Qarori zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Yüklə 73,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü73,27 Kb.
#141703
  1   2   3   4
PQ-5116-сон 19.05.2021. Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
ZO‘RLIK ISHLATISHDAN JABR KO‘RGAN XOTIN-QIZLARNI REABILITATSIYA QILISHGA OID
QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi 
hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy
strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga
ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya
qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi Vasiylik
kengashining:
Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z
joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazini tugatish;
Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z
joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi negizida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi (keyingi
o‘rinlarda — Respublika markazi) va uning hududiy bo‘limlarini tashkil etish;
Mavjud 197 ta Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish
hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlarini optimallashtirish hisobiga 29 ta Ayollarni
reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali
markazlar (keyingi o‘rinlarda — markazlar), shu jumladan, 1 ta Respublika markazi, 14 ta hududiy
markazlar va 14 ta namunali tumanlararo markazlarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik
berilsin.
2. Markazlar boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 63 nafar, shu jumladan markaziy
apparatda 7 nafar etib belgilansin.
Belgilansinki, yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan
razryadlariga ko‘ra markazlar xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir
yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi.
Markazlar faoliyatiga, zarur hollarda, yuristlar, psixologlar va ijtimoiy xodimlar jamoatchilik
asosida jalb qilinishi mumkin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Respublika markazi va hududiy markazlar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs
hisoblanadi, o‘z mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna va bank hisobvaraqlariga hamda O‘zbekiston
Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhriga ega bo‘ladi;
markazlar o‘z faoliyatini anonimlik, axborotning maxfiyligi, kasbiy mahorat va xavfsizlik
tamoyillari asosida amalga oshiradi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z faoliyatini markazlar bilan ularning faoliyatiga
aralashmagan holda yaqin hamkorlikda olib boradi;
markazlar o‘z faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qonunchilik hujjatlariga muvofiq
volontyorlarni (ko‘ngillilarni) jalb etishi mumkin.
4. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga
moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik,
huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish;
og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik
ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini ta’minlashga ko‘maklashish;


davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining xotin-qizlarning o‘z joniga qasd va
suiqasd qilish holatlarini o‘rganish, bunday holatlarning oldini olish, shuningdek, o‘z joniga suiqasd
qilgan xotin-qizlarni normal hayotga qaytarish bo‘yicha faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan psixologik va huquqiy maslahatga muhtoj xotin-qizlarni (tazyiq va
zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar) har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash va ularni “Ayollar daftari”dan chiqarish choralarini ko‘rish;
nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-
atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish,
umumlashtirish va ularga barham berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil
bo‘lgan xotin-qizlar bilan profilaktik tadbirlarni o‘tkazish;
og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik
ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga ko‘maklashish;
dolzarb ijtimoiy muammolarni aniqlash maqsadida jamoatchilik fikrini o‘rganish va ijtimoiy
tadqiqotlarni tashkil etish;
zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini ta’minlash, ularning
huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, ushbu
maqsadlarda ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridan keng foydalanish.
5. Belgilansinki, markazlarga quyidagilar joylashtiriladi:
zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari;
o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar.
6. Markazlar:
hududiy ichki ishlar hamda tibbiyot bo‘linmalariga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan,
shuningdek, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar haqida
zudlik bilan xabar beradi;
ichki ishlar organlariga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan
yoxud o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar hamda ularning farzandlari markazlarga
kelib tushish sabablari, shuningdek, ularga ko‘rsatilgan yordamlar to‘g‘risidagi statistik-tahliliy
ma’lumotlarni har oyning yakuni bilan kiritib boradi.
7. Respublika markaziga mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri tavsiyasiga binoan Vazirlar
Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor
rahbarlik qiladi.
8. Quyidagilar markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. 2021-yil 1-iyundan e’tiboran shunday tartib o‘rnatilsinki, unga binoan:
a) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi:
markazlarga metodik yordam ko‘rsatadi va faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
zo‘ravonlikning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan
yoki qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro va xorijiy
tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi hamda ushbu
yo‘nalishda ilg‘or xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalarini joriy etish choralarini ko‘radi;
b) Ichki ishlar vazirligi:
himoya orderi nusxasini olgan, ya’ni tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud
ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni profilaktik hisobga olishni amalga oshiradi;


markazlarga murojaat qilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining
yo‘qotilgan biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarini) tiklab berish choralarini ko‘radi;
v) Xalq ta’limi vazirligi:
o‘z joniga qasd qilishga moyil qizlar, shuningdek, ruhiyatida o‘zgarish kuzatilgan o‘quvchi
qizlar ro‘yxatini shakllantirish, ularga tibbiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha manzilli ishlarni
tashkil etadi;
markazlarga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini eng yaqin hududdagi
umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga vaqtincha joylashtirish choralarini ko‘radi;
g) Sog‘liqni saqlash vazirligi markazlarga keltirilgan xotin-qizlar va ularning farzandlariga
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni ko‘rikdan o‘tkazish hamda jabrlanganlarni o‘zining
tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida bepul davolash choralarini ko‘radi;
d) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik
ishlatilishiga duch kelgan ish qidirayotgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka
jalb qilish, kasbga yo‘naltirish choralarini ko‘radi.
xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasbga yo‘naltirish bilan
bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Davlat budjetidan ajratilgan
mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
e) “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti zo‘ravonlikning kelib chiqish omillari va sabablarini
chuqur o‘rganadi, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning muammolarini o‘z
vaqtida aniqlash, zo‘ravonlikka uchragan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoxud o‘z joniga qasd
qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish
tizimini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqadi;
j) “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi nizoli vaziyatlarni, oilaviy-
maishiy zo‘rlik ishlatishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga
olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazadi, tahlil qiladi,
umumlashtiradi va ularga barham berish bo‘yicha takliflar kiritadi;
z) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan hamda fuqarolar yig‘inlariga murojaat qilgan xotin-qizlarni
himoya qilishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi hamda markazlar va ichki ishlar organlariga zudlik
bilan xabar beradi;
mahalla hududida tazyiq va zo‘ravonlik qilgan yoki qilishga moyilligi bo‘lgan shaxslarni
aniqlash va ular bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida faol ishtirok etadi.
10. Bosh prokuratura, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Mahalla
va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan xotin-qizlarni turmushga tayyorlash, ularda farzand
tarbiyasiga oid ko‘nikmalarni mukammal shakllantirish, ularni turli tazyiq, zo‘ravonlikdan himoya
qilish, oilalarda suitsid va ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirish,
bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish maqsadida “AZIZ-
AYOL.UZ” yagona interaktiv milliy platformasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga mazkur platformaning uzluksiz ishlashini
ta’minlash va uni takomillashtirish maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilib borish
vazifasi yuklatilsin.
11. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi:
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda manfaatdor
idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga
moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy,
psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun
mo‘ljallangan, 24 soat uzluksiz ishlaydigan “ishonch telefoni”ni (respublika doirasida yagona qisqa
raqam) o‘rnatilgan tartibda yo‘lga qo‘ysin va uning faoliyatidan aholini ommaviy axborot vositalari
orqali xabardor qilib borsin;


“AZIZ-AYOL.UZ” yagona interaktiv milliy platformasiga “ishonch telefoni” raqamining
kiritilishini va uning 24 soat uzluksiz ishlashini ta’minlasin;
b) Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga
markazlar xodimlari hamda jabrlanganlarning xavfsizligini ta’minlash, markazlar binolarini
qo‘riqlash choralarini ko‘rish to‘g‘risida asoslangan takliflar kiritsin.
12. Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, ushbu harakatlardan
jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin.
13. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bir oy muddatda Ayollarni reabilitatsiya qilish
va moslashtirish respublika markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
14. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va amaliy
ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev hamda mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vaziri R.T. Mamatov belgilansin.
17. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini
muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga
yuklansin.

Yüklə 73,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə