Professional futbol ligasi tomonidan



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

 
3-bob. 
Musobaqalarni boshqarish 
3.1.
Musobaqalarni boshqarish, tashkil etish va o‘tkazilishini nazorat qilish 
O‘zPFL tomonidan amalga oshiriladi.
3.2. 
Ikkinchi liga musobaqasi hamda Ikkinchi ligadan Birinchi ligaga o‘tish 
o‘yinlarini boshqarish, tashkil etish va o‘tkazishni nazorat qilish O‘FA tomonidan 
amalga oshiriladi.



3.3. 
Musobaqalar ushbu Reglament, shuningdek, FIFA, OFK, O‘FA, O‘zPFL 
tomonidan tasdiqlangan mazkur Reglamentga kiritilgan qo‘shimchalar, maxsus 
nizomlar va ilovalar asosida o‘tkaziladi. 
 
4-bob. 
Musobaqalar o‘tkaziladigan joy 
 
4.1. 
Musobaqalar Litsenziyalash bo‘yicha Reglament asosida ishlab 
chiqilgan “Stadionlar to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq O‘zPFL tomonidan ruxsat 
etilgan stadionlarda o‘tkaziladi. 
4.2.
Musobaqalarda ishtirok etuvchi klublar o‘z stadioniga ega bo‘lmasa 
hamda uy uchrashuvini o‘tkazish uchun boshqa tashkilotga qarashli stadion bilan 
shartnoma tuzish majburiyati yuzaga kelsa, u holda mazkur shartnoma O‘zPFL 
ishtirokida uch tomonlama tuzilishi shart.
4.3.
Fors-major holatida Musobaqa o‘tkazish uchun stadionni o‘zgartirishga 
to‘g‘ri kelsa, mezbon klubga O‘zPFL bilan uch tomonlama kelishuvga erishgan 
stadionlardan birida uchrashuvni o‘tkazishga ruxsat beriladi. 
4.4.
Musobaqa o‘tadigan kundan bir kun avval mezbon klub O‘zPFL 
komissariga stadionning o‘yinga tayyorgarligi to‘g‘risida dalolatnoma taqdim etadi.
5-bob. 
Marketing, homiylik va musobaqalarni tashkil etish bilan bog‘liq 
masalalar
5.1. 
O‘zPFL o‘z yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan Musobaqalar va barcha boshqa 
tadbirlar bilan bog‘liq huquqlarga, ularning mazmuni, vaqti, joyi bo‘yicha 
qonunchilikka oid biror-bir cheklovlarsiz egalik qiladi. Ushbu huquqlar, jumladan
moliyaviy huquqlarning har qanday turlari, har qanday shakl (to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir, 
yozuv yoki videolavhalar)da yozilgan audiovizual va radioyozuvlarga nisbatan 
huquqlar, ijro etish va efirga uzatish, multimedia huquqlari, marketing va reklama 
huquqlari, shuningdek, emblema yoki mualliflik huquqida kelib chiquvchi 
intellektual mulk huquqlarini o‘z ichiga oladi. 
5.2. 
O‘zPFLning musobaqalar bilan bog‘liq tijorat va televizion huquqlariga 
shu jumladan: 

O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan Musobaqalar rasmiy homiylari
(shu 
jumladan, bosh homiy) va hamkorlar bilan ishlash va shartnomalar tuzish; 

Musobaqalarning O‘zPFL tomonidan tasdiqlangan nomlanishlari, logotipi va 
boshqa rasmiy belgilaridan reklama, tijorat maqsadlarida foydalanish;

televizion huquqlar, uchrashuvlardan to‘la hajmda va har qanday texnik 
usullarda joy va mazmuni bo‘yicha hech qanday cheklovlarsiz televizion 
signalni ishlab chiqarish va butun dunyoga uzatish, translyatsiya lavhalaridan 
informatsion dasturlarda, haftalik sharhlarda va boshqa dasturlarda 


10 
foydalanish, har bir uchrashuvning translyatsiyasini internetda joylashtirish 
uchun foydalanish huquqi; 

Musobaqalarda ishtirok etuvchi klublar ushbu huquqlarni amalga oshirish 
uchun bosh axborot hamkor, teleradiouzatuvchilar yoki boshqa tashkilotlar 
bilan muzokaralar olib borish vakolatini O‘zPFLga topshiradi; 

uchrashuvlarni efirga uzatish huquqini qo‘lga kiritgan teleradiouzatuvchilar 
musobaqa bosh homiysi va rasmiy hamkorlar reklama roliklarini efirga 
joylashtirishlari shart. Reklama roliklarini uzatish tartibi O‘zPFLning “Tijorat 
Reglamenti” bilan belgilanadi;

radio huquqlar – uchrashuvlar radio signalini ishlab chiqish va butun 
dunyoga barcha diapazonlarda mazmun bo‘yicha hech qanday cheklovlarsiz 
uzatish huquqi; 

vizual huquqlar – uchrashuv davomida ma’lumot saqlovchi manbalardan va 
stadiondagi vizual hududdan, shu jumladan, televizion kameralar ko‘radigan 
zonalardan reklama va informatsion materiallarni joylashtirish uchun 
foydalanish (tegishli stadionning futbol maydonining perimetri bo‘ylab 
reklama qurilmalarida, futbolchilar va hakamlar liboslarida shevronlar 
ko‘rinishida, zaxiradagi futbolchilarning o‘rindiqlarida vizual reklamani 
joylashtirish huquqi), jumladan, tegishli stadionning elektron-informatsion 
tablosida hamda boshqa axborot manbalarida vizual reklamani joylashtirish 
huquqi; 

uchrashuv davomida stadionda audioreklamani joylashtirish huquqi; 

telefon aloqasi orqali sms-translyatsiya olib borish huquqi; 

internet televidenie – tadbirlarning video va/yoki audiosini qismlari TCP/IP 
protokoli asosida bitta manzil maydoni orqali mantiqiy ravishda o‘zaro 
bog‘langan global axborot tarmog‘idan foydalangan holda efir orqali, kabel 
orqali omma e’tiboriga havola qilish, ommaviy namoyish etish, tarqatish. 

betting – sport o‘yinlariga pul tikiluvchi (azart o‘yinlar, interfaol bukmekerlik 
kontoralari, totalizatorlar, sport musobaqalari bo‘yicha garov) maxsus 
internet saytlar, mobil ilovalarda internet orqali kirish imkoniyatini berish va 
mobil aloqa orqali, shuningdek, tasvirni va/yoki audioni tarqatishning qonun 
bilan taqiqlanmagan boshqa har qanday usullari orqali sport musobaqalari 
videotranslyatsiyasini amalga oshirish. 

uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani, klub futbolchilari va rasmiy 
shaxslar bilan o‘tkaziladigan flesh-intervyu materiallaridan tijorat 
maqsadlarida foydalanish huquqi;

merchendayzing mahsulotlarini namoyish qilish, bepul tarqatish va sotish 
huquqi (uchrashuvda mezbonlik qiladigan klub bilan kelishilgan ravishda), 
shuningdek, musobaqaning rasmiy homiy/hamkorlari nomidan stadionda 
maxsus sovrinlarni e’lon qilish huquqi; 


11 

o‘yin maydonining perimetri bo‘ylab reklama to‘siqlarining quyida keltirilgan 
sonidan kelib chiqib musobaqaning bosh homiysi va rasmiy hamkorlari 
logotiplari hamda boshqa ma’lumotlarini joylashtirish uchun foydalanish 
huquqi. Bunda reklama to‘siqlari maydon o‘lchamidan kelib chiqqan holda 
umumiy soni 43 tadan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Superligada shularning 
23 tasi (1-rasm), Pro ligada esa 37 tasi (2-rasm) O‘zPFL homiy/hamkorlari 
uchun ajratiladi. Klub tomonidan foydalaniladigan reklama to‘siqlarining 
sonini ko‘paytirish masalasi shartli ravishda O‘zPFL bilan tijoriy asosda 
kelishiladi; 

elektron reklama to‘siqlari mavjud hollarda Superliga va Pro liganing bosh 
homiysi va rasmiy hamkorlari logotiplari hamda boshqa ma’lumotlarini 
joylashtirish tartibi rejasi O‘zPFL tomonidan belgilanadi. Bunda elektron 
reklama to‘siqlaridagi namoyish Superliga uchun 50 foiz miqdorda, Pro liga 
uchun 90 foiz miqdorda O‘zPFL homiy/hamkorlari uchun taqdim etiladi; 

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, FIFA, OFK va O‘FA tomonidan 
belgilangan qoidalarida nazarda tutilgan boshqa huquqlar. 
5.3. 
Ushbu huquqlarni eksklyuziv asosda yoki uchinchi tomon bilan 
hamkorlikda yoki to‘laligicha uchinchi tomon vositachiligida amalga oshirilishi 
haqidagi qaror faqat O‘zPFL tomonidan qabul qilinadi. Tijorat va televizion 
huquqlardan foydalanishga oid barcha masalalar musobaqa ishtirokchilari uchun 
ijro etilishi majburiy bo‘lgan O‘zPFLning “Tijorat Reglamenti” bilan belgilanadi.
5.4. 
Futbol klubi uchrashuv o‘tkazadigan stadion maydonining ikki 
darvozasi ortida hamda maydonning markaziy qismida O‘zPFL homiylarining 
reklamasini joylashtirish uchun reklama to‘siqlari bilan ta’minlashi shart: 


12 
1-rasm
 
2-rasm 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə