Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari



Yüklə 199,5 Kb.
səhifə1/16
tarix28.11.2023
ölçüsü199,5 Kb.
#136329
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-15 SHARQ ADABIYO


Sharq adabiyotshunosligining o'ziga xos qirralari
Adabiyot birinchi navbatda maʼnaviyat bilan bogʻliq. Yangi davr Yevropa adabiyotshunosligi borgan sari koʻproq adabiyotning shakliy jihatlarini oʻrganishga moyil boʻlib ketmoqda. Aslida oddiy kitobxon badiiy adabiyotga ikki xil munosabatda boʻladi: baʼzilar unga ermak, bekorchi vaqtni band qilish, aqlga dam berish vositasi sifatida qarasa, ongli fikr yurituvchilar uni maʼnaviy tarbiya omili deb qaraydilar. Faqat ijod ahli, adabiyotshunos va sanʼatshunoslargina (kengroq olib qaraganda — estetika fani va adabiyot nazariyasidan boxabar ziyolilar) unga estetik zavq manbai sifatida munosabatda boʻladilar. Biz ushbu kitobda adabiyot tarixiga insoniyatning maʼnaviy kamolotidan darak beruvchi vosita sifatida yondoshish yoʻlidan bordik.
Insoniyatning maʼnaviy kamoloti uning butun tarixiy taraqqiyoti davomida, dastavval qabila va elatlar miqyosida, keyinroq muayyan mintaqalar doirasida yuz bergan boʻlsa, oxirgi 150-200 yilga kelib axborot oqimlarining oʻzaro almashuvi tezlasha borgan sari endi umumjahoniy muammoga aylanmoqda. Albatta, jahonda turli mintaqalar aro axborot almashinuvi harqancha tezlashgani bilan harbir millatning oʻziga xos maʼnaviy qiyofalari butkul yoʻqolib ketayotgani yoʻq, qaytaga baʼzan ularga ongli eʼtibor kuchayib bormoqda.
Xalqning maʼnaviy kamoloti baʼzan shiddat bilan yuksalib borsa, baʼzan maʼlum darajada tanazzulga yuz tutishi, unda gohida asrlar kunlarga va aksincha, kunlar asrlarga teng boʻlishi mumkin. Maʼnaviy takomil jarayonining oʻziga xosligi shundaki, agar tarix hodisalari, shaxslar, voqealar oʻtkinchi boʻlsa, moddiy madaniyat unsurlari vaqt oʻtishi bilan emirilsa, maʼnaviyat yuksalib, boyib, tobora kengroq koʻlam va teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyati maʼnaviy tanazzulga yuz tutgan fojeiy sharoitlarda ham milliy maʼnaviyat yoʻqolmaydi, koʻlam va mazmunda oʻzi etishgan kamolot bosqichini yoʻqotmaydi. Bunda milliy til va badiiy adabiyotning alohida ahamiyatini doimo nazarda tutmoq kerak.

Yüklə 199,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə