Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

vitamin  B

1

  bо‘lmasa,  odamlarda  beri-beri  yoki  polinevrit  deb  yuritiladigan 

avitaminoz paydo bо‘ladi. Bu avitaminozning xarakterli belgisi shuki, nerv sistemasi zararlanadi, 

harakatlar, jumladan, yurish buziladi va falajlar vujudga keladi. 

Beri-beri  kasalligi  bilan  og‘rigan  odam  oyog‘ini  sudrab  bosadi,  oyog‘iga  kishan  solingan 

odamga о‘xshab yuradi. Kasallikning boshlarida yengil charchash, ishtahaning yо‘qolishi, yurak 

urishi,  oyoq  og‘rig‘i  kabi  simptomlar  paydo  bо‘ladi.  Sekin-asta,  ba’zan  esa  tezda  sezuvchanlik 

va yurish qattiq buziladi yoki qо‘l-oyog‘i falaj bо‘ladi, chо‘pday ozib ketadi va nafas muskullari 

falajlanib,  bemor  о‘lib  qoladi.  Boshqa  kishilar  kasallanganda  qon  aylanishi  buziladi,  badanga 

shish keladi, muskullar atrofiyalanadi. Odam vitamin B

1

 bо‘lmagan ovqatni 30-90 kun iste’mol 



qilgandan keyin kasallanishi kuzatishlardan ma’lum [23]. 

Qushlar,  oq  kalamushlar,  itlarni  tozalangan  guruch  bilan  boqib,  yoki  tozalanmagan 

guruchni avtoklavda 120 

0

S da 2-3 soat saqlangandan keyin berib, bu hayvonlarda avitaminoz B



1

 

ni  vujudga  keltirish  mumkin.  Avitaminoz  B



1

  hayvonlarda  odamlardagi  kabi  talvasa  tutishi, 

harakatlar  buzilishi  va  falajlar  paydo  bо‘lishi  bilan  davom  etadi  [37].  B

1

  avitaminozida  modda 



almashinuvining  buzilish  sababi  shuki,  organizmda  karboksilaza  va  degidrogenaza 

fermentlarining  faol  guruhi  vitamin  B

1

  dan  hosil  bо‘ladi.  Karboksilaza  pirouzum  kislotaning 



sirka  aldegid  hosil  qilib  parchalanishini  katalizlaydi,  degidrogenaza  pirouzum  kislotaning  sirka 

kislotasigacha  parchalanishida  ishtirok  etadi.  Tiaminning  yetishmasligi  yoki  yо‘qligi  shu 

fermentlarning  hosl  bо‘lishiga  tо‘sqinlik  qiladi.  Natijada  hamma  organlarda,  jumladan,  nerv 

sistemasida  modda  almashinuv  jarayonlari  buziladi.  B

1

  avitaminozida  aminokislotalar 



almashnuvi, uglevodlar resintezi, nerv sistemasida atsetilxolin hosil bо‘lishi buziladi [11;37]. 

Pivo  achitqisi,  guruch  kepagi,  bug‘doyning  ungani,  suli  uni,  yong‘oq,  mol  jigari,  tuxum 

sarig‘i, loviyada vitamin B

1

 kо‘p [51]. 




 

15 


Katta  yoshli  odamning  B

1

  vitaminga  bо‘lgan  sutkalik  talabi  2-3  mg  ni  tashkil  etadi.  Bu 



kо‘rsatkich  homilador  va  emizakli  ayollarda  3-3,5  mg  ni  tashkil  etsa,  7  yoshgacha  va  undan 

oshgan bolalarda bu miqdor tegishli ravishda 1 mg va 1,5-2 mg ga teng bо‘ladi [32; 43; 49]. 

Ovqatda 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə