Pul va uning kelib chiqishi


O’zbekistonda milliy valyutani



Yüklə 60,98 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü60,98 Kb.
#136448
1   2   3   4   5   6
Pulning mohiyati va uning vazifalari.

4. O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash vazifalari.
Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning harid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib boorish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshib boradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish zarurki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi.
Kоnvеrtatsiya qilish tizimi birinchi navbatda xalq istеъmоli mahsulоtlari va ekspоrtbоp tоvarlarni ishlab chiqarish bilan shuq’ullanuvchi, iqtisоdiqtning asоsiy va еtakchi оbъеktlarin rеalizatsiya qilish bilan bоq’liq, xоrijiy invеstоrlarning fоydasining bir qismi va dividеndlarini rеpatriatsiyasi bilan shuq’ullanuvchi kоrxоnalarning (xоrijiy kapital ishtirоkidagi kоrxоnalar ham shular jumlasidan) ehtiqjini qоndirishga yo’naltirilgan. Inflaytsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o’sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o’sishi bilan bog’lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun molar yetarli bo’lmagan holda aholi qo’lida pulning ortiqcha ko’payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi. Inflatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o‘sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun molar yetarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giperinflatsiyani keltirib chiqaradi. Bu, o‘z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izdan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. Tovarlar taqchilligi mavjud bo‘lib turgan hozirgi bosqichda giperinflatsiyaning oldini olish uchun aholi iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to‘ldirish, muomalaga o‘rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, milliy valuta barqarorligini ta’minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir. So‘mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi kerak. Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu, o‘z navbatida, import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir. Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valuta birjasidagi oborot miqdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini xohlagan miqdorda xohlagan valutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga yetkazishga qaratiladi. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «milliy valutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, ya’ni konvertatsiyasini ta’minlash uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish»1 alohida ahamiyatga ega. Bu sharoit yaratilishi natijasida erkin almashuv amalga oshmoqda. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy sohalardagi islohotlardan ham asosiy ko‘zlangan maqsad barcha o‘zgarishlarning natijasi va belgisi milliy valutamiz – so‘mimizni mustahkamlash, uni bosqichma-bosqich jahonning kuchli valutalari bilan konvertatsiyalashga, ya’ni erkin almashuviga erishishdir.
Pulning baquvvatligiga erishishga qaratilgan davlat dasturlari:
- ichki bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirish;
-davlat xarajatlarini keskin qisqartirish, qat’iy moliya, bank-kredit siyosatini o‘tkazish;
-eksport imkoniyatlarini keskin kuchaytirish;
- ortiqcha pul emissiyasiga, ya’ni pul bilan ta’minlanmagan ortiqcha pul muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.
So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo’l qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomilaga chiqarilgan pul miqdorining o’zvaqtida qaytarilishiga erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishig yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak.
Milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valyutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishdir. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek “…milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini, ya’ni konvertatsiyalarni ta’minlash uchun barcha zaruriy shart sharoitlarni yaratish” alohida ahamiyatga ega. Bu sharoit yaratilishi natijasida erkin almashuv amalga oshmoqda.
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatinig oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Yüklə 60,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə