Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

makronutrientlar

 deb ataladigan bо‘ldi. 

Iste’mol  taomlari  tarkibidagi  ikkinchi  guruh  oziq  moddalariga  vitaminlar  va  ma’danli 

moddalar kiradi. Ularni umumiy nom bilan 



mikronutrientlar

 deb ataladi. 



Mavzuning  dolzarbligi.     

Odam  tanasidagi  barcha  fiziologik-biokimyoviy  jarayonlarning 

meyorida borishi uchun iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida makronutrientlar 

(oqsillar,  yog‘lar  va  uglevodlar)  bilan  bir  qatorda  mikronutrientlar  (vitaminlar  va  ma’danli 

moddalar)  ning  bо‘lishi  nihoyatda  zarurdir.  Mikronutrientlar  organizm  uchun  nihoyatda  kam 

miqdorda,  ya’ni  gramm,  milligramm  va  mikrogrammlarda  talab  qilinadi.  Shunday  bо‘lsa-da, 

ularning  yetishmasligi  yoki  nihoyatda  oz  miqdorda ehtiyojdan  ortiq  qabul  qilinishi  organizmda 

kechadigan juda kо‘p hayotiy jarayonlarning izdan chiqishiga sabab bо‘ladi. 

Mikronutrientlarga  bо‘lgan  taqchillik,  birinchidan  makronutrientlardagidek  sezilarli 

bо‘lmaydi. Ikkinchidan, organizm funksionallashuvida darhol о‘z aksini kо‘rsatmaydi. Shuning 

uchun  ham  u  yoki  bu  vitaminga,  makro  va  mikroelementga  nisbatan  talabning  qondirilmasligi 

haftalab,  oylab  va  ba’zan  yillab  vaqt  о‘tishi  bilan  yuzaga  keladi.  Ushbu  holatlar  har  doim  ham 

kishilar  tomonidan  tegishli  darajada  baholanmaydi.Natijada  turli-tuman  xastaliklarning  kelib 

chiqishi,  ba’zan  yuzaga  keladigan  bu  о‘zgarishlarning  qaytarilmas  holatga  о‘tib  ketishi  kabi 

nohush vaziyatlarga olib keladi. 

Yuqoridagi  muammolarni  amalda  hal  qilish  uchun  aholi  orasida  mikronutriyentlarga 

bо‘lgan  talab,  uning  manbaalari,  о‘zlashtirish  mexanizmlari,  organizmda  ularga  nisbatan 

taqchillik  yuzaga  kelganda  sodir  bо‘lishi  mumkin  bо‘lgan  ayanchli  holatlar  va  ularning  oldini 

olish  chora  tadbirlari  tо‘g‘risida  tushuntirish  ishlarini  olib  borish  bugungi  kunning  dolzarb 

masalalaridan biridir. 




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə