Protsessingda uch amal bajariladi


Ribosomalarda oqsil sintezining mexanizmi



Yüklə 23,34 Kb.
səhifə3/7
tarix20.05.2022
ölçüsü23,34 Kb.
#87482
1   2   3   4   5   6   7
RNK

11.2. Ribosomalarda oqsil sintezining mexanizmi. Ribosomalardagi oqsil sintezi yoki translyatsiya uch bosqichga bo`linadi: initsiatsiya (boshlanish), elongatsiya (polipeptid zanjirining uzayishi) va terminatsiya (tugashi).

Initsiatsiya. Initsiatsiya juda murakkab va juda muhim bosqichni boshlab beruvchi reaktsiya. Bu bosqichda oqsil sintezi uchun lozim bo`lgan apparat ayrim komponentlardan yig`ilib ish boshlashga tayyorlanadi. Translyatsiyaning boshlanishi sekinlik bilan boradigan jarayon. Translyatsiya jarayonining markazi ribosomalardir. Buning uchun u mRNK bilan bog`lanishi kerak. Ribosoma ishlamagan holatida subbirliklarga ajralgan bo`ladi. Yadrodan sitoplazmaga o`tgan mRNK kichik subbirlikning katta subbirlikka birikadigan yuzasi bilan bog`lanadi. Subbirlikka birikadigan nuqta RNK ning 5¹-uchi bilan yonma-yon joylashgan, shuning uchun RNK dasturini “o`qish” 5¹→3¹ yoki NH2→COOH yo`nalishida boradi. Subbirliklar chegarasida mRNK ning faqatgina ikkita kodoni joylasha oladi. mRNK ning 5¹-uchki tomonining birinchi kodoni AUG yoki GUG bo`ladi. Bu kodonlar boshlovchi – initsirlovchi kodonlar deb aytiladi, chunki ribosomalardagi translyatsiya har doim aynan ulardan boshlanadi. Bu kodonlarga metionil-tRNK antikodoni mos keladi. Eukariotlarda ikki turdagi metionil-tRNK bo`ladi. Ulardan biri har doim initsiatsiyada ishtirok etadi, ikkinchisi esa elongatsiya jarayonida ishtirok etadi. Prokariotlarda oqsil biosintezi NH2 guruhi formil guruhi bilan blokirlangan formilmetionin-tRNK dan boshlanadi.

Bundan tashqari initsiatsiyada kamida uchta oqsilli faktorlar (F1, F2, F3) ishtirok etib, ular ribosoma va GTF ni tashkil etuvchi komponentlariga kirmaydi. Oqsilli faktorlar mRNKning kichik subbirlik va GTF bilan bog`lanishini yengillashtiradi. Bu birlamchi kompleks (initsiatsiya faktorlari – kichik subbirlik – mRNK – GTF) ga katta subbirlik birikadi va shundan so`ng initsiatsiya faktorlari ribosomadan ajralib chiqadi. Subbirliklarning birikishi uchun kerak bo`lgan energiya GTF ning gidrolizi natijasida hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan initsiator kompleksi (mRNK, ribosoma va metionil-tRNK) elongatsiyaga tayyor. Metionil-tRNK o`zining antikodoni bilan mRNK ning AUG kodoni bilan o`ziga xos juftlashadi, ya’ni mRNK ga vodorod bog`lari bilan “osilib qolgan”ga o`xshaydi, aminokislota joylashgan aktseptor uchi esa ribosomaning katta subbirligiga yopishgan bo`ladi.




Yüklə 23,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə