Qadriyatlar falsafasi Reja



Yüklə 41,49 Kb.
tarix22.11.2017
ölçüsü41,49 Kb.
#11629

Aim.uz

Qadriyatlar falsafasi
Reja:

1. Qadriyat kategoriyasi, uning asosiy shakllari.

2. Qadriyatlar mavzusining tarixiy ildizlari.

3. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat.

4. Qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati.
Darsning maqsadi talabalarni tarixiy ildizlar, ijtimoiy taraqqiyot, qadriyatlarga munosabat, qadriyat, qadriyat kategoriyasining asosiy shakllari, inson hayotidagi ahamiyati, qadrlash tamoyillarini to’g’ri tarbiyalash vazifalarini tushuntirish orqali ularning bilim va malakalarini oshirish.

Qadriyatlarni qaysi fan o’rganadi?

Qadriyatlar tug’risidagi fan — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos fan, ta`limot ma`nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o’rganadigan va u bilan shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida bu tug’rida nihoyatda kam ma`lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar tug’risidagi qarashlarimiz shitob bilan o’zgardi. Sobiq Ittifoqning ilgari ulug’langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o’tgan o’n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O’zbekistonda qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutahassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning ko’pdan-ko’p mavzulari mutahassislarimizning ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda.

«Moziyga qaytib ish qo’rmoq hayrlidir», deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «O’tgan kunlar» romanida. Huddi shunday, «Qadriyat o’zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo’lsa-da, o’rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo’lmaydi.

Qadriyatlar mavzusining tarixi, ildizlari va insoniyatga hos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o’tmishga ega. G’arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g’oyalariga tayanadilar, ko’plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan falsafiy soha — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos — ta`limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo’ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Arastu va Hegellar katta e`tibor bergan bu mavzuning G’arb falsafasida o’z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz.

Ammo ushbu mavzu ko’hna va navqiron Sharq, hususan O’zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G’arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan holi bo’lmasa kerak. Nomlari civilizaciyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buhoriy, at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtai nazaridan holisona talqin qilishdadir.

Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya`ni halq og’zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi tug’risidagi asarlarda, Alpomish, To’maris va Shiroq tug’risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, halq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko’plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma`naviy merosimizning yorqin namunasi – «Avesto» zardo’shtiylikning muqaddas kitobi bo’lganligidan, unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, o’sha davrdagi milliy G’oyalar yorqin ifodalangan.

Qadrlash tug’risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E`tirof etish kerakki, Qur`on va Hadislarda ta`riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari halqimiz tarixi va madaniyatiga ta`sir ko’rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko’pgina milliy qadriyatlarimizning yo’qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu tug’rida Beruniy «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan.

Sivilizaciyamiz qadriyatlari va halqimizga hos qadrlash me`yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining rivojiga ham nihoyatda katta aks ta`sir ko’rsatgan. Tarihda nomlari saqlangan allomalarimiz o’z navbatida butun jahon, Sharq madaniyatiga G’oyat katta hissa qo’shganlar. Bunday fikrni Abu Hanifa, al-Buhoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari tug’risida ham aytish joiz. Ularning har biri o’z zamonasida islomni civilizaciyamizning yuksak madaniyati nuqtai nazaridan tarQib va tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko’tardilar, mazkur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo’lishida muhim faoliyat ko’rsatdilar. Bu esa ushbu zotlarning nomlarini islom dini jahon sahnida qancha tursa, shunga qadar boqiy ayladi. ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni zamona zayllari orasidan o’tishi jarayoniga ko’rsatgan nihoyatda katta ta`siri tug’risida mahsus tadqiqotlar olib borish mumkin. Afsuski, manbalar etarli bo’lishiga qaramasdan, yurtimiz civilizaciyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlarining madaniyati taraqqiyotiga aks ta`siri tug’risida yozilgan asarlar haligacha kam, bu tug’rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish zaruriyati allaqachon etilgan.

Masalaning muhimligi atoqli enciklopedik olimlar — Horazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn-Sino, al-FarQoniy kabi civilizaciyamizning zabardast namoyandalari ijodi va merosi ko’zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon civilizaciyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo’shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta`sirini butun olamga yoyilishida hizmat qilganlar.

Shu bilan birga, umuminsoniy madaniyatning bebaho durdonalarini yaratgan UluQbek, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi zotlarning jahon civilizaciyasiga qo’shgan hizmatlarini tilga olmay bo’ladimi?

Afsuski, civilizaciyamizga hos eng yuksak qadrlash mezonlarini yaratgan o’rta asrlardagi ko’tarilish davri temuriylar saltanatidan so’ng asta-sekin tanazzulga yuz tutdi, markazlashgan davlat parchalanib ketdi. Avval Hiva honligi va Buhoro amirligi, so’ngra Qo’qon honligi vujudga keldi. Uch yuz yildan ortiqroq davrni o’z ichiga olgan bu jarayon honlik, amirlik, turli sulolalar, uruQlar o’rtasidagi urushlar, tinimsiz ziddiyatlar orqali kechdi, yahlit civilizaciyamizning hamjihatligini ta`minlaydigan umumiy qadriyatlar tizimi darz ketdi, qadrlash mezonlari ham bir qadar o’zgara boshladi.

XIX asrning o’rtalariga kelib, amirlik va honliklarga bo’linganligiga qaramasdan, mustaqil yashagan Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi, yurtimiz imperiyaning mustamlakasi bo’lib qoldi. Mustamlakachilarning qadriyatlari va qadrlash mezonlari halqimiz orasiga zo’rlik bilan singdirila boshlandi. XIX asrning ohirlari va XX asr boshlarida yurtimizda «jadidlar» oqimi vujudga keldi. M. Behbudiy, So’fizoda, Avloniy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa jadidlar merosiga diqqat qilinsa, o’sha davrda yurtimizda ma`naviy tushunchalarning ko’lami qanchalik keng bo’lganligini, falsafiy tilning naqadar boyligini, uning adabiyot bilan qanchaliy uyQunligini yaqqol ko’rish mumkin. Ularning asarlarida gohida biz allaqachon esimizdan, tilimizdan va balki dilimizdan ham chiqarib yuborgan qadriyatlar, tushunchalarga duch kelamiz. Jadidlarning merosi halqimiz madaniyatiga yanada kattaroq ta`sir ko’rsatishi mumkin edi. Afsuski, bolsheviklar boshlagan siyosiy jarayonlar bu avlodning boy merosini o’z domiga tortdi, uning taqdiri ayanchli kechdi, ta`qiqlab qo’yildi. O’tmish avlodlar ardoqlagan va buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan sharqona qadrlash mezonlarini yuz o’ttiz yil sarobga aylantirish uchun qilingan urinishlarning oqibatlari haligacha sezilib turadi. Faqat mustaqillik yillariga kelibgina ushbu sohada ham ijobiy siljishlar boshlandi.

Sobiq Ittifoqda qadriyatlarga munosabat qanday edi?

Dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan mamlakatda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtai nazaridan tadqiqotlar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba`zi mutahassislar tomonidan tahlil qilina boshlagan bo’lsa-da, 90-yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o’z o’rniga ega bo’lmadi. Hukmron mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan mahsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya nomi bilan sobiq Ittifoqda birorta ham darslik yoki o’quv qo’llanmasi chop etilmagan, hatto universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos, tarihchi va boshqa ijtimoiy mutahassislar tayyorlaydigan gumanitar bo’limlarida ham bu sohaga oid mahsus bilimlar berilmas edi.

Qadriyatlar tug’risidagi Qarbda keng tarqalgan aksiologiya fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq-huquqlariga doir ko’pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo’lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi.

Mustaqillik va qadriyatlar mavzusi. Istiqlol yillarida O’zbekistonda bu mavzuga umuminsoniy tamoyillar asosida yondashish shakllandi. Bunday qarashning vujudga kelishi, qadriyatlarning ijtimoiy va ma`naviy yangilanishi, jamiyat a`zolarining kamoloti hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati masalalariga davlat miqyosida yuksak e`tibor ko’rsatilayotganligi mazkur soha rivojining bosh yo’nalishidir. Qadriyatlarni mustaqillikni mustahkamlashning ma`naviy omillaridan biri sifatida qadrlanishi borasidagi ijobiy jarayonlar tadqiqotlarni ko’paytirish, ularga nisbatan mas`uliyatni yanada oshirishni taqozo qilmoqda.

Istiqlol asrlar davomida shakllangan o’ziga hos sharqona va o’zbekona qadrlash masalalari va me`yorlarini qayta tiklash hamda zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishni kun tartibiga qo’ydi. Mustaqillik istiqlol davrining eng asosiy qadriyatidir. Zero, mustaqil bo’lmagan mamlakatning qadriyatlar tizimi hech qachon to’kis bo’lmaydi. Mustamlaka mamlakatning ma`naviy hayotida mustamlakachilarning qadriyatlari ustuvor bo’lishi aniq. Faqat mustaqillikkina ushbu holatni tubdan o’zgartiradi, mamlakatning qadriyatlar majmuasini jahon tizimining teng huquqli va haqiqiy qismiga aylantiradi. Shu sababdan ham istiqlol yangi qadriyatlar tizimini shakllantirishni taqozo qildi. Bu zaruriyat esa qadriyatlarni qayta baholash, yurtimizda sharqona, azaliy va umuminsoniy qadrlash mezonlari ustuvor bo’lgan hayot tarzini shakllantirish jarayoni bilan uyQunlashib ketdi. Qadriyatlar sohasidagi o’zgarishlarga e`tibor va bu boradagi yangi tamoyillardan ta`lim-tarbiyada foydalanish ehtiyoji oshayotganligining sababi ham ana shunda.

Qadriyat o’zi nima?

Qadriyat tushunchasi nihoyatda hilma-hil ma`noda, turli sohalarda qo’llaniladi.

Qadriyatning kundalik hayotdagi ma`nosi kishilar o’rtasidagi muloqotlarda, ommaviy ahborot vositalarining habarlarida o’ziga hos tarzda namoyon bo’lmoqda. Kundalik hayotda, ko’pchilik nazarida narsalar (masalan, qimmatbaho buyumlar, taqinchoqlar), tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar, jamiyatdagi talablar, orzu-umidlar, an`ana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari, odamlar o’zlari ishonib, gohida intilib, qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga ham «qadriyat» tushunchasini qo’llaydilar. Hullas, kundalik hayotda ko’pchilik tomonidan qo’llaniladigan «qadriyat» iborasi, odamlar uchun biror zarur ahamiyat kasb etadigan ob`ekt, narsa, hodisa va boshqalarga nisbatan ishlatiladi.

Tabiat va madaniyat buyumlarining inson ehtiyojini qondirishi va uning maqsadlariga hizmat qilishi ta`kidlanganida, asosan ularning foydasi, qimmati nazarda tutiladi. Haqiqatan ham, buyumlarning iqtisodiy qimmati kishilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning aksiologik jihati ochilmaydi. Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi.

Shu ma`noda qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Bu kategoriya o’zida qadriyat ob`ektining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy-aksiologik mazmunini, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi.

Qadriyat, baho va qadr. Qadriyatlar muammosiga bag’ishlangan (asosan rus tilidagi) ilmiy-falsafiy manbalarning ko’pchiligida qadriyat (cennost’) tushunchasini baho (ocenka) tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir hil daraja va ko’lamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Bu ikki tushuncha qiyoslanayotganda, qadr tushunchasi e`tiborga olinmaydi. Balki, bunday holga rus tilidagi «ocenka» va «cena» so’zlarining o’xshash ma`noli (ko’proq iqtisodiy) tushunchalar ekanligi sabab bo’lishi ham mumkin. Rus tilida qadr iborasi ishlatilmaydi, uning ruscha tarjimasi yo’q. Qadr tushunchasi o’zbek tilida serqirra ma`no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba`zi ibora va so’zlarda o’ziga hos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi.

Qadriyatning mazmuni va ahamiyati «baho» tushunchasida to’la-to’kis aks etmasligi, turlicha ifodalanishi ham mumkin. Qadriyatning haqiqiy qadrini, mazmuni va ahamiyatini bahosiga qarab aniqlash qiyin bo’ladigan hollar ham uchraydi. Aslida qadriyatning qadrini bilish, uning ahamiyatini anglab olish va baholash bir-biri bilan uzviy bog’liq jihatlarni tashkil qiladi. Qadriyatning ahamiyati anglab olinmasa, qadri tug’ri tushunilmasa, unga tug’ri baho berib bo’lmaydi. Aynan shu ma`noda qadriyatni baholash unga bo’lgan munosabatni ham ifodalaydi, bu esa o’z navbatida kishilarning talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan bog’liqdir. Qadriyatni baholashda qancha hilma-hil maqsad va ehtiyojga ega bo’lgan kishilar ishtirok etsa, uning haqiqiy bahosini aniqlash ham shuncha qiyinlashib boraveradi.

Qadriyatning ob`ekti va sub`ekti. Qadriyatshunoslikda qadriyat tushunchasi bilan bu tushuncha boQlangan ob`ekt o’rtasida farq bor, deb qaraladi. Agar qadriyat berilgan qadrni ifodalaydigan falsafiy tushuncha sifatida qaralmasa, unga ta`riflarning son-sanoqsiz bo’lishi aniq. Negaki, dunyoda qadrlanadigan narsalar, hodisalar, voqealar, jarayonlar, joylar va sifatlar, ideal va maqsadlar nihoyatda ko’p. Qadriyat tushunchasi esa ularning birortasi uchun tug’ridan-tug’ri ism, atama yoki bevosita nom bo’la olmaydi, balki ularning qadrini anglatadigan tushuncha sifatida namoyon bo’ladi.

Qadriyatlar va ijtimoiy jarayonlar. Odamlar bitta jamiyatda, bir davrda va o’xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqin qilinadi. Ijtimoiy jarayonlar ta`sirida kishilarning qadriyatlar tug’risidagi tasavvuri, qarashlari o’zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma`naviy qiyofasidagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir.

Ana shunga ko’ra, hammada ham qadrlash tuyg’usi doimo bir hil bo’lavermaydi, ijobiy va salbiy qarashlar, turli hil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko’ra bir-biriga mutlaqo ziddek bo’lib ko’rinadigan yahshilik va yomonlik, haqiqat va haqsizlik, baht-saodat va Qam-kulfat, taraqqiyot va tanazzul kabi tushunchalar hayotning bir-biriga zid va chambarchas boQlangan tomonlarini ifodalaydi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, qadriyatlar jamiyatning rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruriyatga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi poQonasiga chiqib oladi, boshqalarini hiralashtirganday bo’lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqaror qilishga intilish nisbatan kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganida – ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal va bemorlik onlarida — salomatlikning qadri oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi.

Ta`lim tarbiyaning muhim omillari bo’lgan qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllari orasida o’z ahamiyatini, ijobiylik hususiyatlarini doimiy saqlab qoladiganlari ham bor. Bular — inson vujudining tirikligi, umri va hayoti, sihat-salomatligi, mehnati, bilimi, muomalasi. ular inson va jamiyat bor ekan, o’zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qolaveradi. Afsuski, ularning qarama-qarshisi bo’lgan kasallik, ma`nosiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning hamrohi. Tiriklik bor ekan — o’lim, borliq eng buyuk ma`vo ekan — yo’qlik, inson tirik jonzod ekan — kasallik, hayot kechirishdan maqsad mazmunli umr ekan — ma`nosiz qo’yilgan ba`zi qadamlar, yashashning zaruriy shartlaridan biri bilish va anglash ekan — bilimsizlik, taraqqiyotga intilish bor ekan — tanazzul va boshqalar insoniyatni doimo ta`qib qiladi. Yuqoridagi ijobiy qadriyatlarning ahamiyati ham ularga teskari bo’lgan jihatlarga nisbatan aniqlanadi. YOshlarda, ayniqsa, talaba va o’quvchilarda ma`naviy etuk tuyg’ularni shakllantirishda ana shunday aksiologik bog’liqliklarning botiniy va zohiriy tomonlarini o’rgatish katta ahamiyat kasb etadi.

Qadriyatlar tizimi. Har qanday jamiyat, ijtimoiy-tarixiy birliklar (uruQ, qabila, elat, halq, millat), ijtimoiy sub`ektlar va boshqalar o’ziga hos qadriyatlar tizimiga ega bo’ladi. Bu qadriyatlar tizimida asosiy bo’lmagan qadriyatlar muayyan qatorni tashkil qiladi, turli holatlarda namoyon bo’ladi. Jamiyat rivojining muayyan davri yoki biror davlatda ham ana shunday qadriyatlar tizimi mavjud bo’ladiki, u o’sha davr, jamiyat va davlat kishilari, ularning faoliyati uchun umumiy mezon vazifasini o’taydi. Har bir ijtimoiy tarixiy birlik, sinf va partiyalar ham ana shunday qadriyatlar tizimi asosida faoliyat ko’rsatadilar, ulardan foydalanadilar yoki ularga erishishning turli usullarini qo’llaydilar.

U yoki bu qadriyatning ahamiyatini aniqlashda ana shunday tizimlar mavjud ekanligini unutmaslik, uning biror davr, ijtimoiy birlik, soha, jarayon va boshqalar uchun qanday mavqega ega ekanligini nazardan qochirmaslik lozim.

Qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllari. Bir qarashda qadriyatlarning shakllari son-sanoqsiz va nihoyatda tartibsizga o’hshab ko’rinadi. Aslida esa bashariyat, olam, tabiat va jamiyatda ajabtovur uyg’unlik mavjud. Qadriyat shakllari ham ularga mos ravishda ana shunday uyunlikda, qonuniy bog’lanishda, umumiy aloqadorlikdadir. Bunday holatda ularning klassifikaciyasida tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar muayyan ko’lamda, qadriyat shakllari esa ular bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi.

Makon va zamonda ushbu qadriyat ob`ektlari borliqning biror shakli, jihati, voqelikning biror qismi, olamdagi narsalar va atrof-muhitning eng muhim tomonlari sifatida namoyon bo’ladi. ushbu ma`noda qadriyatlarning umumbashariy, umumsayyoraviy va mintaqaviy hamda biror kichik hudud yoki joyga bog’liq bo’lgan shakllarini. ko’rsatish mumkin. Bunda umumiylik, hususiylik va alohidalikning dialektikasi zamonaviy atamalar «global», «zonal» va «lokal» qadriyat ob`ektlarining o’zaro munosabati tarzida zohir bo’ladi.

Jamiyatning yashashi, odamlarning hayot kechirishi uchun yuqoridagi qadriyatlar bilan birga jamiyatdagi umumijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning jamiyat, uning tuzilishi, ijtimoiy birliklar va ijtimoiy ong shakllariga aloqador turkumlarini ko’rsatish mumkin. Masalan, jamiyatning tuzilishiga hos milliy, sinfiy, irqiy va boshqalar yoki ijtimoiy ongning shakllariga bog’liq: siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, hamda jamiyatning asosiy sohalariga bog’liq: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma`naviy. Ijtimoiy qadriyat shakllari orasidagi farqlar aslo mutlaq emas, balki nisbiydir. ular orasida o’tib bo’lmas chegaralar yo’q.

Bugungi kunga kelib qadriyatlar iborasi nihoyatda mashhur bo’lib ketdi. Uni juda keng ma`noda ishlatish, ayniqsa, madaniy-ma`naviy hodisalar, urf-odatlar, an`analar va boshqalarga nisbatan umumiy nom yoki atama sifatida qo’llash hollari ko’p uchramoqda. Kundalik muloqotda qadri bor narsa, voqea, hodisa, hususiyat va boshqalarni «qadriyat» deb atashga ko’pchilik o’rganib qoldi. Ammo har bir so’z, atama va tushunchaning mohiyati va mazmunini o’ziga siQdiradigan sifat chegarasi bor. U yoki bu tushunchadan ana shu mazmunga sig’maydigan ko’lamni talab qilishning keragi yo’q. Zero, qadriyat tushunchasining ommalashib, mashhur bo’lib ketganligi juda yahshi. Lekin uni yanada kengroq ma`noda yoki zarur bo’lmagan hollarda ham ishlatish bu tushunchaning mazmunini hiralashtirishi, uning mohiyatini ifodalaydigan sifat chegarasini sarobga aylantirib qo’yishi, qadrini tushirishi mumkin.

Halqimizning «Qadrsiz qadriyat yo’q!», «Qadrlanmaydigan qadriyat sarobga o’xshaydi», degan hikmatlari bor. Ana shu sababdan ham, mamlakatimiz taraqqiyoti hozirgi davrining yuksak ifodalari bo’lgan istiqlol, buyuk kelajak, vatanparvarlik, insonparvarlik, demokratiya, qonunning ustuvorligi kabi serqirra qadriyatlarni nihoyatda qadrlashimiz lozim. Ularning birinchisi — istiqlol e`lon qilgan O’zbekiston taraqqiyotining yangi asr bo’saQasidagi asosiy haqiqati, ikkinchisi - istiqboldagi eng oliy orzu-idealimiz, boshqalari esa qurilayotgan jamiyatimizning ijtimoiy va ma`naviy tamoyillarini belgilaydigan purma`no qadriyatlarimizdir.

Inson qadri. Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Inson qadri uning ijtimoiy hususiyatlari, jamiyatda amalga oshirgan faoliyati, boshqalarga va atrof-muhitga munosabati, kamolotga etganligi, ijtimoiy hususiyatlarni o’zlashtirib olganligi va ularni ma`naviy qiyofasida namoyon qila olganligida ham ko’rinadi. Odam bolasining shahsga aylanishi, o’z qadrini va o’zgalar qadrini anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi.

Umuman, odamzod naslining hozirgi avlodi uchinchi ming yillikni kutib olayotgan bugungi kunlarda butun dunyoda qadrlash falsafasining umuminsoniy mezonlarini amaliyotda qo’llashga ehtiyoj kuchaydi. Taassufki, inson zoti sayyoramizda yashagan ilk davridan boshlab qadr va qadriyatni ustuvor bilganida, Er yuzining zamonaviy manzarasi butunlay boshqacha tus olgan, kishilikni ekologik bo’hronlar, urush havfi va ma`naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolar kutib turmagan bo’larmidi?

Bugungi kunga kelib, insoniyat yana tabiat va odamzod naslining uyg’unligini saqlab qolish uchun qadr va qadriyat nihoyatda zarur ekanligini angladi. HH asrning ohirgi va HHI asrning boshlanishidagi birinchi besh yilliklar BMT tomonidan «Inson huquqlari o’n yilligi» deya e`lon qilinganligi, kishilik jamiyati esa yangi ming yillikka umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishga bel bog’lab o’tayotganligi bejiz emas. Hozirgi O’zbekistonda inson manfaatlari va haq-huquqlarini ro’yobga chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini ustuvor qilish bilan bog’liq faoliyatlar butun jahonda bu boradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash harakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda.

Yoshlar va qadrlash tamoyillari. Insonning butun umri shahsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o’z qadrini kamolga etkazish, o’zgalar, jamiyat, zamon va undagi sodir bo’layotgan o’zgarishlar qadrini anglashga intilish jarayonidan iboratdir. O’z shahsi va boshqalar qadrini anglab etish uchun insonning kamoloti davomida shakllangan ma`naviy qiyofasi va dunyosi ezgulikka hizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi, uning o’zi esa hayotning mohiyati va maqsadini tug’ri anglaydigan darajada tarbiyalangan bo’lmoQi lozim. Ushbu ma`noda, Suqrotning «O’z o’zingni angla!» — shiori G’oyat katta ahamiyat kasb etadi.

Shaxsning qadri u yashayotgan zamon, undagi jarayonlar, ijtimoiy, tarixiy shart-sharoitlar bilan dialektik aloqadorlikda namoyon bo’ladi. Muhit va davr talablari shahs qadrini shakllantirib, sayqallab boradi, uning o’zi esa o’z qadrining shahsiy talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan naqadar aloqadorligini chuqurroq anglab olish tomon boradi. Qadriyatlar yoshlarga hayot mazmunini chuqurroq tushunish, jamiyat qonun-qoidalaridan tug’ri foydalanish, o’zlarining hatti-harakatlarini ana shu ma`naviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Hozirgi davrda talaba va o’quvchilarga qadrlash va qadrsizlanish jarayonlarining mohiyatini anglatish, mustaqillik e`lon qilgan qadriyatlarning ahamiyatini tug’ri tushuntirishga erishish nihoyatda dolzarb masaladir.

Yoshlar, xususan talabalar va o’quvchilarni ma`naviy barkamol avlod vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg’usi, qadriyatlar kategoriyasi, ularning mohiyati, mazmuni, namoyon bo’lish shakllari tug’risidagi bilimlarning majmuasi bo’lgan zamonaviy aksiologiya, ya`ni qadriyatshunoslikning asoslarini o’rgatish nihoyatda muhim. Ana shu sababdan ham umuminsoniyatning qadrlash me`yorlari borasida to’plagan yutuqlarini umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish ta`lim-tarbiya samaradorligining asosiy mezonlaridan biridir.
Tayanch tushunchalar

Qadriyat, qadr, qadriyatlar tizimi, qadrlash tamoyillari, qadrlash mezonlari.



Takrorlash uchun savollar

1. Qadriyat tushunchasining mazmun-mohiyatini qanday tushunasiz?

2. Sobiq Ittifoqda qadriyatlarga munosabat qanday edi?

3. O’zbekistonda qadriyatlar mavzusiga ijobiy munosabat qanday namoyon bo’lmoqda?

4. Qadriyatlar tizimi deganda nima nazarda tutiladi?

5. Qadriyatlarning qaysi shakllarini bilasiz?


ADABIYOTLAR:

  1. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T., «Ma`naviyat», 2008 yil.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston – mustaqillikka erishish ostonasida. T., 2011.

  3. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yahada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezoni. 19 jild.T. O`zbekiston, 2011.

  4. Karimov I.A. Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir. T., O’zbekiston, 2012.

  5. Falsafa. T., 2006.

  6. Falsafa qomusiy lug’at. T., "Sharq", 2004.

  7. Ro’ziyeva R. Yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish. T., 2011 yil.

  8. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. T., 2007.

Yüklə 41,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə