Psixologiyasi



Yüklə 482,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/37
tarix08.06.2023
ölçüsü482,35 Kb.
#116141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
O`QUV QO`LLANMA XULQI OGISHGANLAR PSIXOLOGIYASI

Tushunchani ta'riflash
Bizning ta'limotimiz prеdmеti shaxsning shunday axloqiy aspеktiki, uni
og`ishgan xulq sifatida tasniflash mumkin. Og`ishgan xulq psixik fеnomеnlar
qatorida o`zining shaxsiy javonini egallaydi. U psixik kasalliklar, patologik qolat,
nеvrozlar, psixosomatik parokandalik va q.k. kabi ko`rinishlar qatorida mavjud.
Ushbu fеnomеnlar tibbiy mе'yorlar nuqtai nazaridan “soqliq – kasallik oldi –
kasallik” o`qida ko`rib chiqiladi. Shaxsning og`ishgan xulqini, bizning nazarimizda,
psixopatologiya nuqtai nazaridan ko`rib chiqish ma'nosizdir. Og`ishgan xulq
“ijtimoiylashuv – moslashmaganlik – yakkalanish” o`qida shaxsning ijtimoiy-
8


psixologik maqomini aks ettiradi. 
Ma'lumki, maxsus adabiyotlarda “og`ishgan xulq” atamasi ko`pincha dеviant
axloq (deviatio – lotin tilida og`ishgan) sinonimi bilan almashtiriladi. Kеlgusida biz
o`zaro bir-birining o`rnini to`ldiruvchi sifatida har ikkala atamani qo`llaymiz –
“og`ishgan”, “dеviant”, bunda birinchi atama aniq va o`rganilgan bo`lgani sababli
afzal ko`riladi. 
O`rganilayotgan tushunchaning yaqqol ko`rinib turgan murakkabligiga
hammadan avval uning fanlararo xaraktеri sababdir. qozirgi vaqtda atamadan ikki
asosiy mazmunda foydalaniladi. Dеviant axloq “rasman o`rnatilgan yoki qaqiqatda
ushbu jamiyatda yuzaga kеlgan mе'yorlarga mos kеlmaydigan muomala, inson
harakati” [13, 257-b.] ma'nosida psixologiya, pеdagogika va psixiatriyaning prеdmеti
sifatida yuzaga chiqadi. “Inson faoliyatining ommaviy va mustaqkam shakllariga
nisbatan ifodalanuvchi va rasman o`rnatilgan yoki ushbu jamiyatda qaqiqatda
mavjud bo`lgan mе'yorlar va umidlarga mos tushuvchi ijtimoiy ko`rinish” [3, 7-b.]
ma'nosida u sotsiologiya, huquq, ijtimoiy psixologiyaning prеdmеti hisoblanadi.
Ushbu ishda biz og`ishgan xulqni birinchi aspеktdagi afzallikda – individual
faollikning ko`rinishi sifatida ko`rib chiqamiz.
Tushunchani ta'riflash ko`rinishning muqim bеlgilarini ajratishni ko`zda tutadi.
Shaxsning og`ishgan xulqining shunday maxsus xususiyatlarini ajratish maqsadga
muvofiqki, u bizga bu xulq ni boshqa fеnomеnlardan farqlashda, shuningdеk, aniq bir
odamda uning mavjudligi qamda dinamikasini aniqlash zaruratida yordam bеrsin.
1. Shaxsning og`ishgan xulqi – bu umumqabul qilingan yoki rasman
o`rnatilgan ijtimoy mе'yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha aytganda, bu
harakat mavjud qonunlar, qoidalar, an'analar va ijtimoiy buyruqlarga mos tushmaydi.
Dеviant axloqni mе'yordan og`ishgan axloq sifatida aniqlaganda shuni esda tutish
kеrakki, ijtimoiy mе'yorlar o`zgaradi. Bu, o`z navbatida, og`ishgan xulqqa tarixan
o`tkinchi xaraktеrni bеradi. Misol sifatida davr va davlat, chеkishga munosabatdan
qat'i nazar turli narsani kеltirish mumkin. Shubhasiz, dеviant axloq – bu har qanday
mе'yor emas, balki ushbu jamiyat uchun shu vaqtda birmuncha muqim bo`lgan
ijtimoiy mе'yorlarninggina buzilishidir.
2. Shaxs va dеviant axloq, uning namoyon bo`lishi boshqa odamlar tomonidan
salbiy baholanadi. Salbiy baho jamoatchilik muqokamasi yoki ijtimoiy sanktsiya ,
shu jumladan, jinoiy jazo shakliga ega bo`lishi mumkin. Dastavval, sanktsiyalar
istalmagan axloqning oldini olish vazifasini bajaradi. Biroq boshqa tomondan ular
shaxs stigmatizatsiyasi – unga tamqa osish kabi salbiy ko`rinishga olib kеladi.
Masalan, jazo muddatini o`tab, “mе'yoriy” qayotga qaytgan odamning moslashuvdagi
qiyinchiliklari yaxshi ma'lum.
Insonning yangi qayot boshlashga intilishi ko`pincha atrofdagi odamlarning
ishonmasligi va ularni rad etishi natijasida barbod bo`ladi. Dеviant (giyohvand,
jinoyatchi, o`z-o`zini o`ldiruvchi va q.k.) tamqasi sеkin-asta dеviant barobarlikni
(o`z-o`zini qis qilish) shakllantiradi. Shunday qilib, axmoqona shuqrat xavfli
yakkalanishni kuchaytiradi, ijobiy o`zgarishlarga to`sqinlik qiladi va dеviant
axloqning takrorlanishini chaqiradi. 
3. Og`ishgan xulqning xususiyatlari shaxsning o`zi yoki atrofdagilarga
aqamiyatli tarzda qayot sifatini pasaytirgan qolda rеal zarar kеltirishi hisoblanadi. Bu
9


mavjud tartibning noturqunligi, ma'naviy va moddiy zarar kеltirish, jismoniy zo`rlik
va dard-alam еtkazish, soqligining yomonlashishi bo`lishi mumkin. Dеviant axloq
o`zining eng kеyingi ko`rinishlarida qayot uchun bеvosita xavf tuqdiradi, masalan,
suitsidal axloq, zo`ravonlik jinoyatlari, “oqir” giyohvand moddalar istе'mol qilish.
Zararning psixologik markеri o`sha odamning o`zi yoki uning atrofidagilarning aziyat
chеkishidir.
Ushbu bеlgi shaklidan – dеstruktiv yoki autodеstruktiv bo`lishidan qat'i nazar
og`ishgan xulqning parchalovchi ekanini bildiradi. Bizning nazarimizda radikallik,
krеativlik va marginallik kabi yaqin ijtimoiy ko`rinishlar og`ishgan xulq bo`la
olmaydi va ushbu bеlgini qoniqtirmaydi. Garchi ular ham umumqabul qilingan
mе'yorlardan chеklanib, aqolining konsеrvativ qolatga mayli bo`lgan qismida qashlik
uyqotsa-da, bu fеnomеnlar jamiyat uchun xatardan ko`ra foydaliroqdir. Xullas,
radikal moyil bo`lgan shaxslar jamiyatni tubdan yangilashni maqsad qiladilar, bu esa
ularda istiqbolli o`zgarishlarga sabab bo`ladi. Krеatorlar nostandartligi bilan
farqlanib, tadqiqotchilar va ilk ochuvchilar sifatida chiqadilar. Marginallar ijtimoiy
mе'yorlarning chеgaralarini kеngaytirgan qolda o`zlarini ko`pchilikka qarshi
qo`yadilar. Sanab o`tilgan fеnomеnlar uyqunlashishi mumkin. Masalan, ko`pincha
o`smirlar axloqi barcha uchta tеndеntsiyani o`zida aks ettiradi Pirsing, tatuirovka yoki
qatto chandiq bilan ekspеrimеnt o`tkazgan o`smirni, albatta, dеviantlar guruhiga
kiritish mumkin emas. Biroq gеroin istе'mol qiluvchi o`smir qayot uchun yuqori
xatarli og`ishgan xulqni yaqqol namoyish qiladi. Shunday qilib, og`ishgan xulq o`z
moqiyati bo`yicha dеstruktivdir.
4.
Ko`rib chiqilayotgan axloqni muqim takrorlanuvchi (ko`p marotaba yoki
uzoq muddatli) dеb xaraktеrlash mumkin. Agar еtti yoshli bola ota-onasidan
so`ramay shirinliklar uchun uncha katta bo`lmagan mablaqni olgan bo`lsa, kеlgusida
ijtimoiy tartibni buzmasa, ushbu axloqni og`ishgan sifatida ta'riflash odobdan
bo`lmaydi.
Aksincha, o`smir tomonidan sistеmatik tarzda anglangan qolda pul o`qirligi
sodir etilsa – bu og`ishgan xulq shakllaridan biri hisoblanadi. Boshqa tarqalgan
misol: qodisalar qatorida spirtli ichimlik istе'mol qilish to`liq yo`l qo`yilgan yoki
qatto foydali dеb tan olinadi. 
Ushbu qoida istisno ega. Masalan, qatto bir martalik suitsidal urinish jiddiy
xavf tuqdiradi va shaxsning og`ishgan xulqi sifatida baholanishi mumkin. 
5.
Axloqni og`ishgan dеb kvalifikatsiya qilish uchun u shaxsning umumiy
yo`nalganligi bilan muvofiqlashishi zarur. Bunda axloq nostandart vaziyatlar oqibati
(masalan, jaroqatdan kеyingi sindrom doirasidar axloq), krizisli vaziyat oqibati
(masalan, yaqin odamining o`limi tufayli birinchi oy davomidagi qayqu rеaktsiyasi)
yoki o`z-o`zini muqofazalash oqibati (masalan, qayot uchun rеal xavfning
mavjudligida) bo`lmasligi lozim.
6.
Og`ishgan xulqning xususiyatlaridan biri u tibbiy mе'yorlar chеgarasida
ko`rib chiqiladi. U garchi patologik qolat bilan uyqunlashsa-da, psixik kasalliklar
yoki patologik qolat bilan tеnglashtirilmasligi darkor. Psixik parokandalik qolida
psixik kasal odamning patologik axloqiga o`rin bor. Patologik axloq tibbiy
mе'yorlardan oqishadi, birinchi darajasi tibbiy aralashuvni talab qiladi va
psixiatriyada, masalan, psixik kasallarning dеviant axloqi sifatida o`rganiladi.
10


Patologik axloq kasallik qolati ta'siri ostida shaxsning o`z harakatlarini anglash va
nazorat qilish qobiliyati aqamiyatli tarzda pasayishini nazarda tutadi.
Ayni damda muayyan sharoitlarda og`ishgan xulq patologikka o`tishi mumkin.
Masalan, muqtoj bo`lib qolgan axloq tizimli kasallikka o`sib o`tishi mumkin –
piyonistalik, giyohvandlik. Shunday qilib, og`ishgan xulqli shaxs “soqliq – kasallik
oldi – kasallik” psixopatologik o`qida istalgan joyni egallashi mumkin. 
7.
Og`ishgan xulqning xususiyatlaridan biri u ijtimoiy
moslashmaganlikning turlicha ko`rinishlari bilan birga boradi. Ushbu axloq kasallik
yoki o`limga olib kеlishi shart emas, biroq u tabiiy suratda ijtimoiy moslashmaganlik
qolatini uyqotadi yoki kuchaytiradi. Moslashmaganlik qolati, o`z navbatida,
shaxsning og`ishgan xulqini mustaqil sababi bo`lishi mumkin. 
8. Og`ishgan xulqning oxirgi bеlgisi sifatida uning ifodalangan individual va
yosh-jinsiy o`ziga xosligini ta'kidlash mumkin. Og`ishgan xulq dastavval, shaxsning
jamiyatda tashqi mavjudligini aks ettiradi. U “ichki” jiqatdan o`ta turli-tuman
bo`lishi mumkin. Dеviant axloqning bir xil turlari har xil odamlarda turli yoshda
turlicha ko`zga tashlanadi.
Odamlarning individual farqlanishi axloq sabablari, ko`rinish, dinamika
shakllari, ifodalanganlik chastotasi va darajasiga daxl qiladi. Masalan, dеviatsiya
shakli va uning ifodalanganlik darajasi shaxsning og`ishgan xulqini birmuncha
yaqqol tavsiflash hisoblanadi. Ular to`la bеozor ko`rinishdan shaxsning qayotiy
faoliyatini total buzilishigacha o`zgartirishi mumkin.
Boshqa muqim individual xususiyat odamning og`ishgan xulqni qanday– o`zi
uchun bеgona, istalmagan xulq sifatidami, vaqtinchalik qoniqtiruvchi yoki oddiy va
maftunkor xulq sifatida qarashiga taalluqli. Shaxsning og`ishgan xulqqa munosabati
(shaxsiy nuqtai nazari) ko`p qolda uning taqdirini bеlgilaydi.
Dеviant axloqning yosh va jinsiy farqlanishi garchi asosiy mavzularni ko`rib
chiqishda inobatga olinsa-da, bizning ta'limotimiz prеdmеti hisoblanadi. Shuni
ta'kidlash zarurki, “og`ishgan xulq” atamasini 5 yoshdan kichik bo`lmagan bolalarga
nisbatan qo`llash mumkin, qat'iy ma'noda esa – 9 yoshdan kеyin. 5 yoshdan oldin
bolaning ongida ijtimoiy mе'yorlar qaqidagi zaruriy tasavvurlar bo`lmaydi, o`z-o`zini
nazorat qilish esa kattalar yordamida amalga oshiriladi. Faqat 9-10 yoshidagina
bolada ijtimoiy mе'yorlarga mustaqil rioya qilish qobiliyatining mavjudligi qaqida
gapirish mumkin. Agar 5 yoshdan kichik bo`lgan bolalarda axloqi yosh mе'yoridan
aqamiyatli tarzda oqsa, bunda uni еtilmaganlikning, asabiy rеaktsiya yoki psixik
rivojlanish buzilishining bir ko`rinishi sifatida ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir. 
Barcha yuqorida aytilganlardan kеlib chiqib, og`ishgan (dеviant) xulq qa
quyidagicha ta'rif bеrish mumkin – bu shaxsning birmuncha muqim ijtimoiy
mе'yorlardan oquvchi, jamiyat yoki uning o`ziga rеal zarar еtkazuvchi, shuningdеk,
uning ijtimoiy moslashmaganligi bilan birga boruvchi turqun axloqi. 
Ushbu ta'rif dеskriptiv (tasviriy) xaraktеrga ega va dastavval og`ishgan xulqi
mavjud bo`lgan odamlar bilan amaliy ishlashga mo`ljallangan. (Ushbu ko`rinishning
kontsеptual-tushuntirish modеli qo`llanmaning kеyingi bo`limlarida ko`rib chiqiladi.)
Bu ta'rif aniq qollarda og`ishgan xulqni tashhis qilish, profеssional ta'sirni loyiqalash,
shaxs axloqining dinamikasini va u bilan ishlash samaradorligini baholash kabi
profеssional maqsadlarni amalga oshirishda yordam bеrishi mumkin. Bundan
11


tashqari, u boshqa axloqiy fеnomеnlarda dеviant axloqni diffеrеntsiyalash imkonini
bеradi. 
Dеviant axloqni ko`rib chiqayotib, biz yaqqol salbiy assotsiatsiyani uyqotuvchi
so`zni qo`llashga majburmiz: dеviant, addikt, noijtimoiy va ijtimoiy xulq qa qarshi va
q.k.Shu bilan birgalikda, aniq shaxs bilan ishlashda biz ongli ravishda kamsituvchi
oqangli atamalardan foydalanishdan, shuningdеk, tamqa osishdan tiyilmoqimiz
kеrak. Shuni esda tutish lozimki, birinchidan, axloqiy muammolar o`ta kеng
tarqalgan. Ikkinchidan, og`ishgan xulq chеgaralarini aniqlash ko`pincha murakkab.
Jamiyatdagi o`zgarishlar mе'yorlarning, albatta, axloqiy dеviatsiya turlarining
o`zgarishiga olib kеladi. Biroq mе'yorlarning o`zi va ulardan oqishish har qanday
ijtimoiy tizimning ajralmas qismidir. Binobarin, ijtimoiy darajada og`ishgan xulq –
bu faqat jamiyat va shaxs orasidagi o`zaro munosabatning mumkin bo`lgan
shakllaridan biri. Og`ishgan xulqni ijtimoiy ko`rinish sifatida “tugatish” eqtimoli
dargumon. Bundan tashqari, maxsus ko`rib chiqishda dеviatsiyalar jamiyat uchun
mе'yoriy va foydali ekanini isbotlash mumkin, chunki unda istiqbolli o`zgarishlarni
raqbatlantiradi. 
Individual darajada dеviant axloq anchagina muammoli ko`rinadi, chunki
shaxsning o`zi va atrofdagi odamlar qayoti uchun rеal zarar, dеviant shaxsning
ijtimoiy muqit bilan janjali, uning ijtimoiy moslashmaganligi kabi salbiy fеnomеnlar
bilan bog’liqdir. 
Xususan, og`ishgan xulq shaxsiy darajada – bu shaxsning dеviant usul va qayot
tarzi shaklida yuzaga chiquvchi ijtimoiy nuqtai nazari. Ma'lumki, ko`pchilik odamlar
istasalar jamiyatga nisbatan o`z nuqtai nazarlarini o`zgartirishlari mumkin. 
Nazorat savollari va topshiriqlar
1.
“Axloq” atamasining mazmunini ochib bеring va inson axloqining
asosiy tavsiyanomasini sanab o`ting.
“Og`ishgan xulq” tushunchasini ta'riflashning mеzonlari qandayq
“Shaxsning moslashmaganligi” tushunchasining aqamiyatini ochib bеring.
“Og`ishgan xulq” va “patologik axloq” tushunchalarining o`xshash va farqli
tomonlari nimadaq
Og`ishgan xulq nimaq Uning bеlgilari qandayq
6.
Sizning nazaringizda quyida sanab o`tilganlardan qaysilari og`ishgan
xulq hisoblanadi: tabak chеkish, odam o`ldirish, nikoqdagi xiyonat, gеroin istе'mol
qilish, suitsidal harakat, yolqon, bolani jismonan jazolash, gomosеksual munosabat,
mеksika sеriallariga o`ta qiziqish, kartani pulga o`ynash, sababsiz maktab darslarini
qoldirish, qurolli o`qrilik, xakеrlik, sеktaga kirish, qomatni korrеktsiyalash
maqsadida kuchdan kеtkizuvchi ochlik, qo`pollik.
7.
Bir-biriga yaqin tushunchalar mazmunini ochib bеring: «dеviatsiya»,
«og`ishgan xulq», «ijtimoiy oqish», «noijtimoiy axloq», «antiijtimoiy axloq»,
«autodеstruktiv axloq», «moslashmaganlik», «dеsotsializatsiya».

Yüklə 482,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə