshka sotuvchè



- Svyakrov'!

Sotuvchi boshini ko`tarib Diana qaragan tomonga qaradi va unga qayta hayrat bilan ko`zchni katta-katta qilib: -Kto-kto?

- Svyakrov'! qanana-a-a!-dedi

Sotuvchining bunday holatga tushishiga sabab Diana o`ta zamonaviy kiyingan, tironoqlari uzun qilib o`stirilgan rus millatiga mansub.qaynonasi esa o`zbekona milliy kiyingan, o`ta jahldor hammani pisand qilmaydigan o`zbek ayollaridan edi.

Yuqorida berilgan bayondan ko`rinib turibdiki, nutqiy muloqotninng qanday kechishi, unda lisoniy vositalarning qay birinining qo`llanilishi, bu vositalar muloqot ishtirokchilariga handak ta`sir etishi muloqotning tarkibiy qismlari bo`lmish - ichki va tashqi omillarining o`zaro hamkorligi Bilan belgilanadi. Bunda eng kichik bir xususiyat ham (chunonchi, ko`rinishi boshqa millat vakili bo`lgan holda boshqa millat tilida so`zlashishi, yoki bir xil kiyinishda bo`lib, boshqa ijtimoiy tabaqa vakili nutqiy birliklarini qo`llashi v.h.) juda kuchli - ba`zan qao qiluvchi ta`sir kuchiga ega. SHuning uchun nutqiy muloqot ta`sirchanligi ta`minlash uchun "ikkinchi darajali" narsa bo`lishi mumkin emas - muloqot tarkibiy qismlarnining garmoniyasi, simmetriyasigina uning ta`sirchanligi va mulammalligini ta`minlaydi.
Nutqiy muloqotning yozma badiiy va badiiy audiovideo tasviri qiyosi asosida shuni ayta olamizki , badiiy audiovideo tasviri hamisha yozma badiiy tasvirdan ko`ra boyroq va unda asosasn muloqot tarkibiy qismlari simmetriya voqelanadi. Asimmetril holatlar ham maxsus vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.. Bu erda shuni afsus Bilan ta`kidlash lozimki, nutqiy muloqotni yaxlit tizim sifatida tasvirlovchi badiiy audiovideo tasvirlar tilshunoslik fanida tadqiq manbai deyarli bo`lmagan. SHubhasizki, bu o`tgan davr tilshunosliginining tilnining voqelanishini faoliyat omilidan ajratib tavsiflash an`yoanai bilan uzviy bog`liqdir. Umid qilish mumkinki, pragmatik tilshunoslikning - tilning voqelanishinini jarayon, faoliyat sifatida o`rganauvchi fanning - tez rivojlaniishi Bilan bolk ravishda mloqotning badiiy audiovideo tasviriga murojaat ham oshib boradi.


Yüklə 294,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə