Protsessingda uch amal bajariladi



Yüklə 23,34 Kb.
səhifə4/7
tarix20.05.2022
ölçüsü23,34 Kb.
#87482
1   2   3   4   5   6   7
RNK

Elongatsiya. Polipeptid sintezi har doim N-uchidan boshlanadi va C-uchi bilan tugaydi. Polipeptid zanzirining bir aminokislotaga o`sishi uch qadamda amalga oshadi:

1) aminoatsil-tRNK ning bog`lanishi;

2) transpeptidatsiya (peptid bog`ining hosil bo`lishi);

3) translokatsiya (mRNK ning bitta tripletga siljishi)

Birinchi qadam. Ribosomaning chap tomonida tRNK joylashgan bo`lib, u antikodoni bilan mRNK ning kodoniga, aktseptor qismi esa o`suvchi peptidga bog`langan bo`ladi. Peptidil-tRNK ga kiruvchi bu peptid katta subbirlikda joylahsgan P-qism bilan bog`lanadi. Birinchi qadamda mRNK ning ikkinchi kodoni erkin holatda bo`ladi. U bilan ribosomaga kirgan aminoatsil-tRNK o`zining antikodoni bilan juftlashadi. Bu tRNK ning aminoatsilli uchi ribosomaning katta subbirlikdagi A-qismi bilan bog`lanadi. Shu bilan birinchi davr, ya’ni bog`lash jarayoni tugaydi. Bog`lash uchun GTF ning fosfat bog`larini energiyasi sarflanadi.

Ikkinchi qadam – transpeptidatsiya chap tRNK dan peptidilning aminoatsil-tRNK ning aminoguruhiga o`tkazilishi. Buning natijasida peptid bog`i hosil bo`ladi. Bu bosqichda tRNK lar ribosomaning A va P qismlarida joylahsgan aminokislotalar orasida yangi peptid bog`i tuziladi. Bu jarayon initsirlovchi N-formilmetionin qoldig`ini tashib yurgan tRNK dan peptidiltransferaza yordamida endigina A qismda joylahsgan yangi aminokislotaning aminoguruhiga ko`chirilishi tufayli o`tadi va natijada dipeptidil tRNK hosil bo`ladi. P qism esa bo`sh, yuklanmagan mRNK formilmetionin qoladi. Endi ribosomaning A qismi bilan yangi aminoatsil-tRNK birikadi va sikl takrorlanaveradi.

Elongatsiya siklining 3-qadamida ribosoma RNK bo`ylab 3¹-uchiga qarab bir qadam masofaga siljiydi. Bunda dipeptidil tRNK ham A qismdan P qismga ko`chib, ozod bo`lgan tRNK sitozolga o`tadi. Bu qadam translokatsiya deyiladi. Bu bosqich uchun yana bir elongatsiya faktori EF-G kerak bo`ladi.

Endi ribosoma unga birikkan dipeptidil tRNK va mRNK bilan navbatdagi siklga tayyor; uchinchi aminokislota qoldig`i ham xuddi ikkinchi aminokislota qoldig`i kabi birikadi. Shunday qilib, har bir aminokislotani o`sayotgan polipeptid zanjiriga qo`shilishi uchun ikki molekula GTF sarf bo`ladi. Elongatsiya mRNK to`liq o`qib bo`linguncha davom etadi.



Terminatsiya. Translyatsiyaning oxirgi davri terminatsiya deb ataladi. Oqsil sintezi polinukleotid zanjirida maxsus terminirlovchi kodonlar UAA, UAG, UGA tripletlaridan biri tog`ri kelganda uziladi. Bu tripletlar ma’nosiz tripletlar deb ataladi, chunki ular hech bir aminokislotani kodlamaydilar; ularga amber(qahrabo), achre(oxra) va opal(opal) nomlari berilgan.

Polipeptid zanjirining C-uchiga oxirgi aminokislota birikkanidan keyin ham sintez qilingan oqsil ribosoma bilan bog`langan holda qoladi. Ribosoma terminirlovchi kodonga yetishishi bilan uchta terminirlovchi oqsil faktorlar R1, R2 va S (rilizing faktorlar) ishga tushadi. Ular polipeptidni oxirgi mRNK dan gidrolitik yo`l bilan va P qismdan oxirgi, endi “bo`sh qolgan” tRNK ni ajratadilar hamda 70 S ribosomani 30 S va 50 S subbirliklarga parchalab, yangi polipeptid sinteziga tayyorlaydilar.




Yüklə 23,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə