Presentation Title Here


Asosiy vositalar eskirishi (amortizatsiyasi) hisobi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə2/6
tarix22.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#111893
1   2   3   4   5   6
2. Asosiy vositalar eskirishi (amortizatsiyasi) hisobi
Asosiy vositalar qiymati amortizatsiyani hisoblash yo’li bilan so’ndiriladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati mobaynida sub’ekt xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida muntazam taqsimlanadi.
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq so’ndirilgunga qadar yoxud bu ob’ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq so’ndirilgan yoki bu ob’ekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida to’xtatiladi.
Asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash to’xtatilmaydi, asosiy vositalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan holatlar, shuningdek ularni butkul to’xtatish sharti bilan ob’ektni qurib bitkazish, to’liq jihozlash, qayta qurish, zamonaviylashtirish, texnik qayta qurollantirish davri bundan mustasno.
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va u daxldor bo’lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi: yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob’ektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar); mahsuldor chorva mollari; kutubxona fondi; muzey qimmatliklari; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan asosiy vositalar; arxitektura yodgorliklari; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari, yo’laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo’lgan obodonlashtirish inshootlari; qiymati ilgari to’liq chegirilgan mol-mulk; asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o’tkazilmagan kapital qo’yilmalar.
Yangi kelib tushgan asosiy vositalar bo’yicha eskirish, foydalanish boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab hisoblanadi, chiqib ketgan ob’ektlar bo’yicha eskirish esa chiqib ketish oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to’xtatiladi.
5-sonli BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq amortizatsiya quyidagi usullardan birini qo’llash orqali hisoblanishi mumkin:
– amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash;
– bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish usuli);
– ikki barobar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli (kamayib boruvchi qoldiq usuli);
– yillar summasi usuli (kumulyativ usul).

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə