Magniy
odam va hayvonlar organizmining ajralmas qismidir. Barcha tirik organizmlarning
ribosomalarida magniy borligi aniqlangan. Magniy fosfat kislota tuzlari shaklida fitin tarkibida
bо‘ladi. Odam va hayvonlar organizmi magniyni ovqatdan oladi [23].
Tirik organizmlarda
magniy qatnashmaydigan hayotiy jarayonlar bо‘lmaydi. Ma’lumki
tanadagi har bir a’zo tegishli hujayralar yig‘indisidan iborat, ana shu hujayralarning har bir
faoliyatida ham bu biogenelement faol qatnashadi. Shuning uchun ham magniy yetishmasa,
odamda turli-tuman xastaliklar yuzaga keladi, masalan, asabiylashish, uyquning buzilishi, tez
charchash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ob-havo о‘zgarishiga sezgirlik, parishonxotirlik,
yurakning tez urishi, yurak ishlash ritmining buzilishi (aritmiya), oshqozon ichak tizimida og‘riq,
ich ketish va boshqalar [2; 23; 51].
Bu element organizmdagi axborotlar jarayonini ham boshqarib boradi. Masalan, nerv tolasi
bо‘ylab impulslarning о‘tishi asosan, kalsiy va magniy ionlarining harakatlanishidir. Shu boisdan
magniyning kamayishi axborotlarning tana bо‘ylab tarqalishiga salbiy ta’sir qiladi, natijada
hayotiy jarayonlarning boshqarilishi buziladi. Masalan, qoramollar yemida magniy
yetishmaganda muskullar tortishib, oyoqlari rivojlanmay qoladi. Yana bunday holatda immun
tizim ham izdan chiqadi.
Yurak-qon tomirlari kasalliklari qonda xolesterin moddasining kо‘payishi bilan xuruj
qiladi. Xolesterin miqdori aminokislota letsitin bilan boshqarib boriladi. Bu aminokislotalarning
о‘simlik mahsulotlaridan sintezlanishi uchun V
6
vitamini (piridoksin) mavjud maxsus ferment
kerak. Piridoksin esa magniysiz ishlay olmaydi. Shu bois tanada xolesterin miqdorining
meyoridan oshib ketmasligi uchun iste’mol taomlarida magniy miqdori yetarli bо‘lishi kerak.
Magniyga boy mahsulotlarga maysa holigacha о‘stirilgan bug‘doy doni, loviya, nо‘xat,
soya, mosh, tuxum sarig‘i, pishloq, qatiq, qaymoq, baliq, karam, lavlagi, kartoshka kabi о‘simlik
hamda hayvon mahsulotlari kiradi. Tanada magniy yetishmasligi dastlab har xil kasalliklarga,
bunday taqchillik chuqurlashgan sari miokard infarktiga olib kelar ekan.
Yuqorida «qattiq» suvning xosiyati haqida gapirgan edik. Mana shu quduq va buloq
suvlarida kalsiy bilan bir qatorda magniy ham «yumshoq» suvdagiga qaraganda mо‘l bо‘ladi.
Bunday suvda ovqat tayyorlashda va ichimlik suvi sifatida foydalanadigan aholi orasida yurak
24
kasalliklari, jumladan gipertoniya, miokard infraktining kam bо‘lishi statistik ma’lumotlarda
aniq qilib qayd qilingan.
Ma’lumki, hozirgi zamon kishisi turli xil stress omillar (kuchli his-hayajon, yuqori harorat,
kamharakatlilik yoki gipodinamiya, sertashvishlilik, rejalashtirilgan ishlarni ulgurmaslik va
boshqalar) ta’sirida yashaydi. Bunday holatda kishining magniyga bо‘lgan ehtiyoji odatdagiga
qaraganda biroz baland bо‘ladi. Agar iste’mol qilinadigan ovqatlarda magniy yetishmasa, buning
ustiga kishiga yana kuchli stress omil ta’sir qilib tursa, yurak-qon tomirlari xastaliklarining kelib
chiqishi uchun keng yо‘l ochiladi. Magniyning odam tanasiga juda serqirra ta’siri shu bilan
tushuntiriladiki, u kо‘p fermentlarning bevosita tarkibiga kiradi, fermentlarsiz esa tirik
organizmda moddalar va energiya almashinuvi qariyb sodir bо‘lmaydi.
Magniyning kam iste’mol qilinishi uning organizmda kamayib ketishiga olib keladi va
natijada organizmning tez charchab, oyoqlarning tez-tez uvishib qolishiga, najas chiqarishda
og‘riq paydo bо‘lishiga tanadan yoqimsiz hid tarqalishiga olib keladi [23].
Odam bu elementdan sutkasiga 300-600 mg qabul qilib turishi kerak, shunda uning sog‘ligi
ancha yaxshi bо‘ladi. Bunday miqdordagi magniyni biz kakao, loviya, nо‘xat, yong‘oq, soya va
boshqa bu elementi kо‘p mahsulotlardan olamiz. Yarim stakan loviyada 151 mg, shuncha
miqdordagi soyada esa 200 mg magniy bо‘ladi [43].
Shu narsani e’tiborga olish kerakki, donlarni pо‘stini olish, ayniqsa, ulardan tegirmonlarda
un tayyorlash sababli tarkibdagi magniy ancha kamayib ketadi, masalan bunday qayta ishlash
tufayli bug‘doy unida uning 75 %, arpa unida 70 % yо‘qoladi. Kо‘k nо‘xatni konservalash
undagi magniyni 43 %, makkajо‘xori donida esa 60 % ga kamaytirib yuboradi. Kartoshkaning
pо‘stini olish bilan undagi magniy 35 % kamayib ketadi. Har xil meva-chevalar va
sabzavotlardan konservalar tayyorlanayotganida, ulardagi magniy, qator ma’danli moddalar va
vitaminlar asosiy qism qoldirilib tо‘kib tashlanadigan suvda о‘tadi.
Mahsulotlarni aytilgan yо‘llar bilan qayta ishlash, ayniqsa sanoat texnologiyasi usullaridan
foydalanish nafaqat ular tarkibidagi magniyni balki boshqa kо‘p foydali ovqat
komponentlarining kamayib (oziq tolalari, vitaminlar, ma’danli moddalar, biostimulyator va
hokazo) ketishiga sabab bо‘ladi. Shuning uchun ham bug‘doy, arpa, grechka va boshqa
donlardan tayyorlangan yormalar juda foydali.
25
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |